Samandar | Shaxsiy blog
60 subscribers
164 photos
12 videos
4 files
145 links
Ushbu kanalda iqtiboslar, ko`nikmalar va shaxsiy fikrlarim yoziladi

Qolaversa oʻqigan kitoblarimdan xulosalar boʻladi

@SamandarMaxmudjonov
Download Telegram
Anomaliya

Kechagi kitoblarimdan biri.
Nega bu kitobni oldim?
Chunki 2025-yil sotilayotgan top kitoblardan boʻldi. Deyarli har haftada sotilgan kitoblar 10 taligiga kirdi.

Koʻramiz nimalar haqida bizga aytib berar ekan
🏆1
Hozircha qiziqtira olyapti
Fargʻonada yomgʻir
Ijtimoiy tarmoqlarni cheklash

Biz zamonaviy dunyoda yashayapmiz va har kuni ijtimoiy tarmoqlardan foydalanyapmiz.

Bular muloqot uchun juda ham foydali hisoblanadi ammo ayrim davlatlar uni cheklashmoqchi ekan.

Aziz Rahimov yozgan postda koʻzim tushib qoldi bir necha davlatlar ijtimoiy tarmoqlarga taqiq qoʻymoqchi ekan.

Chunki 20-asrda oʻsmirlarning diqqati 30-46 minut boʻlsa, hozir esa 30-40 sekund ekan.

Qoyilmaqom toʻgʻrimi? Shunaqa qilib telefondan ajray olmay yuribmizda.

93/365
6-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
1
Futbolga unchalik qiziqmaymanu lekin bu oʻyinlarni koʻrish niyyatim bor 😁
Bu yilgi reja toʻldi.
Alhamdulillah
🏆1
Xudo xoxlasa ertagalik uchun 2 ta post tayyorlab qo`ydim
2
Fargʻonada yaxshigina tuman tushdi. (Kamerada uncha bilinmabdi)

P.s: bunaqa tumanni oxirgi marta Bogʻdodda koʻrgan edim.
Ustozga yana nima kerak.

Kecha bir o`quvchim olgan natijani ko`rib qoldim. Ismini ham aytaman Xosilbek.

Bu polvon bilan PM ga tayyorgarlik paytida ko`rishganmiz va darslarni boshlaganmiz.

Dars davomida kulishib, o`ynab, birga obedlar qilib va kerakli joyida so`kishni ham eshitgan (hech kim bilmasin kaltak ham yegan😁 kunlari bo`lgan. Albatta harakat qil degandek qilib)

Ota-onasi bilan ham hech qanday yomon munosabatda emasmiz. Juda ham tog`ri tushunishgan va ishonib topshirib ketishgan.

Natijamiz esa PM bo`lmadi-yu ammo ixtisoslashtirilgan maktab bo`ldi.


Yaqinda bir Olimpiadada qatnashibdi 6-sinflar ichida birinchi o`rinni olibdi va Planshet yutib olibdi. Natijasi esa
1-o`rin 27/30 natija => 90%+
2-o`rin 22/30 natija bo`lgan.

Ochig`ini aytaman juda hursand bo`ldim. To`g`ri bu natijaga erishishiga sababchi bo`lgan ustozlar ko`p.

Lekin baribir bir marta bo`lsa ham darsingizga kirsa, o`quvchim deb hursand bo`lsiz ekan.

Bunaqa natijalarni eshitgandan keyin katfiyating yo`q bo`lsa ham, kayfiyat o`zi quvlar kelib, "Yana senga nima kerak?" deydi ekan.

Shunaqa gaplar. Bu o`quvchimga ham kelajakda yaxshi zafarlar tilab qolaman.

94/365
7-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
🏆2
Rejali hafta

Odatda ko`pchilik insonlar o`z kunlarini reja tuzmagan holatda qilishadi. Ular kunini tasodifiy ishlar bilan mashg`ul qilishadi.

