PIRAMIDA 👁️ - FAN & FIKR & BOOKS & MUSIQA & ADABIYOT & KINO🦉
1.75K subscribers
3.54K photos
1.35K videos
1.63K files
1.37K links
🛋️ Tarix
🌐 Siyosat
🗺️ Geografiya
🎥 Kino
🎧 Musiqa
🍷Adabiyot
📚 Kitoblar
🎨 Suratlarda aks etgan tarix
📝 Atamalar

Oʻziga oʻzi tarixchi & etnograf & sotsiolog maqomini bergan bolaning telegram kanali. Yaqinda "Nobel"ni ham beraman

Reklama: @Blellumm
Download Telegram
Mahmud Zamaxshariy (1075-1144)

Allomaning to‘liq ismi Abul Qosim Mahmud ibn Umar Zamaxshariy bo‘lib, u hijriy 467 yil rajab oyining 27-kuni (1075 yil 19 mart) Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi ko‘p vaqtini Qur’on tilovati-yu namoz o‘qish bilan o‘tkazar, Zamaxshardagi masjidlardan birida imomlik ham qilgan.
Og‘ir illat tufayli alloma yoshligidan oqsoq bo‘lib qoladi va shundan so‘ng otasi uni og‘ir mehnatga majburlamay, madrasaga beradi. Zamaxshariy ilmga bo‘lgan zo‘r ishtiyoqi tufayli arab tili va adabiyoti, diniy ilmlar va xattotlikni puxta egallaydi.

Uning buyuk olim bo‘lib yetishishida ustozlarining ham hissasi beqiyos. Xususan, Abu Mudar ibn Jarir ad-Dabbiy al-Isfahoniydan til, lug‘at va adabiyotdan ta’lim olgan. Bag‘dodda shayxulislom Abu Mansur Nasr al-Xorisiy, Abu Soad ash-Shaqqoniy, Abu Xattob ibn Abul Batarlardan hadis ilmini o‘rgangan bo‘lsa, Makkada nahv va fiqh bo‘yicha Abu Bakr Abdulloh ibn Talxat al-Yabiriy al-Andalusiy, shayx as-Sadid al-Xayyatiylardan saboq olgan. Lug‘at ilmini esa Abu Mansur Mavhub abn al-Xodar al-Javoliqiy kabi mashhur olimlardan o‘rgangan.

Olim ko‘p asarlarini Makkadaligida yozgan. Hayotida chuqur iz qoldirgan bu zaminda Zamaxshariy besh yilga yaqin yashagan. Allomaning Jorulloh (Alloh qo‘shnisi) degan sharafli ta’rifga sazovor bo‘lishi shundan. Islom olamida yirik olim darajasiga ko‘tarilgan Zamaxshariyning Xorazmda ham, Sharqning boshqa shaharlarida ham juda ko‘p shogirdlari bo‘lgan. U qarindosh-urug‘larining qiyin-qistovlariga qaramasdan, uylanmagan. Buyuk alloma hijriy 538 yilda arafa kechasi (1144 yil 14 aprel) Xorazmda vafot etgan.

Zamaxshariy arab tili grammatikasi, lug‘atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, jo‘g‘rofiya, tafsir, hadis va fiqhga oid 50 dan ortiq asarlar yozgan. Jumladan, uning «Mufassal» asari arab tili grammatikasiga oid kitob bo‘lib, nafaqat Sharq, balki G‘arbda ham juda mashhur edi. Aynan shu asar tufayli olimlar: «Agar shu turk (Zamaxshariy) bo‘lmaganida edi, arablar o‘z tillari nahvi (grammatika)ni unutib yuborgan bo‘lardi», deb aytishgan.

Olimning «Muqaddamul adab» asari tilshunoslikka, «Asosul balog‘at» kitobi nutq madaniyatiga, «Atvoquz zahab fil Mavoiz val xutab» risolasi didaktikaga, «Rabiul abror va nususul axyor»i adabiyot, tarixga bag‘ishlangan.

Zamaxshariyning «Al-Kashshof an haqoiqit tanzil va uyunil aqovil fi vujuhit ta’vil» asarini alohida tilga olmaslikning iloji yo‘q. Asar Qur’onning sharhi, ya’ni tafsirdir. Asarning yozilish turi murakkabligiga qaramay, butun jahonda katta shuhrat qozongan. Hatto shu kunlarda ham Qohiradagi «Al-Azhar» universiteti talabalari «Al-Kashshof»ni alohida o‘quv kursida o‘rganadilar. Chuqur bilimi, zukkoligi va boshqa sifatlari tufayli alloma «Arab va ajam ustozi», «Xorazm faxri» deya tilga olinadi.

