BuxDU Pedagogika fakulteti
92 subscribers
1.03K photos
210 videos
41 files
905 links
Download Telegram
#BuxDU_yangiliklari
#shaxmat
#musobaqa
#tezkor

⚡️Bugun soat 16:00 da BuxDU foyesida shaxmat bo‘yicha professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida musobaqa o‘tkaziladi. Ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.

https://forms.gle/3EuoNDVzBv6nAb7YA
https://forms.gle/3EuoNDVzBv6nAb7YA

📌Musobaqa g'oliblari estalik uchun sovg'alar bilan taqdirlanadi

📲
BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
🔍ДИҚҚАТ ТАНЛОВ!
Талабалар ва магистрлар диққатига
"Йилнинг энг фаол ислоҳотлар билимдони" номли Иқтидорли талабаларни саралаш, уларнинг илмий салоҳиятини аниқлаш, илмга чанқоқ, ташаббускор, фаол талаба ёшларни қўллаб қувватлаш, уларнинг эришган ютуқларини ёритиш ва кейинги илмий тадқиқот фаолиятларини такомиллаштириш мақсадида ўтказилаётган кафедралараро танлов эълон қилинди.

📍Танлов шартлари, номинациялар ва танлов низоми 👉https://disk.yandex.uz/i/ZcB70nO5M_4FRg
Танловга ариза бериш 👉https://disk.yandex.uz/i/MpPpTqJSMBY8pw
Танловга қуйидаги ҳужжатлар қабул қилинади:
📌1.Кафедра фикрномаси
📌2. Талабанинг эришган ютуқлари тўғрисидаги ҳужжатлар
📌3. Илмий ишлари рўйхати ва нусхалари
Танловда барча талабалар ва магистрлар иштирок этишлари мумкин
Ҳужжатлар иқтидорли талабаларнинг илмий тадқиқот фаолиятини ташкил этиш бўлимида қабул қилинади.
Мурожаат учун тел: 97 305 62 20
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Инвестициялар ва ташқи савдо вазири Сардор Умурзоқов барча ёшларни “Ўзбекистон учун 100 ғоя” лойиҳасида фаол иштирок этишга чорлабди. Бу лойиҳада ёшлар жамиятдаги муаммоларга ечим бўладиган, мамлакат ривожига хизмат қиладиган ғоя ва лойиҳалар билан иштирок этишлари мумкин.

Аризалар 2021 йил 30 июнга қадар www.100ideas.uz сайти орқали қабул қилинади.

👉@eduuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy qadriyatlar
Forwarded from Deleted Account
❗️❗️❗️DIQQAT E'LON❗️❗️❗️

💫Hurmatli fakultet talabalari 30-iyun Yoshlar kuni hamda sessiyani muvofaqiyatli topshirib chiqqanlariz bilan tabriklaymiz.
🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳

🌟Shu kun munosabati bilan fakultet Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Jumayeva Feruza Saidovna tomonidan "Talabalik oltin davrim " mavzusida videoroliklar tanloviga start berdi.
🏁🏁🏁🏁🏁🏁🏁🏁🏁🏁🏁

⚡️Bu tanlovda fakultetning barcha talabalari faol ishtirok etilishi so'raladi. Tanlov ishtirok etgan talabalar videoroliklari fakultet kanallarida yoritib boriladi.

Tanlovning g'olib va sovrindorlari kitob hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.
🏆🥇🥈🥉🏆

💫Shoshiling fursatni qo'ldan boy bermang.
🏃‍♂🏃‍♂🏃‍♂🏃‍♀🏃‍♀🏃‍♀🏃‍♀🏃‍♀🏃‍♀

Tanlov muddati 30-iyundan 5-iyulga qadar davom etadi.

⭐️Videoroliklarni quyida keltirilgan telegram raqamlariya yuborishingiz so'raladi.

👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

+998(91)-400-03-72

Pedagogika fakulteti matbuot xizmati:

https://t.me/ped_fak_ittifoq

https://t.me/Pedagogika_buxdu
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalik_oltin_davrim
Sadullayeva Shahzoda tomonidan bitiruvchi kurs talabalariga bag'ishlandi.
БЕҚИЁС МЕРОС

Миллат саодатин рамзи, сурати,
Эркпарвар аждодлар нидосидир герб.
Халқнинг ору шони, Ватан қудрати,
Мусофирлар дардин давосидир герб.
Қалбга муҳр солган иқбол, мерос у,
Юксак қадрият у, фахру эъзоз у.

Мўл-кўл ризқ-насиба унда бўлган жо,
Ҳумо - эл дуоси - боқийликка зеб
Ва оқил раҳнамо тимсоли - Ҳумо;
Ҳатто жон бермоққа шай халқ кори деб...
Келажакка даъват, йўл беқиёс у,
Диллардан тилларга кўчган баёз у.