Natijada o`zlarining bor energiyasini, asab tizimini va eng qimmat vaqtlarini yo`qotishadi. Kechga kelib hech narsa qilmadim ammo charchadim deyishadi.

Ho`p nima qilish kerak? Bugun yakshanba va siz bir haftalik uchun reja tuzib oling va shunga amal qilishga harakat qiling.

Rejali va Rejasiz haftalarning bir-biridan farqi:
1. Agar siz haftangizni rejali qilsangiz 30-40% vaqtingizni tejab qolasiz va bu 1 haftada = 12-15 soat degani.

2. Stress 2 barobarga kamayadi. (American Psychological Association tadqiqoti natijasi)

3. Ish samaradorligingiz 25-30% oshadi va haftasiga 10-12 soat qo`shimcha vaqt degani. (Cambridge Universiteti tadqiqoti)

4. Diqqatingiz 2.5 baribargacha yaxshilanadi.

5. Hafta yakunida 70-80% qo`ygan maqsadlaringizga erishgan bo`lasiz.

6. Eng muhimi Sizga berilgan umrni foydali ishlarga sarflaysiz.


Endi Nafsni gapiga kirmasdan bitta varoqqa 1 haftalik qiladigan ishlaringizni yozib qoldiring.

P.s: Yuqoridagi faktlarni ChatGPT dan foydalangan holatda yozdim. Aniqroq bo`lishi uchun.

94/365 | 2-qism
7-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
5
Haftalik rejalar .xlsx
17.6 KB
Haftalik rejalash uchun namuna

P.s: xoxlasangiz vaqtlar kesimida belgilang, xoxlasangiz boshqacha usulda.
🏆1
Podcastlar

Yaqinda bir tanishim Gazeta uz ning You tobe dagi podcastlari haqida aytib qoldi.

Kecha Aziz Rahimov bilan bo`lgan sonini eshitdim. Qo`rqmasdan ayta olaman kechagi kun uchun eng yaxshisi bo`ldi.

Podcastning ma`nosi "Sening yoshing menda bo`lsa edi" deb nomlangan va asosan 15-20 yosh atrofidagilar uchun ekan.

Undan olgan note larim

1. Istalgan kasbda yaxshi daromad olsa bo`ladi, faqat u ishni hammadan yaxshi qilishing kerak.

2. Bir insonga ergashish, shogird tushish. Yigit kishida kamida 3-4 ta hunari bo`lishi kerak, ertaga oila tebratishi uchun.

3. Masalan bir insonga ergashdingmi uni barcha videolarini (u qilgan) ko`rib chiq. Kamida 100 tasini ko`rib o`rgan.

4. Bolalarni ongini o`stirish kerak. Chunki suniy intelekt kundan kunga rivojlanyapti. Ertaga u bergan ma`lumotni, tayyorlagan videosini farqlash uchun yoki tahlil qilish uchun IQ kerak bo`ladi


Podcastda 11 ta savolga javob bergan. Ko`rsangiz manfaatli bo`ladi Xudo xoxlasa.

95/365
8-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
— Instagramingiz bormi?

Yoʻq.

— Nega?

Shunchaki yoʻq.

— aka hozir 21-asrda yashayapmiz. Tortib oling.

Yuqoridagi videoni koʻr. Zamonaviy dunyoda yashayotgan polapon.

@Pathnote
1
Savol paydo boʻldi.

Agar oʻzbek lugʻatidan qaynona bilan kelin soʻzini olib tashlansa, kinolar qanday nomlangan boʻlardi ekan 😁
🏆1
Ochigʻi hozir ustoz haqida post yozib boʻldim.

Kechki paytligi uchunmi ilhom kelmadi uncha.

Ammo bugungi kundagi eng muhim deb bilganimni yozdi.
🏆1
Ustoz

Anchadan beri shu savolga menga javob soʻrashadi. Lekin aniq javob bermas edim. Chunki bu haqida oʻzimda yetarlicha maʼlumot yoʻq edi. Ammo bugun shu haqida juda koʻp videolarni, domlalarni maʼruzalarini eshitdim. Endi umumiy xulosamni bermoqchiman.

