Huan Rulfo "Pedro Paramo" (1955)
Men o'qigan asarlar ichida eng tushunish qiyin va murakkab yozilgan kitob bo'ldi. Oldin ham bir boshlab oxiriga yetkazmay tashlab qo'ygan edim. Keyin redditda o'qisam ko'pchilikda shunday bo'lgan ekan.
Murakkablik shundaki, siz gapirayotgan odamning kimligini tushunmaysiz, bilmaysiz. Bilsangiz yana bir muammo bor, bu inson o'likmi yoki tirik.
Asar boshlanishidagi bosh qaxramonning
o'zi ham yarimiga yetmasdan vafot etadi.
Kitobning, yozuvchining muximligi esa shundaki, u lotin amerikasi adabiyotining dastlabki tamal toshini qo'ygan adiblardan. Aynan shu asar Gabriel Garsia Markes faoliyatiga ham katta ta'sir o'tkazgan.
Yolg'zilkning 100 yili bilan Pedro Paramo o'rtasida o'xshashliklar bor
Xo'sh Pedro Paramo kim? Katta qishloq va yer mulklar egasi, kallakesar jinoyatchi, yovuz lekin umri davomida faqat bittasini sevgan unga erishish uchun xar qanday yovuzliklarni amalga oshirgan inson.
Lekin asar faqatgina Pedro atrofida aylanmaydi bu esa asarni yanada go'zal qiladi

👍3👎1
Erix Maria Remark "Umid uchquni" (1952)
Asar natsistlar rejimida qatl qilingan, singlisi Elfrida Shcholsz ga bag'ishlab yozilgan.
Boshqa asarlaridan farqli ravishda bu asar urushdan qaytgan depressiyadagi inson haqida emas, sevishganlar ham haqida emas, kutilmagan o'limlar ham mavjud emas, Remark uslubidagi qimmatbaho vinolar, shampanlar ham yo'q.
Remarkdan adabiy go'zallik izlashning o'zi ham xato, undan faqatgina do'stlik, sevgi va umid ko'rasiz. Bundan ortig'i emas. Remark esa sevgini doim o'ldirib, do'stlikni tugatib, umidni esa ro'yobga chiqaruvchi yozuvchi (xech bo'lmasa shu asarida).
Umidni esa xechqachon yo'qotmang, axir ugina sizning yashayotganingiz belgisi

❤4
16-iyul - Romanovlar sulolasi Rossiya tarixdan o'chirib tashlangan kun.
1917-yil Fevral inqilobidan so'ng taxtdan ag'darilgan Romanovlar sulolasi dastlab uy qamog'ida saqlangan. Lekin 1918-yilga kelib ularni yo'q qilish V. Lenin va Y. Svertlov uchun hayotiy zaruratga aylandi. Chunki Lenin qurmoqchi bo'lgan davlatda hech qanday asilzoda ham qirollik sulolasi bo'lishi ham aqlga sig'mas hodisa edi.
Bundan tashqari va eng muximi, bu davrda bo'layotgan Oq va Qizil armiyalar o'rtasidagi fuqarolar urushi. Romanovlar yashab kelayotgan, Yekaterinburg shahri ularning o'limidan 6 kun o'tib Oq armiya(monarxiya tarafdorlari) qo'liga o'tti. Agarda qatl amalga oshirilmaganda, sobiq imperatorning tirikligi va imperiyani qayta tiklash harakati ancha jiddiy tus olgan bo'lardi.
Qatl Ipoteevlar uyida amalga oshirilgan edi

👎4👍3
Napaleon kodeksi
Taxttan tushirilib, Muqaddas Yelena oroliga surgun qilingan Napaleon shunday degan edi "Mening haqiqiy shuxratim 40ta jangda g'olib bo'lganim emas, Vaterloo bu g'alabalar haqidagi xotiralarning barchasini o'chirib yubordi. Ammo bir narsa borki u abadiy yashaydi, bu mening "Fuqarolik kodeksim"
Fuqarolik kodeksi barcha kamchiliklariga qaramasdan, juda katta mehnat va jasorat maxsulidir. U 1803-yildan 1804-yilgacha qabul qilindi va jami 2281ta moddani o'zida jamlagan o'z davrining mukammal kodeksiga aylandi. U qadimgi Rim xuquqini ustalik bilan yangi kapitalistik munosabatlar sharoitiga moslashtirdi. 1807-yil ikkinchi nashridan so'ng xujjat "Napaleon kodeksi" deb atala boshlandi. Bu kodeks turli yillarda Yevropaning turli davlatlarida va Osiyo va Amerikaning Fransiyaga tegishli bo'lgan hududlarida ham joriy qilingan.
Napaleon imperiyasi barham topgandan keyin ham kodeksdan foydalanish to'xtamaganligi uni haqiqattan ham yaxshi tuzilganidan dalolat beradi

