Panda Books
5.85K subscribers
2.37K photos
456 videos
8 files
2.11K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: 8600312923143529
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
#review #taqriz

Aleksandr Grin — "Alvon yelkanlar".

"Alvon yelkanlar" - bu ham sehrli, ham yorqin, bayramona hikoya. O'z navbatida, yana u juda chiroyli qissa.

Roman markazida ikki yosh bosh qahramonlarning yorqin romantik obrazlari joylashgan.

Yozuvchi Aleksandr Grin o'z ishining kompozitsiyasini mohirlik bilan qurgan, sodir bo'layotgan narsalarning mohiyatini ochib beradigan va asosiy qahramonlarning shakllanishini ifodalovchi ekspozitsiyali epizodlarni chizgan - bunga Longrenning traktirchi Mennersdan qasos olish sahnasi va kichik Assolining Egle bilan uchrashuvlarini misol qilib keltirish mumkin. Va ushbu qisqa novellalarning bari bizni asarning avj nuqtasiga olib keladi - kutilmaganda dengiz bo'ylab ko'rinish bergan alvon yelkanlar, nafaqat Assolining yuragini, balki turli avlodning millionlab o'quvchilari qalbini yoritib yuboradi.

Ushbu kitobning sodda va ravon tilini men "beg'ubor" deb ta'riflagan bo'lardim. Muallif syujetni yangi ranglar bilan bo'yashga yordam beradigan g'ayrioddiy o'ziga xos metaforalarni topa olgan.

Xulosa qilib aytganda, kitob so'ngida mo'jizalar haqida gap ketganda, kapitan Grey ularni "tabassum, kechirim yoki vaqtida so'zlangan to'g'ri so'zlar" yordamida amalga oshirish mumkinligini aytadi.

Men ushbu so'zlarga qo'shilgan holda aytishim mumkinki, har bir o'z orzusiga ishongan insonning hayot ummonida bir kun nihoyat uni orzulari sari olib ketuvchi alvon yelkanlar paydo bo'lishiga aminman. Mo'jiza.

#mutolaa #kitob #review #taqriz

Kitob rus tilida👉 shu yerda
@panda_books
​​#kitob #taqriz #review

Jianna Molinarining "Bu yerda hamma narsa bo'lishi mumkin" asariga reviewim

Introvertlar uchun ideal asar.

Kitob o'tgan yil chop etilgandayoq o'qishni niyat qilgandim. Bu endigina amalga oshdi. Tan olaman, asarning tili va mazmunini anglab yetish oson emas ekan.

Lekin tan olishim kerakki, zamonaviy adabiyotning, ayniqsa, skandinav va yevropalik yozuvchilarning asarlarini o'qib rohat olaman. Bu asarni xuddi yon-atrofimda baland shovqin bo'lyaptiyu, men o'sha suron ichra o'zimga tinch xalovat topgandek bo'ldim.

Asar fabrikaga qorovullikka yollangan ishchi qizning bo'riga tuzoq qo'yishi bilan boshlanadi. Asarda barcha hodisalar ayni bir ramzlar bilan tushuntiriladi va ular juda ko'p. Ulardan ba'zilarini tushunish rostakamiga murakkab ekan. Eng muhimi, bu ramzlarni har kim o'zicha qabul qilishida.

Masalan nazarimda, bu asar introvert odam uchun haqiqiy topilma bo'lgan bo'lardi. Fabrika bu qahramon yashayotgan to'rtburchak olam, iloji bo'lsa, u o'sha joydan boshqa yerga, katta dunyoga chiqmasa. Bo'ri esa aslida uni chetdan xavf solib turgan emotsiyalari, tashqi ta'sirdir deb o'ylayman. Osmondan tushgan qora tanli odam esa bu Yevropaga hozirda muammoga aylangan noqonuniy muhojirlarni ifodalaydi.

Men bu asarni o'qib unchalik ham odamovi emasligimni tushunib yetdim. Bu sara romanda ayniqsa, menga asar o'rtalarida umumiy mavzuga aloqasi bo'lmagan kichik orollar haqida mini-hikoyalar juda manzur bo'ldi, Har bir mini-hikoya birorta katta ijtimoiy muammoni ko'tarib chiqqanidandir, balki.

