Post scriptum
96 subscribers
220 photos
17 videos
18 links
Kanalda asosan tarixiy shaxslar, voqealar, malumotlar yozib boriladi. Bazida adabiyot, kino va musiqaga oid fikrlarim bilan ham bo'lishaman.
©️ Jahongir Yuldashev
Download Telegram
Artur Konnoli (1807-y London -1842-y Buxoro) ingliz razvedkachisi, tadqiqotchi va yozuvchi. U Ost-Indiya kompaniyasining 6-yengil otliq kavaleriyasining kapitani bo'lgan. U Markaziy osiyoga uyushtirilgan bir qancha maxfiy missiyalarda ishtirok etadi. Rossiya imperiyasi va Buyuk Britaniyaning Markaziy osiyo uchun kurashini tariflar ekan "Katta o'yin" terminiga asos soladi.

1841-yilda Konnoli, Buxoroda asirlikda ushlab turilgan Charls Stoddarni qutqarish uchun kelganida o'zi ham qo'lga tushadi. O'sha payttagi Buxoroning shafqatsiz amiri bo'lgan amir Nasrulloning buyrug'iga ko'ra, Buxoro arki oldidagi maydonda Stoddard va Konnoli ikkalasi ham 1842-yilda qatl etiladi.
👍1
Kristofer Makkandles (1968-1992) shuningdek o'zining "Aleksandr superdaydi" laqabi bilan mashxur.1990-yilda (22 yosh) Emory universitetini tugatgach o'zligini topish uchun uyidan chiqib ketgan va yovvoyi hayotta tabiat qo'ynida yashashga qaror qilib yo'lovchi mashinalarda Alyaskaga boradi. U Alyaskaga borgach vafot etgunicha fairbank bus 142 tashlandiq mikroavtobusda yashaydi.
1992-yil Sentabrda mikroavtobusdqn uning 30kg ga yaqin jasadi topilgan. Rasmiy hujjatlarda uning o'limiga ochlik sabab bo'lgan deya keltiriladi lekin bu munozarali mavzu bo'lib qolgan.
Uning hayoti haqida Jon Krakauer "into the wild(yovvoyi tabiatga kirish) " biografik kitobini yozadi, 2007-yilda esa shu kitob asosida Shon Penn rejissyorligida shu nomdagi(o'zbek tilida "og'ir shart sharoitda) film suratga olinadi. Filmda Aleksandr rolini Emil Hirsh o'ynagan.
-filmda Aleksandr ochlikdan emas zaxarlanib vafot etgani ko'rsatilgan
👍2
Arctic monkeys - 2002-yil avgustta tashkil topgan ingliz rok guruhi. Guruh solisti Aleks Tyorner, barabanchi Mett Helder, gitarachi Jeymi Kuk va baschi Jel O'Malli.
Sobiq baschi Endi Nikolson guruhni 2006-yilda "Whatever people say I am, that's what I am not (men odamlar aytgan odam emasman) " albomidan keyin tark etgan.

Demak shaxsiy reyting
-I wanna be yours
-505
-Do I wanna know
-knee socks
-R U mine?

Do I wanna know boshlanishidagi gitar ovozi eng zori❤️
🔥31
Keyingi guruh 21 pilots🎤 va AC/DC🎸
🔥2
Lui Zamperini (1917-2014)
Xristian missioneri, amerikalik uzoq masofaga yuguruvchi atlet va 2-jahon urushi faxriysi. U o'rta maktabda o'qib yurganida 1936-yil Berlin olimpiadasiga yo'llanma oladi.

Urushda u AQSH havo kuchlari tarkibiga qo'shiladi. U missiyalardan birida samaliyotidagi nosozliklar tufayli tinch okeaniga qulaydi.
47 kun davomida okeanda havo to'ldirilgan qayiqda jon saqlaydi va Yaponiyaga qarashli bo'lgan Marshall orollariga kelib qoladi va asir olinadi.
Mutsuxiro Watanabe uni mashhur olimpik atlet bo'lgani uchun juda ko'p qiynoqqa soladi. Urush tugagach u xristian missioneriga aylanadi va uni qiynagan barcha odamlarni kechirishga qaror qiladi va u buni eng oliy ish deb hisoblagan.

