Post scriptum
96 subscribers
220 photos
17 videos
18 links
Kanalda asosan tarixiy shaxslar, voqealar, malumotlar yozib boriladi. Bazida adabiyot, kino va musiqaga oid fikrlarim bilan ham bo'lishaman.
©️ Jahongir Yuldashev
Download Telegram
1996-yil 1-avgust Jorj Martinning "Taxtlar o'yini" ilk marta nashrdan chiqqan sanasi.
Bu olam shunchaki oddiy olam emas lekin mo'jizalarga to'la olam ham emas. Shunday qiziqarli intriga, saspens, kulminatsiyalarga boy olam.
Oradan deyarli 30 yil o'tkan bo'lsa ham "Taxtlar o'yini" o'zining muxokamaga boy syujeti, dolzarbligini va murakkabligini saqlab qolgan.
Hozir esa Jorj Martin kitobni yozishdan boshqa hamma narsa qilayotganini hisobga olsak menimcha shu holatida qolsa kerak lekin shundayam umid qilishdan to'xtamaymiz

@PostScriptd
👍7
5 kunlik sport karyerasi

Gretsiyalik suv tashuvchi Luis Spiridon 1896-yildagi ilk olimpiada o'yini marafon g'olibi hisoblanadi.
U juda kambag'al oiladan bo'lgan, sobiq harbiy bo'lgan Luisni komandiri marafonga qatnashishga undaydi. Finalda 17 nafar ishtirokchi orasida 1-o'rinni egallagan Lui Spiridon millat qahramoni unvoni va juda katta mashxurlikka erishadi. Lekin shunga qaramasdan olimpiadadan so'ng atletiklik faoliyatini tugatib politsiyachi va fermerlikni tanlaydi. Shu bilan olimpiadadagi kunlarini hisoblaganda uning faoliyati 5 kun davom etgan

@PostScriptd
👍6
Vienna
Billy Joel
When will you realize
Vienna waits for you
👍21
r/NoSleep - bu Reddit veb-saytining mashhur bo‘limi bo‘lib, foydalanuvchilar tomonidan yozilgan vahimali hikoyalarga bag‘ishlangan. Bu hikoyalar shaxsiy tajribalar sifatida birinchi shaxs tilidan bayon qilinadi. r/NoSleep’ning o‘ziga xos xususiyati shundaki, foydalanuvchilar bu hikoyalarni, garchi ular to‘qima bo‘lsa-da, haqiqiy deb qabul qilishlari va tasvirlangan voqealar xuddi rostan sodir bo'ladigandek reaksiya bildirishlari ko'p uchraydi
3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥉🔥 Zakovat o‘yinida qo‘shimcha savollar orqali 3-o‘rinni egallagan Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasi xursandchiligi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62
Qo'llab-quvvatlab muxlislik qilganlarga katta rahmat
❤‍🔥61
Forwarded from ZakoWhat?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥹Ғалаба кимники бўлишидан қатъи назар, юраклар аллақачон бир жамоада эди

😍Shańaraq

P.S. Иккаласи бошқа бошқа ВУЗларда)

ZakoWhat?
❤‍🔥104🕊1
Sizga butun umr yosh va navqiron bo'lib yashash imkoniyati berilganda lekin evaziga yosh bo'lib qayta tug'ilish uchun baribir o'lishingiz kerakligi taklif qilinganda qabul qilarmidingiz ?

Yo'q albatta, 16 marta takror-takror o'lgandan, 1 marta o'lib qutulgan maqul to'g'rimi. Lekin Mickey 17 da tanlov imkoni yo'q, va labaratoriya kalamushi kabi ishlatiladi va gallaktika bo'ylab mustamlakachilik ekspeditsiyasida ishtirok etadi
Qiziq to'g'rimi, ha juda.

Hey Mikki, o'lish qanday tuyuladi
👍32
Agema (yunoncha Ἄγημα) — kichik, elita harbiy bo‘linma. Zamonaviy Yunoniston armiyasida ham bu atama tantanali rotalar va dengiz desanti guruhlari uchun qo‘llaniladi.

Aleksandr Makedonskiy armiyasida “agema” deb elita qismlar atalgan. Ikkita agema mavjud bo‘lgan:
Otliq agema — getayrlar* (hamroh otliq zodagonlar) tarkibida.
Piyoda agema — gipaspistlar* korpusi tarkibida.
Otliq agema “podshoh ilasi”* (basilike ile) deb ham atalgan. U boshqa ilalardan farqli ravishda 400 kishidan iborat bo‘lgan (oddiy ilalarda 200 kishi bo‘lgan). Jangda podshoh ilasi doimo safning o‘ng qanotida — eng sharafli joyda turardi. Uning tarkibida shuningdek “shaxsiy getayrlar” — podshohning yaqin kishilaridan iborat kichik guruh ham xizmat qilgan. Ularni oddiy getayr otliqlari bilan adashtirmaslik kerak.
Piyoda agema esa “podshoh gipaspistlari” (basilikoi hypaspistes) deb atalgan. U bitta otryaddan iborat bo‘lib, 512 kishini tashkil etgan. Keyinchalik, ehtimol, son jihatdan ikki baravar katta bo‘lgan xiliarxiya darajasigacha kengaygan. Lagerda gipaspistlar agemasi podshoh chodirini qo‘riqlagan, jangda esa piyoda qo‘shinining o‘ng qanotida joylashgan.

