Post scriptum
96 subscribers
220 photos
17 videos
18 links
Kanalda asosan tarixiy shaxslar, voqealar, malumotlar yozib boriladi. Bazida adabiyot, kino va musiqaga oid fikrlarim bilan ham bo'lishaman.
©️ Jahongir Yuldashev
Download Telegram
Ken Miles (to'liq ismi Kenet Genri Miles) 1918-yil 1-noyabrda Angliyaning Sutton Coldfield shahrida tug'ilgan. U Ikkinchi Jahon urushi davrida Britaniya armiyasida xizmat qilgan va urushdan keyin avtomobil poygalariga qiziqishi ortib, AQShga ko'chib o'tgan. Miles mashinasozlik va poyga sohasida katta tajribaga ega bo'lib, Carroll Shelby bilan hamkorlikda Ford kompaniyasining GT40 modelini ishlab chiqishda muhim rol o'ynagan. U 1966-yilda Le Man 24 soatlik poygasida Ford jamoasi bilan ishtirok etib, mashhur "1-2-3" g'alabasiga erishgan. Afsuski, 1966-yil 17-avgustda Kaliforniyadagi Riverside xalqaro poyga yo'lida yangi avtomobilni sinovdan o'tkazish paytida halok bo'lgan. Ken Milesning hayoti va faoliyati 2019-yilda chiqarilgan "Ford v Ferrari" filmida tasvirlangan.
Filmda Ken Mayles rolini Kristian Beyl gavdalantirgan. Kristian Beyl esa bu roli uchun poygachilar uchun mo'ljallangan kursga borgan

P.S. Kinoni ko'rganim foyda berib, svoyakda oxirgi 50 ballik savolda ochko olib keyingi bosqichga olib chiqqan fakt😎
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Venetsiya doji yoki hokimi (Doge di Venezia) — bu Venetsiya Respublikasining umrbod hukmdori edi. Bu lavozim VIII asrdan 1797 yilgacha mavjud bo‘lib, Napoleon respublikani tugatgunga qadar davom etgan
Doj bilan bog‘liq eng mashhur marosimlardan biri — har yili o‘tkaziladigan "dengiz bilan nikoh" (Sposalizio del Mare) edi. Bu marosimda doj dengizga oltin uzuk tashlab, Adriatika dengizi bilan "nikohlanar" edi. Bu Venetsiyaning dengiz ustidan hukmronligini anglatardi.
🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🗿1
Remark asarlari: Bosh qaxramon bo'lgan juftliklardan qaysidir biri aniq o'lishini bilib o'qib kelaverasan.
Remark esa ularni har doim kutilmagan tarzda o'ldirishda davom etaveradi... etaveradi
2💔2👍1
#taqriz
Lissabondagi tun (1962)
Erix Mariya Remarkning Lissabondagi tun romani Ikkinchi jahon urushi davrida sodir bo‘lgan fojeali voqealar, quvg‘in hayoti va insoniy umidsizlik haqida hikoya qiladi. Asarning bosh qahramoni, nemis quvg‘ini, Fransiyadan qochib, Portugaliyaga yetib keladi va u yerda o‘zi kabi qochqin bilan uchrashadi. Bu noma’lum kishi unga o‘zining dahshatli, fojiali hayot hikoyasini aytib beradi. Roman butunlay shu hikoya asosida qurilgan bo‘lib, sevgi, umid va qochqinlikning og‘ir qismati haqida chuqur falsafiy mushohadalarni o‘z ichiga oladi.
Menimcha bu kitob sevgi haqidagi eng ajoyib romanlardan biri
👍511
Instagramdan ko'rib qolgandim.

Sinab ko'rgandim rost ekan😂😂
Xitoy deepseekni ham yaxshigina qo'lga olgan ekan
😁6
Muzyorar (Snowpiercer)(2013): Tabaqalanish, Inqilob va ekotizim

Insoniyat global isishning oldini olmoqchi bo'lib global sovuqni boshlab beradi.

Bong Joon-ho tomonidan suratga olingan "muzyorar" filmi, butun insoniyatning qolgan qismini poyezd ichida yashayotgan distopik dunyoda tasvirlaydi. Global sovuqdan keyin, hayot faqat muzyorar deb nomlangan poyezd ichida davom etadi. Poyezdning orqa qismida kambag‘allar, old qismida esa boylar yashaydi. Filmda, kambag‘allar yuqori tabaqa tizimiga qarshi qo‘zg‘olon boshlashadi.

Film ijtimoiy tabaqalanish, adolatsizlik va inqilob haqida kuchli xabar beradi. Poyezdning ichki qismlari va muhitning yomonlashishi filmning og‘ir va mahzun atmosferasinj yaratilgan. Chris Evans va Tilda Swintonning ijrolari ham juda ta’sirli.