Xullas, o'zingiz o'qib baho bering. Mualliflik huquqi sababli, pdf variantida mavjud emas.

Iqtiboslar:

- "Qabristonda qabrlar qatorini oralab yurarkanman, qabr toshlaridagi tugʻilgan va oʻlgan sanalarni koʻzdan kechiraman. Hayot boʻlgan yillar tugʻilgan kun va oʻlgan kun orasidagi birgina chiziqcha, xolos. Butun umr bir chiziqchada mujassam. Hayajonli, tikonli, qaygʻuli, armonli, zerikarli yoxud xatarli umr yoʻllari, oʻn sakkiz yil davom etganmi yoki sakson yilmi, baribir, chiziqchalar bir xil.";

- "Nima muhim, nima muhim emasligini anglab yetgim keldi. Menda ham birgina hikoyaning emas, balki ko'plab hikoyalarning bo'lagi bo'lish istagi tug'ildi";

- "Qo'l fonari tunni yoritmaydi. Aksincha. Yorug'lik tunni chetga suradi. Yorug'lik atrofi esa yanada qorong'iroq".

@panda_books
#kitob #tavsiya #siyosat

Zurab Todua - "Nikolay va Yelena Chausheskuning so'nggi kunlari"

Butun bir qudratli siyosiy tizimning ko'z oldingizda qulashini tasavvur qila olasizmi?

1989-yil 21-dekabrda Ruminiya kommunistik diktatori Nikolay Chaushesku Buxarest markazida miting uyushtiradi. Bundan bir oz oldin, SSSR Sharqiy Yevropa rejimlariga yordam berishni to'xtatgan, Berlin devori qulagandi.

Ruminiyani 1965-yildan beri boshqarib kelgan Chaushesku 17-dekabrda Timishoara shahrida bo'lib o'tgan ommaviy tartibsizliklarga qaramay, bu to'fonga bardosh berishiga ishongandi.

Javob choralaridan biri sifatida, u Buxarestda ruminlarga va dunyoga uni hali ham sevishlarini yo hech bo'lmaganda, undan qo'rqishlarini namoyish etish maqsadida katta miting o'tkazishga qaror qiladi. Partiya apparati chok-chokidan uzilayotgan bir paytda, markaziy maydonda 80 mingga yaqin odam to'planadi va butun Ruminiya bo'ylab shunday ko'rsatma beriladi: barcha fuqarolar ishlarini to'xtatib, televizor va radioni yoqishlari shart!

Xullas, uzoq kutilgan dam. Diktator Chaushesku saroyining maydonga qaragan balkoniga chiqadi. U bilan rafiqasi Yelena, partistlar va qo'riqchilar, u esa nutqini xalqqa qarab jilmayish bilan boshlaydi. Olomon vaqti-vaqti bilan beixtiyor qarsak chalishadi. Keyin esa.... Keyin nimadir yuz berdi. Buni o'zingiz YouTubega "Последняя речь Чаушеску" deb izlab, videoda ko'rishingiz mumkin.

"Tadbirning butun tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirmoqchiman..." - Chaushesku gapini tugata olmaydi. Olomon birdan unga nisbatan qichqiriq va hushtaklar chalishni boshlaydi.

1-qism.
@panda_books
​​#kitob #tavsiya

Barak Obama yozda o'qishni tavsiya qiladigan 11 ta kitob

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama o'zining Medium blogida yozda o'qishni tavsiya qilgan 11 ta kitob ro'yxatini e’lon qildi.

Ushbu ro'yxatga so'nggi yillarda bestsellerlar ham, endi chiqayotgan yulduzlar - nufuzli adabiy mukofotlar laureatlari ham kiritilgan. Ro'yxat boshidagi kitoblar haqida qisqacha ma'lumot berib o'taman.