*Getayr - Aleksandr Makedonskiy armiyasidagi elita otliqlar
*Gipaspist - (yun - qalqon ko'taruvchi) maxsus piyoda qo'shin
*Ila (ile) - harbiy birlik nomi
Post scriptum
Чо за лев этот тигр😎🤩🖤
Oradan deyarli 2 yil o'tib kitobning ikkinchi qismi ham chiqdi.
Vesterosning Ko‘rinmas Ko‘prigi: Nega Aynan Tirion?
"Muz va olov qo‘shig‘i" olamida qiziq bir statistika bor: serialda eng ko‘p ekran vaqti, kitobda esa eng ko‘p POV (shaxsiy nuqtai nazar) boblari aynan Tirion Lannister va Jon Snowga tegishli.
Jon Snow — asarning "Muz" qismi. U shimolning sovuq haqiqati, yolg‘oni, bastardi va vorisi. U haqiqiy jangchi va tug‘ma yetakchi. Lekin Tirion... U na qirol, na buyuk ritsar va na jismonan sog‘lom inson. Xo‘sh, nega George Martin butun bir saltanat tarixini aynan shu "pakana"ning ko‘zi bilan ko‘proq ko‘rsatishni afzal ko'rgan?
Hamma yo'llar Tirionga olib boradi
Tirion — asarning asosiy "sayohatchisi" va barcha qutblarni bog'lovchi nuqtadir. Uning statistik ustunligi tasodif emas:
U Starklar bilan Vinterfellda boshqalarga qaraganda ko'proq vaqt o'tkazgan;
Jon Snow bilan Devor tepasida turib, dunyoni kuzatgan;
Joffrey va Sersei bilan poytaxtni boshqargan va Stannis armiyasidan shaharni saqlab qolgan;
Va nihoyat, dengiz ortida Daenerys bilan uchrashgan.
U barcha frontlarni ko'rgan yagona ko'prikdir.

Kitobdagi "Maxluq": Tashqi xunuklik va ichki fojia
Serialda Peter Dinklage ijrosidagi Tirion jozibali ko'rinsa-da, kitobda Martin uni ataylab "qo'rqinchli" qilib tasvirlaydi. Uning ko'zlari har xil rangda (biri yashil, biri qora), peshonasi turtib chiqqan va Qora suv jangidan so'ng burnining yarmini yo'qotgan "xunuk maxluq".
Jamiyat uni "Monster" deb ataydi, otasi esa uni Lannisterlar shon-sharafiga surilgan dog' deb biladi. Ammo kitobning qudrati shundaki, biz uning ana shu qo'rqinchli yuzi ortidagi eng nozik ichki kechinmalarini o'qiymiz. Kitobda uning har bir hazili ortida nafrat emas, balki qabul qilinishga bo'lgan tashnalik borligini his qilamiz.
@PostScriptd 📖
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
Lisan al gaib
🔥7
1814-yil 17-oktabr: Londondagi pivo toshqini
Mahalliy "Meux and Company" pivo zavodi o‘sha davrda Londondagi eng yirik ikki zavoddan biri edi. U yerda ulkan bochkalarda bir necha oy davomida yetiladigan mashhur to‘q rangli pivo — porter tayyorlanar edi.
Shu kuni bochka halqasi yorilib ketadi va u parchalanib ketadi. Zanjir reaksiyasi natijasida boshqa sisternlar ham portlay boshlaydi va ko‘chalarga qariyb 1,5 million litr pivo oqib chiqadi. Sanoqli daqiqalar ichida balandligi 4,5 metr bo‘lgan to‘lqin uylarni vayron qiladi va yerto‘lalarni to‘ldirib yuboradi.
Hodisada jami sakkiz kishi halok bo‘ladi, ularning aksariyati ayollar va bolalar edi. Qurbonlar soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin edi, biroq o‘sha vaqtda erkaklar ishda bo‘lishgan. Falokatdan so‘ng odamlar tekin pivoni g‘amlab olishga tushishadi. Shaharda ommaviy mastlik holati yuzaga keladi. Buning oqibatida, oradan bir necha kun o‘tib, yana bir kishi alkogoldan zaharlanish natijasida vafot etadi

