Forwarded from Panda Books
2020-yilda Mutolaasini tavsiya etadigan kitoblarim:
1. Adjimoglu D. "Why Nations Fail"
2. Aytmatov Ch. "Asrga tatigulik kun"
3. Bredberi R. "451° Fahrenheit"
4. Brzezinski Z. "Buyuk shaxmat doskasi"
5. Dyuma A. "Graf Monte Kristo"
6. Ishiguro K. "Buried Giant"
7. Jek London. "Ajdodlar nidosi"
8. Seneka. "Luceliyga xatlar"
9. Harari Y. "Homo Deus"
10. Rosling X. "Factfulness"
@panda_books

– Chunki, — davom etdi Morri, — koʻpchiligimiz uyquda yurgandek hayot kechiramiz. Dunyoni toʻlaligicha his qilmaymiz, chunki yarim-uyquda yuramiz va koʻp ishlarni odatlanib qolganimizdan bajarishimiz shartdek qabul qilamiz.
– Va oʻlim bilan yuzma-yuz kelish bu qarashlarimizni oʻzgartirib yuboradimi?
– Albatta. Keraksiz narsalarni irgʻitib tashlab, diqqatingni faqat oʻta ahamiyatli narsalarga qaratasan. Yaqinda oʻlishingni anglab yetgan zahoting, hayotga boshqacha nigoh bilan qaray boshlaysan.
U xoʻrsindi.
– Oʻlishni oʻrgansang, yashashni ham oʻrganasan.
Iltimos, kimdir qo'limdan ushbu kitobni olib qo'ysin!
Yaqin orada "Morri bilan seshanba darslari" kitobi singari o'lim va hayot ma'nolari haqida bu qadar tiniq va ta'sirli asar o'qimagandim. Oldiniga uni rus tilida o'qishni boshlamoqchi edim, keyin o'zbek tilida ajoyib tarjimani uchratib qoldim.
Aslo tugashini istamasdan, sekin o'qiy boshladim...
P.s: Kitob Kanal Arxiviga joylangan.

#motivatsiya
“Butun dunyoda eng boy kompaniyalar intellektual mahsulot ishlab chiqaradigan kompaniyalardir. Ular raqam va harflar ishlab chiqarib boyishyapti. Demak, intellektni oʻstirish kerak. Intellektni oʻstirish uchun BADIIY kitoblarni oʻqing. ”Falon narsa haqida yuz maslahat“ tipidagi kitoblarni unuting, faqat badiiy adabiyot sizni oʻstiradi va hozirgi darajangizdan balandroq, yaxshiroq qiladi”
Nikita Makarenko, bloger

"Qanday kichkina shamchiroq ekan", - aytdi Kichkina Ajdaho.
"Qanchalar kichik bo'lmasin,"- jilmayib javob berdi Katta Panda, - "zulmatdan ko'ra yaxshiroq".
#bigpandaandtinydragon