Devid Diop — "At Night All Blood Is Black" (Tunda barcha qonlar qora)
Roman birinchi jahon urushida Fransiya tomonida jang qilgan senegallik askarning taqdiri haqida hikoya qiladi. O'z oilasidan va vatanidan yiroqda qolgan qahramon, u asta-sekin aqlini yo'qotadi va qahri qattiqlasha boradi. Asar uning yaratuvchisi, fransuz yozuvchisi Devid Diopga 2021-yilgi Xalqaro Booker mukofotini olib berdi.

Te-Ping Chen — "Katta raqamlar mamlakati"
Amerikalik-xitoylik jurnalist Te-Ping Chen ko'p yillar davomida zamonaviy Xitoy muammolari, jumladan inson huquqlari buzilishi, siyosiy sabablarga ko'ra jinoiy javobgarlikka tortish va boshqalar haqida yozib kelmoqda. "Katta raqamlar mamlakati" uning debyut hikoyalar to'plami hisoblanib Chen "Yer yuzidagi yashash eng qiyin mamlakat" turg'unlari to'g'risida hikoya qiladi. Uning qahramonlari siyosiy faollar, tadbirkorlar, geymerlar va davlat byurokratiyasining to'liq kuchini o'z boshidan kechirishga majbur bo'lgan odamlardir.

Patrik Radden Kif — "Og'riq imperiyasi"
Kif Qo'shma Shtatlarda avj olgan opioid narkologik epidemiyasi va Oksikontin ishlab chiqaradigan Purdue Pharma farmatsevtika kompaniyasiga egalik qiluvchi Sakler oilasining uni shakllantirishda qanday rol o'ynaganligi haqida yozadi. AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatda har kuni 100 dan ortiq odam opioid dozasini oshirib yuborish ("передоз") dan vafot etadi.

Obama, shuningdek, quyidagi asarlarni ham sanab o'tdi:

Endi Vayr "Project Hail Mary"
Benjamin Labatut"Biz dunyoni tushunishni to'xtatganimizda"
Elizabet Kolbert "Oq osmon ostida: Kelajak tabiati"
Erik Nguyen "Biz suvda yo'qotgan narsalar"
Rumaan Alam"Dunyoni orqangizda qoldiring"
Kazuo Ishiguro"Klara va Quyosh"
Natan Xarris"The Sweetness of Water"
Keti Kitamura"Intimacies"

@panda_books
​​#kitob #dunyo_adabiyoti

"Deyarli" AQSh shtatlari haqida

"The Not-Quite States of America: Dispatches from the Territories and Other Far-Flung Outposts of the USA" by Doug Mack

Ming afsuski, ba'zi kitoblar bizning tilimizga tarjima qilinmaydi. Yuqoridagi kitob ham shular jumlasidan.

Barchamiz maktabda geografiyadan AQShning 50 shtatga ega ekanligini o'tganmiz. Shuningdek, bu davlat bir necha bor o'z shtatlarini soni oshirish haqida e'lon qiladi. (Oxirgi bo'lib 1959-yilda qo'shilgan 50-shtat Gavayi edi) AQShning yana 5 ta okeanorti hududi borki, ular hali-hamon 51 shtat bo'lib kirishmagan. Bular: Puerto -Riko, AQSh Virjiniya orollari, Guam, Shimoliy Mariana orollari va Amerika Samoasi. 4 mlngacha aholi yashaydigan bu hududlar haqida aksariyat amerikaliklar hatto eshitishmagan. Kitob muallifi ushbu beshala hududga borib, u yerdagi vaziyatni o'rgangan va orollar statusini bilishga qiziqqan.

Kitobga ko'ra, beshtasi bir -biridan, jumladan, qit'aga nisbatan ancha farq qiladi. Hatto, ko'pchilik puerto-rikoliklar orolning hozirgi status-kvodan qoniqishadi va shtatga aylanishni xohlamaydilar.