@PostScriptd 🌹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
600 yillik qasam
1242-yilda Oksford Universitetining talabasi Genri Simeonis boshqa bir talabani o'ldiradi. Genri badavlat oila farzandi bo'lganlikdan yengil jazo va Oksforddan haydalish bilangina kifoyalanadi. Keyinchalik qirol Genrix III tomonidan oqlanadi va Oksfordga kelishga ruxsat beriladi. Bundan Oksford universiteti boshqaruv jamoasi norozi bo'lishadi va ichki tartib qoidaga o'zgartirish kiritishadi. Qoidaga ko'ra bitiruvchi talabalar "Men hech qachon Genri Simeonisni kechirmayman" qabilidagi qasamyod qabul qilishi kerak edi. Bu tartib kuchga kiradi. Vaqt ham o'taveradi. Har yili yuzlab bitiruvchilar o'zlari tanimaydigan odamni kechirmaslikka qasam ichishardi.
XVII-XVIII asrlarga kelib Oksford talabalari bu qasamyodni shunchaki kulguli marosim sifatida qabul qilishardi.
XIX asrga kelibgina tarixchilar arxiv malumotlari ichidan bu qasamyod tarixini va sababini aniqlashgan. 1827-yilda universitet o'z qoidalarini isloh qilishga qaror qiladi va bu qasamyodni ham bekor qiladi
😁5
Yevropaning laʼnatlangan xalqi – Kagotlar

Gʻarbiy Fransiya va Shimoliy Ispaniya hududlarida yashagan kagot xalqi XI asrdan deyarli XX asrgacha jamiyatdan chetlashtirib kelingan. Tarixchilar buning aniq sababini topa olishmagan, biroq bir qancha ilmiy va diniy nazariyalar mavjud.

Diniy sabab: kagotlar Iso Masih mixlangan xochni yasagan duradgorning avlodlari deb hisoblangan. Ilmiy taxminga koʻra esa ularning ushbu hududlarda yashagan ajdodlari moxov kasaliga chalingan; keyinchalik ular tuzalib ketgan boʻlsa-da, odamlar kasalni yuqtirib olishdan qoʻrqib, ularning avlodlarini ham moxov deb hisoblashgan – shu tariqa segregatsiyaga uchragan.

Kagotlar mohir duradgorlar hisoblanadi, chunki ular faqat shu kasb bilan shugʻullanishgan. Odamlar moxov yogʻoch orqali yuqmaydi deb oʻylab, ulardan yogʻoch buyumlarni sotib olishgan.

Gʻarbiy gotlar (Vestgotlar): Baʼzi tarixchilar kagotlarni magʻlub boʻlgan qadimgi german qabilalarining qoldiqlari deb hisoblaydi (“Cagot” soʻzi canis gothus – “got iti” soʻzidan kelib chiqqan degan qarash bor).

Fransuz inqilobidan keyin (1789-yil) “qonun oldida hamma teng” deb eʼlon qilingach, kagotlarga nisbatan taqiqlar rasman bekor qilindi. Biroq ijtimoiy nafrat va kamsitishlar XIX asr oxirigacha, hatto ayrim chekka qishloqlarda XX asr boshigacha davom etdi. Mahalliy aholiga singib ketganlar ham oʻzlarining kagot ekanligini yashirishga harakat qilib yashashgan.
Tasavvur qiling, bemor dorilarni ichmagani uchun shifokorni ayblashni
Fitnes trenerni esa mijozi zalga kelmagani uchun aybalshni
Advokatni esa mijoz qonunga rioya qilmay jinoyat qilgani uchun ayblashni
Juda g'alati tuyuladi shundaymi ?
Bu kasb vakillarining nima aybi bor, axir ayb mijozlarning yoki bemorning o'zidaku deyarsiz
Lekin bu mantiq ta'limga kelganda, albatta kimni ayblash kerak?
You goddamn right, o'qituvchi aybdor albatta
Ta'lim bu — O'qituvchi, O'quvchi va Ota-ona ishtirokidagi uchburchakdir. Shifokor yoki advokat misolida biz ikki tomonlama shartnomani ko'ramiz. Ta'limda esa uchta tayanchdan biri ishlamasa, konstruktsiya qulaydi. O'qituvchini ayblash — mashina g'ildiragi teshik bo'lsa, rulni almashtirish kerak deganidek mantiqsizdir."
Bizdagi g'alati jihat jamiyatning o'qituvchiga bo'lgan o'ta yuqori va ba'zan real bo'lmagan talabidir. Boshqa sohalarda natija uchun mijoz ham javobgar bo'lsa, ta'limda natija faqat o'qituvchining bo'yniga yuklab qo'yilgan.
💯6
Papa Benedikt IX (XI asr)
3 marta papa bo'lgan yagona shaxs. Birinchi marta papalikka saylanganida 20 yoshda bo'lgan va eng yosh papa bo'lgan.
Papalikning ikkinchi muddatida u uylanish uchun bo'shagan va bo'sh ketmasdan papalikni sotgan.
Uni ruhoniy libosidagi iblis deb ta'riflashgan.
Bir ijobiy tomoni shundaki, uning uchinchi va oxirgi ketganidan keyin cherkovda korrupsiyaga qarshi kurash boshlangan (Grigorian islohotlari)

@PostScriptd
😁2