Маънавият надир, чин яшаш надир?
Миллатнинг ғамини кўрмоқлик баҳам!
Ватанни севмоқ ҳам илмдир бокир,
Ватандан бошлангай маънавият ҳам.
Гербим ҳам ишқимга ноил, пардоз у,
Мен учун кузу қиш, баҳору ёз у!

©Суҳроб ҲАМРОЕВ,
Бухоро давлат университети педагогика назарияси ва тарихи мутахассислиги магистранти
20210702_360p
<unknown>
# Gerb qabul qilingan kun

📃 BEQIYOS MEROS

Suhrob Hamroyev,
Buxoro davlat universiteti pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi magistranti.

🎙 Shahnoza Xudoyberdiyeva,
Vobkent tumanidagi 7-umumiy o'rta ta'lim maktabi ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchisi.
КОРОНАВИРУСГА ҚАРШИ ЭМЛАШ ГУРУҲЛАРИГА ТАЛАБАЛАР ҲАМ КИРИТИЛДИ. ЭМЛАНГАН ТАЛАБАЛАРГА ТЎЛОВ-КОНТРАКТДА ЧЕГИРМА БЕРИЛАДИ

Мамлакатимиздаги мавжуд эпидемиологик ҳолатни инобатга олган ҳолда масъул ташкилотларнинг таклифларига биноан, бугунги кунга қадар Республика махсус комиссиясининг қарорлари билан умумий эмлаш ишларига жалб этилган аҳоли гуруҳлари қатори кенгайтирилди.

Унга кўра:
📌18 ёшдан катта бўлган Самарканд ва Тошкент вилояти аҳолисини, шунингдек, имкониятдан келиб чиқиб, бошқа ҳудудлардаги 18 ёшдан катта аҳоли қатламини ўзлари бириктирилган бирламчи тиббий-санитария муассасаларида ихтиёрий равишда эмлаш белгиланди;

📌 Юртимизда фаолият кўрсатаётган барча давлат ва нодавлат олий таълим муассасаларида таҳсил олаётган 18 ёшдан катта бўлган, бугунги кунда бакалавриатура, магистратура, клиник ординатура босқичларида таҳсил олаётган талабаларни Давлат бюджети маблағлари ҳисобидан коронавирус инфекциясига қарши ихтиёрий равишда оммавий эмлаш белгиланди.

❗️Яна бир янгилик: коронавирус инфекциясига қарши ихтиёрий равишда эмланган тўлов контракт асосида ўқийдиган талабаларга ташкилий-ҳуқуқий шаклидан қатъи назар, 2021/2022 ўқув йили учун базавий тўлов контарктига 10 фоиз миқдорида бир марталик чегирма бонуси берилади.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.

▶️
@ssvuz
▶️
@ssvmatbuotkotibi
Audio
*Barhayot taronalar

🎤 Nuriddin Hamroqulov,
''Menga yoqasan''.

🎙 Buxoro davlat universiteti pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi magistranti Suhrob Hamroyev ijrosida
❗️ DIQQAT, YOSH IJODKORLAR KO‘RIK –TANLOVI!

YUNESKO tashkilotining “Ipak  yo‘li dasturi” doirasida ijtimoiy va gumanitar sohani tadqiq etish maqsadida “Ipak yo‘li yoshlar nigohida” mavzusidagi  3-Xalqaro rasmlar tanlovi  o‘tkaziladi.

Bu yilgi tanlov uchun ipak yo‘li umumiy merosini aks ettiruvchi ikki mavzuga bag‘ishlangan rasmlar taqdim etilishi mumkin:

·       To‘qimachilik va liboslar;

·       Pandemiya davrida madaniyatlararo almashinuv, shu jumladan to‘qimachilik va liboslar.

Tanlovda  14 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovga  rasmlarni taqdim etish muddati joriy yilning 24 may kunidan 24 avgust kuniga qadar davom etadi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar avval http://unescosilkroadphotocontest.org/participate  veb-sahifasida joylashgan rasmlar uchun aniq talablar bilan tanishishlari so‘ngra talab etilgan shaxsiy ma’lumotlarni kiritgan holda ro‘yxatdan o‘tib o‘z shaxsiy akkauntlari orqali 1dan 20tagacha rasmni to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etishlari mumkin.

