Hamidov | Physics Instructor
139 subscribers
98 photos
14 videos
24 files
24 links
🔬 Physics Instructor — Fanning mohiyatini anglash sari yo‘l!

Fizika aslida murakkab emas — to‘g‘ri yondashuv. Har bir dars — o‘quvchining fikrlash qobiliyatini o‘stiradigan amaliy yo'riqnoma
Download Telegram
Forwarded from Ramazonov B | MATEMATIKA | Ramazonov Bahodir (Bahodir Ramazonov)
📊 Bilimni baholash agentligining ochiq ma'lumotlariga ko‘ra, 234 072 nafar abituriyent minimal o‘tish bali — 56,7 ballni to‘play olmagan.

📈 Ballar taqsimoti:
➖ 189+ ball: 7 579 nafar;
➖ 170–188 ball: 47 152 nafar;
➖ 150–169 ball: 48 740 nafar;
➖ 130–149 ball: 48 791 nafar;
➖ 110–129 ball: 45 137 nafar;
➖ 90–109 ball: 56 366 nafar;
➖ 70–89 ball: 53 997 nafar;
➖ 56,7–69,9 ball: 106 722 nafar;
❌ 56,7 balldan past: 234 072 nafar.

📚 Eng ko‘p tanlangan fan majmualari:
➖ Matematika + Fizika: 114 545 nafar;
➖ Biologiya + Kimyo: 100 050 nafar;
➖ Matematika + Chet tili: 80 556 nafar;
➖ Biologiya + Ona tili va adabiyoti: 62 930 nafar;
➖ Ona tili va adabiyoti + Chet tili: 30 147 nafar.

🏆 Rekordlar:
➖ Eng yuqori ball: 217,4
➖ 189 va undan yuqori ball olganlar: 7 579 nafar
🔥3
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Ertaga yo’nalish tanlashning oxirgi kuni!
#abituriyent

Yo‘nalish tanlash uchun 1 kun vaqt qoldi. 8-avgust soat 23:59 ga qadar abituriyentlar o‘zlari tanlagan fanlar majmuasiga mos yo‘nalishni tanlashlari mumkin.

Ushbu muddat davomida yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi, ya’ni ular o‘qishga kira olmaydi. Necha ball olgan bo‘lishidan qat’i nazar.

To’g’ri, o’tgan yili yo’nalish tanlamaganlar uchun mandatdan keyin yana bir bora imkon berilgan, lekin unda istalgan yo’nalishni emas, balki faqat kvotasi to’lmay qolgan yo’nalishlarnigina tanlash mumkin bo’lgan edi.

Iltimos, yana bir bor yaxshilab qayta tekshirib ko‘ring. Yo‘nalish tanlaganingizga ishonchingiz komil bo‘lsin.

Shuningdek, ertaga soat 23:59 ga qadar tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirish ham mumkin. Faqat imkoni bo‘lsa, o‘zgartirishni vaqt kam qolganda amalga oshirmang. Odam ko‘pligidan serverda texnik muammo chiqsa, siz uchun kutilmagan yoqimsiz holat bo‘lishi mumkin. Barchasini vaqtliroq hal qiling.

Barchaga omad!


👉 @xushnudbek 👈
Oliy_ta’limdan_keyingi_talim_kvotalari_2027.pdf
1.1 MB
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim (tayanch doktarant, stajyor tadqiqotchilik va Dsc) bosqichi uchun kvota tasdiqlandi!
Mandat chiqdi!
Konimex va Navbahor guruhlariga Qabul boshlandi!

🔗 @physicsinstr
Hamidov | Physics Instructor
Vakant-2026.pdf
6-yo’nalish tanlash uchun vanat joylar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar va yangi natijalar!

26-avgustdan Botir Hamidov tayyorlov kursida yangi guruhlar uchun darslar boshlanadi.

Bu yerda darslar shunchaki mavzuni o‘tish va uyga vazifa berish bilan tugamaydi. Har bir mavzu tajribali ustoz bilan birga chuqur tushuniladi, masalalar orqali mustahkamlanadi va xatolar ustida muntazam ishlanadi.

Maqsad — fizikani shunchaki o‘rganish emas, uni tushunish va yuqori natijaga erishish.

Yangi o‘quv yilini kuchli tayyorgarlik bilan boshlang.

Boshlanishi: 26-avgust
Botir Hamidov tayyorlov kursi
Ro‘yxatdan o‘tish: +998 93 953 39 69
Qabul guruhi: https://t.me/+WsmSgz8dlqljYjMy
⚡1
Forwarded from Hamidov Botir
Fizikadan Milliy sertifikat 29-sentyabr kuni o’tkaziladi.

Mygov orqali topshirishinggiz mumkin!
❤1
Hamidov Botir
Fizikadan Milliy sertifikat 29-sentyabr kuni o’tkaziladi. Mygov orqali topshirishinggiz mumkin!
1-sentyabrdan keyin to’lov miqdori yana 7% oshishi kutilayapdi. Imkon bo’lsa to’lovni oy oxirigacha amalga oshirgan maqul.