Samandar | Shaxsiy blog
60 subscribers
164 photos
12 videos
4 files
145 links
Ushbu kanalda iqtiboslar, ko`nikmalar va shaxsiy fikrlarim yoziladi

Qolaversa oʻqigan kitoblarimdan xulosalar boʻladi

@SamandarMaxmudjonov
Download Telegram
Ustoz

Anchadan beri shu savolga menga javob soʻrashadi. Lekin aniq javob bermas edim. Chunki bu haqida oʻzimda yetarlicha maʼlumot yoʻq edi. Ammo bugun shu haqida juda koʻp videolarni, domlalarni maʼruzalarini eshitdim. Endi umumiy xulosamni bermoqchiman.

Ustozni hurmat qilish haqida. Uni eʼzozlash, aytganini qilish va qaytarganlaridan saqlanish haqida.

Hozirgi kunda koʻplab IELTS chilardan beriladigan savol yoki eʼtirozlar ustoz yaxshi oʻtmayapti, ustoz avval yaxshi oʻtar edi, boshqa ustozga borsammikin? Doim listening 🎧 va readingni analiz qilamiz, bizga uje writing oʻtishi kerak, speaking yoʻq hullas shunaqa muammolar.

Ey sen, shu ustozni avval oʻzing tanlaganmiding? Oʻsha vaqtda ustozni havas qilib kelganmiding? Endi nima yoqmay qoldimi?

Oʻzing aqlli boʻlib sal listening bilan readingga aqling yetadigan boʻlib qoldimi? Kecha 8-9/40 ta ishlab yurgan vaqtingda, mana shu ustoz senga oʻrgatmaganmidi shu narsalarni?

Yana aytadigan gaping listening bilan readingni ustozsiz ham qilsa boʻladi deysan. 8-9 ta topayotganingda aytmabsanda unda bu gapingni.

Endi boʻlsa ustozni gapirasan, aqllilik qilasan, ustidan kulasan, shu natijaga yetishingga shu ustozing sababchi boʻlgan emasmidi. Endi yoqmay qoldimi?

Bilib qoʻy ustozni rozi qilmasang kosang oqarmaydi.

96/365
9-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
2
Ota-onamchi, ustozchi?

Endi nima qilay. Buyoqda ustoz bunaqa ishini qilyapti, ota-onam kutyapti. Qaysi birini qilay?

Ilm shunchaki yuqib qoladi deysanmi? Yoʻq ilmga mashaqqat va mehr bilan erishiladi. Esingdami boshida ustozga qanday mehr qoʻygan eding, aytganini qilarding, uxlamay dars qilarding. Ustoz ham senga shu paytda mehri boshqacha edi. Mana shu mehr orqali senga ilm yuqqan, koʻp dars qilganing uchun emas. Ilm yuqadi.

Ha hoʻp nima qilay?
Ustozingni bergan vazifalarini qildingmi oxirigacha? Vaqtida bordimi darsga, besoʻroq dars qoldirdingmi? Ortigʻi bilan dars qilish mayli, qachon vazifalaringni ustoz hohlaganchalik qilib bording. Eslay olasanmi?

Yana aytadigan gaping, yaxshi oʻtmayapti. Sen tayyor boʻlmasang qanday oʻtsin darsini.

Pulini beryapmanu desang, sen berayotgan 300-400 ming puling, ustoz berayotgan ilmning mingdan biriga ham yetmaydi.

96/365 | 2-qism
9-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
🏆1
Koʻrgan maʼruzalarimning hammasida deyarli bir gap. Ustozni rozi qilish kerak.

Uning ayblarini ahtarmasliging kerak, chunki ustoz ham odam, u ham xato qiladi. Mukammal emas.

Nima qilishni bilmayotgan boʻlsang, ilm olish sirlarini oʻqib ol, podcast, maʼruzalar eshit yoki ustozni rozi qilish haqida kitoblar oʻqib chiq. Keyin tushunasan. Har hil koʻchadagi bilmagan odamlaringni gapiga kirgandan koʻra.

Endi nima qilsam boʻladi desang

1. Ustozni aybini qidirishni toʻxtat

2. Unga ixlos qilishni boshla

3. Bergan vazifalarini vaqtida qil

4. Ustoz tomonga kerak boʻlsa oyogʻingni uchini qilma

5. Kechirim soʻra, qilgan xatolaring uchun.


Agar shularni qilsang, ilm yuqishni boshlaydi.

