265 subscribers
3 links
Agar gapirishdan juda charchagan bo'lsangiz, yonimga o'tiring, chunki men ham sukutda ravonman.
Download Telegram
— Bizni 20 kishi qo’riqlaydi, Tata.
— Ha Pablo, 20ta begona… Ularning barchasi taqdirimizga tupuradi, vaqti kelganda, faqat ikkimiz qolamiz. Sizni tashlab ketmayman, Pablo!

Narcos serialidan.
Butun umrim shunday o’tdi, Nastenka! Qolgani ham shunday o’tsa kerak…

Fyodor Dostoyevskiy
Ey Xudo, oniy halovat… Bir inson umriga kifoya emasmi bu?..

Fyodor Dostoyevskiy
Qoʻl ushlashib ketdi bir yigit, bir qiz,
Birdan yetmay qoldi menga havolar.
O, ular naqadar baxtiyor juftlik!
O, ular boʻlajak baxtiqarolar!

Ilhom Salimov
“Gaplashib olishimiz kerak.” - shifokoring va sevgan qizingdan eshitishni xohlamaydigan so’zlar.

Dexter: New Blood serialidan
Menga meni sevmagan ayolni taqdir qilmagin!..

Eduard Dyujardin
Baxtli bo’lishni xohlasak maqsadga oson erishardik. Biz boshqalardan baxtliroq bo’lishni istaymiz, shuning uchun ham erisha olmaymiz.

Monten
Hayot gʻalati. Odam qarigan sayin barqarorlikni xohlab qoladi…

Gʻasson Kanafoniy
Butun armiyaga qarshi kurashishdan koʻra, bitta generalni sotib olish arzonga tushadi.

Jek London
Zulmatli onlarda ham
Kuylanarmikan qo‘shiq?
Ha, kuylanur qo‘shiqlar
Zulmatli onlar haqida.

Bertolt Brext
Har kim o'zining yoshligiga qanday rejissyorlik qilish kerakligini yaxshi biladi.

A Moment of Innocence filmidan
Ko'p donolikda ko'p qayg'u bor demakdir. Bilimini orttirgan kishi g'am-g'ussasini ham orttiradi.

Andrey Rublyov filmidan
Nasibam
Ohunjon Madaliyev
Sevsang o’zing bir kun topib kelarsan,
Meni izlab nasibam, meni izlab!
Turli davrlarda ham kundalik hayot doim bir xil bo’lgan. Boshingni qotirishing shart emas. Vaqt o’tishi bilan odamlar buni tushunishadi. Hayot yaxshilanmaydi. U butunlay azobdan iborat. Bu azob esa tug’ilishing bilanoq boshlanadi!

An Elephant Sitting Still filmidan
Agar boshqa hamma narsa yo‘q bo‘lib ketib, faqat u qolsa, men baribir mavjud bo‘lib qolaverardim.
Ammo agar boshqa hamma narsa qolib, u yo‘q bo‘lib ketsa, butun olam men uchun poyonsiz begona narsaga aylanardi.

Emily Bronte
Umri nihoyasiga yetarkan, u ortda qolgan yillariga boqib, shunday qarorga keladiki, o'sha barcha azob chekkan yillari aslida uning hayotidagi eng yaxshi yillari bo'lgan, chunki o'sha yillar uning kim bo'lishini belgilab bergandi. O'sha yillarda u baxtiyor bo'lgan damlar-chi? Butunlay bekor o'tgan. Baloniyam o'rganmagan.

Little Miss Sunshine filmidan
Aslida eng yaxshi yo’li shuki… sen shu yerda turib, u yoqqa, narigi qirg’oqqa termurib turishingdir. U yer bunisidan yaxshiroq ekanligiga ishonasan, lekin bora olmaysan. Bormaslik orqali… bu yerdagi hayotga ko’nikib yashaysan!

An Elephant Sitting Still filmidan
Menda kurashishga xohish qolmadi. Zaifligimdan emas, balki hech narsa harakat qilishga arzimasdek tuyulgani uchun. Men taslim bo‘lmadim — shunchaki oqimga qarshi suzmay qo’ydim.

Frans Kafka
Hech kim bilan gaplashgim yoʼq. Ammo sen bilan uydagi pardalar haqida ham gaplashaveraman.

Frans Kafka
Qaysidir ma’noda, o’zimni xarob qilgan o’zimdir.

Murakami
Har qanday buyuk san'atning tubida o‘ziga xos melanxoliya bor.