👍5👎4
General Motors uchun nima yaxshi bo'lsa, AQSH uchun ham shu yaxshi
1952-yilda president Duayt Eyzenxauer Charles Wilson ga AQSH mudofaa vaziri bo'lishni taklif etadi. Lavozimga tayinlanishidan oldin u senatning maxsus komissiyasi bilan suhbattan o'tishi kerak edi. Charles senatning bosimi bilan General Motors kompaniyasiga tegishli aksiyalarini 2.5 mln dollarga sotishga majbur bo'ladi.
Charles Wilson ning General Motors da katta aksiyalarga ega ekanligini bilgan senat komissiyasi undan "AQSH manfaati uchun to'g'ri lekin kompaniya manfaatiga zid keluvchi" qaror qabul qila olishini so'raganida, Charles Wilson: "AQSH uchun nimaiki to'g'ri bo'lsa bu GM uchun ham to'g'ri, va teskarisi"
Bu gap suhbat paytida oddiy qabul qilingan lekin keyinchalik voqea matbuotlarda o'zgartib "GM uchun nima to'g'ri bo'lsa AQSH uchun ham to'g'ri" deb yozilishi natijasida bu ibora mashxur bo'lib tarixda qolgan.
Matbuotlardagi xabarlarning salgina o'zgartirilishi qanday oqibatlarga olib kelishiga yaqqol misol

👍2
Kulturkampf: madaniyat uchun kurash
1871-yilda Germaniya imperiya deb e'lon qilindi, Otto Fon Bismark esa kansler etib tayinlandi. Uning eng dastlabki qilgan ishlaridan biri bu bir-biriga chambarchas bog'lanib qolgan davlat va cherkovni ajratish bo'ldi.
Bu voqeaning boshlanishiga sabab esa quyidagicha:
Papa Piy IX 1870-yilda yangi dogma "Papa infability" (papa qarorlari xatosizligi) qabul qildi. Bundan kelib chiqadiki, Papa Germaniyadagi katoliklarga katta ta'sir ko'rsatishi mumkin va katoliklar Rimga itoat qila boshlasalar endigina birlashgan Germaniya yana oldingidek tarqoqlashib ketishi mumkin. Bismark uchun esa davlat faqatgina Berlindan turib boshqarilishi kerak edi.
Katolik cherkoviga qarshi bir qancha qonunlar qabul qilindi. Cherkov amallariga tasdiqlashni davlat amalga oshiradigan bo'ldi. Maktab cherkovdan ajratildi.
Xullas Bismarkning Kulturkampf siyosati bugungi kundagi liberalizm, davlat va din alohida o'z yo'liga ega ekanligini boshlab berishda muhim ahamiyat kasb etgan

👍1
17-iyul Ispaniya osmoni bulutsiz
1936-yil ushbu kunda Fransisko Franko boshchiligadagi natsionalistlar Ispaniyada hukmronlik uchun kurash boshlashadi.
Bunga bir qancha sabablar bor edi:
Bu islohotlardan so'ng partiyalar o'rtasida qutblanish kuchaydi.
So'l qanot ( sotsiolist, kommunist va anarxistlar) o'ng qanot (monarxist, konservator va fashistik "Falanga" partiyasi)
1936-yil 17-iyulda general Franko Marokashda qo'zg'olonni boshladi. Urush tezda Pireney yarimoroliga yetib bordi. Natsionalistlar ittifoqchisi bo'lgan Kondor legioni 1937-yil 26-aprelda Basklar mintaqasidagi Gernika shahrini bombardimon qildi. Shundan so'ng Bilbao va Santander egallangach Bask mintaqasi natsionalistlar qo'liga o'tti.
1939-yil yanvarda Barselona, 1939-yil martta esa Madrid egallangach Ispaniyada Franko diktaturasi (1939-1975) o'rnatildi
Fuqarolar urushi tarixda o'chmas iz qoldirgan. Jumladan Ernest Hemingway "Qo'ng'iroq kim uchun chalinmoqda" (for whom for the bell tolls) va Pikassoning Gernika kartinalari fuqarolar urushi haqidagi asarlar. Shuningdek Madrid ko'chalaridagi "No pasaran" (ular o'tmaydi) iborasi hozirgi kunga qadar urushni eslatuvchi ibora hisoblanadi

