Samandar | Shaxsiy blog
60 subscribers
164 photos
12 videos
4 files
145 links
Ushbu kanalda iqtiboslar, ko`nikmalar va shaxsiy fikrlarim yoziladi

Qolaversa oʻqigan kitoblarimdan xulosalar boʻladi

@SamandarMaxmudjonov
Download Telegram
11.11 aksiyasi haqida biladiganlar bormi?
🏆2
3-xato. Xodimlarni erkalatib yuborish.

Korxonalarda ishchilarni ikki xil usulda ragʻbatlantiriladi. (Reklama qilinadi?
Biri uzoq yil ishlaganiga qarab boʻlmadi va bu juda xato hisoblanadi.
Ikkinchisi qilgan ishiga qarab erkalatiladi.
Har qanday holatda ham ikkinchisi yaxshiroq



4. Ishga olishlik.

Xodimlarni ishga olishda tashqi koʻrinishga, rezumesiga ilhomlanib siz bergan Ishni qilolmasligi mumkin. Shunaqa uchun yaxshi hodim tanlash uchun PR yugurishi kerak


#Biznesdagi 99 xato
#Need
🏆2
Bir yillik dars

Bugun butun dunyo boylab chegirmalar boladi. 10%, 20% 50% balki 90% gacha chegirmalar boladi. Shu jumladan Asaxiy.uz da ham

Nega aynan bugun? Chunki bugun 11-noyabr yani 11.11 bolgani uchun qilingan. (Men bilganim bu)

Gap bu haqida emas aslida. Bundan 1 yil avval men buni eshitgan edim. Shunda qarasam yaxshigina arzon ekan va 10+ kitoblar sotib olgan edim. 1 mln atrofidagi kitoblarni 500-600 mingga olsa bolar ekan.

Tushundimki demak kitoblarni yaxshigina arzonga olsam boladi dedim-da kutishni boshladim. Ammo bilasizmi nima nasib qilmasa bolmas ekan.

Chunki bu kunni shunaqa uzoq kutdim. Kitoblarni tanlab ammo shu kunga yaqin pulim qolmadi.

Shu paytda osha tuya narxi esimga tushdi va bir yillik dars boldi. Yani bu darsni bir yil vaqt sarflab organdim.

Tuya 1 tanga bolsa ham nasib qilmasa ololmaysan (tushundingiz menimcha). Ammo bu orada kitob olishga imkoniyatlar bolgan edi.

Xulosaga keladigan bo`lsak endi bunaqa chegirmalarni kutmasdan olish kerakli paytda olaman. Rizq haqida bilardim lekin yanada mustahkamladim.

68/365
11-noy, 2025
📌@Pathnote
3
Biznesdagi 99 xato

5-xato: Qo`lidan ish keladigan ammo insoniylik fazilati yo`q bo`lgan xodimni ishga olish.

Bunday xodimni ishga olgandan ko`ra olmagan yaxshi hisoblanadi. Chunki to`g`ri u sizga foyda olib kelishi mumkin ammo jamoaviy muhitni buzishi mumkin.

Agar kompaniyangizni rivojlanishini xoxlasangiz bunday xodimlarni ishga olmang.

6-xato: Xodimni tayyorlamasan ishga qo`yish.

Biror xodimni kelishi bilan ishga qo`yish biznesingizni tanazzulga yuz tutishiga olib kelishi mumkin.

Misol: Restoraningizga yangi ofitsiant keldi va darrov ishga qo`yib yubordingiz. U restoranda qanday taomlar borligini, ichiga nimalar qo`shilganini bilmaydi.

Natijada shu ofitsiant xizmat ko`rsangan mijozlar qaytib kelmasligi aniqroq bo`ladi.


7-xato: Xodimlarga nisbatan qo`pol munosabatda bo`lish.

Qulchilik vaqtida quldorlar o`z qullarni urib ishlatishgan va shundan keyin raxbarlar qo`pol, jahldor va yomon deb qabul qilingan.

Ammo unday bo`lmasligi kerak. Chunki raxbarga har bir xodim ixlos qilsagina o`zi ham ishlayotgan joy ham rivojlanadi.

Xato qilgan xodimlar bilan Gamburger uslubida gaplashish kerak.


#Biznesdagi 99 xato
#Need
🏆1
21 kunlik sarhisob

Bunda 21 kun muqaddam ushbu challangeni boshlagan edim.

Mana bugun butun jamoa bilan yakunladik. Alhamdulillah. Boshida 10 kishi bilan startni boshlagan edik va 60% ishtirokchi bilan yakunladik.

Bu davr mobaynida nimalarga erishdik.

