Shahar shovqini
Yoshligimda kattalar men domda yashay olmayman, siqilib ketaman deganini eshitganman. Oʻsha vaqtda domda hamma sharoitlar boʻlsa, nega ekan deb oʻylardim.
Oʻqishga kirdim boshida kvartirada yashadim. Deyarli qiladigan ish yoʻq edi. Oʻqishga, kursga va ishga borardim. Hozir ham shunaqa rejim.
1-kurslik vaqtimda shaharda yashash ancha yaxshi deb oʻylardim. Ha ustunliklari va kamchiliklari ham bor.
Taxminan 2-4 hafta oraligʻida uyga kelmasam gʻalati boʻlardim. Uy sogʻinchi deb oʻylardim. Ammo yaqinda tushundim buni nimaligini.
Shaharda yuraversangiz u sizni boʻgʻib qoʻyar ekan. Natijada qayergadir borgingiz kelarkan. Shunda tushunib yetdimki, menga shu darajada taʼsir qilib boʻgʻib qoʻydiyu, kattalarga taxminan 40-50 yildan beri ochiq havoda yurgan insonga qanaqa boʻlishini tasavvur qilib koʻrdim.
Bu narsa nafaqat ishga, oʻqishga balki sogʻliqqa ham juda katta taʼsir oʻtkazadi. Buni tushunganlar esa oyning bir kunini belgilab qayergadir yoʻl olishadi.
Vaqt oʻtgan sari sekin-sekin tushunib boraverar ekansan. Shunaqa
87/365
30-noy, 2025 | Andijon
📌@Pathnote

🏆2
Qaymoq
Uzoq yoʻlga chiqqan vaqtda kitob oʻqish yaxshi ammo undan ham yaxshisi yaxshi insonlarning yozgan postlarini oʻqib ketishdir.
Shulardan bir nechtasi
Bek Olimjon akani, Azimjonʼs fikrlogni, Abdusattor akani yozgan postlarini oʻqib borar ekanman ancha fikrlashimga, dunyoqarashimga ancha taʼsir koʻrsatyapti.
Bunaqa postlar kitobdek uzun boʻlmasa ham bazida undan koʻra yaxshiroq boʻladi. Chunki bu kitobdagi yozilganlarga oxiriga borganda bir xulosa beradi va undan taʼsirlanasan.
Ammo bularda, huddi bir litr issiq sutni sogʻib qoʻysang ustiga birozdan keyin eng shirin qaymoqli joyi chiqib qolgandek boʻladi.
Toʻgʻri sutni ichsang ham shuncha miqdordagi qaymogʻini ichasan lekin baribir ustidagi qaymogʻini ichish maroqliroq boʻladi.
88/365
1-dek, 2025 | Andijon

🏆1
Qish
Kecha kechki paytda uyqim kelmadi negadir. Keyin telefonga qarasam 1-dekabr turibdi.
Oʻylab qoldim. Bugun shunda qishmi? Qish keldimi? Yoshlikda esingizdami qish kelishini qaraqa intizorlik bilan kutardik.
Qish kelmasdan avval qor pagʻa-pagʻa yogʻar edi. Dalalarda gʻoʻzapaya, sholilar, makkalar qolib ketar edi. Qorda keyin ishga chiqar edik. (Koʻp chiqmaganman lekin shunaqa boʻlardi)
Koʻchani toʻldirib chana (shevada china deyiladi) uchardik. Eng kamida qoʻlimiz muzlab qolar edi. Oyoq boʻlsa hoʻl. Yo suv kirgan yoki qorga toʻlgan boʻlardi.
Maktabda esa ichiga qor kirmagan, yoki oʻrtogʻini ichiga qor tiqmagan bola boʻlmasa kerak. Ustozdan soʻkish eshitib, xonani ham hoʻp, suv qilib tashlardik.
Oʻsha paytlarda kattalar aytardi. Ehhe bizni paytlarda qor tizza boʻyi yogʻar edi. Bu senlarni qoring qor emas deyishar edi. Shu paytda qanaqa ekan deb oʻylar edim.
Ammo bugunchi, bugun 2-dekabr. Qish kirib boʻldi ammo yomgʻir, qordan darak yoʻq. Buni koʻpgina olimlar havoning isib ketishi yoki
i sababli deyishyapti.
Lekin bularning hammasi Alloh bergan neʼmat hisoblanadi. Shunda oʻylanib qoldim balki bu jazo boʻlsachi? Qilayotgan xatolarimiz sababli boʻlayotgandir. Nima deb oʻylaysiz?
P.s: Oxirini yakunlash uchun juda koʻp oʻylandim. Kamchiliklar uchun rozi boʻlasizlar.
89/365
2-dek, 2025 | Fergana

