BuxDU Pedagogika fakulteti
96 subscribers
1.03K photos
210 videos
41 files
905 links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BuxDU_yangiliklari

⚡️Buxoro davlat universitetida Psixologik konsultatsiya va psixotrening dasturi bo'lib o'tdi


📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt
Forwarded from Edu.uz
#Talabaga_yengillik

⚡️TEZKOR! MUHIM YANGILIK!!!

📌 Qishki ta’tilning boshlanish sanasi oʻzgardi

🔰 Talaba va oʻquvchilarga qoʻshimcha imkoniyat va qulaylik yaratish maqsadida, xususan, talabalarni doimiy yashash joylariga borish va qaytishi uchun ichki temiryoʻl va aviaqatnovlarga chiptalarni maxsus 50 foizli chegirma bilan xarid qilish imtiyozi 25-dekabrdan e’tiboran qoʻllanishi belgilandi.

✔️Shu munosabat bilan, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 25-dekabrdagi 537-sonli buyrugʻiga asosan oliy, oʻrta maxsus va professional ta’lim muassasalari talaba va oʻquvchilari uchun qishki ta’til muddatining boshlanishi ham 2021-yilning 25-dekabriga koʻchirilganligi ma’lum qilinadi.

Sizga qishki ta’tilni mazmunli va maroqli oʻtkazishingizni tilab qolamiz!

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
​​#Tezkor

⚡️DIQQAT! MUHIM XABAR!!!

Hurmatli professor-oʻqituvchilar, ota-onalar va qadrli talaba-oʻquvchilar diqqatiga!

Xabaringiz bor, 2021-yil 24-dekabrda davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim tizimini tub ijobiy oʻzgarishlarga olib keladigan oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy, akademik va tashkiliy-boshqaruvda mustaqillik berish borasidagi 2 ta tarixiy qaror imzolandi. Bu bilan esa – Oʻzbekiston oliy ta’lim tizimida yangi davr boshlab berildi.

Qaror bilan 2022-yil yanvar oyidan boshlab respublikadagi eng salohiyatli 35 ta oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berilishi – bu boradagi vazifalarni sifatli tarzda amalga oshirish va hozirdanoq mustahkam poydevor yaratishni talab etadi.

Bu oʻz navbatida, oliy ta’lim muassasalari boshqaruvida yangicha tizim asosida yondashuvni talab etadi.

Shu maqsadda, oliy ta’lim tizimi tarixida ilk marotaba – rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga mas’ullar uchun oʻz kasbiy mahoratini oshirish, yangicha tartibda ishlashni boshlash maqsadida joriy yil 10-24-yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etiladi.

Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalari kredit-modul tizimiga toʻliq oʻtganligi sababli kafedra mudirlari va professor-oʻqituvchilari uchun asosiy ishdan ajralgan holda oʻquvlar barcha oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladi.

Bu jarayonga oliy ta’lim muassasalari huzuridagi barcha professional ta’lim muassasalari hamda akademik litseylar rahbarlari ham jalb etiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2021/2022-oʻquv yilining ikkinchi yarmini toʻliq va puxta tayyorgarlik koʻrgan holda boshlash maqsadida oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki ta’til muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirildi.

Oʻz navbatida, qishki ta’til davrida oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylar talaba-oʻquvchilarining vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamkorligida onlayn fan olimpiadalari, intellektual viktorinalar tashkil etiladi.

Barcha yoshlarimizni ushbu tadbirlarda ishtirok etib, oʻz salohiyatlarini namoyon qilishga chorlab qolamiz!

Talaba-oʻquvchilarga oʻz uylaridan ta’lim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2022-yilning 24-yanvariga qadar uzaytirildi.

Va asosiysi – 2022-yilning 11-yanvarigacha boʻlgan muddatga xarid qilingan avia va temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.

Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlikda Maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, barcha tashkiliy masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga (10-06, 71-246-97-45, 71-246-28-63) murojaat qilishingiz mumkin!