Ekotizim, hayot qonuni bo'lib hamma narsani nazoratga olish kerak, ayniqsa populatsiyani.
Yer sayyorasi ham qaysidir manoda kinodagi kabi muzyorar poyezdi va bir kun kelib bu tizim ham zavolga yuz tutadi
👍2
1-rasm: Texnologiya 1800 yilda qanday rivojlanganligi
2-rasm: Texnologiya shundan keyingi 200 yilda qanday rivojlanganligi. Ajoyib shunday emasmi.
Endi bundan keyingi 200 yilda qanday bo'lishini bir o'ylab ko'ring
👍1
Let it snow - Dean Martin📱
Bizda yana qor.❄️
Boshqalar kabi Chingizning siyqasi chiqqan gapini aytmasdan, shu vibe ga mos kinolarni aytib o'tmoqchiman 📱

- Sug'ur kuni
- Beg'ubor aqlning abadiy charog'i (eternal sunshine of the spotless mind) (Jimm Kerry)
- Nafratlanuvchi sakkizlik (hateful eight)
- Muzyorar (snowpiercer)
- Omon qolgan (the revenant)
- the thing (qanday tarjima qilinishini bilmadim)
- va albatta shining (porlash)

Xullas, shular. Agarda qaysidir biri kerak bo'lsa aytsangiz guruhga tashlab beraman
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
32👍2
🅰️🔠🔠
MAURITSIO KATELLAN

U masxarabozlik, istehzo va san’at olamidagi an’anaviy tushunchalarga qarshi chiqish bilan mashhur.
---
📌 Kim u?

🔹 Tug‘ilgan yili: 1960
🔹 Mamlakat: Italiya
🔹 San’at yo‘nalishi: Kontseptual san’at, hajviy skulpturalar
🔹 Uslubi: Hajviy va provokatsion ishlar orqali san’at institutlarini tanqid qilish
---
🎨 Eng Mashhur Ishlari

1️⃣ "Comedian" (2019) – Devorga yopishtirilgan banan

Haqiqiy banan va skotch yordamida tayyorlangan.
Narxi: $120 000 ga sotilgan!
Aslida, bu san’at olamidagi absurd narxlar va kapitalizmni hajv qilish uchun yaratilgan.
San’atchi David Datuna esa uni bir ko‘rgazmada yeb qo‘ygan(2019), lekin bu ham ijodiy performans deb qabul qilingan.
---
2️⃣"La Nona Ora" (1999) – Meteorit urgan Papa

Haykaltaroshlik asari, unda Ioann Pavel II yerga yiqilgan va meteorit bosib turgan holda tasvirlangan.
Diniy doiralarda juda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan.
Katolik cherkovining kuchi va zaifligini aks ettirishga harakat qilgan.
---
3️⃣ "America" (2016) – Oltindan yasalgan unitaz

100% sof oltindan yasalgan ishlaydigan hojatxona.
Guggenheim muzeyida namoyish etilgan, lekin keyin o‘g‘irlangan.
Bu ham kapitalistik jamiyatning absurdligiga hajviy ishora edi.
----
4️⃣ "Him" (2001) – Adolf Gitler tiz cho‘kkan holatda

Gitler ibodat qilayotgandek ko‘rinadi, lekin yaqinlashganingizda uning yuzi aniq ko‘rinadi.
Bu ish ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan.
Tarixiy shaxslarning butunlay boshqa kontekstda tasvirlanishi san’at olamida kuchli muhokamalar uyg‘otgan.

🧐 Cattelan Nima Uchun Muhim

San’at olamini hajv qilgan birinchi katta rassomlardan biri.
Kapitalizm, din va siyosat ustidan kinoya qilishni yaxshi ko‘radi.
San’at doimo jiddiy bo‘lishi shart emasligini ko‘rsatadi.
Ko‘p asarlari juda bahsli va san’at chegaralarini kengaytirgan.

Xulosa ❗️

Maurizio Cattelan – zamonaviy san’atning eng jasur provokatorlaridan biri. Uning ishlari ko‘pchilikni hayratga soladi, kuldiradi yoki g‘azablantiradi, lekin hech kimni befarq qoldirmaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Aytgancha...
Shu rasmni shu yerga muxrlab qo'yaylik, to'g'ri birinchi o'rin emas nu mayli, hudo hohlasa keyingi safar🙂
👍631❤‍🔥1
Frans Eemil Sillanpää (1888–1964) finlandiyalik yozuvchi boʻlib, adabiyot boʻyicha Nobel mukofotini qoʻlga kiritgan birinchi finlandiyalik muallif hisoblanadi. U 1939 yilda bu mukofotga sazovor boʻldi. Sillanpääning asarlari, asosan, Finlandiya qishloq hayoti va oddiy odamlarning hayotiga bagʻishlangan boʻlib, ayniqsa dehqonlar va qishloq turmushi haqida chuqur psixologik va lirik tasvirlar bilan ajralib turadi.

