Design | blog
45 subscribers
65 photos
4 videos
5 files
51 links
Assalomu alaykum. Ushbu blogda men bilan dizayn olamida yuz beradigan qiziq holatlarni hamda yangiliklarni kuzatib borasiz.
Download Telegram
Qishloqda daraxtlar kurtaklay boshladi. Yoshligimni eslayman, qishda ko'p qor yog'ardi. Sovuqni sovuq demasdan, tinmay o'ynaganmiz ko'chada.

Xatto qor ko'chalarda to'p tepardik. Yiqilsak ham zavqli bo'lardi. Eng qizig'i qo'limizga naskini qo'lqop sifatida kiyib olardik.)) Kasal bo'lib qolamiz degan hayollar umuman bo'lmagan.

Hozirda bu yaqin o'tmish yoshlarimizga armon bo'lib qolayotgandek. Albatta barchasi Allohdan. Bir esladim xolos o'sha kunlarni...

@Paygamov_Blog
🔥153👏1🤩1🕊1
Futbol olami:

Ronaldu va Messini hammamiz bilamiz va taniymiz. Xalq orasida gap bor. Messi o'z zamonasining tug'ma eng zo'r ikki futbolchisidan biri. Ronaldu esa, mehnat evaziga eng zo'r ikki futbolchidan biri. Qolganini aytmasam ham bilasiz..))

Xo'sh, nega aynan bu ikki daho haqida yozganimni tushuntirib beraman. Hozir yozadigan fikrga yaqinda keldim va buni balki noto'g'ri bo'lsa ham yozishga qaror qildim.

Dizaynerler ham tug'ma qobiliyatli bo'lishi mumkinmi? Fikrimcha bo'ladi. Rasm chiza olish, ranglar bilan ishlay olish, dizaynning har bir jihatidagi qobiliyatlar, o'zini anglagandan boshlanishi mumkin. Ular bunga kamroq mehnat bilan erisha olishadi.

Mehnat evaziga dizayner bo'la olish va dizayn qobiliyatlarini o'zida mujassamlashtirish ham mumkin. Va bunga shubha yo'q deb o'ylayman. Bu dizayner mashqlar bilan, o'zi ustida qattiq ishlash bilan, o'zida yo'q qobiliyatni bor qilish bilan dizayner bo'ladi.

Bu holatda qay bir dizayner kelajakda eng zo'rlaridan bo'lishi, tug'ma yoki qattiq mehnat asosida dizayner bo'lishiga qaramaydi albatta. Bu insonning o'ziga bog'liq holat. Buni xususan futbolda isbotlab berishgan.))

Yana bir bor aytaman, balki bu fikrlar noto'g'ridir men faqat taxminlarimni yozyapman.

@Paygamov_Blog
🔥7
Messi The Best sovrinini oldi degan xabarlar chiqib bo'lgan ekan, ertalab uyg'onganimda.

Meni bundan buyog'iga "Oltin to'p" ham, "The Best" ham qiziqtirmaydi. Futboldan zavqlanaman xolos. ))

Xolandga achindim. (

@Paygamov_Blog
🔥6
https://t.me/azizrakhimov_blog/716

Aziz aka zerikishni yengish haqida yaxshi post chiqaribdi. Dizaynerlar ham amal qilib ko'rsa bo'lar ekan.

Masalan: Manipulatsion dizayn darslarini ko'rishda, aynan zerikish, bu darsni to'liq tugallashga halal beradi. Va bu darslikni birga bir takrorlab chiqishda ham.

Eng asosiysi, mijozdan qachon to'lov haqida yaxshi yangilik kelishini kutish holatida, zerikishni ham yengishingiz mumkin. ))

@Paygamov_Blog
🔥4
Forwarded from Jahongir Siddiqov | Grafik Dizayn blog
Dizayner va mijoz o'rtasida doim kelishmovchilik, tushunmovchilik bo'lgan va bu tabiiy davom etaveradigan jarayon. Sababi soha tarafdan siz va tashqi tomondan mijozni qarashi, fikrlari boshqacha bo'ladi. Xuddi siz uni sohasini o'z qarichingiz bilan ko'rganingizdek.

Ba'zida dizaynerlar buni ortidan qattiq asabiylashish, siqilish holatlariga, ishni bekor qilish darajasigacha yetib borishadi.

