Samandar | Shaxsiy blog
60 subscribers
164 photos
12 videos
4 files
145 links
Ushbu kanalda iqtiboslar, ko`nikmalar va shaxsiy fikrlarim yoziladi

Qolaversa oʻqigan kitoblarimdan xulosalar boʻladi

@SamandarMaxmudjonov
Download Telegram
Agar biz berayotgan natijalar, statistikalar, rasm va videolarga haqiqatdan amal qilganimizda yoki rostdan ham shunaqa bo`lganida edi, natijalarimiz boshqacha bo`larmidi?
🏆1
Kutubxona

Oʻrtacha haftada 2 yoki 3 marta kutubxonaga borib turaman. Asosan ingliz tilidan dars qilaman yoki kompyuterda test tuzaman.

Shunday kunlarning birida bir ajoyib voqea sodiq boʻldi. Yaʼni adashmasam 21-oktabr atrofi edi. Bir qancha odamlar keldida, kutubxonada (shkafda turgan) kitoblarni ushlab rasmga tushishdi. Partalarda oʻtirib olib rasmga tushishda. Oxirida ketishdi.

Shu paytda yozay dedimu lekin ha mayli deb yozmagan edim. Keyin Noyabrda ham bir shunaqa qilishdi. 18-noyabr atrofida. Yana oʻsha shkafdagi kitoblarni olib rasmga tushishdi. Oʻtirib ham rasmga tushishdi. Keyin ketdi.

Kecha ham kutubxonada oʻtirgan edim, xuddi shunaqa voqea boʻldida. Keyin chidab turolmay yuqoridagi postni yozdim. Bir qarasang harbiylar rasmga tushib ketadimi, bir qarasang doktorlar rasmga tushib ketadimi.

Senga bu joy fotosessiya qiladigan joymidi rasmga, videoga olasan deydigan odam yoʻq. Rasmga tushgani yetmaganidek, rasmimiz chiroyliroq chiqsin, bir chiroyli dars qilayotgan bolaga, aka narigi partaga oʻtib turing, rasm yaxshi chiqmayapti🤣. Ha shu rasmlaring bor boʻlsina.

Shuni oʻylab oʻtirib bir fikr keldi. Bu rasmlarni koʻrgan odamlar ehhe zoʻr ekan deydi, yoki yana tashkillanglar deyiladi. Natijada koʻplab insonlar ovoragarchilik.

Agar mana shu rasmlar orqali yaxshi boʻlayotgan boʻlsa mayli, lekin paxta qoʻyish kabi masalalar uchun boʻlsa umuman kerakmasda.

Endi bilmadim, kutubxona oʻzi juda yaxshi joy dars qilish uchun lekin bunaqa ishlardan keyin bu yer fotosalonmi yoki rasmxona bilmaysan.

91/365
4-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
Bir narsa qolib ketibdi.
Odamlar rasmga tushishyapti huddi bir qadimiy eksponat bilan yoki antikvar narsa bilan rasmga tushayotgandek tushishyapti-da.
Anchadan beri yuragim siqilayotgan edi. Endi sal oʻziga keldi 😁
🏆3
Bir ishni qilib olganimdan keyin olaman degan edim. Sabrim yetmadi 😁
10.000

Odatda oylik chiqqan paytda shartta koʻzni yumib 100-150 ming atrofida kitob olib qoʻyar edim. Qanaqaligini farqi yoʻq edi. Adashib kitob doʻkoniga kirib qoldimmi, tamom koʻzimga yoqqanini olardim.

Oʻzim uchun bir virusli fikr bor edi. Kitob doʻkoniga kirdimmi qoʻlim quruq chiqmaydi degan. Lekin shunga amal qilardim.

Ammo hammasi bora-bora mablagʻga taqalar ekan. Yaqin 2 oy davomida birorta kitob sotib olmadim. Pul bor boʻlsa ham olmadim. Chunki oʻqiydiganlarim bor edi.

Keyin oʻzimga maqsad qoʻydim, 100 kun davomida uzluksiz yozsam bir ikkita kitoblarni olaman deb. Undan keyin oʻrtada mablagʻdan muammo boʻlgani uchun 50.000 ham koʻp koʻrinib ketdi koʻzimga.

Oʻylab qoldim Samandar kuniga 1.000 soʻmdan tashlab tur dedim. Soʻng har dushanba kuni Asaxiy hisobimga 10.000 tashlashni maqsad qilib oldim. 100.000 ga yaqin pul boʻlgandan keyin sabr qilolmay qoldim 😁. Oxiri kitobni olishga shoshilib ketdim.


Ishoning kitobni olgandan keyin shunaqa mazza qildim. Anchadan beri bunaqa hisni qilmagan ekanman. Jonu dilim rostdan yayradida.

Xulosa oʻrnida:
1. Maqsad qoʻyildi va maqsadga eltuvchi yoʻl topildi va harakat qilindi. Natijada deyarli erishildi.

2. Toʻgʻri 100-200 ming katta pul student uchun. Oylik boʻlsa bilinmas ekan ammo u boʻlmasa koʻpga oʻxshar ekan. Lekin shuni maydalab qilsa koʻpga oʻxshamas ekan.