Amerika Samoasida yoshlarning imkoniyatlari cheklangan: tunets baliq konserva zavodiga ishga borish, futbolchi bo'lish (amerikancha) yoki armiyaga qo'shilish. Bu orol AQShning barcha shtatlari va hududlarida ichida armiya ixtiyoriy ro'yxatga olishda eng yuqori daraja va qurbonlar/o'lim ko'rsatkichlari bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichga ega. Orolda ikkita McDonald's bor va hamma fast-fudni shunchalik yaxshi ko'radiki, dunyodagi eng yuqori diabet kasalligiga ega insonlar shu yerda: yoshi katta aholining 47%i.

Senatda faqat mahalliy aristokratiya o'tiradi - matailar.

Guam birinchi navbatda harbiy bazadir. Shuningdek, joylashuv o'rniga ko'ra, "yaxshi qo'shnilari" yaponlar va ruslarni harakatlarini kuzatish va jilovlash uchun yetarlicha kuchli strategik nuqta hisoblanadi. Shunga qaramasdan, orol savdo markazlarga to'la, shu jumladan. hashamatli brendlar ham shu yerda o'z ofislarini ochishgan. Nima deb o'ylaysiz, "american dream"dan tatib ko'rish uchun bu yerga kimlar keladi? Topdingiz, koreyslar, ruslar va yaponlar...

Xulosa qilib aytganda, muallif bu hududlar haqiqatan ham mustamlaka ekanligini ta'kidlab, ularning aholisi AQShga integratsiya qilishi kerak deb yozadi. Tabiiyki, bu muxtoriyatlarga katta huquqlar berish, masalan Puerto -Rikoga mustaqillik berish g'oyasi, uning xayoliga kelmagan😉.

Havolalar:
Kitob haqida ma'lumotlar olishda Knigsovet materiallaridan foydalanildi.

@panda_books
​​#kitob #taqriz #review

Yona Berger — "Yuqumlilik" asariga taqriz

Asarning ilk 50 varag'ini diqqat bilan mutolaa qildim. Uyog'ini scanning and skimming qilib ko'rdim.

Kitob yaxshi, kerakli fikrlar berilgan, Mish-mishlar reklamaga qaraganda yaxshiroq foyda berishi aytilgan. Qo'shilaman, ba'zi g'oyalar ommalashishi uchun ba'zi omillar kerakligi aytilgan va ular sanab o'tilgan.

Prinsipi yaxshi asar, ammo bu gaplarni 40 varaqqa ham sig'dirsa bo'lardi. 250 varaqni o'qib o'tirish shunchaki azob va zerikarli.

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
​​#kitob #taqriz #review #reread

Yuriy Olesha — "Uch baqaloq"

Bu ertak bizga bolaligimizdan juda tanish. Orangizda yoshligida "Uch baqaloq" kinosini ko'rmaganlar bo'lmasa kerak. Men bugun maktab paytlari o'qigan ushbu kitobni yana qayta mutolaa qilib chiqdim. O'ylaymanki, bunda aytishga arzigulik narsalar borligiga aminman.

Bir paytlar uzoq bir kichik mamlakatda Gaspar Arneri ismli olim odam yashar va mamlakatda undan aqlli odam yo'q ekan. Afsuski, Gaspar Arneri yashagan mamlakatni ochko'z va shafqatsiz Uch Baqaloq boshqarardi. Uch Baqaloq zulmidan mamlakat aholisini jasur dorboz Tibul va qurolsoz Prospero ozod qilishga harakat qilishadi. Afsuski, asar boshida biz ular boshlagan inqilobning mag'lubiyatiga duch kelamiz, natijada uning yetakchilaridan biri qurolsoz Prospero qo'lga olinadi, Tibul esa qochib yashirinadi. Ammo ular sira taslim bo'lmaydilar va kurashishda davom etadilar. Undan tashqari ularga jasur qiz Suok va doktor Arneri ham yordam beradilar.

Mamlakatda yana shahzoda Tutti ismli 12 yoshli bolakay ham bo'lib, u Uch Baqaloqning asrab olgan vorisi edi. Ular o'z merosxo'ri, kichkina Tuttini sovuq va yuraksiz odam qilib tarbiyalashga, boshqa bolalar va jamiyatdan himoya qilishga harakat qilishar va unga faqatgina qo'g'irchoqni yagona o'rtoq qilib beradilar.