Ustozni hurmat qilish haqida. Uni eʼzozlash, aytganini qilish va qaytarganlaridan saqlanish haqida.

Hozirgi kunda koʻplab IELTS chilardan beriladigan savol yoki eʼtirozlar ustoz yaxshi oʻtmayapti, ustoz avval yaxshi oʻtar edi, boshqa ustozga borsammikin? Doim listening 🎧 va readingni analiz qilamiz, bizga uje writing oʻtishi kerak, speaking yoʻq hullas shunaqa muammolar.

Ey sen, shu ustozni avval oʻzing tanlaganmiding? Oʻsha vaqtda ustozni havas qilib kelganmiding? Endi nima yoqmay qoldimi?

Oʻzing aqlli boʻlib sal listening bilan readingga aqling yetadigan boʻlib qoldimi? Kecha 8-9/40 ta ishlab yurgan vaqtingda, mana shu ustoz senga oʻrgatmaganmidi shu narsalarni?

Yana aytadigan gaping listening bilan readingni ustozsiz ham qilsa boʻladi deysan. 8-9 ta topayotganingda aytmabsanda unda bu gapingni.

Endi boʻlsa ustozni gapirasan, aqllilik qilasan, ustidan kulasan, shu natijaga yetishingga shu ustozing sababchi boʻlgan emasmidi. Endi yoqmay qoldimi?

Bilib qoʻy ustozni rozi qilmasang kosang oqarmaydi.

96/365
9-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
2
Ota-onamchi, ustozchi?

Endi nima qilay. Buyoqda ustoz bunaqa ishini qilyapti, ota-onam kutyapti. Qaysi birini qilay?

Ilm shunchaki yuqib qoladi deysanmi? Yoʻq ilmga mashaqqat va mehr bilan erishiladi. Esingdami boshida ustozga qanday mehr qoʻygan eding, aytganini qilarding, uxlamay dars qilarding. Ustoz ham senga shu paytda mehri boshqacha edi. Mana shu mehr orqali senga ilm yuqqan, koʻp dars qilganing uchun emas. Ilm yuqadi.

Ha hoʻp nima qilay?
Ustozingni bergan vazifalarini qildingmi oxirigacha? Vaqtida bordimi darsga, besoʻroq dars qoldirdingmi? Ortigʻi bilan dars qilish mayli, qachon vazifalaringni ustoz hohlaganchalik qilib bording. Eslay olasanmi?

Yana aytadigan gaping, yaxshi oʻtmayapti. Sen tayyor boʻlmasang qanday oʻtsin darsini.

Pulini beryapmanu desang, sen berayotgan 300-400 ming puling, ustoz berayotgan ilmning mingdan biriga ham yetmaydi.

96/365 | 2-qism
9-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
🏆1
Koʻrgan maʼruzalarimning hammasida deyarli bir gap. Ustozni rozi qilish kerak.

Uning ayblarini ahtarmasliging kerak, chunki ustoz ham odam, u ham xato qiladi. Mukammal emas.

Nima qilishni bilmayotgan boʻlsang, ilm olish sirlarini oʻqib ol, podcast, maʼruzalar eshit yoki ustozni rozi qilish haqida kitoblar oʻqib chiq. Keyin tushunasan. Har hil koʻchadagi bilmagan odamlaringni gapiga kirgandan koʻra.

Endi nima qilsam boʻladi desang

1. Ustozni aybini qidirishni toʻxtat

2. Unga ixlos qilishni boshla

3. Bergan vazifalarini vaqtida qil

4. Ustoz tomonga kerak boʻlsa oyogʻingni uchini qilma

5. Kechirim soʻra, qilgan xatolaring uchun.


Agar shularni qilsang, ilm yuqishni boshlaydi.

96/365 | 3-qism
9-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
🏆1