BuxDU Pedagogika fakulteti
96 subscribers
1.03K photos
210 videos
41 files
905 links
Download Telegram
#Kun_xabari

Pedagogika fakultetining pedagogika kafedrasi talabalari kafedra kunlari munosabati bilan tadbir tashkillashtirishdi. Tadbirga xorijlik professor o'qituvchilar tashrif buyurishdi. Tadbir barcha tomoshabinlarga birdek ko'tarinki kayfiyat bera olmoqda
Pedagogika fakulteti matbuot xizmati:
👇👇👇👇👇👇
@Pedagogika_buxdu
Tadbirdagi bir- biridan ajoyib sahna ko'rinishlar tomoshabinlarni hayratda qoldirmoqda.

@Pedagogika_buxdu
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

“Ёшлар дафтари”га киритилган ёшларга бир марталик моддий ёрдам кўрсатилади

“Ёшларни ижтимоий қўллаб-қувватлаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Ҳукумат қарори (132-сон, 11.03.2021 й.) қабул қилинди.

📋 Қарор билан “Ёшлар дафтари”га киритилган ёшларни қўллаб-қувватлаш жамғармаси тўғрисидаги намунавий низом тасдиқланди.

🔰 Низомга кўра, “Ёшлар дафтари” жамғармаси маблағлари, жумладан, қуйидагиларга йўналтирилади:

“Ёшлар дафтари”га киритилган моддий аҳволи қийин ёшларга БҲМнинг 4 бараваригача миқдорда бир марталик моддий ёрдам кўрсатишга;
ёшларни тадбиркорлик ва касб-ҳунарга ўқитиш бўйича нодавлат таълим ташкилотларига сарфланадиган харажатларнинг 75 фоизигача қисмини қоплашга;
“Ёшлар дафтари”га киритилган ёшларга тадбиркорлик фаолияти ҳамда ўзини ўзи банд қилиш мақсадида нотурар жойнинг 12 ойгача ижара харажатларини кўпи билан бир йилда БҲМнинг 25 бараваригача миқдорда қоплашга;
“Ёшлар дафтари”га киритилган ёшларга тадбиркорлик фаолиятини бошлаш ва ўзини ўзи банд қилишга зарур бўлган асбоб-ускуналар ва меҳнат қуролларини харид қилиш учун БҲМнинг 40 бараваригача миқдорда субсидия ажратишга;
мамлакатимиздаги ОТМда ўқиётган “Темир дафтар”га киритилган оилалар фарзандлари тўлов-контракт суммасининг 50 фоизигача, аммо БҲМнинг 50 бараваридан ошмаган миқдорда тўлаб беришга;
“Темир дафтар”га киритилган оилаларнинг аҳволи оғир бўлган бемор фарзандларига мамлакатда ёки хорижий давлатда даволаниш билан боғлиқ харажатларни БҲМнинг 50 бараваридан ошмаган миқдорда қоплашга.

📝 Жамғарма маблағларини шакллантириш, бошқариш ва улардан фойдаланиш мақсадида манфаатдор муассасалар раҳбарлари ва жамоатчилик вакилларидан иборат таркибда Васийлик кенгаши тузилади.

➡️ Васийлик кенгаши раиси ҳар чоракда Жамғарма даромадлари ва харажатлари ижроси тўғрисида халқ депутатлари туман (шаҳар) Кенгашига ҳисобот беради.

🏢 Ёшлар ишлари агентлигининг туман (шаҳар) бўлими Жамғарманинг ишчи органи ҳисобланади.

🚫 Жамғарманинг жорий йилда фойдаланилмай қолган маблағлари кейинги йилга ўтади ва туман (шаҳар) маҳаллий бюджетига олиб қўйилмайди.

Ёшларни ижтимоий қўллаб-қувватлаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида ҳукумат қарори ҳамда "Ёшлар дафтари"га киритилган ёшларни қўллаб-қуватлаш жамғармаси тўғрисидаги НАМУНАВИЙ НИЗОМ

📲 @buxdu_5tashabbus rasmiy sahifalari:

Telegram|Yotube|Facebook|Web-sayt|Instagram
BuxDU YOSHLAR ITTIFOQI BOSHLANG'ICH TASHKILOTI TOMONIDAN NAVBATDAGI GALA KONSERT⚡️

Shov-shuvlarga sabab bólgan ósha mashhur QVZ jamoasi 1- aprel — "Hazil-mutoyiba yoki kulgu kuni" munosabati bilan ózining yangi gala konsertiga barcha-barchani chorlab qoladi! ☺️

🔉Shoshiling!

