Samandar | Shaxsiy blog
60 subscribers
164 photos
12 videos
4 files
145 links
Ushbu kanalda iqtiboslar, ko`nikmalar va shaxsiy fikrlarim yoziladi

Qolaversa oʻqigan kitoblarimdan xulosalar boʻladi

@SamandarMaxmudjonov
Download Telegram
Bir yaqin akam bor. Samandar sizga deb shu kitobni sovgʻa qildi. Alloh ilmiga baraka bersin.
🏆4
Qaysi kitobni oqiy.

Aslida bugun uchun boshqa post yozmoqchi edim. Ammo fikrim o
zgardi.

Shu yoshgacha 10 ta atrofida kitob oqigan bolishim mumkin. Qaysi kitobni maslahat berasiz desa shularni orasidan berardim

Lekin yaqingacha bu fikrim ozgardi. Ha togri hamma kitoblar foydali lekin ularning ichidan eng legendalari, eng yaxshilari Shayxni yani Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Alloh rahmatiga olsin) kitoblari deb oylayman.

Nima uchun? Chunki
1. Yozilishi sodda va oson.
2. Din haqidagi savollaringizga javoblar bor.
3. Hadislar bilan yoritilgan
4. Har bir hadisni sharhlari bor
5. Eng asosiysi ishonchli
6. Oʻzbekistonning istalgan joyidan topsangiz boladi
Hullas qisqacha aytganda bu kitoblarni foydali tomonini aytsam tugamasa kerak.

Hozirgi holatdagi fikrlashimda shunday xulosaga kelyapman.

Rostdan shunaqada:

1. Dinni
organmoqchimisan, u haqida kitob yozgan
2. Uylanmoqchimisan, kitob yozgan
3. Bozor ochmoqchimisan, kitob bor
4. Bola tarbiyasimi? u ham bor
5. Namoz haqida savollaring bormi? u ham bor
6. Ilmni o
rganmoqchimisan, u ham bor.



Ey birodarim shunchaki niyatni togri qilda, bir o`qishga harakat qil. Yana nima kerak senga. Shuncha narsa bor mana

64/365
7-noy, 2025
📌@Pathnote
🏆1
Yoshlardan koʻra kattalarni tinchlantirish qiyinroq. Shunga nima deysizlar?
🏆1
Haliyam odamlar shu narsani sotib olishyaptimi?

Anchadan beri gazli ichimliklardan voz kechganman. Buning uchun avval challenge qilganman keyin esa odatiy holatga aylantirganman.

Kecha doʻkonga tushdim va kassir menga adashib boshqa odamning bir gazli ichimligini qoʻshib solib qoʻydi.

Natijada men hayron chunki men olmayman buni. Oʻsha yerdagilar bu bizniki deyishdi va men hayron boʻlib qoldim.

Haligacha odamlar shu narsani ichishyaptimi? Nahotki bu zararku degan fikr keldi.

Maqtanmoqchi emasman, amma birodarim yomon illatlardan qutulsa boʻlar ekan. Buning uchun sekin sekin harakat qilish kerak ekan.

65/365
8-noy, 2025
📌@Pathnote
🏆1
10 kun

Taxminan 10 kuncha avval kelajakka investitsiya haqida yozgan edim.

2-3 kun avval kechki paytda "Men tugatdim" degan sms keldi.

Tushundimki bizni kitobimiz tugadi. Ertasi kuni gaplashsam hursand boʻlib kitobni tugatdim dedi.

Men vadamda turib tugatdim, endi sizni navbatingiz dedi.

Tugatgan kitobi Jannat kitobi edi. Bu kitob taxminan 300 betga yaqin edi.

Hisoblab koʻrsak har kuni kamida 10 varoqdan oʻqiganga toʻgʻri keladi.

Rostini aytsam boshida tugata olmasa kerak deb oʻylagan edim. Ammo yaxshi yoʻnaltirish, kichik motivatsiya va qatʼiyat bilan uddaladi. Alhamdulillah

Endi ertaga hisob kitob qilib olsak boʻldi.

Oʻylaymanki bu boshlanishi, Xudo xohlasa bundanda yaxshiroq natijalarni qilamiz.

Xulosani oʻzingiz chiqarsangiz boʻladi.

