Design | blog
45 subscribers
65 photos
4 videos
5 files
51 links
Assalomu alaykum. Ushbu blogda men bilan dizayn olamida yuz beradigan qiziq holatlarni hamda yangiliklarni kuzatib borasiz.
Download Telegram
Yuqoridagi post izohlariga Nodirjon ismli akamiz "Tunda ilhom keladi bizga" deya yozgan ekan. Buning sababini biroz tushuntirib o'tsam xabarim boricha.

Insonga asosan yolg'iz qolganda g'oyalar kela boshlaydi. G'oya esa amalda o'zgartira oladigan narsalardir. Tunda inson yolg'iz qolishi tabiiy holat kunduzgi vaqtga qaraganda. Yolg'iz qolishni kunduzi ham uddalasa bo'ladi lekin biroz mushkul holatligi uchun asosan tunda dizaynerlar yolg'iz qolib ishlashadi. Dizaynerga esa, g'oya suv va havodek.

Menimcha oz bo'lsada nima demoqchi ekanligimni tushuntira oldim degan umiddaman.

@Paygamov_Blog
🔥10
Wowmello. Bu insonning chiqaradigan video speed art'lari menga juda ko'plab narsalarni bergan. Deyarli barchasini ko'rib chiqdim va xulosa qildim.

E'tiborga oladigan birinchi jihat bu bo'yash san'ati. Brush bilan yaxshi ishlaydi. Ranglarni to'g'ri tanlaydi va yaxshigna reallikka asoslab bo'yash ishlarini bajaradi.

Ikkinchi jihati muhitni to'g'ri chiqarib berishida. Asosan tungi muhit bilan ishlaydi. Tutunlar, chiroqlar, uzoqdagi elementlar va boshqa jihatlarni me'yorida bajara oladi.

Men kichik xulosalarimni aytdim, balki kimdur videolarni tomosha qilsa boshqacha xulosa qilar. Yaxshisi o'zingiz bir qarab ko'ring.)))

@Paygamov_Blog
🔥4
Dizayn tayyorlashda (asosan manipulyatsiya dizaynlarida) mavzuga mos musiqa tinglab ishlash juda foydalidir. Masalan siz "Horror" janrda dizayn qilmoqchisiz. Sizga ushbu mavzuga oid musiqa juda as qotadi. Musiqa albatta matnsiz bo'lishi kerak.

Bunaqa musiqalar dizayn tayyorlash jarayonida o'ziga xos g'oyalar oqimini ham hosil qilishi mumkin. Shunaqa bir sayt bor ko'rib baho berasiz.

Saytga o'tish 👉 bandcamp

@Paygamov_Blog
🔥8
O'zbekistonda onlayn ish topish nega qiyin?

Bir qancha javoblar bor o'zimda. Sizning ham fikringiz qiziq. ))

Chunki o'zim shaxsan onlayn ish topishga juda qiynalaman.
Izohsiz ))

Alhamdulillah!!!
🔥5🤩2
Design | blog
O'zbekistonda onlayn ish topish nega qiyin? Bir qancha javoblar bor o'zimda. Sizning ham fikringiz qiziq. )) Chunki o'zim shaxsan onlayn ish topishga juda qiynalaman.
Bu bo'yicha menda asosiy 1 ta fikr bor. Balki noto'g'ri fikrdur bilmadim.

Masalan, biror o'quv markaz SMM menejer izlab topadi. Va jamoa albatta zarur bo'ladi. Jamoaga kerak bo'ladigan ba'zi insonlar yig'iladi, lekin dizayner ko'p hollarda jamoa qabul qilinmaydi.

Chunki, SMM menejer ozroq dizayndan xabardor bo'lib chiqadi. Uning ham ishi asosan figmadan iborat bo'ladi. Dizaynlarni SMM menejerning o'zi qila boshlaydi. Bunga sabab esa tashkilot rahbarlarining dizayndan xabari bo'lmaganida. SMM menejer esa dizaynerga mablag' ajratishni istamaginida. Tayyorlangan dizaynlar esa, ko'ngilni xira qiladi. Rahbar uchun ham dizaynda matnlar va logo katta bo'lib ko'rinsa bo'ldi.

Shunaqa holatlar ko'p deb o'ylayman. Shaxsan o'zimda bunaqa holatlar bo'lgani uchun aytyapman.

Men yuqorida qo'shtirnoq ichidagi har ishga qodir bo'lgan ayrim SMM menejerlarni nazarda tutdim. )) Fikrim shundan iborat. Xatolar bo'lsa uzur. Yana sabablar bor. Ularni ham sekin sekin yozib boramiz.

@Paygamov_Blog
🔥5💯4
Prokopjenya Blenderni o'rganishni boshlaganlar uchun ushbu akaning darslarini birga bir bajarib ko'ring. Juda foydali va tushunarli video darslar.

Oramizda Blenderni o'raganayotganlar bo'lsa va yaxshi boshlang'ich darslardan xabari bor insonlar bo'lsa, xabarini bersangiz juda a'lo ish bo'lardi. ))

@Paygamov_Blog
🔥5
Bu_postning qisqacha davomi👉 epidemicsound

Foydali bo'ladi degan umiddaman.

@Paygamov_Blog
🔥3
Faqat men ko'p ishlarga ulgura olmayapmanmi yoki sizda ham shunaqami? ))

Dizayner o'rganishdan to'xtamas ekan. Hali u yangilik chiqadi, hali bu yangilik chiqadi. Hammasini o'rganish kerak. Chunki qanchalik ko'p narsa o'rgansak, biz uchun shunchalik "+" bo'ladi.
O'rganish va ish davomiyligini bir xilda olib borish men uchun biroz qiyin kechyapti. ))

Frilanserlikda yaxshi daromad qilish uchun faqat SMD bilan cheklanib qolmaslik kerak ekan. Logo va packaging dizaynlaridan xabaringiz bo'lsa oshig'ingiz olcha bo'ladi. Bunda ham albatta hamma kasbda bo'lgani kabi, ishingizni ustalaridan bo'lishingiz kerak.

Xulosa shuki, hech qachon bir pog'onada to'xtab qolmang. O'zingizga yanada yuqoriga intilish uchun yana pog'onalar yaratib olish zarar qilmaydi. Va albatta o'z ishingizni ustasi bo'ling. ))

@Paygamov_Blog
🔥6👏2
Qishloqda daraxtlar kurtaklay boshladi. Yoshligimni eslayman, qishda ko'p qor yog'ardi. Sovuqni sovuq demasdan, tinmay o'ynaganmiz ko'chada.

Xatto qor ko'chalarda to'p tepardik. Yiqilsak ham zavqli bo'lardi. Eng qizig'i qo'limizga naskini qo'lqop sifatida kiyib olardik.)) Kasal bo'lib qolamiz degan hayollar umuman bo'lmagan.

Hozirda bu yaqin o'tmish yoshlarimizga armon bo'lib qolayotgandek. Albatta barchasi Allohdan. Bir esladim xolos o'sha kunlarni...

@Paygamov_Blog
🔥153👏1🤩1🕊1
Futbol olami:

Ronaldu va Messini hammamiz bilamiz va taniymiz. Xalq orasida gap bor. Messi o'z zamonasining tug'ma eng zo'r ikki futbolchisidan biri. Ronaldu esa, mehnat evaziga eng zo'r ikki futbolchidan biri. Qolganini aytmasam ham bilasiz..))

Xo'sh, nega aynan bu ikki daho haqida yozganimni tushuntirib beraman. Hozir yozadigan fikrga yaqinda keldim va buni balki noto'g'ri bo'lsa ham yozishga qaror qildim.

Dizaynerler ham tug'ma qobiliyatli bo'lishi mumkinmi? Fikrimcha bo'ladi. Rasm chiza olish, ranglar bilan ishlay olish, dizaynning har bir jihatidagi qobiliyatlar, o'zini anglagandan boshlanishi mumkin. Ular bunga kamroq mehnat bilan erisha olishadi.

Mehnat evaziga dizayner bo'la olish va dizayn qobiliyatlarini o'zida mujassamlashtirish ham mumkin. Va bunga shubha yo'q deb o'ylayman. Bu dizayner mashqlar bilan, o'zi ustida qattiq ishlash bilan, o'zida yo'q qobiliyatni bor qilish bilan dizayner bo'ladi.

Bu holatda qay bir dizayner kelajakda eng zo'rlaridan bo'lishi, tug'ma yoki qattiq mehnat asosida dizayner bo'lishiga qaramaydi albatta. Bu insonning o'ziga bog'liq holat. Buni xususan futbolda isbotlab berishgan.))

Yana bir bor aytaman, balki bu fikrlar noto'g'ridir men faqat taxminlarimni yozyapman.

@Paygamov_Blog
🔥7
Messi The Best sovrinini oldi degan xabarlar chiqib bo'lgan ekan, ertalab uyg'onganimda.

Meni bundan buyog'iga "Oltin to'p" ham, "The Best" ham qiziqtirmaydi. Futboldan zavqlanaman xolos. ))

Xolandga achindim. (

@Paygamov_Blog
🔥6
https://t.me/azizrakhimov_blog/716

Aziz aka zerikishni yengish haqida yaxshi post chiqaribdi. Dizaynerlar ham amal qilib ko'rsa bo'lar ekan.

Masalan: Manipulatsion dizayn darslarini ko'rishda, aynan zerikish, bu darsni to'liq tugallashga halal beradi. Va bu darslikni birga bir takrorlab chiqishda ham.

Eng asosiysi, mijozdan qachon to'lov haqida yaxshi yangilik kelishini kutish holatida, zerikishni ham yengishingiz mumkin. ))

@Paygamov_Blog
🔥4
Forwarded from Jahongir Siddiqov | Grafik Dizayn blog
Dizayner va mijoz o'rtasida doim kelishmovchilik, tushunmovchilik bo'lgan va bu tabiiy davom etaveradigan jarayon. Sababi soha tarafdan siz va tashqi tomondan mijozni qarashi, fikrlari boshqacha bo'ladi. Xuddi siz uni sohasini o'z qarichingiz bilan ko'rganingizdek.

Ba'zida dizaynerlar buni ortidan qattiq asabiylashish, siqilish holatlariga, ishni bekor qilish darajasigacha yetib borishadi.

Aslida buni tragediya qilib yuborish shart emas. Avval boshdan o'zingizni erkin qo'yib, mijozni eshiting, doim siz o'ylagan narsa to'g'ri bo'lavermaydi. Uni istaklari va takliflarini o'rganing, shunga ko'ra dizayn taraflama yechim bering. Maslahat bilan qilingan ish mijozga yoqish ehtimoli katta bo'ladi.

Mabodo unga taklifingiz yoqmasa, mijoz talabi sizningcha noto'g'ri bo'lsa, mijoz tushunishni istamasa, uni darajasiga tushing, aytilgan ishini qilib bering. Siz hech narsa yo'qotmaysiz. Qaytanga qaysarlik oqibatida mijozdan, ketkazgan vaqtingizdan ayrilasiz. Mijoz boshqa, aytganini qiladigan dizayner topadi.

G'ayrioddiy ko'rinsa ham aksar holatlarda mijozni darajasiga tushib ishlash kerak. Dunyoni o'zgartirishga harakat qilsangiz qiynalib qolasiz. Hamma sizdek o'ylay olmaydi baribir.

@siddikovdesign
Bu gaplarga birinchi bo'lib, o'zim amal qilishim kerak ekan. )

@Paygamov_Blog
Design | blog
PSD.zip
Bularni topib oldim. Sizlarga ulashgim keldi. ))

Yuqorida PSD.

@Paygamov_Blog
🔥6