96/365 | 3-qism
9-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
🏆1
Hammasini oʻqib umumiy xulosa chiqarib izohlarda yozib keting 👇👇👇
🏆1
Ommaviy ongsizlantirish - Propaganda 2

Avval ham shu mavzu haqida yozgan edim.

Hozirgi ahvolimiz yanada og`irlashibdi.

Yaqinda bir joyda o`tirib televizorga ko`zim tushib qoldi. Bir o`zbekcha telekanalda bir talay qo`shiqchilarni videolarini qo`yyapti ekan.

Lekin ular kiygan kiyimini ayta olmayman. O`zingiz tushunib olaverasiz.

Vahima qilmang zamonaviylikda endi, oddiy kiyimku desangiz, ertaga sizni qizingiz, o`g`lingiz ham shunaqa kiyim kiygan paytda nimada xato qildim ekan deysiz.

Chunki ular ko`rgan narsasini oddiy holat deydi va natijada millatni ongi pasayadi.

Yoki yana biri, bir ukamda Tik Tokini ko`rib qolib kirgan edim, unda ham g`irt bemani, harmful bo`lgan videolar to`lib yorgan ekan.

Natijada oylab qoldimki, sekin tv ni irg`itib tashlash fursati yetibdi. Telefonni esa Australia qilgani kabi cheklab qo`yish kerak bo`ladi.

Agar biz bunga befarq bo`lsak, oxiri yaxshilik bilan tugamaydi.

Hurmatli ota-onalar, TV ko`rishni yig`ishtiring endi, sal kitobga ham qaytaylik. Qo`rqmanglar, kitob yeb qo`ymaydi.


97/365
10-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
2
3 kun qoldi.
2
Sterjen

Ruchkadan koʻra koʻproq sterjenda (qalamning bir turi) yozishni yoqtiraman. Ruchkadan koʻra ingichkaroq va uzoq muddat foydalanish mumkin boʻladi. Qalami tugab qolsa yangisini solaverasiz.

Yaqinda 5 yoki 7 mingga yangi sterjen sotib oldim. Yozishni boshladim ammo har ikkita soʻzdan keyin qalam uchi sinaverib qon qildi.

Oxiri boshqa sterjen oldim. 10-15 ming boʻlishi kerak. Lekin avvalgisidan 3 ming qimmat holos lekin mana shu 3 ming bilan juda ham qulay boʻlgan. Bosib yozib koʻrdim, ezib koʻrdim, atayin sindirmoqchi boʻldim lekin umuman sinmadi qalami.

Hayotda ham shunaqa yangi narsani oʻrganib ishlashni boshlaysan, xato, xato xato qilaverasan. Oʻzingni ham qiynaysan, yon atrofingdagilarni ham.

Agar shu holatingda, ozgina ilmingga investitsiya qilib, oʻqib-oʻrganib kelib turib ishlashni boshlasang, avvalgidan koʻra ancha yaxshiroq ishlaysan. Bu nafaqat senga balki yon atrofdagilarga ham foydali boʻladi.


98/365
11-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
2
2- kun qoldi😁
Bu bolani taniganlar bormi?
🏆4
Yuqoridagi rasm ushbu postga tegishli
1
Oxirigacha xarakat qiling.

Oʻquvchilarimni ichida ancha hurmat qiladigan oʻquvchilarim ham bor. Ular aytilgan vazifalarni ortigʻi bilan qilib darsga tayyor turishadi.

Men juda ham hurmat qiladigan bir oʻquvchim bor edi. Nomerini oʻtkan yili saqlaganim uchun bir
sinf kichik sinf yozilib turadi.

Bir kuni aytdim, agar qachon testni 100% yechsang yoki quiz testda 1-oʻrinni olsang hozirgi sinfingni yozib qoʻyaman dedim.

Hoʻp dedida taxminan 1 oy harakat qildi. Bir kun 7-oʻrinni oladiz boshqa kuni 1 ta xato qiladi.

Ammo 2 kun oldin u uddaladi va 1-oʻrinni oldi. Keyin domla endi oʻzgartirib qoʻying deb yozdi. Juda hursand boʻldimda qoʻytadan toʻgʻrilab qoʻydim.

Mana shunaqa oʻquvchilarni ota-onalariga raxmat. Shunday tarbiya berishyotgani uchun.

Shunaqa gaplar

99/365
12-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
🏆2
1 kun qoldi 😁
100 kun

🎉🎉🎉Ureeeee 1⃣0⃣0⃣ kun

Bundan roppa-rosa 100 kun avval shu kanalga har kuni kamida bittadan post yozaman deb oʻzimga-oʻzim maqsad qoʻygan edim.