‼️Órinlar chegaralangan!

💯Yangicha dastur asosida tashkil etilayotgan ushbu konsert dasturini ótkazib yubormang!

Bugun — 01.04.2021 yil soat 14:00 da barcha kulgu shinavandalarini BuxDU bosh yig'ingohida kutamiz! 🙋‍♀🙋‍♂

Konsert dasturi mutlaqo bepul!

Hurmat va ehtirom ila yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti talabalar Kengashi🎓

@BDU_yoshlar_ittifoqi🇺🇿
#Axborot_va_murabbiylik_soati
#31_HAFTA

Universitetda o`tkaziladigan NAVBATDAGI “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlari “Elga xizmat - oliy himmat” mavzusida o`tkaziladi.

📌Mashg‘ulotlar vazirlikning 2020 yil 14 sentyabrdagi 87-06-684-sonli xatida qayd etilgan quyidagi eslatmalar asosida tashkillashtiriladi:
“Axborot va murabbiylik soati” 4 bosqichdan iborat bo‘ladi.
1-bosqich (20 daqiqa). Axborotlardan xabardorlik va yangi normativ-huquqiy hujjatlar bilan qisqacha tanishish. Mazkur masala bo‘yicha matn har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan dars o‘tiladigan kundan bir kun avval tayyorlanadi.
2-bosqich (20 daqiqa). Axborot soati mavzusini yoritish. Bu bosqich ilovada berilgan mavzu matni asosida o‘tkaziladi.
3-bosqich (20 daqiqa). Talabalar bilan fazilatlardan biri haqida suhbatlashish va shu fazilatni keng targ‘ib qilish. Mazkur fazilatning ziddi bo‘lgan illatdan saqlanishga chorlash. Har bir mavzuda keltirilgan fazilat ma’no-mazmuni yoritilib, ular haqida hadis, maqol, hikmatli so‘z, rivoyat va boshqalar keltirilishi lozim.
4-bosqich (20 daqiqa). Badiiy adabiyotlar bilan tanishish bosqichi. Mazkur bosqichda albatta shu oy uchun mo‘ljallangan kitob haqida qisqacha ma’lumot berilishi lozim.

31 hafta "Axborot va murabbiylik soati"

📲
@buxdu_5tashabbus rasmiy sahifalari:

Telegram|Yotube|Facebook|Web-sayt|Instagram
🚫 Ayrim telegram guruhlarida shunaqa yolg'on (fake) xabarlar tarqalgan❗️

Soxta xabarlarga ishonmang! Eslatib o'tamiz bugun 1-aprel "Hazil-mutoyiba" kuni bo'lganligi uchun ayrim kishilar shunday yolg'on xabar yozgan!

Jismoniy madaniyat fakultetida darslar to'liq, an'anaviy (offline) tarzda bo'lyapti va hech kimdan koronavirus alomatlari topilgani yo'q❗️
DIQQAT E'LON !!!!

Pedagogika fakulteti talabalari diqqatiga kelgusi hafta chorshanba kuni Buxoro Davlat Universiteti yoshlar ittifoqi Kengashi boshlang'ich tashkiloti fakultet yetakchisi Tohirova Xumora tonidan fudbol sporti musobaqasi tashkillashtirilmoqda. ⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️Musobaqada 1- bosqichdan boshlab 4- boshqich talabalarigacha qatnashishlari mumkin.
Musobaqada qatnashishni xohlovchilar jamoa tuzib, jamoa sardori orqali quyida keltirilgan telefon raqamiga qo'ng'iroq qilib, ro'yxatdan o'tishlari so'raladi.
Ro'yxatdan o'tish 5-aprelgacha davom etadi.
Musobaqada foal ishtirok etgan va g'oliblar taqdirlanadi. 🏅🏆🥇🥈🥉
Murojaat uchun telefonlar 👇👇👇
+998914000372
Pedagogika fakulteti matbuot xizmati:

@ped_fak_ittifoq

@Pedagogika_buxdu📲rasmiy kanallarimiz.
Bizdan uzoqlashmang.