Post scriptum
96 subscribers
220 photos
17 videos
18 links
Kanalda asosan tarixiy shaxslar, voqealar, malumotlar yozib boriladi. Bazida adabiyot, kino va musiqaga oid fikrlarim bilan ham bo'lishaman.
©️ Jahongir Yuldashev
Download Telegram
Desmond Dos (1919-2006) - Amerikalik urush faxriysi. Urushda sanitar vazifasini bajargan. Okinava jangida qurol ko'tarmasdan jangga kirgani va 75ta odamni qutqargani bilan mashhur. U bolaligidan taqvodor bo'lgani, etiqodi kuchli bo'lgani uchun qurol ko'tarishdan bosh tortadi.
2016-yilda Mel Gipson rejisyorligida Desmon Dos haqidagi "Hacksaw ridge" (Uzb: Vijdon amri; rus: по соображениям совести) filmi premyerasi bo'lib o'tadi. Filmda Dos rolini Endryu Garfild o'ynagan.
Film 2ta oskar mukofoti: eng yaxshi ovoz rejisyori va eng yaxshi montaj nominatsiyalarida g'olib bo'lgan
👍1
Чо за лев этот тигр😎🤩🖤
🔥5
Ukiyo-e - yapon tasviriy san'at janri bo'lib XVII-XIX asrlarda rivojlangan.
Bunda rassomlar asosan o'rmonlar, kabuki aktyorlari, ayollar go'zalligi, sumo jangchilari, tarixiy va xalq og'zaki ijodi rivoyatlarini tasvirlashgan.
Ukiyo-e atamasi yaponchadan "qalqib turgan dunyoning tasvirlari" deya tarjima qilinadi.

P. S. : rasmda ukiyo-e janridagi, Kuniyoshining "jodugar Takiyasha va arvoh skelet" kartinasi
Tatuin - "yulduzlar jangi" olamidagi cho'liston, qumli sayyora. Asosiy qaxramon Anakin Skywalkerning vatani. Shuningdek, Obivan Kenobi "66-buyruq" dan keyin shu sayyoraga yashirinib jon saqlaydi.
Suratga olish ishlari Tunisda bo'lib o'tadi, Jorj Lukas sayyoraga nom tanlashda Tunis janubidagi shu nomdagi shaharni tanlaydi

*Asosiy fishkalari; 2ta quyosh manzarasi, qonunlar ishlamasligi.
Tashqi tomondan Iglu ga o'xshab ketuvchi lekin ichkarisi yer ostida joylashgan uylar. Shuningdek, shakllari o'zgacha uylar
👍2
Kenterberi ertaklari - Jeffri Choserning 24ta hikoyalar jamlanmasidan iborat asari. Asar o'rta ingliz tilidagi 17mingdan ortiq satrdan iborat. Bu asar Choserning shoh asari deya tariflanadi.
Asar to'liq yozilmagan degan versiyalar ham mavjud.
Syujetga ko'ra asarda ziyoratchilar Londondan Bekketning maqbarasiga borishi kerak bo'ladi va ular har biri 4tadan hikoya aytib berishi kerak edi lekin kitobda 24ta hikoyalar yozilgan
Rasmda ham 24ta odam tasvirlangan
👍1
Jefri Choser(1340-1400) ingliz yozuvchisi va davlat arbobi. "Kenterberi ertaklari" asari bilan mashhur. U ko'p manbalarda ingliz adabiyoti (bazi manbalarda ingliz tili) otasi deya tariflanadi. U "yozuvchilar burchagi" ga dafn etilgan ilk yozuvchi.
Audiokitob | Murod Muham...
Madina Musayeva | Audiokitoblar
Murod Muhammad Do'st - Darvoza yonidagi it
Verner Hayzenberg (1901-1976) - Nemis fizigi, 1932-yilda kvant mexanikasini kashf qilgani uchun nobel mukofotiga sazovor bo'ladi. Bundan tashqari u atom yadrosi, ferromagnetizm, kosmik nurlar kabi nazariyalarga ham o'z hissasini qo'shgan.
Hayzenberg Karlsrue dagi G'arbiy germaniya yadro reaktori loyihasida ham muxim shaxslardan biri bo'lgan.
Hayzenberg (personaj) - 2008-yildan boshlangan "breaking bad" Amerika kriminal seriali bosh qaxramoni.
Maktabda kimyo o'qituvchisi bo'lgan Walter White saraton kasalligiga chalingach qolgan 2 yillik umrida oilasiga ko'proq pul qoldirib ketish uchun giyohvandlik bozoriga kirib keladi. Bunda u o'ziga Hayzenberg laqabini olib boshqa jinoyatchilarga o'zini shunday tanishtiradi.
Uning tayyorlaydigan giyohvandlik moddasi Metomfitamin bo'lib, u kimyo o'qituvchisi bo'lganligi sababli uning mahsuloti tezda butun shahar (Albukerki) bo'ylab mashhur bo'lib ketadi.
Keyinchalik u o'z narkokortelini qurib o'z mahsulotlarini nafaqat butun AQSH balki Yevropaga ham jo'natadi
Nona Gaprindashvili (1941-y) Sovet va Gruzin shaxmatchisi. Ayollar o'rtasidagi 5-jahon chempioni (1962-1978; 16 yil davomida ushlab turgan). U xalqaro grossmeyster unvonini olgan tarixdagi birinchi ayol
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kolumbcha almashish - 1492-yilda Yevropaliklarning Amerikaga borgach o'zlari uchun notanish bo'lgan kartoshka, pomidor, makkajo'xori, qaxva kabi oziq-ovqat maxsulotlarini olib o'rniga bug'doy, sitrus mevalar, ot, cho'chqa, sigir va kasalliklar (qizamiq, tif, vabo) kabilarni berish. Bu almashinuv yevropaliklar uchun juda foydali bo'lgan.
Umuman aytganda kolumbcha almashish bu bir tomon uchun juda foydali boshqa tomon uchun zararli almashinuvni anglatadi.
Bu termin ilk bora amerikalik tarixchi Alfred Krosbi tomonidan 1972-yilda "kolumbcha almashish" asarida aytilgan.
KAL deb yershonim qilsa bolarkan😁
👍1
Eduard Jenner (1749-1823) ingliz shifokori, chechakka qarshi vaksinatsiya ishlab chiqqan