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal (𝙱𝙰𝙵𝙾𝚈𝙴𝚅 𝙱𝙴𝙺𝚉𝙾𝙳)
Germaniya konferensiyasiga maqolalar qabul qilish boshlandi!

Qisqa vaqt ichida maqolalar google scholar bazasida indeksatsiya qilinadi.

Konferensiya nomi: International Confrence on Research in sciences, Education and Humanities.

Konferensiya joyi: Berlin, Germaniya

♻️ Konferensiyada barcha sohalar bo'yicha maqolalar qabul qilinadi!

📚 Maqola hajmi 3 betdan 5 besh betgacha bo'lishi lozim.

Maqola yuborish tillari: Barcha davlat tillarida maqolalar qabul qilinadi!

🎁 Har bir muallif uchun alohida, bepul sertifikat beriladi!

Imkoniyatni boy bermang!

Batafsil ma'lumot olish uchun:👇
@Suhrob_Hamroyev
Янги Ўзбекистоннинг 2022 – 2026 йилларга мўлжалланган тараққиёт стратегияси лойиҳаси кенг жамоатчилик муҳокамасига тақдим этилди.

Ҳужжат лойиҳаси билан jamoatchilik.uz платформаси орқали танишиш мумкин.

Платформада ҳар ким ўз ғоялари, таклифларини билдириш, изоҳлар қолдириш имкониятига эга. Бунинг учун рўйхатдан ўтиш ёки верификация талаб этилмайди. Муҳокамалар 15 январга қадар давом этади.

Ҳар бир фикр муҳим!

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🔥 #_Diqqat 🔥 #_Diqqat

🏛BuxDU Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti siz uchun navbatdagi tanlovni e'lon qiladi❗️

14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Kim yurtiga sodiq bo'lsa mendirman o'sha" nomli tanlovimizga start berdik.

Tanlovda ishtirok etish uchun siz ijodiy ishlaringizni quyidagi manzilga yuboring:
📲@Ittifoq_MatbuotBot

♦️Tanlov shartlari quyidagilardan iborat 👇
🎞Eng_yaxshi_videorolik
🎤Eng_yaxshi_audio
🎨Eng_yaxshi_chizilgan_rasm

♻️Tanlov uchun materiallar 14-yanvar soat 14:00 ga qadar qabul qilinadi.

⚠️Tanlov g'oliblari 16-yanvar kuni e'lon qilinadi hamda diplom va estalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

⌚️Shoshiling do'stlar, vaqt ketdi

Rasmiy telegram kanalimiz:
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#Diqqat_Onlayn_Shaxmat

👩‍🎓👨‍🎓O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusining ikkinchi tashabbusi bo'yicha talabalarni sport sohasidagi qiziqishlarini oshirish maqsadida, BuxDU Yoshlar ittifoqi tomonidan 10-yanvardan 15-yanvargacha #ONLAYN_SHAXMAT musobaqasini o'tkazilishini e'lon qilamiz.

Musobaqaga kimlar qatnashadi?
-Professor o'qituvchilar;
-Magistrlar;
-Bakalavrlar

Musobaqa shartlari quyidagicha👇

Musobaqa olimpiya tarzda o'tkaziladi. Vaqt nazorati 20 minut etib belgilanadi. Agarda chiterlikka shubha bo'lsa o'yin tekshiriladi va chiterlik aniqlansa chetlashtiriladi.
#final o'yini 22-yanvar kuni o'tkaziladi.

🎉 Musobaqada 🥇-🥈-🥉- o'rinlarni qo'lga kiritgan shaxmatchilar sertifikat va 🎁 esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.

📝 Ro'yxatga olishning so'nggi kuni 9-yanvar soat 22:00 etib belgilandi.

