Samandar | Shaxsiy blog
60 subscribers
164 photos
12 videos
4 files
145 links
Ushbu kanalda iqtiboslar, ko`nikmalar va shaxsiy fikrlarim yoziladi

Qolaversa oʻqigan kitoblarimdan xulosalar boʻladi

@SamandarMaxmudjonov
Download Telegram
•Baxt😁📚🫀
Forwarded from Maqsad 🎯
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Omoqchi boʻlgan #Kitoblarim
2025-yilda

1. Lolazor asari
2. Otamdan qolgan dalalar
3. Ikki olam sarvari ✅
4. Yosh yigitga nasihat
5. Savdogar sahobalar yohud ....
6. Dorul arkom
7. Endi siz otasiz
8. Ijtimoiy odoblar
9. Muqaddas Azob
10. Buyuk murabbiy
Samandar | Shaxsiy blog pinned «Omoqchi boʻlgan #Kitoblarim 2025-yilda 1. Lolazor asari 2. Otamdan qolgan dalalar 3. Ikki olam sarvari ✅ 4. Yosh yigitga nasihat 5. Savdogar sahobalar yohud .... 6. Dorul arkom 7. Endi siz otasiz 8. Ijtimoiy odoblar 9. Muqaddas Azob 10. Buyuk murabbiy»
📚Shunday kutubxonang boʻlsa-yu, shuni oʻqishdan boshqa gʻam tashvishing boʻlmasa
#Mulohaza_qil

Inson shuncha ishni, gunohni qiladida va birdaniga yaxshi boʻlishni, birdaniga top-toza qalb egasi boʻlishni hohlaydi.

Ammo bu oʻylash notoʻgʻri hisoblanadi. Malasan 20 ga kirdingiz deylik va siz 20 yil davomida zalolat botqogʻida qalbingizni qoraytirdingiz.

Endi esa uni birdaniga oppoq qilmoqchisiz. Aslida bu narsa birdaniga boʻlmaydi. Buning uchun koʻp vaqt talab qiladi.

Tasavvur qiling bitta idish loyqa suvga toʻlgan va siz unga bir tomchi oppoq suv quysangiz nima boʻladi? Aytarlik hech narsa . Lekin siz harakatdan toʻxtamasdan unga suvni quyaversangiz sekin idishdagi suv toshadi va suv tiniqlasha boshlaydi.

Shu tartibda davom etaversangiz oxir oqibat idishdagi suv oppoq boʻlib qoladi.

Bu bir misol edi. Taqvoingizni kuchaytiring va oʻzingizni idishingizga suv quyishda davom eting. Oxiri oqibatda qalbingiz huddi tiniq suv kabi boʻladi.

Bu qancha vaqt oladi? Alloh biladi. Balki bir oy, balki bir yil, balki oʻn yil. Alloh eng bilguvchi zotdir.
#Mulohaza_qil

Bu hamma uchun emas, ayrim insonlar (agar inson deb boʻlsa albatta) haqida

Tugʻilasan, yigʻlaysan, oʻynaysan, maktabga borasan, oʻqishga kirish uchun tayyorlanasan, oʻqishga kirib olay deb hech narsaga qoʻshilmasdan kechalari uyqusiz boʻlib oʻqiysan, duolar qilasan.

Hoʻsh keyinchi ?

Oʻqishga ham kirasan, ota-onang bu meni farzandim oʻqishga kirdi deb elga osh beradi. Seni qiynalmasin bolam faqat oʻqisin, hech narsaga chalgʻimasin deydi. Qanaqa muammosi borligini qizigʻi yoʻq senga pul topib beradi .

Lekin senchi?

Seni bilmadimu lekin ayrim insonlarni bilaman ota-onasiga ha oʻqiyabman deb turib qizlar bilan yoki bollar bilan gaplashib, qoʻl ushlashib yurishadi?

Nega endi shuncha yil oʻzini
saqlagan yigit va qizlar oʻqishga kirgandan keyin nega bunaqa qilishadi?

