Samandar | Shaxsiy blog
60 subscribers
164 photos
12 videos
4 files
145 links
Ushbu kanalda iqtiboslar, ko`nikmalar va shaxsiy fikrlarim yoziladi

Qolaversa oʻqigan kitoblarimdan xulosalar boʻladi

@SamandarMaxmudjonov
Download Telegram
3 kun qoldi.
2
Sterjen

Ruchkadan koʻra koʻproq sterjenda (qalamning bir turi) yozishni yoqtiraman. Ruchkadan koʻra ingichkaroq va uzoq muddat foydalanish mumkin boʻladi. Qalami tugab qolsa yangisini solaverasiz.

Yaqinda 5 yoki 7 mingga yangi sterjen sotib oldim. Yozishni boshladim ammo har ikkita soʻzdan keyin qalam uchi sinaverib qon qildi.

Oxiri boshqa sterjen oldim. 10-15 ming boʻlishi kerak. Lekin avvalgisidan 3 ming qimmat holos lekin mana shu 3 ming bilan juda ham qulay boʻlgan. Bosib yozib koʻrdim, ezib koʻrdim, atayin sindirmoqchi boʻldim lekin umuman sinmadi qalami.

Hayotda ham shunaqa yangi narsani oʻrganib ishlashni boshlaysan, xato, xato xato qilaverasan. Oʻzingni ham qiynaysan, yon atrofingdagilarni ham.

Agar shu holatingda, ozgina ilmingga investitsiya qilib, oʻqib-oʻrganib kelib turib ishlashni boshlasang, avvalgidan koʻra ancha yaxshiroq ishlaysan. Bu nafaqat senga balki yon atrofdagilarga ham foydali boʻladi.


98/365
11-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
2
2- kun qoldi😁
Bu bolani taniganlar bormi?
🏆4
Yuqoridagi rasm ushbu postga tegishli
1
Oxirigacha xarakat qiling.

Oʻquvchilarimni ichida ancha hurmat qiladigan oʻquvchilarim ham bor. Ular aytilgan vazifalarni ortigʻi bilan qilib darsga tayyor turishadi.

Men juda ham hurmat qiladigan bir oʻquvchim bor edi. Nomerini oʻtkan yili saqlaganim uchun bir
sinf kichik sinf yozilib turadi.

Bir kuni aytdim, agar qachon testni 100% yechsang yoki quiz testda 1-oʻrinni olsang hozirgi sinfingni yozib qoʻyaman dedim.

Hoʻp dedida taxminan 1 oy harakat qildi. Bir kun 7-oʻrinni oladiz boshqa kuni 1 ta xato qiladi.

Ammo 2 kun oldin u uddaladi va 1-oʻrinni oldi. Keyin domla endi oʻzgartirib qoʻying deb yozdi. Juda hursand boʻldimda qoʻytadan toʻgʻrilab qoʻydim.

Mana shunaqa oʻquvchilarni ota-onalariga raxmat. Shunday tarbiya berishyotgani uchun.

Shunaqa gaplar

99/365
12-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
🏆2
1 kun qoldi 😁
100 kun

🎉🎉🎉Ureeeee 1⃣0⃣0⃣ kun

Bundan roppa-rosa 100 kun avval shu kanalga har kuni kamida bittadan post yozaman deb oʻzimga-oʻzim maqsad qoʻygan edim.

Asosiy sabablari
1. Oʻquv yilidan yakunidan keyin dam olishda Aziz Rahimovning yaxshi matn yozmoqchimisiz? Kamida 500 ta insho yozing deganini eshitgan edim.

2. Siz oʻzimning shaxsiy kanalimdasiz va bu shunchaki meni taniganingiz uchun boʻlmasligi kerak edi.


Yaʼni sizga u qaysidir tomondan foydali boʻlishi kerak edi va shu postlarni oʻqish orqali manfaatli boʻladi deb shuni tanladim.


Boshlanishi qanday boʻldi?
Avvaliga oʻzim ham ishonmadim, qila olamanmi deb oʻyladim. Shuning uchun ommaga taqdim etmadim.

Boshida dam olishda yozgan postlarimdan foydalandim. Keyin esa bir ikki kun avval yozadigan boʻldim. Lekin oxiriga borib har kuni bittadan yozishni boshladim.


Postlarni qanday yozdingiz?
Avvaliga miyamga kelgan fikrlarni oʻzini yozishni boshladim. Keyin oʻylab, fikrlab, tekshirib oxir oqibat faktlardan ham foydalandi.

Idea kelmaydigan holatlar ham boʻldi, bunday paytda kitob, post oʻqish yoki podcast eshitishlardan idea olib yozdim.


Bir narsani qoʻrqmay ayta olaman. Bu fikrlarning hammasi meniki. Yaʼni matn Samandarniki.

Qanday maqsadga erishdiz?
Agar 100 kun yozsam Yoz va qisqartir kitobini olaman dedim va shunga harakat qildim. Ammo sabrim yetmasdan 10 kun avval sotib oldim lekin ochmadim. Bugun ochaman.

Ochigʻi e nima keragi bor dedim bazida lekin oxirigacha yetib keldim. Alhamdulillah

Natija
Shu 100 kun mobaynida roppa-rosa 300 ta post yozilibdi ammo ulardan 100 dan ortigʻi uzun postlar hisoblanadi.