Asosiy sabablari
1. Oʻquv yilidan yakunidan keyin dam olishda Aziz Rahimovning yaxshi matn yozmoqchimisiz? Kamida 500 ta insho yozing deganini eshitgan edim.

2. Siz oʻzimning shaxsiy kanalimdasiz va bu shunchaki meni taniganingiz uchun boʻlmasligi kerak edi.


Yaʼni sizga u qaysidir tomondan foydali boʻlishi kerak edi va shu postlarni oʻqish orqali manfaatli boʻladi deb shuni tanladim.


Boshlanishi qanday boʻldi?
Avvaliga oʻzim ham ishonmadim, qila olamanmi deb oʻyladim. Shuning uchun ommaga taqdim etmadim.

Boshida dam olishda yozgan postlarimdan foydalandim. Keyin esa bir ikki kun avval yozadigan boʻldim. Lekin oxiriga borib har kuni bittadan yozishni boshladim.


Postlarni qanday yozdingiz?
Avvaliga miyamga kelgan fikrlarni oʻzini yozishni boshladim. Keyin oʻylab, fikrlab, tekshirib oxir oqibat faktlardan ham foydalandi.

Idea kelmaydigan holatlar ham boʻldi, bunday paytda kitob, post oʻqish yoki podcast eshitishlardan idea olib yozdim.


Bir narsani qoʻrqmay ayta olaman. Bu fikrlarning hammasi meniki. Yaʼni matn Samandarniki.

Qanday maqsadga erishdiz?
Agar 100 kun yozsam Yoz va qisqartir kitobini olaman dedim va shunga harakat qildim. Ammo sabrim yetmasdan 10 kun avval sotib oldim lekin ochmadim. Bugun ochaman.

Ochigʻi e nima keragi bor dedim bazida lekin oxirigacha yetib keldim. Alhamdulillah

Natija
Shu 100 kun mobaynida roppa-rosa 300 ta post yozilibdi ammo ulardan 100 dan ortigʻi uzun postlar hisoblanadi.


Shu joyigacha qoʻllaganingizga raxmat va bu hali davomiy boʻladi. Eng muhimi manfaatli.

Bir narsani qoʻshimcha qilmoqchiman. Insonlar koʻp holatda turishi bilan telegramga qaraydi va har safar eng birinchi boʻlib shu kanalga qarashini hosil qilmoqchi edim.

Yaʼni turadida bugun nima gaplar ekan. Qanaqa muammoni gapirdi ekan qaraydigan fikrni uylotmoqchi edim menimcha qila oʻxshadi. Chunki kanaldagi tanishlardan soʻrasam shunga oʻxshash gaplarni aytishdi.


100/365
13-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
6
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Post qanaqa boʻlsa, sizga oʻqishga qulay
Anonymous Poll
21%
Qisqa boʻlsa yaxshi
53%
Oʻrtacha boʻlsa yaxshi
26%
Uzun postlar yaxshi menga
1
Qanday maslahatlar bera olasiz.

Nimalar qilsam boʻladi yana?
Nimalarni oʻzgartirish kerak?
Yoki nimani oʻzgartirmaslik kerak?
Qanchadan beri kuzatyapsiz bu kanalni? Va nimasi yoqdi?

Takliflar uchun anonim soʻrovnoma.
100 kunlik maqsad mevasi.

@Pathnote
🏆4
Analiz qilish.

Inson qilayotgan ishlarini bir chekkada o`tirib tahlil qilishi kerak. Shunda qilayotgan xatolarini ko`radi va natijada tuzatishi mumkin bo`ladi.

Masalan IELTS listening ishlagandan keyin teacher Analiz qil deydi. Chunki qanaqa savolda xato qilayotganingizni topishingiz va shu xatoni qayta qilmasligingiz uchun.

Matematikada ham shunaqa. O`quvchilarimga PM test beraman va tahlil qilamiz. Kimni kasali qayeridaligini bilish uchun.

O`tgan hafta Haftani rejalashtirish haqida yozgan edim. Bir haftadan keyin esa xatolarim ko`rindi. Time management yo`qligi, Uyqudagi muammolar va bularning natijasida tushkunlik holati.

Endi nima bo`ladi. Analiz qilish kerak bo`ladi. Uyquni normal qilish, time managementni to`g`rilash va boshqalar.

101/365
14-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
2
Nima boʻlganda ham hozir qilayotgan qaroringdan keyin afsuslanmaydigan boʻlib, qaror qabul qilgin.

#Need