Samandar | Shaxsiy blog
60 subscribers
164 photos
12 videos
4 files
145 links
Ushbu kanalda iqtiboslar, ko`nikmalar va shaxsiy fikrlarim yoziladi

Qolaversa oʻqigan kitoblarimdan xulosalar boʻladi

@SamandarMaxmudjonov
Download Telegram
Nega insonlar endi bir biri bilan yaqindan tanishib, qadrdon boʻlayotgan paytda hamma tarqalib ketadi.

Aniqroq aytadigan boʻlsam:
Biror kursda oʻqiysan, shuncha oy yil shunchaki tanish boʻlib, asta sekin qadrdon boʻlasan. Ammo endi shunaqa boʻlding deganda, guruhing vaqti oʻzgaradi, yoki tanishlaring tarqalib ketadi. Shu va shu kabi voqealar boʻladi.

Yana misol ishxonada: Hamma bilan tanishasan, aka-uka, opa-singil boʻlasan. Ammo endi mazza qilib ishlaymiz deganingda, hamma sekin tarqalib ketadi

P.s: Hoʻsh nima uchun deb oʻylaysiz...
Vaqting yetmayaptimi yoki vaqt ajratmayapsanmi?

Inson muhim degan narsasi uchun vaqt ajratadi.
Kim nima desa desinu, Bugun 25 yillik tajribalar jamlangan darsni oldim

Keyinroq imkon qilsam boʻlishaman.
Sendan kimdir yordam so`radimi, demak u seni yordam bera oladi deb so`ragan...
Hozirgi kunda eshitayotgan eng ko`p savollarimdan biri "Qanday qilib yaxshi qizga(yigitga) uylansan (turmushga chiqsam) bo`ladi" degan savol bo`lmoqda.

Ho`sh bu haqida sizning fikringiz qanaqa?
Nega insonlarni boshiga qiyinchilik keladi bilasizmi?

Inson Alloh taolodan uzoqlashganda unga turli sinovlar keladi. Mendan uzoqlashma, menga ibodat qil, meni esla degan manoda unga sinovlar va qiyinchiliklar keladi.

Ammo buni tushunmagan bazi insonlar qanaqadir muammoga uchrab qolsa, Akaxoniga, opaxoniga, tog`asiga yoki shu kabi insonlariga ishonib qoladi. Ammo juda ham ko`p insonlar shu yo`lni tanlashadi.

Ular o`ylashmaydiki sinovni bergan albatta yechimini ham berishini. Lekin shuncha harakat qilgandan keyin ham bo`lmasa keyin Allohga yuzlanadi. Afsus ular bu ishni boshida qilishmaydi.

P.s: Ochig`i qo`lim kelmay qolibdi yozgani. Tushuntira oldim degan umiddaman.

@Pathnote
Nega insonlarni boshiga qiyinchilik keladi bilasizmi?

Aslida buni juda ko`p sabablari bo`ladi va asosiylaridan biri haqida aytib beraman.

Bizni boshimizga kelayotgan sinovlar yo bizni qilgan gunohlarimizni yuvishimiz uchun bo`ladi, yo darajamizni, martabamizni oshirish uchun bo`ladi.

Aniqroq qilib aytadigan bo`lsam. Siz biron bir gunoh ish qildingiz. Masalan, kimgadir yolg`on gapirdingiz va shu gapingiz yolg`onligi o`sha yerni o`zida bilinib qoldi va ularni oldida sharmanda bo`ldingiz deylik. Bu ham sinov bo`ladi va balki qilgan ishingiz uchun shu jazo bo`lgandir.

Yoki bo`lmasam, ketma-ket qanaqadir sinovlar kelyapti. Kompyuteringiz buzilib qoldi. Telefoningiz yo`qolib qoldi. Uyga juda ham pul kerak bo`lyapti. Ho`p qo`yingki shunaqa muammolarga duch keldingiz. Hamma narsa tarang turibdi va siz turli xil qirg`in ishlarni qilmadingiz va Alloh o`zi sizga yechim berdi birin-ketin va bu sinovlarni yengib o`tdingiz.

Endi siz umuman boshqa odam bo`ldingiz. Qaysidir manoda yana bir pog`ona o`sdingiz (ulg`aydingiz). Vallohi alam...

P.s: Bular hammasi shaxsiy fikrlarim.

@Pathnote
Mag`lubiyat ham bir yutuq ....
Mag`lubiyat ham bir yutuq

Insonlar orasida bir fikr bor qaysiki inson nimadir qiladi o`xshamadimi, endi u sindi, yiqildi yoki hayotdan butkul yo`q bo`lib ketdi degan. Ammo uni boshqa tomonini o`ylashmaydi ya`ni olingan tajriba, qilingan mehnat, va qachondir yana qilib ko`rish imkoniyati.

Misol uchun kimdir logistik firma ochib ko`radi. Boshida hisob-kitob qilib ko`radida ha qila olaman deydi. Keyin ochgan firmasi bankrot bo`ladi.

Uni ko`rgan bilganlar bo`ldi Falonchijon sindi deyishadi. Aslini olgandachi yo`q. Chunki unda endi eng kamida nechadir $ lik tajribasi bor.

Qachindir kelib pul topib yana shu ishni qilmoqchi bo`lsa, katta ehtimollar bilan u avvalgi qilgan xatolarini qilmaydi...

@Pathnote
Thanks Fergana....
Asalchilarga ham hayronmanda, oʻzi asal idishni ogʻzini ochib qoʻyadida keyin pashshalar, arilar kelyapti deb nolib qoʻyadi
Imtixoningdan 1 kun oldin ertalabgacha dars qilganingdan koʻra, imtixoningdan bir oy oldin qoʻshimcha 1 soatdan dars qilganing yaxshi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😺 Agar ChatGPT ni do'st deb bilsangiz, unga

"Roast me in Uzbek"

deb yozib ko'ring. Bergan javobidan hafa bo'lish yo'q lekin haqiqat bu😅
🙃@Pathnote
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Deyarli kanalga video tashlamas edim. Lekin buni tashlamasam boʻlmaydi ekan...
Agar ibodatda mahkam turib harakat qilganingda, shu kungacha qoʻlga kiritgan narsalaringga tezroq va osonroq erishgan boʻlar eding...
Inson zotini hech qachon rozi qilib boʻlmasligiga yana bir amin boʻldim
Baxtimizga bizni ota-onalarimizning duolari himoya qilib turibdida, boʻlmasam ehhe nimalar boʻlishi mumkin edi...
Biz tuzgan rejalar
Biz oʻylaganimizdek bo`lmasligi bilan qiziqroq....
Ha doʻstlar, aptekada maxito sotadigan davrga ham yetib kelibmiz...
Nimagadir erishmagininggacha juda ham qiyin, mashaqqatli va hattoki erishib bo`lmasdek tuyiladi.
Ammo erishib bo`lganingdan keyin oson va odatiy holdek bo`lib qoladi.

Nima deb o`ylaysiz, bunaqa holatda sizni darajangiz ko`tarilgan bo`ladimi yoki qadrlamayotgan bo`lasizmi?