Shu joyigacha qoʻllaganingizga raxmat va bu hali davomiy boʻladi. Eng muhimi manfaatli.

Bir narsani qoʻshimcha qilmoqchiman. Insonlar koʻp holatda turishi bilan telegramga qaraydi va har safar eng birinchi boʻlib shu kanalga qarashini hosil qilmoqchi edim.

Yaʼni turadida bugun nima gaplar ekan. Qanaqa muammoni gapirdi ekan qaraydigan fikrni uylotmoqchi edim menimcha qila oʻxshadi. Chunki kanaldagi tanishlardan soʻrasam shunga oʻxshash gaplarni aytishdi.


100/365
13-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
6
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Post qanaqa boʻlsa, sizga oʻqishga qulay
Anonymous Poll
21%
Qisqa boʻlsa yaxshi
53%
Oʻrtacha boʻlsa yaxshi
26%
Uzun postlar yaxshi menga
1
Qanday maslahatlar bera olasiz.

Nimalar qilsam boʻladi yana?
Nimalarni oʻzgartirish kerak?
Yoki nimani oʻzgartirmaslik kerak?
Qanchadan beri kuzatyapsiz bu kanalni? Va nimasi yoqdi?

Takliflar uchun anonim soʻrovnoma.
100 kunlik maqsad mevasi.

@Pathnote
🏆4
Analiz qilish.

Inson qilayotgan ishlarini bir chekkada o`tirib tahlil qilishi kerak. Shunda qilayotgan xatolarini ko`radi va natijada tuzatishi mumkin bo`ladi.

Masalan IELTS listening ishlagandan keyin teacher Analiz qil deydi. Chunki qanaqa savolda xato qilayotganingizni topishingiz va shu xatoni qayta qilmasligingiz uchun.

Matematikada ham shunaqa. O`quvchilarimga PM test beraman va tahlil qilamiz. Kimni kasali qayeridaligini bilish uchun.

O`tgan hafta Haftani rejalashtirish haqida yozgan edim. Bir haftadan keyin esa xatolarim ko`rindi. Time management yo`qligi, Uyqudagi muammolar va bularning natijasida tushkunlik holati.

Endi nima bo`ladi. Analiz qilish kerak bo`ladi. Uyquni normal qilish, time managementni to`g`rilash va boshqalar.

101/365
14-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
2
Nima boʻlganda ham hozir qilayotgan qaroringdan keyin afsuslanmaydigan boʻlib, qaror qabul qilgin.

#Need
Rain 🌧️
IELTS dardi

Ingliz tili o`qiyotganlarning dardlaridan biri bu Listeningni oshirish bo`ladi

Bugun sizlarga o`rgangan narsam haqida yozmoqchiman.

Listeningni oshirish uchun nima qilish kerak deganlar uchun maxsus bo`ladi. (Muxtasar English dan o`rgandim)

1. Diktand (skript) yozish
Bunda shunchaki so`zma-so`z yozmaysiz, balki bitta gapni eshitasiz va uni yozasiz. Qayta-qayta eshitish mumkin.


2. Muhitni inglizcha qilish.
Inglizcha audiolar eshitish, turli xildagi podkastlarni eshitish kerak bo`ladi.


3. Multfilm va serial ko`rish
Bunda asosan 12+, 14+ bo`lsa. 16+ yoki 18+ kinolarni emas. Chunki unda jargonlar, qiyin so`zlar bo`ladi. Natijada tushunmaysiz va ishtiyoqingiz tushib ketadi.


4. Kitoblarni amalda qo`llash
Siz yuqoridagi ishlarni qilganingizdan keyin listening uchun kitoblarni ishlashingiz kerak bo`ladi. Masalan Listening strategy


Eslatma:
Ingliz tili o`rganayotganlardan qachon IELTS yoki CEFR olasan(topshirasan) deb so`ramang. So`zi 4 ta sectionda ezilayotgani yetadi


Hozircha shular.

102/365
15-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
Bu akani kimligini bilmadimu lekin yaxshi narsa yozyapti
1
Nimanidir oʻrganish uchun oʻrgatish kerak.

Anchadan beri shu narsa haqida oʻylayman va bir necha marta sinab koʻrdim.

Taxminan 15 kuncha avval bir guruhga ingliz tilidan dars oʻtgani kirdim va test ishlatdim.

Bu testni oʻzim 19-20/25 ishlagan edim ammo aynan shu testni tahlil qilib berdim.

Ha gʻalati tuyuladi, lekin bu juda zoʻr boʻldi va hammasi tushundi. Eng muhimi oʻzim ham.

Toʻgʻri tayyorlanib kirganman. Muhimi bu narsalar esimda qoldi.

Kecha ham ingliz tilidan dars oʻtdim va oʻquvchilar nega xato qilishlarini tushundim.

Aniqrogʻi readingga boʻgʻliq testlarda qanday xato qilishlarini.

Bunga tayyorlanmagan edim lekin oʻquvchilar tushundi. Tekshirib ham koʻrdim.

Xulosa qildimki, nimanidir oʻrgandingmi uni oʻrgat kimgadir.

Oʻylanib qoldim, ingliz tilidan dars oʻtsammikin 😂. Ajab emas oʻrganib olsam.

Lekin sinab koʻrishga arziydi.

103/365
16-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
1
1 yil
2