1931-yilda monarxiya ag'darilib respublika tuzumi o'rnatilgach, mamlakatta bir qancha islohotlar o'tkazildi, jumladan; agrar islohot, cherkov ta'sirini kamaytirish va dunyoviy ta'limni kuchaytirish
Bu islohotlardan so'ng partiyalar o'rtasida qutblanish kuchaydi.
So'l qanot ( sotsiolist, kommunist va anarxistlar) o'ng qanot (monarxist, konservator va fashistik "Falanga" partiyasi)
1936-yil 17-iyulda general Franko Marokashda qo'zg'olonni boshladi. Urush tezda Pireney yarimoroliga yetib bordi. Natsionalistlar ittifoqchisi bo'lgan Kondor legioni 1937-yil 26-aprelda Basklar mintaqasidagi Gernika shahrini bombardimon qildi. Shundan so'ng Bilbao va Santander egallangach Bask mintaqasi natsionalistlar qo'liga o'tti.
1939-yil yanvarda Barselona, 1939-yil martta esa Madrid egallangach Ispaniyada Franko diktaturasi (1939-1975) o'rnatildi
Fuqarolar urushi tarixda o'chmas iz qoldirgan. Jumladan Ernest Hemingway "Qo'ng'iroq kim uchun chalinmoqda" (for whom for the bell tolls) va Pikassoning Gernika kartinalari fuqarolar urushi haqidagi asarlar. Shuningdek Madrid ko'chalaridagi "No pasaran" (ular o'tmaydi) iborasi hozirgi kunga qadar urushni eslatuvchi ibora hisoblanadi
👍2
San Stefano shartnomasi
1877-yilda Rossiya-Usmonli davlati manfaatlari Bolqon yarimorolida to'qnashadi. Urush boshlanishiga Rossiya Bolqondagi slavyan xalqlarini "ozod qilish" sababini bahona qilgan, asl sabab esa Bosfor va Dardanell bo'g'ozlarini egallab O'rta yer dengiziga chiqish edi.
Kutilganidek, harbiy salohiyati past bo'lgan Usmonli turklar urushda mag'lub bo'ladi. 1877-1878-yillarda Istanbulning San Stefano (sobiq Yeshilko'y) turkcha Ayostefanos qishlog'ida tinchlik shartnomasi imzolanadi.
Shartnomaga ko'ra: Serbiya, Chernogoriya, Ruminiya va Bolgariya mustaqil bo'ldi. Bolgariya knyazligi tashkil etildi, hududi ham ancha kengaydi. Lekin Berlin shartnomasidan so'ng bu hududlar yana ancha qisqartildi.
San Stefano shartnomasi imzolangan sana 3-mart Bolgariyada bugungi kunda ham milliy bayram sifatida dam olish kuni hisoblanadi

Shunday kunlar keladiki, bizning sukunatimiz siz bo'g'moqchi bo'lgan nutqlardan ham kuchliroq bo'ladi
1886-yil 1-may. Butun AQSH bo'ylab ishchilar ommaviy ish tashlash harakatini boshlashdi.
Bunga sabab esa: XIX asr oxirida AQSH sanoati gurkirab rivojlanar, ishchilar 10-12 soatlab og'ir sharoitlarda ishalashardi.
Bundan norozi ishchilar esa 8 soatlik ish kuni talabi bilan chiqishadi. Talabning ramziy maqsadi "8 soat ish, 8 soat dam olish, 8 soat uyqu" shiori edi.
4-may kuni Chikagodagi ish tashlash tinch namoyish paytida olomondan kimdir politsiyaga bomba uloqtiradi. Shundan so'ng politsiyachilar namoyishchilarga o'q uzadi. Namoyish shu tariqa qurol kuchi bilan bostiriladi. Namoyish yetakchilari o'limga hukm qilinadi.
Yetakchilardan biri Avgust Shpis o'shanda "Shunday kunlar keladiki, bizning sukunatimiz siz bo'g'moqchi bo'lgan nutqlardan ham kuchliroq bo'ladi" degan edi.
Namoyish boshlangan 1-may sanasi bugungi kunda xalqaro ishchilar kuni sifatida nishonlanadi