66/365
9-noy, 2025
📌@Pathnote
🏆1
Yuqoridagi postni yaxshiroq yozgan edim ammo oʻrtada joʻnatganim oʻchib ketdi. Shuning uchun qaytadan yozdim va avvalgisichalik chiqmadi
🏆1
1-xato. HR hodim kamligi.

Biznesda turli xil xato va kamchiliklar bo`ladi. Ammo ulardan biri xodimlarni ishga olish bo`yicha bo`ladi. Agar biznesingiz 3-5 (5-10) kishilik kichik biznes turida bo`lsa, barcha ishlarni o`zingiz qilishingiz kerak bo`ladi. Ammo 30 nafardan ko`p bo`ladigan bo`lsa Sizga HR (human resourse) hodimi kerak bo`ladi.

Ammo bunda asosiy hodimlarni o`zingiz olishingiz kerak bo`ladi.



2-xato. Biznesda qarindoshni ishga olish.

O`zbekchilikda qarindosh-urug`larni ishga olish bu bitta majburiyatdek qaraladi. Lekin ularni ishga olsangiz yo zo`r bo`lib ketadi yoki aksi. Shuning uchun ularni ishga olishda harakat qilsang olaman deyishingiz va suhbat qilishingiz kerak bo`ladi. Agar mas`uliyatsiz bo`lsa ishga olmaganingiz maqul boladi keyin ishdan haydaganingizdan ko`ra.


#Biznesdagi 99 xato
#Need
🏆1
Aziz Rahimovdan yangi podcast chiqibdi. Qanaqaligini bilmadim lekin yomon bo`lmaydi. BUnga aminman.

O`zim ham endi boshladim ko`rishni

Videoni
🏆1
...... bo`lgani yaxshida

Ushbu kanalga asosan o`zimga kerakli bo`lgan narsalarni va kerakli ma`lumotlarni tashlayman.

Ammo bir xatoga yo`l qo`yayotgan ekanman. Shu bir yaqin akam xabar yozibdi.

Samandar yaxshi ketyapti, to`g`ri sen yaxshi ish qilyapsan ammo keyinchalik muammo bo`lmasin dedi.

Keyin o`ylab qoldim va to`g`ri tushundim va rahmat aytdim.

Allohga shunaqa birodarlarni berganiga shukr qilaman. Chunki ular xato qilsam to`g`rilashadi va doimo yaxshi maslahatlar berib turishadi.

Menimcha hammada shunaqa insonlar bo`lsa kerak.

67/365
10-noy, 2025
📌@Pathnote
🏆1
Marafon

Uzunroq postlarni o`qishga ozgina erinar edim. Ammo yaqindan beri uzun postlarni o`qiydigan bo`lib qoldim. Chunki unda insonlar bor energiyasini berib, barcha his hayojonlarini namoyish qilishga harakat qiladi.

Shunaqa postlarlar birini o`qib qoldim va sizlarga ham ulashmoqchi bo`ldim. 9.11.2025 kuni Samarqandda 42 km masofaga yugurish bo`yicha marafon bo`lib o`tibdi va bunda men tanigan insonlardan 2 nafari ishtirok etishibdi.

Ulardan biri Temurbek Adhamov (Najot ta`lim asoschisi) va ikkinchisi Donyor Nasriddinov (Kolba ta`lim maktabi asoschisi) bo`lishibdi. Pastda ularni marafon haqidagi fikrlari yozilgan. Erinmasdan oxirigacha o`qishni maslahat beraman. Yaxshigina xulosa chiqarasiz o`zingizga yarasha. Ayniqsa Temurbek akani postidan

1. Temurbek Adhamov => Xulosasi
2. Doniyor Nasriddinov => Tasuroti

67/365 2-qism
10-noy, 2025
📌@Pathnote
1
Jasur Muhammad akadan Oʻqiymiz club ga yana start berilibdi.

Kimda kim qoʻshilmoqchi boʻlsa link qoldiraman.

Link 🖇️
🏆2
11.11 aksiyasi haqida biladiganlar bormi?
🏆2
3-xato. Xodimlarni erkalatib yuborish.

