Samandar | Shaxsiy blog
60 subscribers
164 photos
12 videos
4 files
145 links
Ushbu kanalda iqtiboslar, ko`nikmalar va shaxsiy fikrlarim yoziladi

Qolaversa oʻqigan kitoblarimdan xulosalar boʻladi

@SamandarMaxmudjonov
Download Telegram
Bitta oqni bir qorasi boʻlganidek, buni ham yaxshisi bor.

Shunaqa voqealardan boʻgʻilib tursang bittasi keladida.

1. Bolam otangga rahmat, shunchalik qilibsizlar zoʻr boʻldi. Xato kamchilik boʻladi hamma joyda.

2. Oʻrni bilimiga yarasha chiqadi. Mayli muhimi shuncha doʻst orttiradi.

3. Koʻproq test qilib turinglar, pullik qilsangiz ham mayli kelaveradi. Muhimi bolamni qiziqishi soʻnmasin.

4. Ukajon bolam endi oʻrganyapti, manabu kitob, bolamga sovgʻa qilib berib qoʻying. Sizni qoʻlingizdan olsa yanada hursand boʻladi.

5. Yashanglar e bolalarim. Jonilar sogʻ boʻlsin. Shuncha mablagʻ tikibsizlar bolalar uchun Alloh oʻzi rozi boʻlsin



Shu va shu kabi bir talay gaplardan keyin sal oʻzingga kelib hursand boʻlasan.

Yaxshi ham shunday insonlar borligi deb shukur qilasan.

Haqiqatdan ish bor joyda xato boʻladi ekan. Oʻzimizda ham xato kamchiliklar bir talay chiqdi. Lekin toʻgʻri tushunib yuqoridagi gaplarni aytgan odamlarga raxmat.

Ancha boʻgʻilib qolgan ekanman keyin birinchi postni yozdim. Shunaqa endi shu yerga yozmasam qayerga yozaman 😂.

Eh maylida, shunaqa gaplarda.

76/365 2-qism
19-noy, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
1
Birinchi postni oʻzim oʻqib mazza qildim boru. Rosa kuldim da 😂😂😂
Ertalabda oʻqigan birinchi postim.

Bir yaqin tanishim uzun post yozar edi. Shunga e odamlar oʻqimaydi qiziqmaydi deb aytgan edi. Ancha avval. Rosti oʻzim ham oʻqimas edim uzun postlarni. Ammo bu haqidagi fikrim oʻzgardi.

Mana shu postda ham shu haqida yozibdi.
Maslahatlar qachon qadrli boʻladi yoki qachon unga amal qilinadi?
Maslahat

Maslahatlar qachon qadrli boʻladi yoki qachon unga amal qilinadi?


Biz doim bir-birimizga maslahatlar berishga va soʻrashga odatlanganmiz. Ishda, oʻqishda, koʻchada, doʻstlar davrasida. Holbuki hamma joyda.

Asosan biror ishni, topshiriqni yoki rejani qilishdan avval maslahatlar soʻraymiz. Qanaqa qilsam yaxshi boʻladi, nima qilsam boʻladi deb.

Ammo koʻp holatlarda bu maslahatlarga umuman eʼtibor bermaymiz. Haqiqatni aytgan boʻlsa ham bilganimizni qilamiz.

Nega chunki u bepulga berilganda. Uni olish uchun hech qanday mehnat qilmaganda. Lekin maslahat bergan odam kamida unga umrini sarflagan.

Bir ish qilaman deb ustozimni oldiga borgan edim. Oʻshanda Samandar xato qilyapsan, yaxshi emas degan edi. Ammo oʻsha ishni qilgan edim. Natijada ha u haq edi.

Eng qizigʻi balki u ham mendek xato qilgandir oʻsha paytda. Negaki men ham bir tanishimga ey unaqa qilma, vaqting ketadi bekordan desam ha hoʻp dedida bilganini qildi. Natijada taxminan 4-5 oylik dars oldi.

Kecha bir voqea boʻldi.

Oʻqishda edim bir bola bilan suhbatlashib qoldim. 1-kurs ekan endi oʻqiyman deb yurgan yoshlardan. Dasturlashni va ingliz tilini boshlabdi. Maladdes bosing uka dedimda maslahat berdim.

