PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV)
15.1K subscribers
1.42K photos
136 videos
2.54K links
Shifokor pediatr Maqsud Muxtorovning shaxsiy telegram kanali

Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz

Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz!

Reklama👉 @tibbiy_reklama1
Download Telegram
Yo‘rgaklash(pampers) dermatitini oldini olishdagi Yevropa qoidalari - ABCDE standart profilaktikasi.

Air - aeratsiya(shamollatish)

Barrier - Epidermisning barier xususiyati saqlash va himoya qilish:
agressiv gigeyenik vositalardan, spirt saqlovchi los’onlar, aromatizatorlar va prisipkalardan foydalanishni to‘xtatish. Yallig‘lanishga qarshi va regeneratsiyani ta’minlovchi, terini barier funksiyasini qayta tiklovchi mazlardan(Bepanten) foydalanish.

Cleaning - Tozalash

Diapper - Tagliklarni to‘g‘ri tanlash va defekatsiyadan so‘ng taglikni tez almashtirish

Education - Ota-onalarga to‘g‘ri parvarishni o‘rgatish.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Bolaning burniga, qulog‘iga yoki ko‘ziga ona sutini tomizish mumkinmi?

Ba’zan onalar savol berishadi. Doctor bolamni burni bitib qolyapti, ona suti tomizsam bo‘ladimi? Yoki. Bolamni qulog‘i og‘riyapti, ona suti tomizsam bo‘ladimi?

❗️Qadrli onalar! Yaxshilab eslab qoling. Bolaning ko‘ziga, burniga yoki qulog‘iga ona sutini tomizish mumkin emas!

Chunki sut labaratoriyada bakteriyalar boqishda ishlatiladigan asosiy ozuqa muhitlaridan biri hisoblanadi. Siz sut tomizib, mikroblarni yo‘q qila olmaysiz, balki ularni ideal ozuqa bilan boqasiz xolos.

📌Shuning uchun har bir muolajani vrach Pediatr bilan maslahatlashib qilish maqsadga muofiqdir.

👶Bolangizni asrang!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Chaqaloqlarda dakriosistit

Dakriosistit - ko‘z yosh qopchasining yallig‘lanishi.

Sabablari:
-Ko‘z yosh yo‘llari o‘tkazuvchanligini tug‘ma buzilishi
-Tug‘ruq jarohatlari
-Infeksion kasalliklar

Chaqaloq tug‘ulganida ko‘z yosh suyuqligi oqib chiqishi uchun barcha yo‘llar o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘ladi. Faqat burun-ko‘z yosh kanalida embrional to‘qima elementlari turib qolishi hisobiga, ko‘z yosh qopchasidan ko‘z yosh suyuqligini oqib chiqishi qiyinlashadi. Oqibatda ko‘z yosh yig‘ilishni boshlaydi va o‘zining himoya funksiyasini yo‘qotadi. To‘plangan suyuqlikka mikroblar tushib, yiringli yallig‘lanish boshlanadi.

Belgilari:
-Ko‘z ichki burchagi qizarishi
-Ko‘z yosh oqishi
-Shish
-Ko‘z yosh qopchasi sohasiga bosganda yiring ajralishi

Kasallik chaqaloq hayotining 8- yoki 10-kunida namoyon bo‘ladi.

❗️Yuqoridagi holat aniqlanganda bolani kechiktirmasdan vrach oftalmolog ko‘rigiga olib borish zarur.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
“AstraZeneca” kompaniyasi Oksford universiteti olimlari bilan birgalikda, “AZD1222” vaksinasini bolalarda sinashni boshladi.

Koronavirusga qarshi yaratilgan vaksina 6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda sinovdan o‘tkaziladi. Bu dunyodagi bolalarda sinab ko‘rilayotgan birinchi vaksina hisoblanadi.

Tadqiqotga 300 nafar ko‘ngilli jalb qilinadi.

"AstraZeneca“ kompaniyasining ushbu ”AZD1222" nomli preparati vektorli vaksina bo‘lib, tarkibida zaiflashtirilgan va zararsiz virus hamda "Covid-19" geni mavjud. Bu haqda "Reuters" agentligi xabar bergan.

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Bolalarda skolioz kelib chiqish sabablari nima?

📌Bolalarda skolioz ona qornidayoq paydo bo‘ladi. Ko‘plab xomilador ayollar gazli ichimliklar ichishadi. Bu esa homila umurtqasi rivojlanmay qolishi, nuqsonlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

📌Bola tug‘ilgandan keyin beshikka yotqizayotganda ehtiyotkor bo‘lish kerak. Beshikda bolani tagiga qo‘yilgan ko‘rpacha tekis joylashtirilishi lozim, chunki beshikka bolani qanday yotqizsangiz, umurtqasi shunday rivojlanadi.

📌To‘g‘ri ovqatlanishga e’tibor berilishi, doimiy jismoniy mashqlar bajarilishi qomatni tekis rivojlanishiga yordam beradigan omillardir.

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
LINKAS SIROP

10 ta dorivor o‘simlikdan tayyorlangan yo‘talga qarshi sirop.

Pediatriya amaliyotida quruq va nam yo‘talda qo‘llash mumkin.

Bromgeksin va ambroksol tarkibli siroplarga qaraganda zararli ta’siri ancha kam.

Qandli diabeti, diatezi va laringiti bor bolalarda shakarsiz variantini qo‘llash mumkin!

© Doctor Muxtorov

Kanalaga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
TELEANGIOEKTAZIYALAR

Teri kapilyarlarini kengayishidan hosil bo‘lgan, har xil shakldagi, pushti-qizil chiziqli dog‘lar.