#shaxs
⚡1🫡1
Eron va arab adabiyotlari turk goʻzallariga doir sheʼrlar bilan toʻla va shuning uchun ham fors tilida "turk" soʻzi goʻzal va sevgili maʼnosida keladi. Zamaxshariy turk ayollari haqidagi sheʼrlarida goʻzallarning oʻrta boʻy, nozik bel, uzun soch, kamon qosh, qiyiq koʻz va gavdalarini oyoqlaridan uzunroq deya tasvirlaydi.

#fakt
🤗2
#kino #seen

° Halokat (2015) - 7.5/10
° Logan (2017) - 6.5/10
° Parazitlar (2019) - 8/10

@PiramidaScience
👍4🤗1
SMS - abbreviaturasi "Short Message Service" soʻzlari qisqartmasidan kelib chiqqan. Birinchi SMS-xabar 1992-yil 3-dekabrda, Sema guruhining sinov muhandisi Nil Papvort hamkasbi Richard Jarvisning Orbitel 901 telefoniga “Rojdestvo muborak” deb yuborganida yuborilgan.

#fakt

@PiramidaScience
✍3👍3🫡1
• 9 sonining "muqaddasligi" haqida...

° bizlarda hozirgicha 9 soni trendda bilaslar-u... Qizlar toʻqqiziga narsa yigʻadi, 9 tovoq va yana toʻqqiz nimadirlar...

° tarixda ham bunaqa narsalar rosa koʻp-u. Masalan, Navoiyga bir masala boʻyicha Bayqaro huzuriga 9 marta kirish. Nadr Muhammad akasi Imomqulixonga 9 peshkashning toʻqqizinchisi qilib oʻzini bergani va hokazo...

° keyin oʻyladim, bu palakat 9 soni qayerdan kelibdi deb... Javob topdim... "Toʻrt ulus tarixi"dan... emishki...

° Abuljannaxon ibn Kuyukxon ibn Abulchaxon ibn Turkxon ibn Yofas ibn Nuh alayhissalom 2 oʻgʻil koʻradi: birini Totor, birini esa Moʻgʻul deb ataydi. Keyin Abuljannaxon mamlakatni 2 oʻgʻliga berganida Moʻgʻul qavmi shakllanadi. Yozishlaricha, moʻgʻul shoʻbasi 9 nafardir. Dastlabkisi, Moʻgʻulxon, oxiri esa Elxondir va shu vajxdan moʻgʻul firqasi orasida har martabada 9 sanogʻidan ortigʻini lozim koʻrmaydilar...

#Kitobdan

@PiramidaScience
👏4👍2
' Inson ucha olganida hech qachon emaklashga koʻnmasligi kerak!

' Javobgarlik bu oʻrtachalar uchun!

#filmdan

"Venom 2"
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dunyoda diktatorlar juda ham koʻp boʻlgan. Bu video oʻshanaqa diktatorlardan biri Antonio Salazar (1889-1970) haqida. U #Portugaliya'ni 1968 yilga qadar boshqargan.

• Salazar Portugaliyani "Yangi davlat" deb atagan. Bu davlatning shiori "Xudo, Vatan va oila" edi.

🇵🇹🇵🇹🇵🇹🇵🇹🇵🇹🇵🇹🇵🇹

@PiramidaScience
👍2
Forwarded from JahongirMirzo_Abdullayev
Suvarakni o'ldirsang qahramon, kapalakni o'ldirsang shaytonsan. Axloqning estetik standartlari mavjud.
— Fridrix Nitshshe.
👍9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Razvedka Evolyutsiyasi! Kosmosdan Sizni Qanday Kuzatishmoqda? | XURMO
👀1
Yaponlar Ikkinchi Jahon urushi paytida misli ko'rilmagan shafqatsizlikni ko'rsatdilar va natsistlar yahudiylarni o'ldirganidan ko'ra ko'proq xitoylarni o'ldirdilar.

O'n minglab ayollar zo'rlangan, ularning ko'plari o'ldirilgan. Yaponiya armiyasi uch qoidaga amal qilgan: "hammasini yoqib yuboring", "hammasini o'ldiring" va "barchasini talon-taroj qiling".

#tarjima
#Yaponiya

@piramidascience
👍6🤗1
Eng yaxshi qalʼa - xalqning mehrini qozonishdir: agar xalq sizni yomon koʻrsa, har qancha qalʼa qurmang, ular sizni qutqara olmaydi, chunki xalq qoʻliga qurol olsa, unga har doim ajnabiylar (chet elliklar) yordamga keladi.

Nikkolo Makiavelli

Hukmdor.

#kitobdan
👍9👀2🤗1
#kino #seen

° "Darbadar samuray" (2012) - 8/10

° "Qahr" (2014) - 7/10
🤗2❤1
#atama #fakt

Teskari tomoni oʻtkirlangan katana Sakabato deb ataladi
⚡9🫡2
#AQSh 1965-1973 yillarda #Vyetnam'da harbiy harakatlar olib borgan va 58000 askaridan ajralgan.
👍5