1. Eng asosiysi boshlagan ishimizni oxiriga yetkazishni yani Intizomga amal qilishni o`rgandik
2. 21 soatdan ortiq podcast eshitdik
3. 21 ta video=250+ minutdan oshiq video kordik
4. 21+ listening test ishladik
5. Chuqur fokus bilan 42 soatdan koproq dars qildik.
6. Quvnoq jamoaga ega boldik

Bu yerdagi narsalar eng minimal hisobda boldi. Aslida undan ham koprog`iga erishdik.


Temur aka aytganidek katta-katta maqsadlarga erishish uchun kichik-kichik maqsadlardan boshlash kerak.

Biz ham bir katta yo`ldagi kichkinagina maqsadimizga erishdik. To`g`ri xato va kamchiliklardan holi bo`lmadi. ammo biz qo`limizdan kelgancha harakat qildi.

Ushbu kanalda ham Challenge ishtirokchilari bor. Fikrlarilarni kutib qolaman.


69/365
12-noy, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
🏆1
Kerak emas Finlandiya usuli

Ibn Sino usuli kerak bizga.

Keyinroq yozaman batafsil.
Maya aytganidek:

Dino aslida yomon emas, u shunchaki oʻzidagi isteʼdodni toʻgʻri qoʻllashni bilmaydi.

Hammamizda shunaqa isteʼdod bor ammo qoʻllashni bilmasdan oʻtib ketyapmiz.

Uni bilish uchun qayta-qayta qoʻllab koʻrish kerak.

Toʻgʻri xato qilamiz ammo oxirida toʻgʻri yechimini topamiz.

Maya the bee multfilmidan
Biznesdagi 99 xato

8-xato: Xodimlar bilan ogʻzaki kelishuv

Xodimlarni ishga olish doim yozma xolatda boʻlishi kerak. Agar ogʻzaki qabul qilib boʻladigan boʻlsa koʻplab muammolarni keltirib chiqadi.

Chunki Inson unutuvchi boʻladi. Bugun aytgan gapi ertaga toʻgʻri kelmaydi.

9-xato: Xodimlar bilan masofa saqlash

Bir soʻz bilan aytganda ota oʻz bolalari bilan masofa qanday munosabatda boʻlsa, shunday boʻlishi kerak.

Bazida mehribon, bazida esa qattiqqoʻl.



10-xato: Xodimlardan masʼuliyatni tortib olish.

Agar biror xodim berilgan vazifani siz xoxlagandek qilmagan boʻlsa, uni chaqirib tushuntirishingiz va kerak boʻlsa oʻrgatishingiz kerak.

#Biznesdagi 99 xato
#Need
🏆2
Professional

Har bir ustozni oz metodikasi boladi. Masalan, urish, sokish, jazolash, qoshimcha topshiriq berish yoki talabani yugurtirish

Kecha darsga kech qolib kirdim. Darsni Energetika fakultetini katta professor oqituvchisi otayotgan ekan.

Ustoz haqiqatda professional ekan. Menga qizigi yoq nima qilishingni, menga 2 kishi tushunsa yetadi dedida mavzuni otaverdi. Sirtqi bolgani uchun kopchilik oz ishini qildi.

Etibor berib tursam ustoz mavzuni shunaqangi sodda va tushunarli otyapti. Bir ikkita eng kerakli formulalarni yozdida bular kitobda yoq deb ketdi.

Eng qizigi ustozni darsini sekin-sekin hamma tinglashni boshladi. Bazi ustozlarga oxshab telefon oynama, gapirma, boshqa narsa yozma demadi. Lekin hammani etiborini oziga tortib oldi.

Dars davomida hamma Finlandiya talimiga osilib olgan. Bizga Fin talimi kerak emas, Ib Sino talimi kerak. Ozimizni talimni organishimiz kerak deb ketdi.

Darhaqiqat 100-200 yillik davlatlarni talimidan kora ozimizni 400-500 yildan ortiq tarixga ega talimimiz kerak bizga. Ibn Sinoni Ibn Sino qilgan, Beruniyni Beruniy qilgan talimimiz kerak bizga.



Shu gaplardan keyin ustozga bolgan hurmatim juda ortib ketdi. Haqiqiy Profissional bolsa shunaqa boladi. Bundan ortiq bo`lmaydi.

70/365
13-noy, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
🏆3
Bir yosh ukaxondan shedevr maslahat

Link 🖇️
2 daqiqada ulgurish.

Universitetda darsda edik. Taxminan dars tugashiga 8 minut qolganda fan oʻqituvchisi 2 ta laboratoriyani yozib topshiringlar bu oxirgi dars dedi.

Biz ustoz shuni ertaroq aytsangiz yozib oʻtirardik mavzu oʻtmasdan dedik.