Ammo bu paytda jasur odamlar ozodlik uchun kurashmoqda edilar - chirigan tuzumga qarshilar safiga kambag'al sirk artistlari, olimlar, askarlar va oddiy ishchilar ham o'ta boshlaydilar. Biz ertakda korrupsiya va ochko'z byurokratiya mamlakatni xarob etishi mumkinligini ko'ramiz.

Inqilobchilar o'z maqsadlariga erishadilarmi, nihoyat Prospero qamoqdan qutulib, qo'rqmas Tibul esa xalqni jangga boshlay oladimi, Doktor Arneri va Suok o'zlari tuzgan rejalarini amalga oshiradilarmi yoki yo'qmi, Uch Baqaloqning taqdiri nima kechadi — bularni ertakni o'qib o'zingiz bilib olishingiz mumkin.

Men ilgari, "Uch baqaloq"ni o'qimasdan oldin, unga ishlangan filmni ko'rganimni juda yaxshi eslayman. Bolaligimda onamning sevimli filmlari orasida "Uch baqaloq" ham bor edi, shundanmi u mening ham sevimlilarimdan biriga aylangan.

Umuman olganda, Olesha davrida yosh o'quvchilarni qo'rqitishdan cho'chishmagan. Kitobning boshida inqilobga bo'lgan muvaffaqiyatsiz urinish butun bo'yi bilan ko'rsatiladi va u batafsil tasvirlab beriladi. Qon, portlashlar, otishma va vayronagarchilik, jasadlar, mayib-majruhlarga to'lib ketgn shahar... Endi bu bolalar uchun yozilgan kitobchadan ko'ra "Спасти рядого Райана" filmi sahnasiga o'xshab ketardi. Albatta, ertakda yaxshilik g'alaba qozonishi ko'rsatiladi, biroq bungacha bo'lgan yo'l biz tomosha qilishga o'rgangan "Disney" ertaklaridan birmuncha farq qiladi.

Ertak oddiy va tushunarli, lekin juda tez dinamikaga ega - undagi voqealar shunchalik tez sodir bo'ladiki, o'qish davomida nafas yutishga ham qiynaladigan vaqtlar bo'ladi. Aslida ertakni ham, inqilobni ham to'liq realistik hikoyasini o'z ichiga olgan bu kitob sovet propagandasi uchun ishlagan bo'lsa ne ajab.

Nima bo'lganda ham men doimo qahramonlar harakatlaridan shunchaki hayratga tushaman va ba'zida ular uchun ichim achiydi. Hech bo'lmaganda, Suok uchun. Axir uni qo'g'irchoq sifatida, istalgan mahal dushmanlar tarafidan qiyma-qiyma qilib yuborishga tayyor turilgan qasrga jo'natadilar!

Afsuski, har qanday inqilob qanchalik romantik bo'lmasin, u baribir utopik g'oya bo'lib qolaveradi. Axir, faqat ertaklardagina, Uchta yovuz Baqaloq ustidan qozonilgan g'alaba barcha muammolarni darhol hal qilib yuboradi...

...Lekin bu kurashishga arzimaydi degani emas.


Yoqimli mutolaa!

@panda_books
Forwarded from Panda Books
​​#kitob #tavsiya

Top-10 Eng Yaxshi Fantastik asarlar ro'yxati

Men ushbu janrni yoshligimda nihoyatda miriqib o'qirdim. Katta bo'lgan sari fenteziga deyarli vaqt topa olmayapman. Shunga qaramasdan, fantast janrida men mutolaa qilgan eng yaxshi kitoblarni sizlar bilan bo'lishmoqchiman.

Demak, Panda Books tavsiya etadi:

1. "Odam-amfibiya", Aleksandr Belyayev
Argentinalik doktor va jarroh Salvator oʻgʻli Ixtiandr umrini saqlab qolish uchun unga akula jabrasini beradi. Tajriba muvaffaqiyatli yakunlanadi, ammo Ixtiandr endi okeandan tashqarida uzoq payt yura olmaydi, aksar vaqtini suvda oʻtkazishga majbur boʻladi. Marvarid ovchisi Pedro Zurita esa Ixtiandr haqida bilib qoladi va uning gʻayriinsoniy qobiliyatlaridan foydalanmoqchi boʻladi.