Ro'yxatdan o'tish uchun: @Shohjahon_Yoqubov telegram manziliga murojat eting.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#_Eng_yaxshi_videorolik
𝙆𝙞𝙢 𝙮𝙪𝙧𝙩𝙞𝙜𝙖 𝙨𝙤𝙙𝙞𝙦 𝙗𝙤’𝙡𝙨𝙖 𝙢𝙚𝙣𝙙𝙞𝙧𝙢𝙖𝙣 𝙤’𝙨𝙝𝙖 𝙩𝙖𝙣𝙡𝙤𝙫𝙞
𝘽𝙪𝙭𝙤𝙧𝙤 𝘿𝙖𝙫𝙡𝙖𝙩 𝙐𝙣𝙞𝙫𝙚𝙧𝙨𝙞𝙩𝙚𝙩𝙞
𝙋𝙚𝙙𝙖𝙜𝙤𝙜𝙞𝙠𝙖 𝙛𝙖𝙠𝙪𝙡𝙩𝙚𝙩 4-1𝙋𝙋𝙎-20 𝙜𝙪𝙧𝙪𝙝 𝙩𝙖𝙡𝙖𝙗𝙖𝙨𝙞 𝙈𝙖𝙣𝙨𝙪𝙧𝙤𝙫𝙖 𝙁𝙚𝙧𝙖𝙣𝙜𝙞𝙯
#𝐄𝐧𝐠_𝐲𝐚𝐱𝐬𝐡𝐢_𝐜𝐡𝐢𝐳𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧_𝐫𝐚𝐬𝐦

𝐁𝐮𝐱𝐨𝐫𝐨 𝐝𝐚𝐯𝐥𝐚𝐭 𝐮𝐧𝐢𝐯𝐞𝐫𝐬𝐢𝐭𝐞𝐭𝐢 𝐏𝐞𝐝𝐚𝐠𝐨𝐠𝐢𝐤𝐚 𝐟𝐚𝐤𝐮𝐥𝐭𝐞𝐭𝐢 4-1𝐏𝐏𝐒-20 𝐠𝐮𝐫𝐮𝐡 𝐭𝐚𝐥𝐚𝐛𝐚𝐬𝐢 𝐌𝐚𝐧𝐬𝐮𝐫𝐨𝐯𝐚 𝐅𝐞𝐫𝐚𝐧𝐠𝐢𝐳

@BDU_yoshlar_ittifoqi
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor #soʻragan_edingiz
#aoka #matbuot_anjumani

Oliy taʼlim muassasalarida 24-yanvardan keyin o‘qish onlayn ta’limga o‘tishi mumkinmi?

Sessiya jarayonlari qay tarzda boʻladi?

Ushbu savollar yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov AOKAda o'tkazilayotgan matbuot anjumanida javob berdi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#тренинглар
Медиасаводхонлик тренинглари


📍Сиз медиасаводхонлик ва унинг турлари бўйича тўлиқ билим ва амалий кўникмага эга бўлишни истайсизми?
📍 Манипуляция турлари. Танқидий фикрлаш турларидан хабардормисиз?
📍Сохта ва ёлғон хабарларни аниқлашни онлайн инструментлар орқали ўрганишни, интерактив ўйинлар орқали яқинроқ танишишни хоҳлайсизми?


Унда 2022-йил
📆20-21-январ кунлари Бухоро,
📆 3-4-феврал кунлари Самарқанд,
📆10-11-март кунлари Андижон шаҳарларида бўлиб ўтадиган “Ёшлар ва ижтимоий тармоқлар: интернет маданият кўникмалари ва тармоқлардан оқилона фойдаланиш” мавзусидаги журналист, блогер, ННТ вакиллари, ташаббускор фуқаролар учун журналистларни қайта тайёрлаш маркази томонидан ташкил этилган тренингларга аризалар қабул қилинади.


❗️Бунинг учун +998935342634 телеграм рақамига
1.исм фамилиянгиз,
2.иш жойингиз,
3. лавозимингиз,
4.телеграм ва телефон рақамларингиз,
5.қайси шаҳардаги тренингга қатнашиш истагида эканлигингизни кўрсатган ҳолда ариза жўнатинг.

