BuxDU Pedagogika fakulteti
88 subscribers
1.03K photos
210 videos
41 files
905 links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#FUTBOL_SHOU

⚽️"Umid" stadionida o`tgan "Rektorlar" va "Talabalar" jamoasi o'rtasidagi Futbol musobaqasi qiziqarli va ko`tarinki kayfiyatda o`z nihoyasiga yetdi.

Musobaqa natijalariga ko'ra:

📝Rektorlar : Talabalar
6 : 5

🎗O'yin yakunida "Talabalar" jamoasiga esdalik sovg'alari topshirildi.

BuxDU Matbuot xizmati

📲
BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt | YouTube
#BuxDU_yangiliklari
#BuxDU_Yoshlar_Ittifoqi

"Yoshlar ovozi" Respublika ko'rik-tanlovining Buxoro viloyat bosqichi g'olibi San'atshunoslik fakultetida tahsil olayotgan Xorazm vohasining farzandlari ishtirokida "Jayhun navolari" deb nomlangan ajoyib konsert dasturiga barchani taklif qilib qolamiz!

Konsert bugun 29-aprel sanasi soat 19:30 da TTJ hovlisida bo'lib o'tadi😉

Murojaat uchun: San'atshunoslik fakulteti yetakchisi👇
@Ruslan_Asliddinovich
+998907104622
Hurmatli BuxDU yoshlari!

Barchangizni joriy yilning 30-aprel kuni o'tkaziladigan "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostidagi obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Obodlik ko'ngildan boshlanadi! Zero, yurtimiz farovonligi, ta'lim muassasamiz ozodaligi yo'lida o'z hissangizni qo'shib, ko'ngillilar safidan joy oling!

Hurmat bilan BuxDU Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchilari!!!
#Diqqat_tanlov

⚡️Yoshlar o'rtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta'minlash, ularni turli ekstremistik oqimlarga qo'shilib ketishining oldini olish maqsadida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida "Eng yaxshi plakat" tanlovini e'lon qiladi.

📌 Tanlov ikki bosqichda o'tkaziladi:
Universitet bosqichi - may oyining ikkinchi o'n kunligida;
Respublika bosqichi - iyun oyida.

🎨 Taqdim etiladigan plakatlar A1, A2 va A3 hajmda bo'lishi mumkin. Plakatda mavzuning to'liq ochib berilganligi, ijodkorning o'zgacha yondashuvi va ifodavoyligi jihatidan baholanadi (10 ballik tizimda)

✔️Respublika bosqichi g'oliblari tegishli tartibda pul mukofotlari va diplom bilan taqdirlanishadi.
🥇- o'rin - 3 500 000 so'm;
🥈- o'rin - 2 500 000 so'm;
🥉- o'rin - 1 500 000 so'm.

📂 Tanlovda ishtirok etmoqchi bo'lganlar BuxDU yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limiga ijodiy ishlarni topshirishlari mumkin ( Mas'ul: Axmedova N)

Tanlov nizomi bilan tanishing 👈
#Diqqat_tanlov

⚡️ Yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni turli ekstremistik oqimlarga qo'shilib ketishining oldini olish maqsadida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan "Men diniy ekstremizm va terrorizmni qanday tushunaman?", "O'zbekistonlik ekanligimdan faxrlanaman" mavzularida "Eng yaxshi maqola" tanlovi e'lon qilinadi.

🎗Tanlov ikki bosqichda o'tkaziladi:
Universitet bosqichi - may oyining ikkinchi o'n kunligida;
Respublika bosqichi - may oyining uchinchi o'n kunligida.

✔️ Tanlovga taqdim etiladigan maqolalar (o'zbek, rus yoki ingliz tilida) kompyuter Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14 o'lchamda, 1 intervalda, chapdan 30 mm, o'ngdan 15 mm, yuqori va pastdan 25 mm joy qoldirilgan holda imloviy va uslubiy xatolardan xoli yozilgan bo'lishi kerak. Shuningdek, maqola muallifining ism-familiyasi, o'qish joyi, fakulteti va kursi yozilgan bo'lishi kerak ( Nizomda to'liq ma'lumot berilgan).

❗️Nizomda berilgan talablarga javob bermaydigan ijodiy ishlar hakamlar hay'ati tomonidan tekshirilmaydi.

🏆Tanlovning respublika bosqichi g'oliblari tegishli tartibda pul mukofotlari va diplom bilan taqdirlanishadi.
🥇- o'rin - 3 500 000 so'm;
🥈- o'rin - 2 500 000 so'm;
🥉- o'rin - 1 500 000 so'm.

📂 Ijodiy ishlar BuxDU yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limida 2022-yil 15-mayga qadar qabul qilinadi. ( Mas'ul: Axmedova N.)

Tanlov nizomi bilan tanishib chiqing