Greenhouse effect

Dars
Odatda menga dars oʻtish yoqadi. Rosti dars oʻtsam mazza qilaman.
Yaqin 1 oydan beri umuman dars oʻtmayotgan edim. Oʻqishim boshlangani uchun. Kechadan dars oʻtishni boshladim. Ochigʻi shunaqa mazza qilib oʻtdim. Bolalarni sogʻingan ekanman.
Bu oʻquv yilida bu 2-marta boʻlishi. Birinchi martasida Oltiariqda dars oʻtganim boʻlsa, keyingisi kecha boʻldi.
Ammo Bogʻdodda har kuni shunaqa mazza qilardim. Hammasi oʻzimni oʻquvchilarim va kamida 4-5 oylik mehnat qilingan edi.
Xulosa oʻrnida qaysi ishni qilsang ham, hamma mazza qilib ishlasang hammasi joyida boʻladi ekan.
90/365
3-dek, 2025 | Fergana

Now I dont have big problems, but I dont want to do anything.
Maybe it likes just lazy habit
Maybe I don`t know.
Maybe it likes just lazy habit
Maybe I don`t know.
Agar biz berayotgan natijalar, statistikalar, rasm va videolarga haqiqatdan amal qilganimizda yoki rostdan ham shunaqa bo`lganida edi, natijalarimiz boshqacha bo`larmidi?
🏆1
Kutubxona
Oʻrtacha haftada 2 yoki 3 marta kutubxonaga borib turaman. Asosan ingliz tilidan dars qilaman yoki kompyuterda test tuzaman.
Shunday kunlarning birida bir ajoyib voqea sodiq boʻldi. Yaʼni adashmasam 21-oktabr atrofi edi. Bir qancha odamlar keldida, kutubxonada (shkafda turgan) kitoblarni ushlab rasmga tushishdi. Partalarda oʻtirib olib rasmga tushishda. Oxirida ketishdi.
Shu paytda yozay dedimu lekin ha mayli deb yozmagan edim. Keyin Noyabrda ham bir shunaqa qilishdi. 18-noyabr atrofida. Yana oʻsha shkafdagi kitoblarni olib rasmga tushishdi. Oʻtirib ham rasmga tushishdi. Keyin ketdi.
Kecha ham kutubxonada oʻtirgan edim, xuddi shunaqa voqea boʻldida. Keyin chidab turolmay yuqoridagi postni yozdim. Bir qarasang harbiylar rasmga tushib ketadimi, bir qarasang doktorlar rasmga tushib ketadimi.
Senga bu joy fotosessiya qiladigan joymidi rasmga, videoga olasan deydigan odam yoʻq. Rasmga tushgani yetmaganidek, rasmimiz chiroyliroq chiqsin, bir chiroyli dars qilayotgan bolaga, aka narigi partaga oʻtib turing, rasm yaxshi chiqmayapti🤣. Ha shu rasmlaring bor boʻlsina.
Shuni oʻylab oʻtirib bir fikr keldi. Bu rasmlarni koʻrgan odamlar ehhe zoʻr ekan deydi, yoki yana tashkillanglar deyiladi. Natijada koʻplab insonlar ovoragarchilik.
Agar mana shu rasmlar orqali yaxshi boʻlayotgan boʻlsa mayli, lekin paxta qoʻyish kabi masalalar uchun boʻlsa umuman kerakmasda.
Endi bilmadim, kutubxona oʻzi juda yaxshi joy dars qilish uchun lekin bunaqa ishlardan keyin bu yer fotosalonmi yoki rasmxona bilmaysan.
91/365
4-dek, 2025 | Fergana

Bir narsa qolib ketibdi.
Odamlar rasmga tushishyapti huddi bir qadimiy eksponat bilan yoki antikvar narsa bilan rasmga tushayotgandek tushishyapti-da.