Aslida buni tragediya qilib yuborish shart emas. Avval boshdan o'zingizni erkin qo'yib, mijozni eshiting, doim siz o'ylagan narsa to'g'ri bo'lavermaydi. Uni istaklari va takliflarini o'rganing, shunga ko'ra dizayn taraflama yechim bering. Maslahat bilan qilingan ish mijozga yoqish ehtimoli katta bo'ladi.

Mabodo unga taklifingiz yoqmasa, mijoz talabi sizningcha noto'g'ri bo'lsa, mijoz tushunishni istamasa, uni darajasiga tushing, aytilgan ishini qilib bering. Siz hech narsa yo'qotmaysiz. Qaytanga qaysarlik oqibatida mijozdan, ketkazgan vaqtingizdan ayrilasiz. Mijoz boshqa, aytganini qiladigan dizayner topadi.

G'ayrioddiy ko'rinsa ham aksar holatlarda mijozni darajasiga tushib ishlash kerak. Dunyoni o'zgartirishga harakat qilsangiz qiynalib qolasiz. Hamma sizdek o'ylay olmaydi baribir.

@siddikovdesign
Bu gaplarga birinchi bo'lib, o'zim amal qilishim kerak ekan. )

@Paygamov_Blog
Design | blog
PSD.zip
Bularni topib oldim. Sizlarga ulashgim keldi. ))

Yuqorida PSD.

@Paygamov_Blog
🔥6
Saytga o'tish: Link

Zerikmasangiz bir qarab ko'ringchi.
Foydasi bo'lib qolar. ))

@Paygamov_Blog
🔥5
Klopp ketishi menga ham birdek qayg'u olib keldi. ((

Liverpool u ketsa ham tempni tashlab qo'ymasligi kerak. 🔴

@Paygamov_Blog
7🤝1
Benny akamiz ham Lego terishga erinmas ekanlar. ))

Chidasa bo'ladigan ish qilibdi lekin.

@Paygamov_Blog
6
Falastin olg'a🔥

@Paygamov_Blog
🔥12🕊1
Ushbu dizayn menda biroz qiyinchilik talab etdi. Albatta g'oya tomonlama va resurs tomonlama. Bunaqa dizaynlarga referens'larni ArtStation'dan olaman. Va ba'zida resurslarni ham.

Yorug'lik holatini yuzaga chiqarish anchagina vaqtni oldi. Soxta yorug'lik qilib qo'ymaslik va albatta maksimal sifatli resurslar topishga harakat qildim.

Avval to'pponchani yerdan olayotgan akaning rasmini topib oldim. Va miyyamga g'oyalar kela boshladi. Qanaqadur otishma holatini ko'rsatib berishni maqsad qildim. Avvaliga chap tomonga zararlangan ot arava ham qo'shmoqchi bo'ldim, lekin resurs ko'payib ketadigandek bo'ldi. Yana nimadurlar qo'shmoqchi edim, lekin sabrim yetmadi. ))

@Paygamov_Blog
🔥12
Qishloqda ishlovchi dizaynerlarning 2 ta asosiy muammosi bor:

Biri albatta internet, yana biri elektr o'chishi. )) Boshqa nimadur deb yozgim ham kelmayapti.

Sizda ham bu holatlar muammolimi?

@Paygamov_Blog
🔥4
Ha Ronaldu Messi bilan bir maydonga tusha olmasligi anniqlashyapti.

Afsus...((

@Paygamov_Blog
💯6
Behance sahifamda ko'rishlar soni juda qoniqarsiz.

Joylashtirishda qanaqadur xato qilyapmanmi? Gap nimada? Oramizda bundan xabari borlar, iltimos qarab ko'rib menga xabar bera olasizmi?

@Paygamov_Blog
Ba'zida Instagramga kirganimda, chet ellik insonlarning videolarini ko'rib qolsam, comment'iga kirib ko'raman.

Sababi, albatta o'zbeklar nimadur yozgan bo'ladi. Juda ko'p o'zbeklar comment yozish bilan vaqt o'tqazib yubormoqdami, deya hayolga ham boraman.

Bilmadim bu yaxshimi? Yoki yomon? Sizda qanaqa fikrlar bor bu borada?

@Paygamov_Blog
🤝3
Koreya daxshat. )

@Paygamov_Blog
🔥6