PIRAMIDA 👁️ - FAN & FIKR & BOOKS & MUSIQA & ADABIYOT & KINO🦉
2.16K subscribers
3.46K photos
1.3K videos
1.63K files
1.32K links
🛋️ Tarix
🌐 Siyosat
🗺️ Geografiya
🎥 Kino
🎧 Musiqa
🍷Adabiyot
📚 Kitoblar
🎨 Suratlarda aks etgan tarix
📝 Atamalar

Oʻziga oʻzi tarixchi & etnograf & sotsiolog maqomini bergan bolaning telegram kanali. Yaqinda "Nobel"ni ham beraman

Reklama: @Blellumm
Download Telegram
#kino #watched

"Qurbon" (2009)
👍3🤗2
#kino #ms

"Qirollar" (2020)
🎄1
#kino #watched

Xavfli duet (2026)
🍓1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 AXILLES va TOSHBAQA PARADOKSI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Водопады Игуасу - Iguasu sharsharasi!

Dunyodagi eng katta sharshara!
Uni "shayton og'zi" deb ham atashadi!

* ushbu Sharshara Braziliya 🇧🇷 va Argentina 🇦🇷 chegarasida Parana daryosi boʻyida joylashgan.
Forwarded from ZakoBuzz
Kapgra sindromi

Bu psixopatologik holat bo‘lib, unda bemor yaqin insonlari (ota-ona, turmush o‘rtog‘i va boshqalar) asl emas, balki ularning o‘rnini egallagan "ikkilamchi shaxs" borligiga ishonadi yoki begonalarni tanishlari deb adashtiradi. Sindrom ilk bor 1923-yilda fransuz psixiatri Jozef Kapgras tomonidan tasvirlangan.

Uning asosiy sababi — idrok (yuzni tanish) bilan hissiy javob o‘rtasidagi nerv bog‘lanishining uzilishi, bemor yuzni taniydi, lekin u bilan bog‘liq hissiy tuyg‘uni sezmaydi. Shu sababli yaqin odam "begona"dek tuyuladi.

ZakoBuzz
32👍1
Oʻqituvchilar senga eshiklarni ochib berishadi, ulardan faqat oʻzing kirasan


Xitoy maqoli
2❤‍🔥11🤝1
"Zakovat intellektual klubi"NNT 2023-2024 yilda Ta'lim muassasalari o'rtasida bo'lgan turnirlar savollaridan iborat kitob chiqargan ekan.

Mana shu kitobni Zakovat NNTdan olgan edim. Savollari ajoyib, nihoyatda yoqdi.

@PiramidaScience
👍51🤗1
Furqat

(taxallusi; asl ism-sharifi Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli) (1859, Qoʻqon —1909, Yorkent) — milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri. U shoir va adib, adabiyotshunos va muarrix, elshunos va mutarjim sifatida oʻzidan boy maʼnaviy meros qoldirgan. Shuningdek, Furqat zamonasining mashhur xattotlaridan biri boʻlgan. Yoshligidanoq Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir kabi shoirlar muhitida qizgʻin ijodiy faoliyat bilan mashgʻul boʻlgan. Mahallasidagi maktabda savod chiqargan, mudarris va kotiblardan xattotlik, arab tilini oʻrgangan. 8 yoshida Fariduddin Attorning „Mantiq ut-tayr“ asarini yod oladi. 14 yoshida madrasa talabasi boʻladi. Furqat 1873—1876-yillarda madrasada oʻqigan. Alisher Navoiy ijodini, fors adabiyoti namoyandalari merosini chuqur oʻrgangan, fors tilini mukammal oʻzlashtirgan. 1876-yilda Yangi Margʻilon (hozirgi Fargʻona) shahridagi savdogar togʻasining iltimosiga koʻra u yerga borib, savdo ishlarida unga yordamlashgan, keyinchalik oʻzi ham kichik doʻkon ochgan. Ayni paytda bilimdon ziyoli sifatida kishilarning arz va iltimoslarini rasmiy mahkamalarga arizalar shaklida bitib, mirzalik ham qilgan.
1👍1
#fakt

Matryoshka

Asosan ro'molli rus ayoli tasviri tushirilgan, bir-birining ichida yana shunday, faqat kichikroq shakl joylashgan, yog'ochdan yasalgan rus o'yinchog'i.


Versiyalardan biriga ko'ra XIX asr ohirida Yaponiyadan keltirilgan «7 baxt ma'budlari» nomli bir-biriga joylanuvchi qo'g'irchoqlar o'yinchoq hunarmandligida o'z «Rus uslubi» ni qidirayotgan xalqni Matryoshkani o'ylab topishga ilhomlantirgan.

@AnNasr_Zakovat
Yunon afsonalariga ko‘ra, marhumlarning ruhi yer osti dunyosi — Hadesda yashaydi.

Bu joyning hukmdori — Hades (o‘lim va yer osti xudosi).

Hades ichidagi asosiy qismlar:

Asfodel yaylovlari – oddiy odamlar ruhlari yashaydigan joy.

Elysium – qahramonlar va yaxshilar uchun jannatmonand maskan

Tartar – og‘ir gunoh qilganlar jazolanadigan eng qorong‘u joy.

Ruhlar bu dunyoga o‘tish uchun Stiks daryosidan qayiqchi Xaronga haq to‘lab o‘tishadi.

#mif

@PiramidaScience
🔥3😁21
#savol #zakovat

Javob: Kutubxona