👍3
Bundan roppa-rosi 100 yil avval, 1925-yil 18-iyulda Adolf Gitlerning "Mein kampf" asari nashr qilingan. Bu kitob Gitlerning avtobiografiyasi va siyosiy manifesti bo'lib, uning natsistik ideologiyasi, antisemitistik qarashlari va Germaniyaning kelajagi haqidagi rejalari bayon etilgan. Kitob ikki jilddan iborat bo'lib, 1-qismi 1925-yil, 2-qismi 1926-yilda chop etilgan.
1923-yilda natsistlarning Myunxendagi muvafaqiyatsiz tugagan "Pivo isyoni" dan so'ng qamoqqa olingan Gitler, Landsberg qamoxqonasida vaqtini bekor o'tkazmasdan ushbu asarni yozgan. Kitobning dastlabki qoralamalari do'sti Rudolf Hess ning yordami bilan yozilgan. Aslida kitob dastlab umuman mashxur bo'lmagan va unchalik ko'p sotilmagan ham. 1933-yilda natsistlar hokimiyatga kelgach majburiy o'qish materiali, maktablar va o'quv muassasalarida darslik etib belgilandi. Ushbu omillardan so'ng kitob bugungi kungacha o'z mashxurligini saqlab qolgan. Bugungi kunda ko'plab davlatlarda taqiqlangan asarlar ro'yxatida eng oldingi qatorlarda turadi

Oltin qonun
XIX asr oxirida Braziliya Amerikada qullik saqlanib qolgan oxirgi mamlakat edi. Qullik qahva va shakarqamish plantatsiyalarining asosini tashkil qilar edi. Biroq qullikka qarshi abolitsionizm harakati ham ancha kuchayib qolgandi.
O'sha payttagi Braziliya imperatori Pedru II sog'ligi yomonlashgani sababli davlat ishlarida qatnashmasdi, uning o'rniga qizi malika Izabel vaqtincha regent sifatida davlat boshqaruvini qo'liga oldi.
1888-yil 13-may malika qullikni bekor qiluvchi "Oltin qonun"ni imzoladi. Qonunning o'ziga xos tomoni shundaki u faqatgina 2ta moddadan iborat edi.
Oltin qonun keyinchalik Braziliyada respublikaning o'rnatilishiga ham katta ta'sir etgan edi

1-modda: Braziliyada qullik bekor qilinadi
2-modda: 1-moddaga zid bo'lgan hamma qonun va qoidalar bekor qilinadi
Oltin qonun keyinchalik Braziliyada respublikaning o'rnatilishiga ham katta ta'sir etgan edi
👍2
19-iyul. Buyuk Rim yong'ini.
Yong'in milodiy 64-yilda 18-dan 19-iyulga o'tar kechasi Circus maximus yaqinida boshlangan. Yong'in sababi haligacha aniq emas, bazi manbalarda yong'in sirkdagi mash'aladan kelib chiqqan deyilsa, bazi manbalarda yong'inni imperator Neronning o'zi uyushtirgani yoziladi. Tatsitning "Annallar" asarida yong'in sirkdan boshlangani yozilgan, uylar yog'ochdan va zich qilib qurilgani sababli olov shahar bo'ylab tez tarqalgan. Qancha odam halok bo'lgani esa aniq emas, chunki Rim o'sha paytta ilk millioner shahar edi. Yong'in boshlangan paytta Neron shaharda bo'lmagan u Antium shahrida dam olayotgan bo'lgan. Yong'indan xabar topgach shaharga darhol kelgan va o'z saroyini uysiz qolgan odamlarga boshpana qilib bergan, oziq ovqat bilan ta'minlagan. Neron yong'inda xristianlarni ayblagan. O'sha paytta xristianlik endi tarqalayotgani uchun ular hali kamchilik va zaif edi. Yong'in bahonasida Neron ularni shunchaki ko'ngilxushlik uchun ovchi itlarga va sherlarga yem qilgan

👍4
Janob hech kim (2009)
"Birgina qor parchasi bambuk bargini egishi mumkin"
Bu film oddiy inson hayotining turli tanlovlarga bog'liqligini chuqur ko'rsatib beradigan falsafiy asar. Shaxmatta ham qaysidir figurani yurgandan so'ng doskadagi voqealar tubdan o'zgarib ketishi mumkinligidek hayotda ham kundalik turmushdagi oddiy bir tanlov ham shunday katta burilish qilishi mumkin.
Kapalak effektini shedevral tarzda yoritib bergan dialogini keltiraman:
Murakkab, ammo chuqur ma’noli ilmiy fantastikani sevuvchilar uchun bu film qimmatli topilma bo‘lishi mumkin