1. Bir yaxshi ustoz topib oldingmi oxirigacha oʻqi shu ustozingda. Almashtirma. Almashtirsang vaqt yoʻqotasan.

2. Oʻrtada toʻxtatib qoʻyma. Yoʻqsa boshidan boshlashingga toʻgʻri keladi. Misol oʻzim ingliz tilini 0 dan boshladim.

Shunaqa gaplardan bir nechtasini aytdim. Lekin bilaman katta ehtimol bilan bularni qilmaydi. Chunki oʻzimga ham aytishganda yoshligimda.


Ammo mana buni bilish uchun 4 yil vaqt sarfladim va toʻgʻri ekan deb isbotladim oʻzim uchun

Shunaqa gaplar.

77/365
20-noy, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
3
Xatolar

Nafas olib turgan inson borki xato qiladi. Bugungi dunyoda biror marta ham xato qilmagan odam boʻlmasa kerak. Toʻgʻrirogʻi kuniga kamida bitta xato qilmaydigan.

Menimcha mana shu xatolar bizni tarbiyalaydi, hayotimizni yaxshilaydi. Masalan til oʻrganyapsan va speakinda notoʻgʻri gapirding va xato qilding. Endi keyingi safar shuni qilmaslikka harakat qilasan.

Xato qildingmi yuksalaverasan. Chunki qilingan xato ortida qimmatli maʼlumotlar boʻladi. Natijada shu maʼlumotlar yigʻilib bitta bazaga aylanadi.

Nima deb oʻylaysiz lampochka birinchi martada yaxshi chiqqanmi? Birinchi pinetsilin shundek yaratilganmi? Birinchi avtomobil hech qanday xatosiz yaratilganmi?

Albatta yoʻq, bularning bari xatolar ortidan qilingan. Bu bilan oʻxshamasa ham qilaver. Sifatga emas songa ishla demayapman.
Sifatni nazorat qil va xatolarindan xulosalar chiqar va toʻgʻrila.


Hikoya

Birinchi oʻquv markazda Managerlik qilishni boshlaganimda hammasi avval osondek tuyulgandi. Ota-onalar bilan gaplashishni boshladim. Shunaqa kalla qoʻydim boshida xato, xato va xato.

Ammo biroz vaqtdan keyin hammasi sekin oʻziga kelishni boshladi. Yaqin bir oyda bemalol boʻlib qoldim.

Bularning ham hammasi shu xatolar jamlanmasi boʻldi.


Shunaqa gaplar xato qilishdan qoʻrqmasdan bosavering. Maksimal xato qilasizda.

78/365
21-noy, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
1
Bir insonni tanirdim. Yaxshi postlar yozardi. Kichik boʻlishiga qaramasdan fikrlashi keng edi.

Taxminan haftada 1 yoki 2 marta yozardi ammo kuchli yozar edi.

Yaqinda nima boʻldi kanalini topolmay qoldim. Nima boʻldi desam oʻchirib yubordim dedi. ( Bilmadim bu harakat yoqmay qolsa shart oʻchirib yuboradigan odati bor.)

Nimadir boʻlib kecha topib oldim. Ertalab esa bitta Custdev haqida yozibdi. Avval nima ekan dedim va tushundim.

Bilmoqchi boʻlganlar uchun

Custdev
🏆3
Kim nimani his qildi😁
2
21-asrda shunday internet asrida mustaqil ishlarni qoʻlda yozish shartmikan a? Nima deysizlar?

Baribir tashlab yuboradi yoki orqasiga nimadir chiqaradi.
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2
Yakunladim yozib. Endi ertalab oʻzimga kelib Xulosa yozib qoʻysam boʻldi
1
RTG

Siz ham qiziqqan boʻlsangiz kerak RTG nima ekan endi deb. Yaxshi bir boshidan tushuntiraman.

Elektr energiya olish uchun biz turli xil usullardan foydalanamiz. Masalan: Gidro elektr stansiyasi (GES), Issiqlik elektr stansiyasi (IES), Quyosh elektr stansiyasi (QES), SHES, AES va boshqa turlardan foydalanamiz. Ular bizga Elektr energiyasini ishlab chiqarib beradi.

Amma oʻylab koʻrganmisiz koinotda bu qanday amalga oshadi. Ha Quyosh panellari boru deyishingiz mumkin. Ammo birinchidan ular chang zarralari va shu kabilar bilan koʻplab muammolarga uchraydi. Uzoqroq joylarga borsa quyosh nuri deyarli yetib ham bormaydi. Uni ustiga u ishlab chiqargan elektr energiyasi butun korpus uchun yetmaydi.