Bu bilan oʻzim oppoqman demayapman. Shunchaki fikrla onang seni shu uchun dunyoga keltirganmi? Otang seni shu uchun katta qilganmi?

Hoʻsh.....
#Mulohaza_qil
#For_my_self


Kecha qilgan ishingni oʻylab yoki kechagi fikrlaringni hozir oʻylab,

E shunaqa ham qilamanmi yoki Shunaqa Ham Fikrlaymanmi


desang hursand boʻl. Negaki seni fikrlashing kengayyapti.

Misol uchun kecha eshitgan qoʻshigʻingni yana eshitib e shuni ham eshitamanmi yosh bola edim ekanda desang hursand boʻlaver.
Atrofingdagilar senga albatta taʼsir oʻtkazadi.

Yoshlikdan beri eshitib kelayotgan gaplarimdan biri bu - seni kimligingni atrofingdagi odamlardan bilib olsa boʻladi


Darhaqiqat bu rostdan ham toʻgʻri hisoblanadi. Negaki tasavvur qiling, siz kitob oʻqishni yaxshi koʻrasiz va bunga aminmanki atrofingizdagi odamlarning katta qismi siz kabi kitob oʻqishga qiziqadi va yaxshi koʻradi. Eng kamida majburligidan kuyukkanidan ham kitob oladi.

Agar atrofingizdagi insonlar ichuvchi yoki chekuvchi boʻlsa katta ehtimol bilan siz ham ichasiz yoki chekasiz.

Hozircha shular....

#Mulohaza_qil
#For_my_self
Channel name was changed to «Samandar Maxmudjonov»
Ey men, nimalar qilib yuribsan. Sen shu uchun yaratilganmiding? Shu uchun ota-onang tarbiya berganmidi a?

Qachon oʻzingga kelasan?

#for_me
#uygon
Biron bir ishni qilmoqchimisiz aniq soni yoki muddatini qoʻying
Misol uchun kitob oʻqimoqchisiz va shunchaki oʻqishni boshlash xato hisoblanadi.

Lekin oʻqishdan avval bugun 20 bet oʻqiyman deb qanchaligini belgilab reja qilsangiz juda ham foydali boʻladi.

#RUYI
Nomahram bilan hech qachon yolg`iz qolma

#For_me
Hozir misol ishlashim kerak, kitob o`qib bo`lganman lekin yana o`qishim kerak, online darsim bor uni o`tishim kerak. Ya`ni tahlil qilib berishim kerak. Undan keyin o`zim matematikadan test ishlashim kerak. Edutizim bo`yicha bir nechta videolarni ko`rishim kerak. Taxminan 10 dan ortiq.

Ammo juda ham charchaganman. Choy ham ichganim yo`q. Shartta hammasini tashlab bore deb uxlab dam olgim kelyapti. Hozirgi holatim 0 holatga tushdi.

Hozir o`zimga o`zim uni qilmay qo`yaver e, bunisi ham muhimmasu deb o`tiribman. Hayolimda bahona izlash bilan ovora men. Hozir o`zimga aytgan gapim motiv yo`qda nima qilsam ekan a dedim.

Ammo shu gapimdan keyin motiv vaqtinchalik tuyg`u intizom kerak senga deb o`tiribman.

Hozircha shular....

Ho`sh qachonlardir o`qiydigan o`zim aytchi nima qilgan bo`larding sen

#For_me
#Savol
#Yakunlandi

Habaringiz bor "Raqamlar uchun yaralgan idrok" kitobini o`qishni boshlagan edim va yakuniy sanani 12-yanvar qilib belgilagan edim. Mana bugun 12-yanvar. To`g`risini aytaman bu kitobni o`qib mazza qildim. Oxirigacha tugata oldingizmi? degan savolga javobim og`ir bo`lsa ham yo`q oxiriga yetmay qoldi.