2. "Timeless: Rubin kitobi", Gir Kristen
Londonda yashaydigan 16 yoshli Gvendolin Sheppard ismli qiz tasodifan o'zining katta buvisidan meros qolgan noyob vaqt aro sayohatchi geniga ega ekanligini aniqlaydi. Endi qiz har kuni o'tmishga sayohat qila oladi va sirlarni oshkor qiladi.

3. "Fantastik mavjudotlar va ular qayerda oziqlanadi", Joanna Rouling
Bu taniqli sehrgar zoolog Nyut Skamander tomonidan yozilgan va o'zimizning Garri Potter foydalangan kitobning nusxasi. Unda Garri bu kitobni o'qib, unda qiziqarli qaydlar qoldirib ketgan.

4. "Suv ostida 80 ming kilometr", Jyul Vern
1866-yil bir necha davlat kemalari nomaʼlum dengiz maxluqini uchratishganini aytishadi. AQSHning Nyu-York shahrida maxluqni topib, yoʻq qilish uchun ekspeditsiya uyushtiriladi. Roman hikoyachisi Professor Pyer Aronaks ham ekspeditsiyaga taklif qilinadi. Unga kanadalik garpunchi Ned Land va Aronaksning xizmatkori Konsel ham qoʻshiladi.

5. "Doktor Moro oroli", Gerbert Uells
Roman bosh qahramon Eduard Prendik tilidan hikoya qilinib, unda Prendik kema halokatiga uchrashi va sirli orolga tushib qolishi bilan bog'liq tafsilotlar keltiriladi. Orolda o'zining g'ayri-insoniy tibbiy tajribalari bilan dong taratgan doktor Moro qo'nim topgan. Romanda azob, shafqatsizlik, axloqiy mas'uliyat, inson o'zligi hamda insonning tabiiy jarayonlarga aralashuvi kabilar mahorat bilan ochib berilgan.

6. "Omen", Devid Zeltser
U 6-oyning 6-kuni soat 6 da tug'ilgan. Vahiy kitobida bashorat qilinganidek, dunyoning oxiri, yaxshilik va yomonlik kuchlari o'rtasidagi so'nggi to'qnashuv keladi va uning boshlanishi shayton o'g'lining inson qiyofasida tug'ilishi bo'ladi.

7. "Oxirzamon nishonalari", Chingiz Aytmatov
Roman voqeasi oʻta shiddatli psixologik mojarolar va toʻqnashuvlar zaminiga qurilgan. Yer kurrasi axloqiy muammolar sinab koʻriladigan poligonga aylangan. Insoniyat halokat yoqasiga borib qolgan. Bu halokat tashqaridan kelgan emas, balki bani odamning xatti-harakatlari, munofiqligi, xudbinligi, axloqsizligi oqibatida yuzaga kelgandir. Dunyo bedavo dardga chalingan, agar insoniyat ijtimoiy xastaliklardan forigʻ boʻlmas ekan, intiqom muqarrardir.

8. "Koinot oqimlari", Ayzek Azimov
Unda bir xalqning ikkinchi xalq ustiga bostirib kelib, uni yoppasiga qulga aylantirib ishlatib, ushbu mehnat natijasidan faqat oʻzi “non va yogʻ”ga ega boʻlishini ko'rsatadi. Bunday mustamlakachilik oxir-oqibatda halokatga olib kelishini, harbiy jihatdan ojizroq mamlakat aholisi ham baxtli va toʻkin hayotga haqli ekanligini isbotlaydi.

9. "Raqamli qal'a", Den Braun
Milliy xavfsizlik agentligi eng sirli agentliklardan biri boʻlib, uning vazifasi fuqarolarni kuzatib borishdir. Unda "Raqamli qal'a" deba ataluvchi o'ta maxfiy dastur bo'lib, uning yaratuvchisi vafotidan so'ng, unga kirish paroli ham izsiz g'oyib bo'ladi. Endi MXA chetdan yordam olishga majbur bo'lishadi. Asar insonlarning elektron xavfsizligi haqida hikoya qiladi.