2014-yilda uning hayotiga bag'ishlangan "unbroken(uzb:sinmas iroda) " filmi suratga olingan. Filmda Zamperini rolini Jek O'Connell o'ynagan
👍1
Hyu Glass (1783-1833) - Amerikalik chegarachi, mo'yna sotuvchi tadbirkor. Uni grizzli ayig'i tilka pora qilib talagach sheriklari uni tashlab ketadi va u o'lim yoqasidan tirik qolgani haqidagi hayotiy hikoyalari bilan mashhur.
2015-yilda uning hayotiga asoslangan biografik film " The revenant"(uzb:omon qolgan) rejissor Alehandro Gonsales Inyaritu tomonidan suratga olingan.
Filmda Hyu Glass rolini Leonardo DiCaprio o'ynaydi va filmdagi roli uchun faoliyatidagi birinchi oskar mukofotini qo'lga kiritadi
🔥2
Filipp Filippovich Preobrajenskiy - Mixail Bulgakovning "Ityurak" qissasi qahramoni. Professor hayvonlar ustida turli tajribalar olib borib, ularning a'zolari orqali insonlarni yoshartirishda katta muvaffaqiyatlarga erishadi. Shunday tajribalardan birida u jinoyatchining miya gipofezini sharik laqabli itga o'rnatadi va kutilmaganda it odamga aylanadi. Asar davomida professor sharikni tarbiyalash uchun bir necha bor befoyda urinadi, lekin it itligicha qoladi va professorga dushmanlik yo'liga o'tadi. Yakunda professor operatsiya orqali miya gipofezini olib tashlaydi va sharik yana itga aylanadi.

©tarixdan sirlar kanali
Arkham hospital- Amerika komikslari(asosan dc komiks, betmen) da uchrovchi psixatriya kasalxona/qamoqxona.
U birinchi marta Dennis O'Neil tomonidan yozilgan, Irv Novick tomonidan chizilgan "Batman" #258 (1974-yilda) paydo bo'lgan. Odatda psixologik kasal jinoyatchilar saqlanadi.
Lionel Logue- Avstraliyalik nutq va til terapevti va havaskor aktyor. U qirol Georg VI ning duduqlanishini davolashi bilan mashhur. Bu haqida rejissor Tom Huper tomonidan 2010-yilda "The kings speech" (Uzb:qirol nutqi, rus: король говорит) filmi suratga olingan.
Qirol Georg VI rolini o'ynagan Collin Firth eng yaxshi aktyor nominatsiyasi bo'yichq oskar mukofotini qo'lga kiritadi
👍1
Bethlen royal hospital- Londondagi psixotrik kasalxona. Kasalxonaning mashxur va sirli tarixi bir qancha qo'rqinchli kitoblar, filmlar seriallar va ayniqsa 1946-yilda Boris Karloff ning "Bedlam" filmi yaratilishini ilhomlantirgan.
Kasalxona bemorlari qatorida bir qancha mashxur shaxslar rassom Louis Wayne, Edvard Oxford kabi shaxslar kiradi
Små grodorna yoki maypol raqsi ( shvedcha "Kichik qurbaqalar") an'anaviy shved raqsi va qo'shig'i bo'lib, yoz o'rtalarida an'anaviy tarzda ijro etiladi , unda ishtirokchilar gullar bilan bezalgan ustun atrofida raqsga tushishadi . Raqs qurbaqalarda etishmaydigan tana qismlarini, ya'ni "quloqlar" ( öron ) va "dumlar" ( svansar ) ni tasvirlaydigan harakatlarni o'z ichiga oladi. Vaqti-vaqti bilan Rojdestvoda Små grodorna ham kuylanadi, lekin bunda ustun atrofida raqsga tushish o'rniga, Rojdestvo daraxti atrofida raqsga tushishadi
Rasmda: Midsommar filmi
Mavzuga aloqador: Farandola
🔥1
Midsummer (yoz o'rtasi) Shvetsiyada nishonlanuchi yoz faslining bayrami bo'lib, yozgi kun to'xtashi sanasi yaqinida sodir bo'ladi, u quyosh hisobida mavsumning o'rta nuqtasi sifatida tanilgan . Yozgi kunning aniq sanasi yildan-yilga o'zgarishi mumkinligi sababli, turli an'analar yoz o'rtasini turli sanalarda yoki haqiqiy kun to'xtashida yoki uning atrofida sodir bo'lgan turli nomlar ostida nishonlashi yoki belgilashi mumkin. Turli xil an'analar ko'pincha mintaqaviy, ma'naviy yoki diniy amaliyotlarga asoslangan. An'anaga ko'ra, yoz o'rtasi 20 iyundan keyingi birinchi shanba kuni bo'ladi
Rasmda: Norvegiyalik rassom Nikolay Astrupning "midsommar gulxani" kartinasi
Desmond Dos (1919-2006) - Amerikalik urush faxriysi. Urushda sanitar vazifasini bajargan. Okinava jangida qurol ko'tarmasdan jangga kirgani va 75ta odamni qutqargani bilan mashhur. U bolaligidan taqvodor bo'lgani, etiqodi kuchli bo'lgani uchun qurol ko'tarishdan bosh tortadi.
2016-yilda Mel Gipson rejisyorligida Desmon Dos haqidagi "Hacksaw ridge" (Uzb: Vijdon amri; rus: по соображениям совести) filmi premyerasi bo'lib o'tadi. Filmda Dos rolini Endryu Garfild o'ynagan.
Film 2ta oskar mukofoti: eng yaxshi ovoz rejisyori va eng yaxshi montaj nominatsiyalarida g'olib bo'lgan
👍1
Чо за лев этот тигр😎🤩🖤
🔥5