Nega bunday bo`ldi. Eng avvalo bu kitob shaxsiy rivojlanmoqchi bo`lgan insonlar uchun juda ham mos kitob hisoblanadi. Sababi bundagi olg`a surilgan g`oyalarni faqat olg`a surish kerak bo`ladi. Ya`ni bir mavzusini ochdingizmi demak siz uni oxirigacha amal qilishingiz kerak bo`ladi.

Menda ushbu sabab bo`ldi ya`ni birgina mavzuni o`qidim va uni qanday amalga oshirish haqida o`ylab qoldim. Orada ozgina to`xtalishlar bo`ldi. Sababi nega ? chunki bir tomondan dangasalik bo`lsa, boshqa tomondan bundagi olg`a surilgan g`oya bo`ldi.

Misol uchun birgina misolni qanday yechish kerakligini va yechib bo`lgandan keyin yana qayta yechish kerakligini undan keyin esa yana qayta yechish kerakliligini aytdi. Jami 3 marta yechasan va 4-safar shunga o`xshash misollarni yechishni boshlash kerakligi haqida aytdi.

Bu buning ichidagi bitta olg`a surilgan g`oya halos. Bundan tashqari juda ko`p shu kabi g`oyalar bor. Kitob tugashiga ozgina qolgan edi lekin ochig`ini aytaman oxiri sal murakkablashib qoldi.

Bilaman balki bu bahonadur, lekin bu o`zim uchun olingan darslar bo`ldi. Rosti bu kitobni to`liq tugatgandan keyin yangi kitoblar olaman deb niyyat qilgan edim, Ammo jazo tariqasida kitob sotib olmayman.
Kasallik

Alloh taʼolo oʻzi sevgan bandalariga dard beradi.
Gunohlardan poklanish va toʻgʻri yoʻlga qaytishi uchun.

Bunga ikki xil fikrda qarash mumkin.
Birinchisi uf yana kasal boʻldim, bir yashamelik ekanda qachon qarasa kasal kasal deydi va shu bilan berilgan sinovdan oʻta olmaydi.

Ikkinchi toifasi va eng maqbuli shukur qilishdir. Alloh meni koʻrib bilib turibdi. Shuning uchun menga sinov berdi. Alhamdulillah. In Shaa Alloh ushbu sinovidan oʻtib olaman deydi va sabri uchun savob-u ajrni qoʻlga kiritadi


#muhim
#for_me
#Qiziq

Bolalar baribir boshqacha bo`ladida. Beg`ubor bo`ladi.

Bugun dars o`tayotsam bir bola so`radi.
—Domla anavi katta so`mkezda nima bor? dedi
Kulimsirab qarasam bir bola
—Domlani u so`mkasida pullari bor dedi
😂😂 keyin men ham ha shunaqa dedim.
Unga qo`shimcha qilib uni ichida hamma narsa bor dedim keyin

Shunaqa gaplar
Hurmatli oʻzim

Bilaman biror bir ishni qilishga shoshilasan va tezda boshlab yuborasan ammo bilasanmi bir haftadan keyin shu ishga boʻlgan qiziqishing ozgina pasayadi.

Shu narsalarni bilasan buni yengishni 2 yoʻlini senga aytaman.

1. Bir haftada zerikasanmi demak 1 haftagacha tugat shu ishingni. Bilmayman qanday qilib nima qilasan bu sening ishing.

2. Agar uzoq muddatli boʻlsa sabr qilishni oʻrgan. Yana qancha shoshqaloqlik qilmoqchisan. Bilaman qiziqasan, qilging keladi. Ammo shundan avval birinchi ishingni tugat. Nima har safar tashlab ketaverasanmi?

Ha toʻgʻri nimadir sodir boʻlib qolib ketyapti endi rostini oʻzing ham bilasan bu bahona.

Shuning uchun sabrli va ishingni oxirigacha yetkazadigan boʻl.

#for_me
#kitob 2025
2-kitob

Jannat
Abdurazzoq Gurna