Uning eng mashhur asarlari quyidagilardan iborat:

1. "Hurskas kurjuus" ("Meek Heritage", 1919) - Bu roman Finlandiya fuqarolar urushi (1918) davridagi kambagʻal dehqonning hayoti va kurashini tasvirlaydi. Asar Sillanpääning eng muhim asarlaridan biri hisoblanadi.

2. "Nuorena nukkunut" ("The Maid Silja", 1931) - Bu roman yosh xizmatchi Silja haqida hikoya qiladi, uning hayoti qiyinchiliklar va fojialar bilan toʻla boʻlsa-da, muallif uni goʻzallik va qadr-qimmat bilan tasvirlaydi.

3. "Ihmiset suviyössä" ("People in the Summer Night", 1934) - Bu asarda Finlandiya qishlogʻida bir yoz kechasida turli qahramonlarning hayoti va ularning oʻzaro munosabatlari lirik tarzda aks ettirilgan.

Sillanpääning Finlandiya qishloq hayotini chuqur idrok etishi va insoniy tajribalarni hissiyot bilan tasvirlash qobiliyati unga tanqidchilar eʼtiborini qozondi va u Finlandiya adabiyotida mustahkam oʻrin egalladi. Uning Nobel mukofoti "dehqonlarning hayoti va ularning tabiat bilan boʻlgan munosabatini ajoyib badiiy mahorat bilan tasvirlagani uchun" berilgan.
Johannes Vilhelm Jensen (1873–1950) — daniyalik yozuvchi, shoir va esseist boʻlib, 1944 yilda adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan. Uning asarlari ilmiy-fantastik, tarixiy va falsafiy mavzularni qamrab oladi. Yensen oʻz asarlarida insoniyatning evolyutsiyasi, madaniyat va fan rivoji kabi murakkab mavzularni oʻrganadi.

Yensenning eng mashhur asarlari orasida "Den lange rejse" ("Uzoq safar") romanlar sikli ajralib turadi. Bu siklda insoniyatning qadim zamonlardan zamonaviy davrgacha boʻlgan evolyutsiyasi va rivojlanishi tasvirlanadi. Ushbu asar muallifning ilmiy qiziqishlari va insoniyat tarixiga boʻlgan qiziqishini aks ettiruvchi eng yorqin namunalardan biridir.

Yensen shuningdek, qisqa hikoyalar, sheʼrlar va esselar yozgan. Uning asarlarida tabiat, texnologiya va insoniyatning kelajagi haqida chuqur fikrlar muhokama qilinadi. Uning adabiy uslubi boy tasvirlar, ilmiy tafakkur va falsafiy chuqurlik bilan ajralib turadi.

1944 yilda Yohannes Vilhelm Yensen "oʻzining boy va koʻp qirrali sheʼriy tasavvuri va ilmiy qiziqishlari bilan birlashtirilgan badiiy jasorati uchun" Nobel mukofotiga sazovor boʻldi. Uning asarlari zamonaviy adabiyotga katta taʼsir koʻrsatdi va u Daniya adabiyotining eng buyuk namoyandalaridan biri sifatida tan olindi.
Instagramda akula va boshqa baliqlar qirg'oqqa chiqib olishgani haqida videolar rekka chiqib ketti. Tinmay aylanyabdi. Video oxirida esa ular aslida Leviafandan qochishyotgani aytilmoqda.
Xo'sh agar shunday bo'lsa Leviafan nega qirg'oqqa chiqmoqda?
Javobi oddiy, uni Kristofer Nolan o'zining yangi kinosida syomkaga chaqirgan, chunki Nolan kompyuter grafikasidan foydalanmaydi 🧠
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁7👍4🤣3
#kino #biografik
"The Irishman" (2019) – mafiya, do‘stlik va xiyonat haqida epik hikoya

Martin Skorsezening bu filmi mafiyaning ichki olamini, siyosat bilan bog‘liqligini va insoniy fojiani chuqur yoritadi. Film Frenk Sheeranning hayoti orqali Jimmi Xoffaning sirli g‘oyib bo‘lishi va mafiya ichidagi murakkab munosabatlarni tasvirlaydi.

Robert De Niro, Al Pachino va Jo Peschi ijrosi filmga realistik ruh bag‘ishlaydi. Skorseze o‘ziga xos uslubda hikoyani ohangdor tarzda yetkazib, vaqt va qarilikning og‘irligini his qildiradi. Biroq, 3 soatlik davomiylik zeriktirib qo'yishi mumkin.