– Istalgan tuygʻuni olaylik – xoh u ayolga muhabbat boʻlsin, xoh u yoʻqotilgan suyukli insoning gʻamida kuyish yoki men boshdan kechirayotgan hislar: ogʻriq va bedavo dard qoʻrquvi boʻlsin. Agar hislaringni hadeb jilovlayversang, tuygʻularingga erk bermasang, hech qachon ulardan qutila olmaysan, qoʻrquv iskanjasida qolib ketasan. Ogʻriq, gʻam seni dahshatga solaveradi. Muhabbat seni zaif qilib qoʻyishidan qoʻrqasan. Ammo oʻzingni hech bir hadiklarsiz tuygʻular ummoniga otib, unga tamoman gʻarq boʻlgach, erkingni butunlay his-tuygʻular ixtiyoriga topshirish orqaligina ularni toʻlaligicha his etasan. Ogʻriq nimaligini anglaysan. Muhabbat nimaligini anglaysan. Qaygʻu nimaligini tushunib yetasan. Faqat shundan keyingina “Boʻldi. Men bu tuygʻuni boshimdan kechirdim. Uni tanib oldim.
Endi esa bir lahzaga bu tuygʻudan uzilishim kerak”, deya olasan.
"Morrining seshanba darslari"
@panda_books
Endi esa bir lahzaga bu tuygʻudan uzilishim kerak”, deya olasan.
"Morrining seshanba darslari"
@panda_books
"Dunyoga Mashhur Zamonaviy Yozuvchilar" rukni
VII son
Nil Geyman
Avvalgi sonlarda
Frederik Bakman
Kazuo Ishiguro
Markus Zusak
Erlend Lu
Xaruki Murakami
Giyom Musso
Nil Geyman - ingliz fantast yozuvchisi, bir qator grafik romanlar va komikslar, film ssenariylari muallifi. 1960-yil 10-noyabrda Portsmutda (Buyuk Britaniya) tug'ilgan. Uning otasi ishbilarmon, onasi farmasevt. 1977-yilda o'rta maktabni tugatganidan so'ng, Geyman jurnalistika foydasiga o'qishni tashlab ketgan.
1985-yilda Geyman komikslar yaratishga qaror qildi. Uch yil davomida boshqalarning loyihalarida ishlagan Nil Geyman nihoyat o'zining komikslar seriyasini yaratishda o'zini sinab ko'radi. Va 1989-yilda Sandman komiksining birinchi soni paydo bo'ladi. 1991-yilda u hatto World Fantasy mukofotiga ham sazovor bo'ladi, Bu tarixda birinchi marta komiksga nufuzli adabiy mukofot berilishi edi.
1990-yilda Nil Geyman Terri Pratchett bilan birgalikda "Yaxshi alomatlar" romanini nashr qilishadi. Tvda ishlash Geymanni 1996-yilda "Hech qayerda" yangi kitobini yozishga ilhomlantiradi.
1992-yilda yozuvchi Angliyadan AQShga ko'chib o'tdi. Ko'chib o'tganidan ko'p o'tmay, Geyman eng mashhur romanini - "Amerika ma'budlari"ni chiqaradi. Muhojir sifatida, yozuvchi hayratlanarli darajada aniq his-tuyg'ularini aks ettirdi, unda Eski va Yangi Dunyo ma'budlari o'rtasidagi to'qnashuv haqidagi fantastik voqealikda tasvirlab beradi.
2002-yilda yozuvchining yana bir ramziy asari chiqdi - "Koralina". U tanqidchilar ta'rifi bilan aytganda: "Go'yoki Stiven King tomonidan yozilgan "Alisa mo'jizalar mamlakati" asari" deya atashdi. 2005-yilda Geymanning "Amerika ma'budlari" dunyosiga aloqador bo'lgan yangi "Anansi Boys" romani chop etildi.
Nil Geyman o'z shaxsiy hayotini oshkor qilishni yoqtirmaydi. Uning birinchi turmushidan uch farzandi bor. Nil Geyman hozirda qo'shiqchi va aktrisa Amanda Palmer bilan turmush qurgan. To'y 2011-yil 2- yanvarda bo'lib o'tgan.

Mana nihoyat, siz azizlarga atalgan tanlov sovg'alari - kitoblar taxt holatga keltirildi.
Hammasi bo'lib 5 ta kitob. Nomlari va mualliflari esa hozircha sir.
Lekin sizlarga kichik "подсказка": Qog'oz o'rami ustiga yozilgan kalit so'zlar yordamida sovg'aga qaysi kitob ekanligini tahmin qilishingiz mumkin)
#sovgalarim

#KitobMukofotlari
Avvalgi sonlarda:
The Man Booker Prize
The Pulitzers Prize
"Badiiy adabiyot sohasida Ayollar mukofoti"
The Women’s Prize for Fiction
Nomi: Badiiy adabiyot sohasida Ayollar mukofoti
Sovrin miqdori: 30 ming £ va bronza haykalcha
Tashkil topgan: 1996-yil
Veb-sayt: www.womensprizeforfiction.co.uk
Maqsad: ayol yozuvchilarni e'tirof etish.
Ushbu mukofot Buyuk Britaniyaning eng istalgan adabiy mukofotlaridan biri hisoblanadi. Oldingi nomi - "Orange" (1996-2006, 2009-2012) bo'lgan ushbu adabiy adabiy mukofot har yili millatidan qat'i nazar, ayol mualliflarga topshiriladi. Buning uchun o'sha asar Buyuk Britaniyada o'tgan yili ingliz tilida nashr etilgan to'liq metrajli roman holida chop etilgan bo'lishi kerak.
1991-yilda Booker Prize mukofoti Ayollar badiiy mukofotiga asos solgan deyish mumkin, chunki o'sha yili qo'mita hay'ati birorta ayollarni nomzodlar ro'yxatiga kiritmagan. Shundan so'ng, adabiy sohada ishlayotgan bir guruh erkaklar va ayollar uchrashib, keyingi rivojlanish qadamlari haqida o'ylay boshlashadi.
Hozircha so'nggi bo'lib turgan 2020-yilgi Ayollar mukofotiga irlandiyalik yozuvchi Maggi O'Farrel "Xamnet" kitobi uchun sazovor bo'ldi.
2014-yil may oyida Baileys (mukofotning yana bir nomi) badiiy kengashi ayollar tomonidan yozilgan qaysi kitoblar o'quvchilarga ko'proq ta'sir qilganligini aniqlash uchun #ThisBook kampaniyasini boshladi. Aksiyani boshlash uchun o'n to'qqizta "ilhom beruvchi ayollar" tanlab olindi, so'ng "keng jamoatchilik" dan minglab odamlar o'z fikrlarini Twitter orqali yuborishdi. 2014 yil 29 iyulda yakuniy 20 ta g'olib aniqlandi.
Shuningdek Mukofotning 25 yilligini nishonlash uchun tashkilotchilari mashhur roman "Middlemarch" muallifi yozuvchi Meri Ann Evans kabi (bu o'sha mashhur yozuvchi Jorj Eliotning haqiqiy ismi) kabi erkak taxalluslari bilan nashr etilgan ayol mualliflarning 25 ta kitobini "Reclaim Her Name" shiori ostida qayta nashr etish bo'yicha ish olib boradi.

