Hamidov | Physics Instructor
139 subscribers
98 photos
14 videos
24 files
24 links
🔬 Physics Instructor — Fanning mohiyatini anglash sari yo‘l!

Fizika aslida murakkab emas — to‘g‘ri yondashuv. Har bir dars — o‘quvchining fikrlash qobiliyatini o‘stiradigan amaliy yo'riqnoma
Download Telegram
Fizika milliy sertifikat ruxsatnomalari chiqdi ✅

🔗
@physicsinstr
Ertalab uyg’onishingiz bilan matematika natijalari chiqqanini ko’rishinggiz mumkin bo’ladi.

🔗
@physicsinstr
SUN’IY INTELLEKT VA KALKULYATORGA QARAMLIK: O‘SMIRLAR UCHUN YASHIRIN XAVF

Bugungi kunda o‘quvchilar masalani o‘ylashdan ko‘ra, uni “tezroq yechib beradigan vosita” izlayapti. Bu esa bilim emas — tayyor javobga odatlanishni shakllantiryapti.

📊 Ilmiy faktlar nimani ko‘rsatadi?

🔹 1. Tanqidiy fikrlash susayadi
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, AI’dan nazoratsiz foydalanish o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni pasaytiradi. Hatto o‘qituvchilarning 90% dan ortig‘i bu jarayon tanqidiy tafakkurni zaiflashtirayotganini ta’kidlaydi

🔹 2. “Soxta bilim” (false mastery) paydo bo‘ladi
OECD hisobotiga ko‘ra, AI yordamida tayyor javob olish o‘quvchida “men tushundim” degan noto‘g‘ri ishonch hosil qiladi, aslida esa chuqur bilim shakllanmaydi

🔹 3. Xotira va tushunish darajasi pasayadi
Eksperimental tadqiqotlar shuni ko‘rsatadi: AI’dan ko‘p foydalangan o‘quvchilar mavzuni kamroq eslab qoladi va mazmuniy tushunish darajasi past bo‘ladi.

🔹 4. Mustaqil ishlash qobiliyati yo‘qoladi
Nazorat qilinmagan AI foydalanish o‘quvchini passiv iste’molchiga aylantiradi — u o‘zi fikrlamaydi, balki tayyor javobni qabul qiladi.

🔹 5. Diqqat va sabr kamayadi
AI va kalkulyatorga o‘rganib qolgan o‘quvchilar murakkab masalani oxirigacha ishlashga kamroq chidamli bo‘ladi.

⚠️ Asosiy muammo nimada?

Muammo AI yoki kalkulyatorda emas.
Muammo — ularni noto‘g‘ri va erta bosqichda haddan tashqari ishlatishda.

Agar o‘quvchi:
• formulani tushunmasdan hisob-kitob qilsa
• masalani o‘zi tahlil qilmasa
• yechimni tekshirmasa

unda u bilim emas, faqat natija oladi.

✅ To‘g‘ri yondashuv qanday?

✔ Avval — qo‘lda, miyani ishlatib yechish
✔ Keyin — AI yoki kalkulyator bilan tekshirish
✔ AI’dan — javob uchun emas, tushuntirish uchun foydalanish

Tadqiqotlar ham shuni ko‘rsatadi: AI to‘g‘ri metodika bilan ishlatilsa, bilimni oshiradi, noto‘g‘ri ishlatilsa — susaytiradi.

🎯 Xulosa

Sun’iy intellekt va kalkulyator — bu vosita.
Agar u fikrlash o‘rnini bossa — zarar,
agar u fikrlashni kuchaysa — foyda.

Quyidagi rasmda o’quvchilarning suniy intellektdan nazoratsiz foydalanishi borasida o’tkazilgan tadqiqod natijalariga ko’ra ularning o’zlashtirishi keltilgan

🔗 @physicsinstr
🔈 FIZIKADAN MILLIY SERTIFIKATGA TAYYORLANMOQCHIMISIZ?

👋 Assalomu alaykum, aziz ota-onalar, o‘quvchilar va orzusi katta yoshlar!

⚡️ Fizika fanidan yuqori ball olib o‘qishga kirishni xohlaysizmi?
📉 “Fizika qiyin”, “men tushunmayman” degan fikrlarni ortda qoldiring!
📈 Endi siz uchun yangicha yondashuvdagi fizikadan maxsus kurslar boshlanadi!

⭐️ Nega aynan biz?
✔️ Milliy sertifikat talablariga to‘liq mos materiallar
✔️ Kichik guruhlar – har bir o'quvchi bilan individual ishlash imkoniyati
✔️ Real MOCK testlari bilan muntazam mashqlar
✔️ O‘quv yili davomida test ko‘rsatkichingizdagi o‘sishni kuzatish imkoniyati

⚡️ KIMLAR UCHUN?