Chunki haftadan 10.000 dan 10 haftada 100.000 bu 2 ta kitob degani.


Shunaqa. Olgan xulosalaringizni yozib keting...

92/365
5-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
🏆1
Kitobni keyinroq koʻrsataman
Anomaliya

Kechagi kitoblarimdan biri.
Nega bu kitobni oldim?
Chunki 2025-yil sotilayotgan top kitoblardan boʻldi. Deyarli har haftada sotilgan kitoblar 10 taligiga kirdi.

Koʻramiz nimalar haqida bizga aytib berar ekan
🏆1
Hozircha qiziqtira olyapti
Fargʻonada yomgʻir
Ijtimoiy tarmoqlarni cheklash

Biz zamonaviy dunyoda yashayapmiz va har kuni ijtimoiy tarmoqlardan foydalanyapmiz.

Bular muloqot uchun juda ham foydali hisoblanadi ammo ayrim davlatlar uni cheklashmoqchi ekan.

Aziz Rahimov yozgan postda koʻzim tushib qoldi bir necha davlatlar ijtimoiy tarmoqlarga taqiq qoʻymoqchi ekan.

Chunki 20-asrda oʻsmirlarning diqqati 30-46 minut boʻlsa, hozir esa 30-40 sekund ekan.

Qoyilmaqom toʻgʻrimi? Shunaqa qilib telefondan ajray olmay yuribmizda.

93/365
6-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
1
Futbolga unchalik qiziqmaymanu lekin bu oʻyinlarni koʻrish niyyatim bor 😁
Bu yilgi reja toʻldi.
Alhamdulillah
🏆1
Xudo xoxlasa ertagalik uchun 2 ta post tayyorlab qo`ydim
2
Fargʻonada yaxshigina tuman tushdi. (Kamerada uncha bilinmabdi)

P.s: bunaqa tumanni oxirgi marta Bogʻdodda koʻrgan edim.
Ustozga yana nima kerak.

Kecha bir o`quvchim olgan natijani ko`rib qoldim. Ismini ham aytaman Xosilbek.

Bu polvon bilan PM ga tayyorgarlik paytida ko`rishganmiz va darslarni boshlaganmiz.

Dars davomida kulishib, o`ynab, birga obedlar qilib va kerakli joyida so`kishni ham eshitgan (hech kim bilmasin kaltak ham yegan😁 kunlari bo`lgan. Albatta harakat qil degandek qilib)

Ota-onasi bilan ham hech qanday yomon munosabatda emasmiz. Juda ham tog`ri tushunishgan va ishonib topshirib ketishgan.

Natijamiz esa PM bo`lmadi-yu ammo ixtisoslashtirilgan maktab bo`ldi.


Yaqinda bir Olimpiadada qatnashibdi 6-sinflar ichida birinchi o`rinni olibdi va Planshet yutib olibdi. Natijasi esa
1-o`rin 27/30 natija => 90%+
2-o`rin 22/30 natija bo`lgan.

Ochig`ini aytaman juda hursand bo`ldim. To`g`ri bu natijaga erishishiga sababchi bo`lgan ustozlar ko`p.

Lekin baribir bir marta bo`lsa ham darsingizga kirsa, o`quvchim deb hursand bo`lsiz ekan.

Bunaqa natijalarni eshitgandan keyin katfiyating yo`q bo`lsa ham, kayfiyat o`zi quvlar kelib, "Yana senga nima kerak?" deydi ekan.

Shunaqa gaplar. Bu o`quvchimga ham kelajakda yaxshi zafarlar tilab qolaman.

94/365
7-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
🏆2
Rejali hafta

Odatda ko`pchilik insonlar o`z kunlarini reja tuzmagan holatda qilishadi. Ular kunini tasodifiy ishlar bilan mashg`ul qilishadi.

Natijada o`zlarining bor energiyasini, asab tizimini va eng qimmat vaqtlarini yo`qotishadi. Kechga kelib hech narsa qilmadim ammo charchadim deyishadi.

Ho`p nima qilish kerak? Bugun yakshanba va siz bir haftalik uchun reja tuzib oling va shunga amal qilishga harakat qiling.

Rejali va Rejasiz haftalarning bir-biridan farqi:
1. Agar siz haftangizni rejali qilsangiz 30-40% vaqtingizni tejab qolasiz va bu 1 haftada = 12-15 soat degani.

2. Stress 2 barobarga kamayadi. (American Psychological Association tadqiqoti natijasi)

3. Ish samaradorligingiz 25-30% oshadi va haftasiga 10-12 soat qo`shimcha vaqt degani. (Cambridge Universiteti tadqiqoti)

4. Diqqatingiz 2.5 baribargacha yaxshilanadi.

5. Hafta yakunida 70-80% qo`ygan maqsadlaringizga erishgan bo`lasiz.

6. Eng muhimi Sizga berilgan umrni foydali ishlarga sarflaysiz.


Endi Nafsni gapiga kirmasdan bitta varoqqa 1 haftalik qiladigan ishlaringizni yozib qoldiring.

P.s: Yuqoridagi faktlarni ChatGPT dan foydalangan holatda yozdim. Aniqroq bo`lishi uchun.

94/365 | 2-qism
7-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
5