Keyin ustoz 2 minutda topshirish qoidasini aytaymi dedi.

Darsdan chiqasiz, choy ichasiz, vazifalarni qilasiz, qaytib kelasiz va topshirasiz dedi 2 minut ichida.

Ustoz hazillashyapti yoki ustimizdan kulyapti deb oʻyladim ammo unaqa emas ekan.

Bolalar buni qilsa boʻladi. Agar Alloh vaqtilarga baraka bersa 2 minutda hammasiga ulgurasiz dedi.

Darhaqiqat Alloh vaqtimizga baraka bersa, 2 minutda ehhe nimalar qilib tashlasa boʻlmaydi.

Shunaqa gaplar.

71/365
14-noy, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
3
— Bibi nima dedi?, navbatdagi safsatami?

Tezlikni pasaytir dedi.

—Takrorlay olasanmi?

Tezlikni pasaytir.
Uni aqlini kiritib qoy! Hoziroq. U nazoratdan chiqib ketdi. Mashinani pachoqlamay turib uni ortga qaytar.

Rolda Ken Miles, marragacha bu uni mashinasi
Biznesdagi 99 xato

11. Rahmdillik tufayli samarasiz ishchini olib qolishlik.

Raxbar doim jamoasini, kompaniyasini oʻylashi kerak va samarasiz ishchidan shunchaki voz kechish kerak. Rahmdillik ehson qilish uchun kerak boʻladi.

12. Vaqtning qadrini bilishlik.

Rahbar bu kompaniyaning asosi boʻlganidek uning vaqti qimmatliroq boʻladi va har bir ishga aralashuvi yaxshi emas. Uning oʻrniga boshqa yordamchisi boʻlishi kerak va oʻta zarur hujjatlarni rahbar qilishi kerak halos

13. Xodimlarni joy-joyiga qoʻya olmaslik.

Bu kim nima ish qiladi, vazifasi nima va nima qilmasliklari kerak. Shuni ishga birinchi kundan berish kerak va shu boʻyicha oʻqitish ham kerak boʻladi.

Agar ishchilarni toʻgʻri joylamasa vaqt ketadi va ish samaradorligi juda qiyin boʻladi.

#Biznesdagi 99 xato
#Need
Ustoz boʻl

Men yaxshi koʻrgan kasblardan biri bu oʻqituvchi boʻlish. Chunki hamma ham oʻqituvchi boʻla olmaydi. Meni fikrimcha oʻqituvchilik maqomini hamma ham ola olmaydi.

Nega aynan oʻqituvchilik.
1. Hamma kasblardagi kabi oylik maoshi yaxshi
2. Bergan saring koʻpayaveradi.
3. Sen bergan ilm orqali savob amal qilsa senga ham kelaveradi. Buni men Geometrik progressiyaga oʻxshataman.
4. Ommada ustoz degan maqomga ega boʻladi va ota-onasiga raxmat olib keladi.

Toʻgʻri boshqa shu kabi yaxshi balki bundan ham yaxshi kasblar bor ammo men uchun eng yaxshisi shu.

Hikoya
Bir oʻquvchim styuvardessa boʻlaman degan edi. U bilan kelishilgan edik ustoz boʻlishga. Astoydil harakat qilib yurgan edi. Kecha yana gaplashib qoldi. Kim boʻlasiz endi desam doimgidek shu sohada ketamiz dedi. Bu esa menga yanada ilhom baxsh etdi.


Shunaqa gaplar

72/365
15-noy, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
Muhtoj

Har bir insonni oʻz yoʻnalishi boʻladi. Kimdir qattiq-qattiq, kimdir kesatib va yana kimdir boshqacha usulda gapiradi.

Ammo men shular ichida yumshoq va insonlarga yetib boradigan darajada gapiradigan insonlardan biri Ikrom Sharif deb bilaman.

Kecha bir video joylabdi. Ayol qizlarimiz kechagidan koʻra bugun koʻproq himoyaga muhtoj deb.

Oxirigacha koʻrdim va haqiqatdan ham ayol qizlar koʻproq himoyaga muhtoj ekan. Qolaversa hozirgi zamonaviy, propaganda davrida.

Buning uchun nafaqat ayol qizlar emas, erkaklar ham harakat qilish kerak deb oʻylayman.

Batafsil videosini koʻrishingiz mumkin.

Video

73/365
16-noy, 2025 | Andijon
📌@Pathnote
1
Tortish yoki rozi boʻl.

Kecha Andijondan Fargʻonaga moshinada ketmoqchi boʻlib avtovakzalga bordim. Avtobus bor edi ekan bordim.

Asosan avtobusda shopirni oʻzi bilet sotardi. Kassadan necha marta soʻrasam shopirni oʻzi sotadi derdi.

