Panda Books
5.81K subscribers
2.37K photos
457 videos
8 files
2.11K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: 8600312923143529
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
#haqida

Kitoblar haqida kitob

Bizning zamonaviy adabiyotimiz haqida - masalan, ilmiy-ommabop, badiiy yoki fantastika haqida kitob yoʻqdek nazarimda. Monografiyalar emas, aynan kitob.

Orada kitob dunyomizni sarhisob qiladigan, adabiyotga ham ilmiy, ham ommabop yondashadigan asarlar boʻlsa yaxshi boʻlardi. Qayoqqa qarab ketayapmiz, qaysi janrda qanaqa kitoblar chiqdi - axir bugun biz ham dunyo adabiyotiga ham nimadur berishimiz lozim, ayni ulugʻ bir millat oʻlaroq. “Zamonaviy oʻzbek fikshn/non-fikshn antologiyasi” kabi masalan. Qoʻlimizdan keladi albatta. Oʻylab koʻrsa boʻladigan mavzu deb hisoblayman.

Endi bu ham bir fikr.

@panda_books
#haqida

Hissiyot

Bilasizmi, uyga kelib, rosa tayyorlangan nutqing yozilgan qog‘ozni yirtib tashlash va o‘z-o‘zingga: "Ey, sen o‘ziga bino qo'ygan manman badbashara. Nega u senga kerak bo‘ladi deb o‘ylading?" deb aytishdan ham kulguliroq narsa yo‘q. Bu his-tuyg‘uni hech kim bilan baham ko‘rib bo‘lmaydi.

— Timoti Shalame to'rtinchi bor "Oltin globus" mukofotiga nomzod bo'lib yutqazganidan keyingi intervyusidan.

@panda_books
#haqida

Home

Uzoq qiyinchiliklar va yugur-yugurlar girdobidan so‘ng nihoyat uyga qaytdim. Yaqinlaringiz bag‘riga, o‘zingizga tanish joyga qadam qo‘yganingizda, qandaydir ichki xotirjamlik paydo bo‘ladi.

Uy shunchaki joy emas, bu his-tuyg‘u. U biz kuch to‘playdigan, o‘ylanadigan va tomirlarimizga qaytadigan joy. Umr boʻyi biz xuddi Odissey kabi uyga qaytish yoʻlida harakat qilamiz. Uy - bu sevimli taoming hidi. Uy - bu oilaviy suhbatlar. Uy - bu eski eshik g‘ichirlashi. Kimligimiz va qayerdan kelganimizni eslatadigan joy.

Uy - yana biroz nafas rostlab, yangi maqsadlarni belgilash va yangi kuch bilan keyingi sarguzashtlarga otlanish uchun ajoyib maskan. Axir koʻrgan hamma filmlarimizda shunday ediku, toʻgʻrimi?

Bu postni oʻqib uyini sog‘inayotganlar yoki ta’til sabab yaqinda qaytganlarga maslahat - bu lahzalarni qadrlang. Ular bebaho. Hech qanday turistik goʻsha, oʻzingizning uyingizdagi qadrdon karavotingizga yetmaydi ba’zan.

Xo’sh, “Uy" siz uchun nimani anglatadi?

@panda_books
#haqida

Same thing

Bugun barcha bilan tanishib o'tirarkanman, bitta britaniyalik qiz mendan nega hamma Osiyo davlatlari oxirida "Istan" qo'shilganligi haqida so'radi. O'zbekiston, Pokiston, Qozog'iston....

Men esa unga javoban nega sizlarda hamma joyda "Land" qo'shilgan deb so'radim, England, Scotland, Ireland, Finland...

Keyin u aslida ba'zi narsalar butun dunyoda bir xil ekanini tushunib yetdi deb o'ylayman.

@panda_books
#haqida

Til bilish

Oldinlari kimdur menga “5 ta tilni bilaman!” desa, men “O’o’!” derdim. Hozir oʻylab qarasam, fignya narsa ekan. Maqtanadigan narsamas.

Manam hozir shunaqa deyolaman: oʻzbek, rus, ingliz, qozoq, qoraqalpoq tillari. Oxirgi ikkalasini deyarli ishlatmayman baribir. Beginner Korean. Hozir Italianni oʻrganyapman. Biroq who cares?!

Oʻrtacha britaniyalik umrida bitta ingliz tilisi bilan kayf qilib yashab oʻtib ketadi. Yana shunaqa shevada gapiradi, zoʻrgʻa tushunasan. Lekin majbur ilgʻab olasan nima deyotganini. Chunki bu senga/menga kerak! Mana gap nimada!

MDHda rus tili, undan chiqsang ingliz tili kerak. Behbudiy bratim 4 til lozim deganda 100% haq edi. Shoʻr peshonamizga dunyoga chiqish uchun avtomatik 3 ta tilni bilishdek qismat yozilgan. Xuddi qayga bormoqchi boʻlmaylik, hamma yerda bizdan viza soʻrashgani kabi.

Til bilasanmi, molodes! Qancha koʻp bilsang, shuncha yaxshi. Muhimi, bu bilimlaring oʻzingga foydasi tegsin.

@panda_books