- Men Annani qanday yo'qotganimni bilishni istaysanmi? Chunki 2 oy oldin bir ishsiz braziliyalik erkak tuxum qaynatgan edi
Murakkab, ammo chuqur ma’noli ilmiy fantastikani sevuvchilar uchun bu film qimmatli topilma bo‘lishi mumkin
👍3
1969-yil 20-iyul Bu bir inson uchun kichik qadam, butun insoniyat uchun katta sakrash
1969-yil 20-iyul insoniyat tarixida muxim sana sifatida qayd etilgan, NASA ning "Apollo 11" missiyasi doirasida odamlar oyga qo'nishgan.
-Saturn V raketasi Apollo 11 ni kosmosga olib chiqqan edi
Oyga esa shunday yozuv tashlab ketildi "Biz tinchlik yo'lida butun insoniyat nomidan keldik"

Qassob qotili Kenagasxonim
Amir Nasrulloh 1856-yilda Shahrisabzni egallagach hokim Iskandarning singli Kenagas oyimga uylanadi, amirning asosiy maqsadi faqatgina oʻz haramini yana bitta goʻzal ayolga toʻldirish boʻlmasdan, balki kenagaslar bilan mangʻitlar qarindoshlik rishtasini bogʻlash. Shahrisabz kenagaslari oʻrtasida katta obroʻ-eʼtiborga sazovor Vallamiylar bilan qarindoshlik aloqalarini oʻrnatib, ushbu qarindoshlik rishtasini Shahrisabz viloyatini oʻz davlatining ajralmas qismi sifatida ushlab turish uchun yana bir vositaga aylantirish edi.
1860-yilda Kenagasxonim akasining rejasiga binoan, eri amir Nasrulloni uxlab yotganida qulog'iga simob quygan. Quloq og'rig'i dardiga duchor bo'lgan amir o'limi oldidan Kenagasxonimni ark ichidagi Childuxtaron qudug'iga tashlashni buyuradi. Bu paytta Buxoroda yashayotgan Kenagasxonimning akasi Iskandar vallamiy, va sobiq eri Yaqqubiy va barcha oila a'zolari qatl etiladi.
https://t.me/PostScriptd

Do'stlar ancha payttan beri kanalda faol bo'lmay qolgandim (chunki hayotta ham deyarli shu ahvolda edim, hech qanday yangi narsa o'rganmayotgan, o'qimayotgan edim). Endi esa yana faolman, sohamga oid (tarixiy) va qiziqishlarimga oid (adabiyot, kino, musiqa) postlarni tez tezdan yozib boryabman.
Kanalni o'z kanalingizga, yoki guruhingizga ulashsangiz, foydali malumot berishdan hursand bo'lardim.
Endi kanalda doim yangi postlar yozib borish va kattaroq auditoriya yig'ish rejamda bor
Birinchi marta reklama/tavsiya qilishni so'rayabman 😁

👍11
Askarlar, 40 asrlik tarix sizlarni kuzatmoqda
Piramidalar janggi (1798-yil 21-iyul)
1798-yil mayda Napaleon 35 000 - 40 000 askardan katta qo'shin, shuningdek olim, tarixchi va muhandislardan iborat ilmiy guruh bilan Maltadan Misrga suzib keldi. Ularga Usmonli turklar qo'llovidagi Mamluk lar qarshilik ko'rsatti.
Jang Qohiradan 15 km shimolda Giza piramidalari yaqinidagi Embabe qishlog'i yaqinida bo'lgan. Napaleon askarlarini ruhlantirish uchun "Askarlar, 40 asrlik tarix sizlarni kuzatmoqda" degan edi.
Jangda Napaleon g'alaba qozondi, uning obro'si yanada oshdi. Ammo uning yurishi keyinchalik Admiral Goratsio Nelson boshchiligadagi Britaniya floti tomonidan 1798-yil 1-avgustta to'xtatildi.
Nima bo'lgan taqdirda ham Misr
yurishi keyinchalik insoniyat uchun muhim bo'lgan Misr ierogliflari tarjima qilinishiga sabab bo'lgan desak bo'ladi.
@PostScriptd

👍5👎1