Bu safar ham bordim. Narsalarni joylab avtobusga chiqdim. Bir joyga oʻtirib soʻrasam shopirga pulini berdik dedi. Ha demak doimgidek dedimda oʻtirdim.

Ammo taxminan 10 minutlardan keyin shopir bilet olmaganlar tushsin deb oʻtiribdiyu 😁. Mazza qildim boru. Har safar oʻzi sotadigan biletni bugun sotmayotgan ekan.

Doim sotardizu oʻziz desam yoʻq unaqa emas, xoxlasangiz turib keting dedi. Bir ikkitasi men taraf boʻlib gapirdi lekin shopir yoʻq dedi. Sekin hoʻp deb kayfiyatni koʻtarib pastga tushdimda gazelga borsam meni kutib turgandek chiqishimga yurdi.

Oʻsha paytda moshinaga chiqib demak meni nasibam emas ekanda dedimda gazelda yoʻlga chiqdim va avtobusdan ancha avval keldim.

Shunaqa

74/365
17-noy, 2025 | Andijon
📌@Pathnote
1
Kayfiyat koʻtaramiz

Padkoja ketmayaptimi
🏆2
Kanalda doim bir narsa bo`ladi.

Anchadan beri kuzataman bu yerda uzun postlarni oʻqiydiganlar obuna boʻlgan asosan.

Lekin ora kunda kimdir chiqib ketadi va kimdir yangi qoʻshiladi.

Bu holat doimiy ravishda shunaqa boʻlib kelyapti.

Masalan kecha bittasi chiqib ketibdi lekin uning oʻrniga boshqasi qoʻshilibdi.

Bu holatni doim kuzataman. Lekin doimiy ravishda shunaqa boʻladi.

Undan kamayib ham ketmaydi, koʻpayib ham.

75/365
18-noy, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
🏆2
Xudo xohlasa ertagalikka shedevr post tushadi.
Zambarakni oʻqi kerakmasmi?

Yaqin bir oydan beri Olimpiada ishi bilan yurdim. Rostini aytaman juda qiyin va ogʻir boʻldi. Bir boshidan yozaman.

1. Aslida Olimpiada tashkillash va unga oʻquvchilarni taklif qilish, maktablarga borib tarqatish, maktabdan ruxsat olish kabi muammolar juda koʻp boʻldi. Eng qizigʻi bizni aytmabsiz, borar edik degan gaplashdan keyin tamom🤯

2. Olimpiadaga stol-stullarni tayyorlash, test materiallari va roʻyhatga olish ham oson emas ekan. Toʻgʻri hech narsa oson emas lekin kutganimdan ham qiyin ekan.

3. Kechni kech demay tekshirasan va bitta kamchilik sababli muammo chiqadi va shuncha qilgan ishlaring 🤐.

4. Taqdirlashga borasan, vaʼda qilingandek 1-2-3-oʻrinlarga sovgʻa berasan. Natijada oʻrinlarni nechpuldan sotyapsizlar 😂😂😂. (Qimmatdan sotyapmiz puliz yetmaydi degim keladi boʻlmaydi-da)

Shuncha ishni qilganingdan keyin eshitadigan gaplaring.

1. Nega bizga aytmadiz. (Maktabing kirgazsa aytamizmi?)
2. Roʻyhatdan oʻtish shartmi? Nimaga buncha qiyin qildilar? (Sizni qiynash uchunda)
3. Titulga boʻyashni bilishmaydi. Oʻzim kirib chiqay. (Biz oʻrgatamiz hammasini)
4. Natijalar gʻirrom boʻldi (Biz gʻirrom oʻynaymizda shunaqa)
5. Nechpul berdi birinchi oʻrindagi (😂😂😂 shunaqa saviyali savollar qayerdan keladi kallalaringa sizlarni deymanda)
6. Nega faqat 1-2-3-oʻringa berdilar. Qolganlar oʻksib qoldida. (Men nima qilishim mumkin sertifikat bilan vaucher berdimu)

E shunaqa mazza qiladigan savollar toʻplami bor. Yozsam koʻpayib ketadi.

Bir oʻylab qoldimda keyin Zambarakni oʻqi kerakmasmi sizga😂.

Men nima qilay endi yashamaylik ekanda. Eshitgan eng zoʻr gapim sizlarga ishonch qolmadi. E shu gapni 21:00-22:00 da ham markazda turib tekshirayotgan odamga aytsang oʻzi biladi nima qilishni.

E shunaqada, odamzodni rozi qilib boʻlmas ekan. Eng katta darslarimdan biri boʻldi.

Davomini keyingi postda yozaman

76/365
19-noy, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
1