Korxonalarda ishchilarni ikki xil usulda ragʻbatlantiriladi. (Reklama qilinadi?
Biri uzoq yil ishlaganiga qarab boʻlmadi va bu juda xato hisoblanadi.
Ikkinchisi qilgan ishiga qarab erkalatiladi.
Har qanday holatda ham ikkinchisi yaxshiroq



4. Ishga olishlik.

Xodimlarni ishga olishda tashqi koʻrinishga, rezumesiga ilhomlanib siz bergan Ishni qilolmasligi mumkin. Shunaqa uchun yaxshi hodim tanlash uchun PR yugurishi kerak


#Biznesdagi 99 xato
#Need
🏆2
Bir yillik dars

Bugun butun dunyo boylab chegirmalar boladi. 10%, 20% 50% balki 90% gacha chegirmalar boladi. Shu jumladan Asaxiy.uz da ham

Nega aynan bugun? Chunki bugun 11-noyabr yani 11.11 bolgani uchun qilingan. (Men bilganim bu)

Gap bu haqida emas aslida. Bundan 1 yil avval men buni eshitgan edim. Shunda qarasam yaxshigina arzon ekan va 10+ kitoblar sotib olgan edim. 1 mln atrofidagi kitoblarni 500-600 mingga olsa bolar ekan.

Tushundimki demak kitoblarni yaxshigina arzonga olsam boladi dedim-da kutishni boshladim. Ammo bilasizmi nima nasib qilmasa bolmas ekan.

Chunki bu kunni shunaqa uzoq kutdim. Kitoblarni tanlab ammo shu kunga yaqin pulim qolmadi.

Shu paytda osha tuya narxi esimga tushdi va bir yillik dars boldi. Yani bu darsni bir yil vaqt sarflab organdim.

Tuya 1 tanga bolsa ham nasib qilmasa ololmaysan (tushundingiz menimcha). Ammo bu orada kitob olishga imkoniyatlar bolgan edi.

Xulosaga keladigan bo`lsak endi bunaqa chegirmalarni kutmasdan olish kerakli paytda olaman. Rizq haqida bilardim lekin yanada mustahkamladim.

68/365
11-noy, 2025
📌@Pathnote
3
Biznesdagi 99 xato

5-xato: Qo`lidan ish keladigan ammo insoniylik fazilati yo`q bo`lgan xodimni ishga olish.

Bunday xodimni ishga olgandan ko`ra olmagan yaxshi hisoblanadi. Chunki to`g`ri u sizga foyda olib kelishi mumkin ammo jamoaviy muhitni buzishi mumkin.

Agar kompaniyangizni rivojlanishini xoxlasangiz bunday xodimlarni ishga olmang.

6-xato: Xodimni tayyorlamasan ishga qo`yish.

Biror xodimni kelishi bilan ishga qo`yish biznesingizni tanazzulga yuz tutishiga olib kelishi mumkin.

Misol: Restoraningizga yangi ofitsiant keldi va darrov ishga qo`yib yubordingiz. U restoranda qanday taomlar borligini, ichiga nimalar qo`shilganini bilmaydi.

Natijada shu ofitsiant xizmat ko`rsangan mijozlar qaytib kelmasligi aniqroq bo`ladi.


7-xato: Xodimlarga nisbatan qo`pol munosabatda bo`lish.

Qulchilik vaqtida quldorlar o`z qullarni urib ishlatishgan va shundan keyin raxbarlar qo`pol, jahldor va yomon deb qabul qilingan.

Ammo unday bo`lmasligi kerak. Chunki raxbarga har bir xodim ixlos qilsagina o`zi ham ishlayotgan joy ham rivojlanadi.

Xato qilgan xodimlar bilan Gamburger uslubida gaplashish kerak.


#Biznesdagi 99 xato
#Need
🏆1
21 kunlik sarhisob

Bunda 21 kun muqaddam ushbu challangeni boshlagan edim.

Mana bugun butun jamoa bilan yakunladik. Alhamdulillah. Boshida 10 kishi bilan startni boshlagan edik va 60% ishtirokchi bilan yakunladik.

Bu davr mobaynida nimalarga erishdik.