10. "Ko'milgan dev", Kazuo Ishiguro
O'rta asr. Angliya, qirol Arturdan keyingi davr. Keksa juftlik - Aksel va Beatris - ko'p yillar davomida ko'rmagan o'g'lini izlash uchun yo'lga otlanishadi. Ular yashaydigan qishloqni qandaydir sirli tuman qoplagan, natijada aholi o'tmishini unutishadi va hatto bir soat oldin ularga nima bo'lganini ham eslay olishmaydi. Ammo ular qalban o'g'illari borligini his qilib turishadi.

@panda_books
​​#kitob #film

Edvard Sent-Obin - "Patrik Melrouz"

Tanishing, Patrik - narsisst, shizoid, alkogolik, suiqasdga moyil shaxs....

"Patrik Melrouz seriyali kitoblari - men uchun so'nggi o'n yillikdagi eng ajoyib mutolaa tajribasi bo'ldi", deb yozadi amerikalik yozuvchi Maykl Sheybon.

Hayoti asosan muallifning tarjimai holiga asoslangan bosh qahramon Patrik Melrouz bolalikdagi olingan travma oqibatlaridan xalos bo'lishga harakat qiladi. Otasi tomonidan muntazam haqoratlanib kelgan bolakay ulg'ayganidan so'ng ham, bu jarohatdan qutula olmaydi. Depressiya va sadistik kayfiyatdagi kitoblani o'qishni yoqtiruvchilar uchun yaxshi asar.

2018-yilning asosiy televizion voqealaridan biri va "Emmi"ga nomzod bo'lgan "Patrik Melrouz" serialini aynan Edvard Sent-Obinning roman sikli asosida suratga olingan. Serial 5 qismdan iborat. Har bitta qism 1992-2012-yillar oralig'ida yozilgan romanning 5 ta kitobi ekranizatsiyasi hisoblanadi.

Asosiy rolni men sevgan aktyor Benedikt Kamberbatch ijro etgan.

Nasib qilsa dam olish kunlarida shu serialni tomosha qilmoqchiman. Serialni birga ko'rishni xohlovchilar uchun rus tilida "Panda Books: Documental" kanaliga tashlab qo'yaman. Balki keyinroq taqriz ham yozilar.

Yoqimli mutolaa va tomosha!

@panda_books
​​#kitob #tavsiya

Doktor Haus

Kino san'atida ulkan darajada mashhurlikka erishgan "Doctor House" serialni biror bir janrga to'liq mos deb ayta olmayman. Uning tomoshabinlari shunchalik xilma-xilki, u har qanday tasniflashni rad etadi. Orangizda ham ushbu serial muxlislari talaygina topiladi deb o'ylayman.

Rasman tibbiyot dramasi deb da'vo qilinsa-da, u turli xil falsafiy savollarning ko'tarib chiqadi.

Intellektual kuchli ssenariy mualliflari tomonidan yaratilgan personajlar va vaziyatlar shu qadar chuqur ma'noga egaki, ular zamonaviy amerikalik faylasuflarga ushbu kitobda to'plangan 18 ta original insho yozishga imkon berdi.

Ushbu nashrni Haus seriali muxlislari uchun ham, uni yoqtirmaydiganlar uchun ham birdek tavsiya qila olaman.

Turli xil jumboqlarga javob izlashni yaxshi ko'radiganlar uchun ajoyib topilma.

Kitob pdf shakli shu yerda

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
Forwarded from Panda Books
​​#kitob #taqriz #tavsiya

Doktor Oiz Qarniyning "Ramazon hikmatlari" asari haqida yozganlarim

Muborak Ramazon oyida nafaqat ro'za tutish amallarini bajarish, balki Ramazon oyi haqida ham o'qib o'rganish foydadan xoli emas. Bunda menga ushbu kitob yaqindan yordam berdi desam mubolag'a qilmagan bo'laman.