"Yosh Verterming iztiroblari" va dunyodagi so'nggi romantik haqida
Bugun do'stim Bookerbergning yozganlarini o'qib turib, men ham shu asar haqida o'z fikrlarimni bildirgim keldi.
Menga ham Gyotening ushbu kitobini bir necha bor tavsiya qilishgan. Oxiri o'qib chiqishga qaror qilganman. Va o'ylaymanki, bu haqiqiy klassika bo'lib, u doimo mening kitob javonimdan munosib joy egallab keladi. Ammo...
Ammo ochiqcha aytadigan bo'lsak, ushbu kitobni o'qib bolib, ko'nglim to'laligicha huzur topmadi. Tariflar, hissiyotlar va tabiat tasvirlari juda go'zal bo'lsa-da, romanda berilgan asosiy voqealar kechmishi insonni biroz o'ylantiradi. Qo'pol qilib aytsak, ensasini qotiradi. Boshida Verter do'stiga nolinishlari, keyin esa birovning xotini bo'lgan Lotte, uni faqat do'sti deb qabul qilgani, shunga qaramasdan o'sha ayolni sevib yurishi, oxirida esa o'zini azoblab joniga qasd qilishi menga juda erish tuyuldi. Axir bu "Romeo va Julyetta" emas, hatto bu javobsiz sevgi ham emas edi. Bu shunchaki reallik va hayolot o'rtasidagi uzilishlar desam to'g'riroq bo'lardi.
Aslida hammasiga, Gyotening ushbu shoh asarini men XXI asrda, barcha romantiklar g'oyib bo'lgan davrda, yanada aniqroq aytadigan bo'lsak, 20-23 yoshlardagi realistik qarashlarga ega bo'lib ulgurgan davrimda o'qiganim sabab bo'ldi, deya o'ylayman. Shunchaki bizning davrimizda ritsarlik qahramonliklari, sevgilisi uchun jon fido etishlar qandaydir tasavvur qilib bo'lmas tentaklik sifatida baholanishi odatiy holga aylangan.
Hozirda ko'plab yoshlarning sevgisi 3 kun davom etyapti. Romantika bora-bora o'z o'rnini tiyiqsiz g'urur va nartsissizmga bo'shatib bermoqda. Jil Visentening ta'biri bilan aytganda hozirgi kunda: "takabburlik bilan ham mehr-muhabbat qozonish mumkin".
Hayotda katta qiyinchiliklarni yengib, miq etmay kelayotgan yoshlar uchun buyoqda yosh yigitcha Verterning bir qizni deb o'ldim-kuydim deb yurishi biroz tentaklik bo'lib ko'rinar balki...
Nima qilgan bo'lsa ham, dunyodagi so'nggi romantik haqidagi bu asarni bir bora bo'lsa-da, ja bo'lmasa, yarmigacha bo'lsa ham o'qib chiqishni maslahat bergan bo'lardim...

1944-yilda yozuvchi Jorj Oruell o'zining mashhur "Animal Farm" asarini deyarli bitkazayotgan paytda, Germaniyaning Fau-1 raketasi Londondagi uyiga (Mortimer -Crescent, 10) kelib tushadi.
O'shanda Oruell va uning oilasi uyda bo'lmagan, ammo uyning o'zi vayronaga aylangan. Bu paytda "Tribyun" gazetasida ishlayotgan Oruell har tushlik paytida kelib, o'z uyining xarobalari atrofida, undan qolgan poydevor orasidan ehtiyotkorlik bilan kitoblari va yozuvlarini qidirar, vayronalarni elakdan o'tkazar edi. Ular ichida eng muhimi, bu albatta "Animal Farm" qo'lyozmasi edi.
Yaxshiyamki, bizning baxtimizga, u qo'lyozmani topadi.