1. Eng asosiysi boshlagan ishimizni oxiriga yetkazishni yani Intizomga amal qilishni o`rgandik
2. 21 soatdan ortiq podcast eshitdik
3. 21 ta video=250+ minutdan oshiq video kordik
4. 21+ listening test ishladik
5. Chuqur fokus bilan 42 soatdan koproq dars qildik.
6. Quvnoq jamoaga ega boldik

Bu yerdagi narsalar eng minimal hisobda boldi. Aslida undan ham koprog`iga erishdik.


Temur aka aytganidek katta-katta maqsadlarga erishish uchun kichik-kichik maqsadlardan boshlash kerak.

Biz ham bir katta yo`ldagi kichkinagina maqsadimizga erishdik. To`g`ri xato va kamchiliklardan holi bo`lmadi. ammo biz qo`limizdan kelgancha harakat qildi.

Ushbu kanalda ham Challenge ishtirokchilari bor. Fikrlarilarni kutib qolaman.


69/365
12-noy, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
🏆1
Kerak emas Finlandiya usuli

Ibn Sino usuli kerak bizga.

Keyinroq yozaman batafsil.
Maya aytganidek:

Dino aslida yomon emas, u shunchaki oʻzidagi isteʼdodni toʻgʻri qoʻllashni bilmaydi.

Hammamizda shunaqa isteʼdod bor ammo qoʻllashni bilmasdan oʻtib ketyapmiz.

Uni bilish uchun qayta-qayta qoʻllab koʻrish kerak.

Toʻgʻri xato qilamiz ammo oxirida toʻgʻri yechimini topamiz.

Maya the bee multfilmidan
Biznesdagi 99 xato

8-xato: Xodimlar bilan ogʻzaki kelishuv

Xodimlarni ishga olish doim yozma xolatda boʻlishi kerak. Agar ogʻzaki qabul qilib boʻladigan boʻlsa koʻplab muammolarni keltirib chiqadi.

Chunki Inson unutuvchi boʻladi. Bugun aytgan gapi ertaga toʻgʻri kelmaydi.

9-xato: Xodimlar bilan masofa saqlash

Bir soʻz bilan aytganda ota oʻz bolalari bilan masofa qanday munosabatda boʻlsa, shunday boʻlishi kerak.

Bazida mehribon, bazida esa qattiqqoʻl.



10-xato: Xodimlardan masʼuliyatni tortib olish.

Agar biror xodim berilgan vazifani siz xoxlagandek qilmagan boʻlsa, uni chaqirib tushuntirishingiz va kerak boʻlsa oʻrgatishingiz kerak.

#Biznesdagi 99 xato
#Need
🏆2
Professional

Har bir ustozni oz metodikasi boladi. Masalan, urish, sokish, jazolash, qoshimcha topshiriq berish yoki talabani yugurtirish

Kecha darsga kech qolib kirdim. Darsni Energetika fakultetini katta professor oqituvchisi otayotgan ekan.

Ustoz haqiqatda professional ekan. Menga qizigi yoq nima qilishingni, menga 2 kishi tushunsa yetadi dedida mavzuni otaverdi. Sirtqi bolgani uchun kopchilik oz ishini qildi.

Etibor berib tursam ustoz mavzuni shunaqangi sodda va tushunarli otyapti. Bir ikkita eng kerakli formulalarni yozdida bular kitobda yoq deb ketdi.

Eng qizigi ustozni darsini sekin-sekin hamma tinglashni boshladi. Bazi ustozlarga oxshab telefon oynama, gapirma, boshqa narsa yozma demadi. Lekin hammani etiborini oziga tortib oldi.

Dars davomida hamma Finlandiya talimiga osilib olgan. Bizga Fin talimi kerak emas, Ib Sino talimi kerak. Ozimizni talimni organishimiz kerak deb ketdi.

Darhaqiqat 100-200 yillik davlatlarni talimidan kora ozimizni 400-500 yildan ortiq tarixga ega talimimiz kerak bizga. Ibn Sinoni Ibn Sino qilgan, Beruniyni Beruniy qilgan talimimiz kerak bizga.



Shu gaplardan keyin ustozga bolgan hurmatim juda ortib ketdi. Haqiqiy Profissional bolsa shunaqa boladi. Bundan ortiq bo`lmaydi.

70/365
13-noy, 2025 | Fergana
📌@Pathnote
🏆3