Post scriptum
96 subscribers
220 photos
17 videos
18 links
Kanalda asosan tarixiy shaxslar, voqealar, malumotlar yozib boriladi. Bazida adabiyot, kino va musiqaga oid fikrlarim bilan ham bo'lishaman.
©️ Jahongir Yuldashev
Download Telegram
#gameofthrones
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 xonadoni

Barateon xonadoni tug'rosi tillarang mato sahniga ishlangan tojdor kiyik hisoblanadi. Barateon xonadoni shiori "g'azab bizniki"

Robert Barateon- sulolaning ilk qiroli
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yo'qolgan ayol (gone girl)

2012-yilda chiqqan Gillian Flinning shu nomdagi romaniga asoslangan

Film 2014-yilda rejissyor Devid Fincher tomonidan ekranlashitirlgan.

Film Emmi(Rozamund Payk) ismli ayolning eri Nik Dyunni(Ben Afflek) qotil deb o'ylashlari va o'limga hukm qilishlari uchun uyidan sirli ravishda qochib ketishi haqida.
Film bir nechta mukofotlarga ega bo'lgan lekin oskar mukofoti bular orasida yo'q

Rasmlarda esa filmning rasmiy posteri (chapda)
Minimalistik posteri(o'ngda) ko'rishingiz mumkin
👍3
#biografikfilm

Jeyk LaMotta (1922-2017) Amerikada tug'ilgan italiyalik bokschi. 1949-yildan 1951-yilgacha o'rta vazn bo'yicha jahon chempioni. Uning ringda raqiblarini to'xtovsiz taqib qilaverishi sababli unga "Bronkslik buqa" yoki "Quturgan buqa" deb atashgan.

Uning hayoti haqidagi biografik film "Quturgan buqa" 1980-yilda rejissyor Martin Scorsese tomonidan olingan. Filmda LaMotta rolini Robert De Niro bajargan.
Film 2 ta oskar mukofoti(eng yaxshi aktyor; eng yaxshi montaj ) qo'lga kiritgan.
Rasmlarda: 1-Jeyk LaMotta
2-filmning rasmiy posteri
3-filmning minimalistik posteri
👍5
Qirol Bolduin IV Moxov (yoki Qudduslik) salib yurishlaridan so'ng qo'lga kiritlgan Quddus qiroli. Quddusni mudofaa qilish paytida 1177-yilda 16 yoshida sulton Salohiddin Ayubiyni mag'lub etgan. U moxov kasalligiga chalingani tufayli doim niqob taqib yurgan chunki kasallik uning terisini va yuzini ayanchli ahvolga solib qo'ygan edi.
1185-yilgacha u Salohiddin bilan sulh orqali Quddusni o'zida saqlab turgan va tinchlikni taminlagan. 1185-yilda vafot etgach, 2 yildan so'ng Salohiddin Ayubiy Quddusni qaytarib oladi.