Asosan 7-8-9-10-sinf o’quvchilari va FIZIKANI NOLdan boshlamoqchi bo’lgan yoshlar murojaat qilishi mumkin


🔔 YANGILIK!

📱 Telegramdagi maxsus guruhga qo‘shilib:
– Dars jarayonlari va undagi yangiliklarni kuzatishingiz,
– Ota-onalar fikrlari bilan tanishishingiz,
– Savol-javobda ishtirok etishingiz mumkin!

👥 Qo‘shilish uchun guruh linki:
https://t.me/+WsmSgz8dlqljYjMy

📣 Shoshiling joylar soni cheklangan!
📲 Ro‘yxatdan o‘tish uchun hoziroq yozing!
📱 @HamidovBotir
📱 @xusniddinovich01
📱 @PhysicsInstr
📞  +998939533969
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
👍15😁6❤2👏1
Hamidov | Physics Instructor
Photo
Va nihoyat natijalar chiqa boshladi…
🍓4
my.uzbmb.uz da my gov dan oldin ko'rinadi.
Kechagi MS imtihon natijalari bo'yicha, o'quvchilarimizning yana 6 nafari Fizika fani bo'yicha turli darajadagi sertifikatga ega bo’lishdi

Hamma o'quvchilarimizni bu yutuqlari bilan tabriklaymiz! 👏🎉📜
❤8👏3🍓2
Joriy yilgi Milliy sertifikat imtihonlari yakunlandi.

Natija: 20 ga yaqin o‘quvchimiz FIZIKA fani bo‘yicha Milliy sertifikatga ega bo‘ldi.

Keyingi yilgi maqsadimiz:
30 dan ortiq o‘quvchining Milliy sertifikatga ega bo‘lishiga hissa qo‘shish.

Shu sababli, FIZIKA NOL dan boshlovchilar uchun yangi guruhlarga qabul davom etmoqda:

✅ Fizika 0 dan
✅ Masalalar
✅ Testlar
✅ Milliy sertifikatga tayyorgarlik

Darslar Konimex va Navbahor tumanlarida oflayn tarzida olib boriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun yozing!

t.me/HamidovBotir
👏3👍1🔥1
#QABUL_2026

✳️ Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktab 2026-2027 oʻquv yili uchun quyidagi sinflar uchun qabul eʼlon qiladi:

TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR

- oxirgi 2 oyda tushgan fotosurat;
- tug'ilganlik haqida guvohnoma;
-ota-ona yoki qonuniy vakilning pasporti
-bog'lanish uchun telefon raqamlari.

❇️ 5-sinf ( aniq fanlar) 48 nafar o'quvchi

❇️ 8- sinf (aniq fanlar)bo'sh o'rin

❇️ 9-sinf (aniq fanlar) bo'sh o'rin

❇️ 10-sinf (aniq fanlar) bo'sh o'rin

✳️ Qabul joriy yilning 15-maydan 4- iyun sanasigacha amalga oshiriladi.

✳️ Hujjatlarni my.gov.uz platformasi va ariza.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.
✅ Qolaversa maktabda "Murojaatlar markazi" faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, qabul kunlari hujjatlaringizni onlayn roʻyxatdan oʻtkazishda amaliy yordam olishingiz mumkin.
☎️ Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun quyidagi raqamlarga murojaat qiling:
☎️: +998 99-558-15-58
☎️: +998 91-507-96-00
☎️: +998 94-163-57-77

🔥Manzil: Navbahor tumani "Keskanterak" MFY PAXTAOBOD 3-UY
❤1🍓1
Assalomu alaykum hurmatli ota onalar va o’quvchilar.
Yaqin kunlarda oy sarhisobini o’tkazib olamiz.
Katta test bo’ladi.
1- o’rin 150 ming
2-o’rin 100 ming
3-o’rin 50 ming pul mukofotlari qo’yilgan.

Barcha o’quvchilar tayyorgarlikni kuchaytirishsin

🔗
@physicsinstr
👍4❤1👏1
Forwarded from Xushnudbek.uz
‼️Qabul boshlanishiga 6 kun qoldi
#abituriyent

Qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣ Birinchi bosqich:

abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliygohni tanlaydi;

Ya’ni birinchi bosqichda universitet yoki institut tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi xolos. "Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot universitetiga topshirdim" degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi.

✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

2️⃣ Ikkinchi bosqich:

abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.

❓O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi?

Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, o’tgan yildan boshlab oltinchi yo’nalishni tanlash imkoni ham beriladi. Bunda tanlagan beshta yo’nalishiga o’qishga tavsiya etilmagan yoki testga kirib, yo’nalish tanlash esidan chiqqan abituriyentlar fanlar majmuasi to’g’ri keladigan va bali yetadigan oltinchi yo’nalishni ham tanlashi mumkin bo’ladi.

Shuningdek, o’qishga kira olmagan abituriyentlar testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi (mandat) e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi.


👉 @xushnudbek 👈
❤4