Post scriptum
96 subscribers
220 photos
17 videos
18 links
Kanalda asosan tarixiy shaxslar, voqealar, malumotlar yozib boriladi. Bazida adabiyot, kino va musiqaga oid fikrlarim bilan ham bo'lishaman.
©️ Jahongir Yuldashev
Download Telegram
Channel created
Channel photo updated
Telesema - shuningdek gersog telesemma nomi bilan ham malum.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida xashamatli mehmonxonalarda ishlatilgan signal berish qurilmasi bo'lgan. Xona xizmatini hohlaydigan mehmonlar qurilmadan kerakli bo'limni tanlab tugmani bosishi kerak bo'lgan. Ofisdagi mehmonxona hizmatchisi esa so'rovni boshqa telesemmadan qabul qilgan va buyurtmani bajargan.
Bu qurilma o'sha payttagi telefon qo'ng'iroqlaridan ko'ra qulayroq deb tan olingan va uni ishlatish ham ancha qulay bo'lgan.
Batafsil https://en.wikipedia.org/wiki/Teleseme
Feliks Benedikt Gersog (1859-y Nyu-York- 1912- Nyu-York)
Amerikalik elektr muxandisi, patent advokat hodimi (patent attorney)
rassom va fotograf bo'lgan.
U mehmonxonalar uchun "gersog telessema" apparati kashfiyotchisi.
Shuningdek u amerikaning birinchi super modeli Odri Munsonni "kashf etgan" deya aytiladi (Wikipediada)
Shuningdek uning "Izolda haqida ertak" fotosurat asari ham mavjud bo'lib bu asar qo'lda chizilgan rasmlar bilan tengdek deya tariflangan
Batafsil https://en.wikipedia.org/wiki/F._Benedict_Herzog
"El que apuesta al dolar pierde." (Kimki dollar bilan qimor o'ynasa yutqazishi aniq) : Argentinaning iqtisodiyot vaziri Lorenzo Sigautning 1976-yilda mahalliy pesoni ko'tarish uchun aytgan nutqidagi iborasi. Ajablanarlisi, shu nutqdan 2 kundan keyin dollar birdaniga 30% ga qimmatlashdi va dollarda "qimor" o'ynaganlarning barchasini boy qildi. U iqtisodiyotni shu kabi yaxshi tushunmasligi va eplay olmasligi iste'foga chiqishiga olib keldi.
👍1
https://t.me/faktaskop/732
Kristi Braun (1932-1981)- Irland yozuvchisi va rassomi bo'lib miya falajligi tufayli faqatgina bir oyog'ida ijod qilgan. "Mening chap oyog'im" avtobiografik asari eng mashxur asari hisoblanadi. 1989-yilda shu nomdagi biografik film ham olinadi vu bu filmda Braunning rolini Daniel Day-Lewis ijro etadi va oskar mukofotini qo'lga kiritadi.
Rasmda uning yonida rafiqasi Mary carr
👍2
Daniel Day Lewis (1957-y 29-aprel. Angliya)
Kino tarixidagi eng ko'zga ko'ringan buyuk aktyorlardan biri deya tariflanadi. Chunki, faoliyati davomida ko'p shaxsiy mukofotlarga sazovor bo'lgan jumladan:
3ta akademiya (oskar) mukofoti
4ta BAFTA mukofoti
3ta Screen Actors Guild(SAG)
2ta oltin globus
Oskarni quyidagi filmlari uchun :
"My left food" 1989 (mening chap oyog'im)
"There will be blood" 2007 (rus-uzb neft)
"Lincoln" 2012
U 3ta oskar mukofotini olgan 3ta aktyorlardan biri hisoblanadi. Keyingi ikkitasi Walter Brennen va Jack Nicholson.
👍1
Mariylin Vos Savant (Marilin Mach, 11-avg 1946-y, AQSH, Missuri) Amerikalik jurnal muxbiri bo'lib, eng yuqori IQ ko'rsatkichiga ega ayol bo'lib ginnes rekordlar kitobiga kirgan.
Mercury seven - Proekt Merkuriy ishidagi fazoviy kema uchun saylangan astronavtlar jamoasi. Jamoa NASA tomonidan 1959-yil 9-aprelda e'lon qilingan bo'lib tarkibi quyidagicha: Scott Carpenter, Gordon Cooper, John Glenn, Guss Grissom, Wally Schira, Alan Shepard, Dek Slayton. Jamoaning bazi bir a'zolari Gemini (1961(65)-1966) Appollo(1961(68) -1972) space shuttle(1982).
Grissom Merkuriy va Apollo missiyalaridan keyin, 1967-yil Apollo 1 yong'inida vafot etadi. Omon qolgan boshqa azolar esa nafaqaga chiqariladi.
👍1💊1
Kurt Vonnegut (Indiana,1922-y 11-aprel-2007-y 11-aprel Nyu-York) qora yumor va satirik asarlari bilan mashxur Amerikalik yozuvchi. 50 yildan ortiq karyerasi davomida 14ta roman, 3ta hikoyalar to'plami, 5ta pyesa va 5ta nonfiction lar muallifi. Uning ko'plab asarlari o'limidan so'ng nashr etilgan.
Uslubi: Postmodernizm

-Ikkinchi jahon urushida qatnashgan va Pulge jangida nemislar tomonidan asirlikka olingan.
-Drezden bombardirovkasidan omon qolgan

Uning 1963-yilda yozilgan "mushuklar uchun beshik" asari "Hyugo mukofoti" ga nomzodlikka qo'yiladi
Artur Konnoli (1807-y London -1842-y Buxoro) ingliz razvedkachisi, tadqiqotchi va yozuvchi. U Ost-Indiya kompaniyasining 6-yengil otliq kavaleriyasining kapitani bo'lgan. U Markaziy osiyoga uyushtirilgan bir qancha maxfiy missiyalarda ishtirok etadi. Rossiya imperiyasi va Buyuk Britaniyaning Markaziy osiyo uchun kurashini tariflar ekan "Katta o'yin" terminiga asos soladi.

1841-yilda Konnoli, Buxoroda asirlikda ushlab turilgan Charls Stoddarni qutqarish uchun kelganida o'zi ham qo'lga tushadi. O'sha payttagi Buxoroning shafqatsiz amiri bo'lgan amir Nasrulloning buyrug'iga ko'ra, Buxoro arki oldidagi maydonda Stoddard va Konnoli ikkalasi ham 1842-yilda qatl etiladi.
👍1