Mana shunday holatlarda kosmosda ishlatiladigan termogeneratorlar (RTG) yordamga keladi. U Plutoniy - 238 moddasining parchalanishi natijasida oʻzidan elektr energiya hamda issiqlik energiyasini ishlab chiqarar ekan. Natijada butun kema uzoq yillar davomida energiya bilan bemalol taminlanadi.

RTG larga hech narsani ahamiyati yoʻq. Issiq, sovuq, shamol, chang hamma hammasini kerakgi yoʻq. Shunchaki ishlayveradi.

Uni nafaqat kosmosda balki kosmik ilmiy energiya tanqis boʻlgan hududlarda ham ishlatilar ekan.

Aslida koʻp yozsam boʻladi lekin shunisi yetarli. Bugun mustaqil ishimdan oʻrgangam xulosalarim.



79/365
22-noy, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
1
XXI da qo`lyozma

Ustoz mustaqil ishni birinchi qo`lyozma yozasan degan paytda zamonaviy asrda qo`lyozma. Baribir tashlab yuborsa nima kerak deb o`ylagan edim.

Ammo ustoz gapida qattiq turdi va yozma ish so`rayman deb talab qo`ydi. Bitta-bitta tekshiraman, List chekalari 3, 2, 2, va 1.5 cm dan joy qolsin dedi. Kamida 21-22 qator bo`lishi kerak dedi.

O`ta ketgan ahmoqlik, qo`lda yozish u yoqda tursin, talabiga nima bor e. Meni ishlamagan miyam boshida rosa "hate" qildi. tahminan 10-15 kuncha aytgan narsasini yozmasdan keldim. Olg`a... yozdiringlar qo`lyozmani deb.

Haqiqatdan ustoz bilmasa gapirmas ekan. Keyin esa olg`a Samanadar malumotlarni yaxshilab izla, qidir, tekshir solishtir deb kecha butun kunning 1/4 qismni sarfladim. Qo`pol qilib aytganda yedirishga tayyorladim (mana senga qo`lyozma deb).

Shunaqa qilib aytilgan miqdordan ko`pgina qilib tayyorladim. Lekin bu mavzu menga umuman yangilik edi. Anchagina ma`lumotlarni o`qidim, Suniy intelekt bilan googledagi ma`lumotlarni tekshirdim va bu mavzu bo`yicha mustaqil ishladim.

Yuqorida aytganimdek bu mavzu bilan ancha yaqindan tanishdim. Yakunda nima bo`ldi? ustozga shunaqa qilgani uchun raxmat aytdim (ichimda). To`g`risi mustaqil ishlash degani shunaqa bo`lsa kerak. Chunki o`qish o`zing o`qiysan, o`rganasan va shu mavzuni topshirasan.

Xudo xoxlasa bu mavzuni anchagacha esimdan chiqarmayman. Bu mavzu haqida ham yozgan edim.

Endi XXI da qo`lyozmaga keladigan bo`lsak, meni nazarimda XXV asrda ham qo`lyozma yozish kerak. Chunki shunchaki PPTX lar, kompyuterda yozishlar bu boshqa narsa qo`lyozma boshqa narsa. Masalan mana shu yozganim qachondir o`chib ketadi. Ammo qo`lda yozilgan narsa saqlanib qoladi. Yonib ketsa ham xotirada qoladi.

Siz ham e deyotgan bo`lishingiz mumkin qo`lyozmami deb. Ha qo`lda yozish kerak. (Shu qismida sababini yozgan edim ammo o`chirib yubordim. Chunki baribir qadrlamaysiz.)

Agar mana shu sohada ketadigan bo`lsam, qo`lda yozishni maqullayman. (Yana bilmadim)

So`z yakunida bir o`quvchim aytganidek Qo`lda yozish qiziqarliroq .


80/365
23-noy, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
2
Bu yozganim hamma shunaqa qilsin emas, balki ishingizga javob berib, dars o`tadigan darajada tayyorlansangiz xohish sizniki. Lekin shunchaki chiqar va topshir uchun bo`lsa yozish kerak.

Adashmasam Aziz Rahimovdan eshitgan edim. Yozish sizni o`stiradi.

Shunaqa
2
Adashmasam dasturchilarda bir qoida bor ekan.

Ishlayaptimi? tegma. Notoʻgʻri boʻlsa ham ishlayaptimi oʻzgartirma.

Nega ekan bilmadim
2
LifeCalendar.pdf
526.1 KB
Life Calendar 📆
Hayot kalendari

Bek Olimjon
🏆3
Suhbat

Yoshlikdan Odam bor joyga odam keladi,
Odam taftini odam oladida degan mashhur gaplarni eshitganman. Ammo oʻsha paytlarda bu nimaligini bilmas edim. Hozirga kelib esa asl maʼnosini tushunyapman shekilli.