🔖Аризалар
📎Бухоро шаҳри учун 19 январь (соат кеч 18.00гача),
📎Самарқанд шаҳри учун 1 февраль,
📎Андижон шаҳри учун 7 март куни (кеч соат 18.00 гача қабул қилтинади. )

📌Тренингимизда Сизни кутиб қоламиз. Ариза топширганларга қўшимча тренинг ўтказилиш жойи ҳақида маълумот берилади.
⚡️⚡️⚡️DIQQAT E’LON!!!⚡️⚡️⚡️

🏛Buxoro davlat universiteti qishki ta’til vaqtida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida onlayn tanlovlar va onlayn olimpiadalarni e'lon qiladi!
📌 Olimpiada va tanlovlar quyidagi yo’nalishlarda onlayn tarzda bo'lib o'tadi:
👉 1-yo‘nalish: "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Xizmatingiz buyuk-biz uchun!" mavzusida
"Eng yaxshi maqola" tanlovi
"Eng yaxshi she'r" tanlovi
"Eng yaxshi insho" tanlovi
"Eng yaxshi rasm" tanlovi
👉 2-yo‘nalish: “Onlayn fan olimpiadalari” quyidagi fanlar bo'yicha, barcha ta'lim yo'nalishlari uchun
MatematikaAxborot texnologiyalariBiologiya
Kimyo
👉 3-yo‘nalish: "Kitobxon talaba" nomli onlayn tanlov;
👉 4-yo‘nalish: TTJda xorijlik talabalar uchun oflayn musoboqalar:
Volleybol musoboqasi
Shaxmat-shashka musoboqasi
Mini futbol musoboqasi
Tarixiy obidalarga sayohat
👉 5-yo‘nalish:"Yurtim qalqonlari sizga sharaflar bo'lsin"ijodiy ishlar tanlovi;
Eng yaxshi hikoya
Eng yaxshi audio hikoya
Eng yaxshi video
👉 6-yo‘nalish: “Talabaning bir kuni” loyihasi doirasida
videoroliklar tanlovi
rasmlar tanlovi
👉 7-yo‘nalish: "Matematika" ta'lim yo'nalishi talabalari uchun "Matematik analiz" fanidan onlayn olimpiada
👉 8-yo‘nalish: "Onlayn Shaxmat" musoboqasi
👉 9-yo‘nalish: "Yangi O'zbekiston - mening tasavvurimda" mavzusida "Eng yaxshi insho" tanlovi
👉10-yo‘nalish:"Inson qadrining ulug'lanishidan, faol mahalla ravnaq topadi" mavzusida eng yaxshi maqola tanlovi
🏆"Xizmatingiz buyuk-biz uchun!" mavzusidagi tanlovlar g'oliblari;
🏆“Onlayn fan olimpiadalari” g'oliblari;
🏆 "Kitobxon talaba" nomli onlayn tanlov g'oliblari;
🏆Yangi O'zbekiston - mening tasavvurimda" mavzusida "Eng yaxshi insho" tanlovi g'oliblari;
🏆"Inson qadrining ulug'lanishidan, faol mahalla ravnaq topadi" mavzusida eng yaxshi maqola tanlovi g'oliblari universitet rektorining diplom va 👇
1️⃣-o‘rin - Bazaviy stipendiya miqdorining uch baravari;
2️⃣-o‘rin - Bazaviy stipendiya miqdorining ikki baravari;
3️⃣-o‘rin - Bazaviy stipendiya miqdorining bir baravari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

*Qolgan barcha tanlov va olimpiadalar sovrindorlari universitet rektorining I, II, III darajali diplomlari hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi!

*Barcha
tanlov va olimpiadalar grafiklari, nizomlari va batafsil ma'lumotlar qo'shimcha ravishda rasmiy sahifalarda e'lon qilib boriladi.

〽️Tanlov natijalari mas’ul ishchi guruhning yakuniy xulosasidan kelib chiqib universitetning rasmiy saytida hamda universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilib boriladi.
#BuxDU_yangiliklari

⚡️⚡️⚡️Tabriklaymiz! Nazarov Akmal Mardonovich psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

📌Batafsil:https://is.gd/H62AOr

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt