Design | blog
45 subscribers
65 photos
4 videos
5 files
51 links
Assalomu alaykum. Ushbu blogda men bilan dizayn olamida yuz beradigan qiziq holatlarni hamda yangiliklarni kuzatib borasiz.
Download Telegram
Channel created
Assalomu alaykum. Barchamiz uchun 2024-yil tinchlik yili bo'lsin InshaAlloh.

O'zim uchun yil boshidan dizayn blog ochishga qaror qildim. Bu siz uchun ham o'zim uchun ham InshaAlloh manfaatli bo'ladi.

Ushbu blog'da men bilan yuz beradigan dizaynga aloqador barcha qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishib chiqasiz. Alloh barchamiz uchun hayrli qilsin.
🔥7
Avvalo o'zimni biroz tanishtiraman.

Ismim Asadbek. Photoshop dasturini ishga tushirganimga deyarli 2 yil bo'lib qoldi. Ilk qadamlarni YouTube'dan Photoshop bo'yicha videolar tomosha qilishdan va ularni amalda sinab ko'rishdan boshlaganman. Keyingi jarayonlar juda qiziq ularni birma bir yozib borishni reja qilganman.
Photoshop'dan tashqari Illustrator va Corel Draw dasturlaridan biroz xabarim bor. Hozirda Blenderni ham o'rganishni boshlab yubordim.

Hozircha shular sekinlik bilan dizayn olamiga sho'ng'ib boramiz InshaAlloh.
🔥8🤩2
ArtStation dan juda ko'plab dizayn uchun referens'lar topsa bo'ladi. Faqatgina sizdan talab etiladigan narsa kalit so'zlaridir.

Nafaqat ArtStation uchun balki boshqa biz bilgan saytlar uchun ham kalit so'zlari muhum o'rin tutadi.

Keyingi post "Kalit so'zlar" haqida bo'ladi.

Blog | Behance | Telegram
🔥9💯1
Dizaynda "Kalit so'zlar" nima uchun kerak?

Sodda qilib tushuntiraman. Biz resurs topishda Yandex,Freepik yoki boshqa bir saytlarga o'zbek tilidan foydalanmasdan uni inglizchada ifodalab berishimiz kerak.

Sababi bunaqa saytlar o'zbek tilidagi so'zlarni unchalik tushunmaydi va bizga bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Ingliz tilidagi so'zlar esa bizni maqsadimiz tomon anniq qadamlar bilan yurishimizni taminlaydi. Qidiruv so'zlarini esa juda qisqa holatda, ammo tushunarlik holatda kiritishimiz kerak.

Referens topishda ham uzundan uzun gap emas, balki o'sha gapning orasidan bir nechta "Kalit so'z"ni topib undan foydalanish maqsadga muvofiq. Yana bir maslahatni ayta qolay.))

Behance yoki ArtStation'dagi biror postga kirishimiz bilan uning pastki qismida biz uchun maxsus "Kalit so'zlar" joylashgan bo'ladi. Ular orqali bir qancha turdagi dizaynlarni topishimiz mumkin.(Rasmda)

Blog | Behance | Telegram
🔥10
Bilganlarimni yozmoqdaman balki xatolar bo'lishi mumkin. Buning uchun ming bor uzur. Boshida baribir biroz qiyin kechyapti. To'g'ri tushunib, qo'llab turasizlar degan umiddaman.

Blog | Behance | Telegram
🔥10👏3
Yuqoridagi dizaynda asosiy e'tiborni ranglarga qaratgan edim. Albatta ularni balansda ushlab turish mushkul ish. Ranglarni to'g'ri tanlash dizaynning negizi hisoblanadi.

YouTube'dan video darslarni yoki speedart'larni ko'rish davomida sinchkovlikni oshirishni maslahat beraman. Video darslardan o'zingizda paydo bo'lgan savollarga javob izlang: "Mana bu rang nega tanlandi?" "Nega bunaqa usul bilan davom etyapti?" va h.k.

Dizaynlarni va video darslarni diqqatni bir joyga jamlab analiz qiling. Imkoni bo'lsa yoningizdagi ortiqcha narsalarni olib qo'ying (asosan telefonni). Sizda o'z o'zidan o'zgarishlar ro'y bera boshlaydi. Va buni vaqt o'tishi bilan sezib borasiz.

Blog | Behance | Telegram
🔥3🆒1
YouTube'da shu insonning videolarini tomosha qiladiganlar bormi oramizda?

Blog | Behance | Telegram
🆒3🔥1
Nega dizaynerlarni tunda ishlashadi deb bilishadi? Yoki rostdan ham shunaqa ishlashni foydali tomonlari bormi? Men masalan bunga amal qilmayman.

Anchadan buyon meni qiynab yurgan savollardan biri. ))

@Paygamov_Blog
Yuqoridagi post izohlariga Nodirjon ismli akamiz "Tunda ilhom keladi bizga" deya yozgan ekan. Buning sababini biroz tushuntirib o'tsam xabarim boricha.

Insonga asosan yolg'iz qolganda g'oyalar kela boshlaydi. G'oya esa amalda o'zgartira oladigan narsalardir. Tunda inson yolg'iz qolishi tabiiy holat kunduzgi vaqtga qaraganda. Yolg'iz qolishni kunduzi ham uddalasa bo'ladi lekin biroz mushkul holatligi uchun asosan tunda dizaynerlar yolg'iz qolib ishlashadi. Dizaynerga esa, g'oya suv va havodek.

Menimcha oz bo'lsada nima demoqchi ekanligimni tushuntira oldim degan umiddaman.

@Paygamov_Blog
🔥10
Wowmello. Bu insonning chiqaradigan video speed art'lari menga juda ko'plab narsalarni bergan. Deyarli barchasini ko'rib chiqdim va xulosa qildim.

E'tiborga oladigan birinchi jihat bu bo'yash san'ati. Brush bilan yaxshi ishlaydi. Ranglarni to'g'ri tanlaydi va yaxshigna reallikka asoslab bo'yash ishlarini bajaradi.

Ikkinchi jihati muhitni to'g'ri chiqarib berishida. Asosan tungi muhit bilan ishlaydi. Tutunlar, chiroqlar, uzoqdagi elementlar va boshqa jihatlarni me'yorida bajara oladi.

Men kichik xulosalarimni aytdim, balki kimdur videolarni tomosha qilsa boshqacha xulosa qilar. Yaxshisi o'zingiz bir qarab ko'ring.)))

@Paygamov_Blog
🔥4
Dizayn tayyorlashda (asosan manipulyatsiya dizaynlarida) mavzuga mos musiqa tinglab ishlash juda foydalidir. Masalan siz "Horror" janrda dizayn qilmoqchisiz. Sizga ushbu mavzuga oid musiqa juda as qotadi. Musiqa albatta matnsiz bo'lishi kerak.

Bunaqa musiqalar dizayn tayyorlash jarayonida o'ziga xos g'oyalar oqimini ham hosil qilishi mumkin. Shunaqa bir sayt bor ko'rib baho berasiz.

Saytga o'tish 👉 bandcamp

@Paygamov_Blog
🔥8