Tanlov 2 guruxga (14-17 va 18-25 yosh toifasida)ajratilib tashkil etiladi.Har bir guruhdan 3 nafardan g‘olib Xalqaro tanlov qo‘mitasi tomonidan tanlab olinadi.Tanlov g‘oyasini eng yaxshi aks ettiruvchi 50 ga yaqin fotosuratlardan iborat sayohat ko‘rgazmasi dunyoning turli joylarida namoyish etiladi. (pandemiya cheklovlarini inobatga olgan holda).Ushbu fotosuratlar professional fotoalbomda aks ettiriladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

Tel: (+998-90)186 06 13 / E-mail: info@unesco.uz / E-xat: ncu@exat.uz

 

 pedagogika fakulteti matbuot xizmat:

https://t.me/Pedagogika_buxdu
❗️❗️❗️ DIQQAT TANLOV ❗️❗️❗️

30 iyul –Odam savdosiga qarshi kurashish butunjahon kuni munosabati bilan “30 kun-hamkorlikda odam savdosiga qarshi kurashish oyligi”ga bag‘ishlangan tadbirlar rejasiga muvofiq:

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etiladigan odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish yo‘nalishida yoshlar faolligini oshirishga qaratilgan “Odamlar – buyum emas!”, “Odam savdosi haqida Siz nima bilasiz?”, “Odam savdosining ayanchli oqibatlari!”  mavzularida barcha universitet talabalarini  quyidagi nomnatsiyalar bo‘yicha onlayn tanlovlarda ishtirok etishga taklif etamiz

*  “Eng yaxshi video-syujet”

* “Eng yaxshi maqola”

*”Ijtimoiy tarmoqlardagi eng yaxshi material (videorolik)”,

* “Eng yaxshi chizma rasm”

* “Eng yaxshi insho”


Tanlovda barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.

 
Tanlovlar shartlari va baxolash mezonlari:

1.Videoroliklar, Video-syujet;

a)davomiyligi 2 daqiqadan 3 daqiqagacha;

b) formati MPEG-4;

v) razresheniya 720r(1280x720) yoki 480r(854x480);

s)hajmi 40 megabaytgacha bo‘lishi kerak.

 
2.Rasm:

-biror yuza (qog‘oz, mato, taxta, devor va b.)ga bo‘yoq (akvarel, moybo‘yoq, tempera, guash, elimbo‘yoq), qalam, rangli tosh, shisha va h.k.da ishlanishi, rangtasvir yoki grafika ko‘rinishida bo‘lishi kerak.


 a)rasm va  videorolikda mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi;

b) rasm va videorolik sifati;

v) mualliflarining rasm va videorolik yaratilishidagi o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlarining ifoda etilganligi ishning plagiat talabiga javob berishi .

 
Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi.

 
3. Maqola;

- mavzuning mazmun –mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi;

- ijodiy ishlarning stilistik va gramatik jixatdan to‘g‘ri yozilganligi;

-mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy yondashuvlar, mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi;

- mavzuni yoritishga o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi;

-mavzuni yoritishda hayotiy misollardan keng foydalanilganligi;

- mavzuga oid dolzarb masalalar, ularning echimlari to‘g‘risida takliflar keltirilganligi;

- ijodiy ishlar hajmi 8-10 betdan kam bo‘lmasligi;

Ijodiy ishlarda kalit so‘zlar, o‘zbekcha, ruscha va inglizcha annotatsiyalarning mavjudligi.

- Har bir mezon 10 ballik tizim asosida baxolanadi(jami 80 ball) hamda maqolalar talabalar tomonidan yozma shaklda bayon etiladi.


Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ish (o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida) kompyuter Word dasturida Times New Roman 14 shriftida, 1 intervalda, chapdan 30 mm, o‘ngdan 15 mm, yuqori va pastdan 25 mm joy qoldirgan xolda yozilgan bo‘lishi hamda matnlar ilmiy, texnik, stilistik tahrir qilingan bo‘lishi shart.

Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi.


4.Insho;

Tanlovga taqdim etiladigan insholar quyidagi mezonlarda baholanadi:

-        Mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi;

-        Ijodiy ishlarning stilistik va grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi;

-         Mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va taxliliy          yondashuvi;

-        Mustaqil fikrlashning aniq bildirilganligi;

-        Mavzuni yoritishga o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi.

 Har bir mezon 10 ballik tizim asosida baholanadi-jami 50 ball

 
Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi.


Tanlovning birinchi  bosqichi 25 iyulda, 28 iyulda universitet bosqichi yakunlanadi.


Tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichida yuqori (1, 2, 3) o‘rinni egallagan talabalarni universitet tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar, shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan talabalarni faxriy yorliq bilan taqdirlash hamda  ularining ota-onalariga “Tashakkurnoma”lar etkaziladi.

Murojaat uchun telefonlar:

+998973052984

Pedagogika fakulteti matbuot xizmat:

https://t.me/Pedagogika_buxdu