1790-yillargacha chechak bedavo dard hisoblangan. 1796-yilga kelib Yevropada ingliz vrachi Eduard Jenner chechakka qarshi emlashni taklif etganidan soʻnggina chechak ancha kamaydi. Hozir chechak oddiy tumovdek qabul qilinadi
👍1
#gameofthrones
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 xonadoni

Barateon xonadoni tug'rosi tillarang mato sahniga ishlangan tojdor kiyik hisoblanadi. Barateon xonadoni shiori "g'azab bizniki"

Robert Barateon- sulolaning ilk qiroli
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yo'qolgan ayol (gone girl)

2012-yilda chiqqan Gillian Flinning shu nomdagi romaniga asoslangan

Film 2014-yilda rejissyor Devid Fincher tomonidan ekranlashitirlgan.

Film Emmi(Rozamund Payk) ismli ayolning eri Nik Dyunni(Ben Afflek) qotil deb o'ylashlari va o'limga hukm qilishlari uchun uyidan sirli ravishda qochib ketishi haqida.
Film bir nechta mukofotlarga ega bo'lgan lekin oskar mukofoti bular orasida yo'q

Rasmlarda esa filmning rasmiy posteri (chapda)
Minimalistik posteri(o'ngda) ko'rishingiz mumkin
👍3
#biografikfilm

Jeyk LaMotta (1922-2017) Amerikada tug'ilgan italiyalik bokschi. 1949-yildan 1951-yilgacha o'rta vazn bo'yicha jahon chempioni. Uning ringda raqiblarini to'xtovsiz taqib qilaverishi sababli unga "Bronkslik buqa" yoki "Quturgan buqa" deb atashgan.

Uning hayoti haqidagi biografik film "Quturgan buqa" 1980-yilda rejissyor Martin Scorsese tomonidan olingan. Filmda LaMotta rolini Robert De Niro bajargan.
Film 2 ta oskar mukofoti(eng yaxshi aktyor; eng yaxshi montaj ) qo'lga kiritgan.
Rasmlarda: 1-Jeyk LaMotta
2-filmning rasmiy posteri
3-filmning minimalistik posteri
👍5
Qirol Bolduin IV Moxov (yoki Qudduslik) salib yurishlaridan so'ng qo'lga kiritlgan Quddus qiroli. Quddusni mudofaa qilish paytida 1177-yilda 16 yoshida sulton Salohiddin Ayubiyni mag'lub etgan. U moxov kasalligiga chalingani tufayli doim niqob taqib yurgan chunki kasallik uning terisini va yuzini ayanchli ahvolga solib qo'ygan edi.
1185-yilgacha u Salohiddin bilan sulh orqali Quddusni o'zida saqlab turgan va tinchlikni taminlagan. 1185-yilda vafot etgach, 2 yildan so'ng Salohiddin Ayubiy Quddusni qaytarib oladi.

Bu voqealarni o'z ichiga olgan film "Muqaddas zamin" (kingdom of heaven) filmi 2005-yilda rejissyor Ridli Skot tomonidan suratga olingan. Film oskar mukofoti yutmagan. Filmda Bolduin IV rolini Edvard Norton gavdalantirgan. Salohiddin rolini esa Suriyalik aktyor Hasan Masud bajargan.
Rasmlarda
1-filmning minimalistik posteri
2- Bolduin IV
3-Bolduin IV ning ijtimoiy tarmoqlarda memlarga sabab bo'lgan sahnasi
👍5