Bir ishni qilib olganimdan keyin olaman degan edim. Sabrim yetmadi 😁
10.000
Odatda oylik chiqqan paytda shartta koʻzni yumib 100-150 ming atrofida kitob olib qoʻyar edim. Qanaqaligini farqi yoʻq edi. Adashib kitob doʻkoniga kirib qoldimmi, tamom koʻzimga yoqqanini olardim.
Oʻzim uchun bir virusli fikr bor edi. Kitob doʻkoniga kirdimmi qoʻlim quruq chiqmaydi degan. Lekin shunga amal qilardim.
Ammo hammasi bora-bora mablagʻga taqalar ekan. Yaqin 2 oy davomida birorta kitob sotib olmadim. Pul bor boʻlsa ham olmadim. Chunki oʻqiydiganlarim bor edi.
Keyin oʻzimga maqsad qoʻydim, 100 kun davomida uzluksiz yozsam bir ikkita kitoblarni olaman deb. Undan keyin oʻrtada mablagʻdan muammo boʻlgani uchun 50.000 ham koʻp koʻrinib ketdi koʻzimga.
Ishoning kitobni olgandan keyin shunaqa mazza qildim. Anchadan beri bunaqa hisni qilmagan ekanman. Jonu dilim rostdan yayradida.
Shunaqa. Olgan xulosalaringizni yozib keting...
92/365
5-dek, 2025 | Fergana

Oʻylab qoldim Samandar kuniga 1.000 soʻmdan tashlab tur dedim. Soʻng har dushanba kuni Asaxiy hisobimga 10.000 tashlashni maqsad qilib oldim. 100.000 ga yaqin pul boʻlgandan keyin sabr qilolmay qoldim 😁. Oxiri kitobni olishga shoshilib ketdim.
Ishoning kitobni olgandan keyin shunaqa mazza qildim. Anchadan beri bunaqa hisni qilmagan ekanman. Jonu dilim rostdan yayradida.
Xulosa oʻrnida:
1. Maqsad qoʻyildi va maqsadga eltuvchi yoʻl topildi va harakat qilindi. Natijada deyarli erishildi.
2. Toʻgʻri 100-200 ming katta pul student uchun. Oylik boʻlsa bilinmas ekan ammo u boʻlmasa koʻpga oʻxshar ekan. Lekin shuni maydalab qilsa koʻpga oʻxshamas ekan.
Chunki haftadan 10.000 dan 10 haftada 100.000 bu 2 ta kitob degani.
Shunaqa. Olgan xulosalaringizni yozib keting...
92/365
5-dek, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
🏆1
Ijtimoiy tarmoqlarni cheklash
Biz zamonaviy dunyoda yashayapmiz va har kuni ijtimoiy tarmoqlardan foydalanyapmiz.
Bular muloqot uchun juda ham foydali hisoblanadi ammo ayrim davlatlar uni cheklashmoqchi ekan.
Aziz Rahimov yozgan postda koʻzim tushib qoldi bir necha davlatlar ijtimoiy tarmoqlarga taqiq qoʻymoqchi ekan.
Chunki 20-asrda oʻsmirlarning diqqati 30-46 minut boʻlsa, hozir esa 30-40 sekund ekan.
Qoyilmaqom toʻgʻrimi? Shunaqa qilib telefondan ajray olmay yuribmizda.
93/365
6-dek, 2025 | Fergana

Samandar | Shaxsiy blog
Ijtimoiy tarmoqlarni cheklash Biz zamonaviy dunyoda yashayapmiz va har kuni ijtimoiy tarmoqlardan foydalanyapmiz. Bular muloqot uchun juda ham foydali hisoblanadi ammo ayrim davlatlar uni cheklashmoqchi ekan. Aziz Rahimov yozgan postda koʻzim tushib qoldi…
Timer notoʻgʻri boʻlib ketibdi.
Samandar | Shaxsiy blog
Bu yilgi reja toʻldi. Alhamdulillah
Ha nagli maqtanish 😂