Bu voqealarni o'z ichiga olgan film "Muqaddas zamin" (kingdom of heaven) filmi 2005-yilda rejissyor Ridli Skot tomonidan suratga olingan. Film oskar mukofoti yutmagan. Filmda Bolduin IV rolini Edvard Norton gavdalantirgan. Salohiddin rolini esa Suriyalik aktyor Hasan Masud bajargan.
Rasmlarda
1-filmning minimalistik posteri
2- Bolduin IV
3-Bolduin IV ning ijtimoiy tarmoqlarda memlarga sabab bo'lgan sahnasi
👍5
Angelo Agostini mukofoti - 1985-yilda tasis etilgan Braziliya an'anaviy komiks mukofoti.
Mukofot Braziliya komikslari asoschisi deya tariflanadigan Angelo Agostini sharafiga shunday nomlangan
👍3👎1
Angelo Agostini - ilyustrator, jurnalist va bir nechta nashriyotlar asoschisi. U 1843-yilda Italiyada tug'ilgan. 1859-yilda Braziliyaga ko'chib kelib muqim joylashadi.
U Braziliyada savodsiz aholi ko'b bo'lganligi bois ular ham o'qishga qiynalmaydigan asosan rasmlardan iborat bo'lgan bir nechta hikoyalarini chop ettira boshlaydi va shu tariqa Braziliya komikslari asoschisiga aylanadi
🔥1
Bigorna - bu Braziliya komikslari haqidagi veb sayt bo'lib 2005-yildan 2011-yilgacha faoliyat olib borgan. 2006-yilda Angelo Agostini mukofotiga sazovor bo'lgan
Jidaegeki - bu Meydzi islohotlaridan oldingi davrdagi dehqon, hunarmand va asosiysi samuraylar yoritilib ko'rsatiluvchi yapon televideniyasi janri.
Tyambara bu shu janrning bir tarmog'i bo'lib unda faqat samuraylar jangi ifodalanadi. Bazi manbalarda ikkalasi bir xil deya tariflansa bazilarida tyambara jidaegeki ning sub-kategoriyasi deya tariflanadi.
Farqi;
-Tyambarada aniq qilichbozlik sahnalari bo'lishi
- Jidaegeki da Meydzi islohotlarigacha (1868-y) davrda bo'lishi va qilichbozlik sahnalari bo'lmasligi ham mumkin
🔥2
The power of the dog (ru: власть пса) yozuvchi Tomas Sevidj ning 1967-yilda chiqqan shu nomdagi romaniga asoslangan vestern janrdagi film.
Asar voqealari katta rancho egalari bo'lgan aka-uka Fil va Jorj Burbanklar haqida.

Rejisyor: Jeyn Kempion 2022-yilda eng yaxshi rejisyor uchun oskar mukofotini yutadi.
Trimatlar (bazan "Likining farishtalari" deb ham aytiladi) - Jeyn Gudoll, Dian Fossi va Birute Galdikas uchligidan iborat guruh. Guruhda uchta shaxs bo'lgani va asosan primatlarni o'rgangani uchun shunday nom berilgan
👍4🔥2
Asketizm - yunoncha "mashq qilish"
Ko'pincha ma'naviy maqsadlarga erishish uchun dunyoviy lazzatlardan tiyilish bilan tavsiflangan turmush tarzi . Asketlar oʻz amaliyotlari uchun dunyodan ketishi yoki oʻz jamiyatining bir qismi boʻlishda davom etishi mumkin, lekin odatda moddiy boylik va jismoniy zavqlardan voz kechish bilan tavsiflangan tejamkor turmush tarzini qabul qiladi, shuningdek, vaqtini roʻza tutishga eʼtibor qaratgan holda oʻtkazadi.
Qisqasi tarkidunyo qilishning yunoncha tarjimasi ekan
Lorenso Medichi muhtasham (1449-1492) - Italiya davlat arbobi. Florensiya respublikasi va Italiya uyg'onish davrining eng kuchli homiysi. U rassomlardan Botichelli va Mikelanjeloga homiylik qilgan. Italiya ligasi rahbari bo'lib siyosiy vaziyatni barqaror ushlab turgan. Medichilarning ajdodlari shifokorlar bo'lgan deya takidlanadi.
👍2
Kristian Hyugens (1629-1695) Gollandiyalik ixtirochi, fizik, astronom. Astronomiyada Saturn halqalarini va uning yo'ldoshi Titanni kashf etgan. Muhandislikda mayatnikli soat ixtiro qilgan. Akasi Konstantin Hyugens bilan birgalikda katta teleskop (diametri 50 metrdan ortiq) yasagan. Isak Nyuton uni zamonasining buyuk olimlaridan biri deya hisoblagan.
👍2
Uilyam Garvey (1578-1657) ingliz shifokori. Saroyda qirol tabibi bo'lgan Yakov I va Karl I Styuartni davolagan. Qon tomirlarida qon bir xil miqdor bo'ylab aylanishini va bu jarayonda asosiysi yurak ekanligini isbotlab berdi. Qon arteriyalar orqali chiqib venalar orqali qaytishini, yurak xar gal qisqarganida chiqadigan qon miqdorini ham aniqlagan
👍1