Panda Books
Salomaleykum, pandachalar!🎉🎉 #31stDecember Yangi Yil bayrami munosabati bilan siz, azizlarga, kanalimiz tomonidan ajoyib sovg'alar taqdim qilishga qaror qildik🎁🎁🎁 #GiftFromPandaBooks Bayram oldidan bebaho sovg'a hisoblanmish - Panda Booksdan kitob sohibi…
Barchaga xayrli kun!
Kichik eslatma berib o'tmoqchi edim. Bugun bizning kanalimizda o'tkazilayotgan kitob sovg'alari uchun anketa qabul qilishning so'nggi kuni!
Hali anketa jo'natib ulgurmaganlar bugun soat 23:59 gacha o'z anketalarini @pandapochtabot ga jo'natishlari so'raladi.
Anketa jo'natib bo'lganlar esa bemalol ertaga faqat o'z tartib raqamlarini kutishlari mumkin.
❗️Iltimos, so'rov jo'natgandan so'ng, BOTni o'chirib yubormang, aks holda sizga tartib raqamlari bera olmayman!
Anketa jo'natishdan oldin tepadagi shartlar yozilgan postni diqqat bilan o'qib chiqing!
Good luck!

#haqida
Uchta nuqta haqida
Tepada men qo'ygan 3 ta nuqta haqida bir on bo'lsa ham o'ylab ko'rdingizmi? Agar sizga bu hol qiziq ko'ringan bo'lsa, unda nega yozganimni aytib o'taman.
Albatta, bu hech qanday texnik xatolik emas, ataylab qo'yilgan uchta nuqta. Hikoya qilishlaricha, bir yangi uylangan yigitni qo'qqisdan qamashadigan bo'libdi. Yigit aqlli bo'lib, kelinchakka shunday deydi: "Men senga xat yozardimu, ammo ota-onam oldida xijolat bo'laman. Bunday qilamiz, men onamga xat yozaman, xat oxirida esa uchta nuqta qo'yib qo'yaman. O'sha senga atalgan bo'ladi" debdi. Xullas, yigit xat yozarkan, uni avval ota-onasi o'qirkan, keyin kechqurun kelinga berisharkan. Kelinchak uni xonasiga opkirib, xat oxiridagi uchta nuqtaga kechasi bilan termulib o'tirarkan. U xayolida mana shu uchta nuqta o'rnigaga o'zi eshitishni xohlagan shirin so'zlarni, ajoyib izhori dillarni qo'yib ko'rarkan.
Inson o'zini hayotida ba'zida uch nuqtalar qo'yadi. Bekorga qo'yilmaydi bu uch nuqtalar. Ba'zi fikrlariga, to'xtamlariga, so'zlariga va qarashlariga. Oshib ketgani yoki tobiga yetib bormagani uchun.
Ba'zan biror narsa haqida fikr yuritamiz-u, ammo oxiridagi fikrlarni tizginlay olmaganimiz uchun uch nuqtalarni qo'yib qo'yamiz. Ba'zan oldimizdagi insonlar bizni tushunmasliklarini sezamiz va gapimiz oxirida uchta nuqta qo'yib tugallaymiz.
Qarshimizdagi odamga qoldiramiz. U o'zi o'sha uch nuqtalarni to'ldirib olaveradi. Bu uning kimligiga bog'liqdir. Siz ham hozir mana shu uch nuqtalarga qarab o'zingizcha xulosa qilganinga aminman. Va hozir har kimning xulosasi boshqalarnikidan ayri ekanligiga ham shubham yo'q.
Har kim o'zi eshitishni xohlagan narsani eshitadi deyishadi. O'sha uch nuqtalarni sizning yaxshi yoki yomonligizdan kelib chiqib emas, o'zini ichidagi sizga bo'lgan munosabatidan kelib chiqib to'ldiradigan odamlar borligi baxtdir...
...

"Men dunyoni o'zgartirishni istayman" dedi Kichkina AJdaho.
"Buni sening yordamingga muhtoj bo'lgan navbatdagi odamdan boshla" javob berdi Katta Panda.
#bigpandaandtinydragon
@panda_books
"Buni sening yordamingga muhtoj bo'lgan navbatdagi odamdan boshla" javob berdi Katta Panda.
#bigpandaandtinydragon
@panda_books
https://www.instagram.com/boredpandablog/?hl=ru
☝️Tanlovni Instagram profili orqali onlayn kuzating.
Yoki Telegram kanaliga tanlovdan so'ng yuklanadigan videosini kutib turing.
Barchaga omad!!!