Asosan boshning ensa qismida, yuz va bo‘yin sohalarda joylashadi.

Barmoq bilan bosilganda yo‘qolib, yana paydo bo‘ladi.

Davolash shart emas, xavfsiz, 1-1,5 yilda o‘zi yo‘qolib ketadi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Olimlar tug‘ilajak boladagi autizm kasalligini onaning qoni tahliliga ko‘ra aniqlash mumkinligini aytishdi

Olimlar bolalarda autizm rivojlanish ehtimolini aniqlashning yo‘lini topishdi. Amalda autizm bor har beshinchi boladagi ruhiyat buzilishi onaning immun tizimi bola bachadondaligida uning miyasi hujum qilganida ro‘y beradi.

Kaliforniya va Stenford universiteti tadqiqotchilari ayol qonidagi homilaga hujum qiluvchi antitanalarni aniqlaydigan dastur yaratishdi.

Tadqiqot mobaynida farzandlariga autizm tashxisi qo‘yilgan 450 ona va autizmsiz tug‘ilgan 342 onaning plazmasi o‘rganib chiqildi.

Olimlar ona tanasidagi homilaning asab tizimi rivojlanishiga ta'sir qiluvchi immun javob sodir bo‘ladigan sakkiz proteinni qidirib ko‘rishdi.

Avvallari buni antitana va leykotsitlar emas, faqat immunitet qiladi deb hisoblanardi. Endi esa, o‘sayotgan miya uchun onaning antitanalari ham ta'sir ko‘rsata olishi oydinlashdi.

Manba: kun.uz

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Sutli kokteyl - 1 yoshdan oshgan bolalar uchun
#taomnoma #desert

Mahsulotlar:
• sut - 200 g
• o‘rmon mevalari - 1 choy qoshiq
• banan - 1 dona
• shakar - 1 choy qoshiq(shakarsiz tayyorlasa ham bo‘ladi)

Tayyorlanishi:
1. Blenderda sut, shakar, banan bo‘laklari va o‘rmon mevalari aralashtiriladi.
2. Agar bolangiz katta yoshli bo‘lsa, 1 osh qoshiq muzqaymoq qo‘shish mumkin. Kokteylda olinadigan rang unga qo‘shiladigan mahsulotlarga bog‘liq.

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar tana vaznini formulalar yordamida aniqlash

6 oylikgacha bo’lgan bolalar vaznini aniqlash(Leviant bo’yicha)

M=m+(nx800)

M – bolaning hozirgi massasi
m – bolaning tug’ulgandagi massasi
n – bolaning yoshi(oyligi)

Masalan: 4 oylik bola, tug’ulgandagi vazni 3300g

M=3300+4x800, M=6500g

Demak bolaning vazni taxminan 6500 g bo’lishi kerak!

7 oylikdan 1 yoshgacha bo’lgan bolalar vaznini aniqlash(Leviant bo’yicha)

M=m+(6x800)+400x(n-6)

M – bolaning hozirgi massasi
m – bolaning tug’ulgandagi massasi
n – bolaning yoshi(oyligi)

Masalan: 11 oylik bola, tug’ulgandagi vazni 3600g

M=3600+(6x800)+400x(11-6), M=10400g

Demak bolaning vazni taxminan 10400 g bo’lishi kerak!

Eslatma! Agar yuqoridagi hisoblash va bola vazni orasidagi farq 1 kg dan ko’p bo’lsa, bolani vrach Pediatr ko’rigiga olib borish zarur!

© Doctor Muxtorov

Kanalga obuna bo‘lish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
MONGOL DOG‘I

Mongol dog‘lari - bu terida ko‘p miqdorda melanin pigmentini(teriga rang beruvchi pigment) to‘planishi natijasida yuzaga kelgan, ko‘k-yashil tusdagi dog‘.

Dog‘ ko‘pincha bel, dumg‘aza, yelkada joylashadi. O‘lchami 6-10 sm va undan katta bo‘lishi mumkin.

Dog‘ soch bilan qoplanmagan, bosganda yo‘qolmaydi.

Davolash shart emas,xavfsiz, 4-10 yoshgacha yo‘qolishi yoki bir umrgacha saqlanib qolishi mumkin!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Sabzi va kabachkidan pyure - 6 oylikdan oshgan bolalar uchun
#taomnoma

Mahsulotlar:
•120 g sabzi
•150 g kabachki
•1 choy qoshiq o‘simlik yog‘i

Tayyorlanishi:
Sabzavotlar mayda kub ko‘rinishida kesiladi va bug‘da tayyorlanadi. Pyuresimon holatga kelguncha eziladi va o‘simlik moyi qo‘shib, aralashtiriladi.

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Teridagi asimmetrik(tananing ikki tomonida bir-biriga mos bo‘lmagan) burmalar nimadan dalolat beradi?

2-3 oylikdan katta bo‘lgan bo‘lgan bolalarda teridagi asimmetrik burmalar informativligi yuqori bo‘ladi.
Son suyagi tug‘ma chiqishida yoki chanoq-son displaziyasida teri burmalari har xil darajada joylashadi, chuqurligi va shakli jihatdan bir-biridan farq qiladi.

Diagnostik ahamiyatga ega:
-dumba
-tizza osti
-chov burmalari


Agar son suyagini tug‘ma chiqishi yoki chala chiqishi bo‘lsa, o‘sha tomondagi burmalar chuqurroq va kattaroq bo‘ladi.

Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda teri burmalari asimmetriyasi har doim ham kasallik belgisi hisoblanmaydi.

❗️Yuqoridagi holat aniqlanganda bolani Vrach ortoped yoki Pediatr ko‘rigiga olib borish zarur!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