Darhaqiqat odam bor joylarga odam keladida. Odam degan nafas olayotgan istalgan odam emas, balki sof, oq koʻngil, qoʻli ochiq inson nazarda tutiladi.

Chunki siz ham borsangiz kutib oladigan, yoki yaxshi muomala qiladigan joyga borasizda. Toʻgʻrimi? Yoki sizni behurmat qiladigan, kamsitadigan yoki ustingizdan kulib masxara qiladigan odamni uyiga borasizmi?

Aslo yoʻq. Aslida kimnidir sogʻinsangiz yoki gaplashgingiz kelgan odamni oldiga borasiz. Koʻrasiz, suhbatlashasiz miriqib hazil mutoyiba qilib kelasiz. Nafaqat uni balki oʻzingizni ham koʻnglingiz koʻtariladi.

Buni asosan katta yoshdagi (Zed (Z) avlodda tugʻilmagan) insonlar yaxshi tushunishadi.

Endi bir oʻylab koʻringchi. Siz qachon koʻngil yozib bir yaqiningiz bilan gaplashdingiz? Telefon orqali emas koʻrishib. Hoʻsh ?

81/365
24-noy, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
2
Oʻzimga keladigan boʻlsam, kecha bir yaqin akam bilan suhbatlashdik.

Rosti bu inson bilan ancha ochiq gaplashaman. Tortinish yoʻq. Lekin 1-1,5 oy deganda oʻtirib bemalol gaplashdik.

Undan avval esa Ota-onam bilan gaplashgan edim hafta boshida.

Yanachi desangiz yonimdagi birodarlarim bilan har kuni 2-3- mahallab suhbatlashamiz.

Shunaqa gaplar
2
Ikkinchisi yaxshiroq

Kecha taqdirlash ishlari bilan yurgan edim.
10 lab sinflarga kirdim ammo 2 ta sinf meni diqqatimni tortdi.

Bir sinfdan 3 ta o`quvchini taqdirladim va natijada o`sha sinf so`kish eshitishdi.

Qolganlar nega qatnashmadilar desam, o`zi bular shunaqa, kerakmas bularga bunaqa narsalar dedi.

Ikkinchi sinfdan 2 ta o`quvchini taqdirlab, qolganlarchi desam, Ustoz aslida bular yaxshi keyingi safargilarida qatnashishadi dedi.

O`ylab qarasangiz ikkalasi ham bir xil voqea. Ammo yondoshuv ikki xil va tubdan boshqa-boshqa.

Lekin endi Olimpiasaga taklif qilinsa ikkinchi sinf ko`proq qatnashadi.

Bir fikr qilib ko`raylik. Kelajak yoshlar qo`lida deyapmiz ammo bu yoshlarni sindirmayapmizmi ayrimlarimiz.

Ho`sh .....

82/365
25-noy, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
5
Ehtiyot boʻlamiz sizga ham vabo kasalligi yuqishi mumkin.

Agar sizga ham yuqqan boʻlsa, tezda kanalda aytilganlarga amal qiling.
2
Saviya

Nega baʼzilar yozgan gaplar yuraklarga yetib boradi.

Nimaga baʼzilar aytgan gaplar koʻngillarni eritib yuboradi

Nimaga baʼzilar yozganini tushunib boʻlmaydigan

Nimaga baʼzilarning dunyoqarashi keng boʻladi

Nimaga baʼzilarning dunyoqarashi tor boʻladi.

Bunga sabab ikki xil boʻladi.
Biri boshidan koʻp narsa oʻtgan boʻladi. (Koʻpni koʻrgan boʻladi)
Ikkinchisi koʻp kitob oʻqiydigan boʻladi.

Nega aynan ularni gaplari kuchli.
Chunki yozish yoki aytish uchun fikrlashi kerak boʻladi
Fikrlash uchun dunyoqarashi keng boʻlishi kerak
Dunyoqarashi keng boʻlishi uchun oʻqish kerak boʻladi.

Shundagina odamning fikrlashi kengayadi. Chunki oʻqigan vaqtda yangi maʼlumotlar oladi.

Toʻgʻri boshqa joydan ham maʼlumot olsa boʻladi. Ammo bularning eng yaxshisi kitob oʻqishdir. Bu eng arzon va oson usuli


83/365
26-noy, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
3