Samandar | Shaxsiy blog
60 subscribers
164 photos
12 videos
4 files
145 links
Ushbu kanalda iqtiboslar, ko`nikmalar va shaxsiy fikrlarim yoziladi

Qolaversa oʻqigan kitoblarimdan xulosalar boʻladi

@SamandarMaxmudjonov
Download Telegram
Baxtimizga bizni ota-onalarimizning duolari himoya qilib turibdida, boʻlmasam ehhe nimalar boʻlishi mumkin edi...
Biz tuzgan rejalar
Biz oʻylaganimizdek bo`lmasligi bilan qiziqroq....
Ha doʻstlar, aptekada maxito sotadigan davrga ham yetib kelibmiz...
Nimagadir erishmagininggacha juda ham qiyin, mashaqqatli va hattoki erishib bo`lmasdek tuyiladi.
Ammo erishib bo`lganingdan keyin oson va odatiy holdek bo`lib qoladi.

Nima deb o`ylaysiz, bunaqa holatda sizni darajangiz ko`tarilgan bo`ladimi yoki qadrlamayotgan bo`lasizmi?
Kecha tog`am bilan gaplashib qoldim. Salom-alik qilib ozgina suhbatlashdik. Juda ham qimmatli maslahat aytdi. Gap ozgina pul haqida ketdi va shunday dedi:

Hozir topayotgan puling kam bo`lishi, oz bo`lishi mumkin ammo sen tanlagan soha, yo`nalish insonlarga manfaatli bo`lishi kerak.

Bu dunyo uchun bu yerda topayotganing kamdek tuyilishi mumkin lekin oxirat uchun foydali bo`lsin.

Masalan sen orqali bir inson ilmli bo`lib qolsa, o`qishga kirib ketsa, senga qanchadan qancha savob keladi.

Lekin bilmayman nega bari kuchli insonlar, ilmlilar shu o`z yerini, yurtini tashlab chiqib ketishyapti....

gapimiz shu joyida shunday savol bilan yakunlandi. Ho`sh siz nega deb o`ylaysiz.

@Pathnote
Seni bir kunga telefonini yoʻqotgan doʻsting 😁
Suv seni oldingga kelmasa
Sen suvni oldiga bor 😁
Nega hamma tinchlikmi Samandar deb yozayapti ekan desam, hammasiga qo`ygan story sabab ekan. 😂😂.

Hammasi nazorat ostida. Chiroyli gaplar edi ekanda 😁
Deraza tokchasida gul turgani
Ichkarida bahor degani emas...

Davomi qanaqa edi...
Endi oʻzingcha ingliz tilini ham bilasanda a😅.

P.s: Xudoga shukur buni ham oldim.
Pulni maqsad qilmasangiz yaxshi pul topasiz aslida ...
Atrofimizdagi odamlardagi narsalar uzoq muddatda bizni xoxshimizga aylanib qoladi.
Demak siz atrofingizni bitta tahlil qilsangiz.....
Quvvat yo`q = Xohish yo`q
Xohish kamaygan = Havas qiladigan odamlar kamaygan
Havas qiladigan odam topish kerak qaysiki sizdan juda uzoqda bo`lishi kerak ya`ni sizdan darajasi ancha yuqori bo`lgan.
Kimdir bir yillik tajriba bilan men unaqa qilib yuboraman, men bunaqa qilib yuboraman deb yurgan bir paytda boshqasi 10+ yillik tajribasi bilan mendan qoʻyni oyogʻini nechtaligini soʻrang deyapti.

Tushungan tushundi
Sizlardan bir support kerak edida?
Xabaringiz bor Prezident maktabiga o`quvchilarni tayyorlayman. Shu bilan birga online darslarni ham qilyapman.

@XRaqamlar kanalida video darslarni tashlashni boshladim. Shu videodarslarni bir qator sheriklaringizga, ukalaringizga yoki birorta guruhgami tashlab qo`ysangiz menga ham, sizga ham, ukangizga ham ancha foydali bo`lgan bo`lar edi.

Quyida dars havolasini qoldirdim
👇🏻👇🏻👇🏻
1-dars
2-dars
Ey inson men senman, sen mensan. Men nafsingman...
#Yakunlandi
8-Audio kitob

Kitob: Men (Bas qil ey nafs)
Muallif: Fotih Duman
Davomiyligi:

Ancha avval bu kitobni oʻqigan edim. Qayta eshitdim va esimdan chiqqanlarimni eslab oldim.

Kitob ancha yaxshi. Oʻqishga arzigulik kitob. Yuqorida bu ham yozganman.

Qisqacha qilib aytganda, nafsni kimligini, uni nimani xohlashini bilmoqchi boʻlsangiz oʻqib koʻring.


@Pathnote