Ochig'ini aytamanki, ish stolim ustida mana Ramazon oyining boshidan beri turibdi. Vaqt bo'lganda darrov ochib, yangi nimadir o'rganyotganim ushbu mo'jazgina kitobcha menda katta ixlos uyg'otdi. O'zi 200 varaqdan oshsa-da, kichkina formatda ekanligi uchun tezda o'qiladi. Ammo men uni tushunmay qolishdan qo'rqib, undan tashqari, har bir jumla ma'nosiga yetish maqsadida "slow reading" qildim. Hali Ramazon oxirigacha yana bir marta qayta o'qish niyatidaman, nasib qilsa.

Kitobga yurtimizdagi mashhur va taniqli imom va shayxlari muharrirlik qilishgan va Diniy ishlar qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan. Dr. Oiz Qarniy din va ramazon oyi haqida juda ibratli fikrlar keltirganlar.

Shunday ekan, undagi ma'lumotlar har bir ro'zador musulmon birodarlarimiz uchun foydali bo'ladi degan umiddaman.

Xayrli mutolaa!

@panda_books
#kitob

"Qo'zg'al va birinchi bo'lib o'ldir"

"Mossad". Bu nomni detektiv yoki josuslar haqidagi hikoyalarga qiziqadiganlar orasida eshitmagan odam bo'lmasa kerak.

"Mossad" - dunyodagi eng maxfiy va eng samarali ishlaydigan razvedka-kontrrazvedka xizmati hisoblanadi. Isroil davlatining rivojida bu xavfsizlik tashkilotining o'rni katta.

Isroillik yurist, jurnalist, Kembridj Universiteti doktorlikni yoqlagan Ronen Bergmanning ushbu kitobi shu sirli tashkilot faoliyatiga baag'ishlangan.

Kitobni elektron o'qigim kelmadi. Originalini buyurtma qildim. Juda qiziqyapman. Kelsa boshlaymiz, nasib qilsa

@panda_books
#youtube_tavsiya

Men ham endilikda Youtubeda kontent qilishni boshladim. Bundan keyin faolroq bo'lishga harakat qilaman. Hozircha havaskorona video montaj qilindi, qo'llab-quvvatlaysiz deb o'ylayman!

Birinchi video natsionalizm va milliy davlatchilik tarixi haqida

Ko'rish uchun👉 https://www.youtube.com/watch?v=Y84o6hGmFfs&t=6s

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#youtube_tavsiya

Bilasiz, endilikda Youtube kontentlarni ham rivojlantirib borishga qaror qilganman. Mana shuning ilk qadamlarini kutib oling.

Bugun men sizlarga shafqatsiz dohiy, sobiq Ittifoq diktatori bo'lgan Iosif Stalinning dafn marosimi kinoxronikasidan qiziq bir lahzani hikoya qilib bermoqchiman.

Sizlardan yagona iltimos, Youtube kanalimga obuna bo'ling, layk va kommentlar qoldiring. Imkon qadar bizni qo'llab-quvvatlab tursangiz, juda minnatdor bo'lardim😊

Demak, havola quyida:
https://www.youtube.com/watch?v=HsWfeSNk_Fw

@panda_books
#youtube_tavsiya

⚡️Youtube kanalimizda yangi video!

Bu safar kino olamiga sayohat qildik, aniqrog'i kinodarg'alaridan biri hisoblangan - Andrey Tarkovskiyning qiziqarli ma'ruzalaridan birini o'zbek tiliga o'girdik.

"Tarkovskiy: Kino - bu vaqtlardan yasalgan mozaikadir!"

P.s: Hozirda imkon qadar Youtube formatiga o'tishga harakat qilayapmiz, shu sababli ba'zi texnik kamchiliklar uchun uzr so'rayman! Tez orada barchasini bartaraf etamiz:)

Sizdan doimgidek maksimal share, layk va kommentlar so'rab qolaman! Kanalimizni qo'llab-quvvatlang😊

https://www.youtube.com/watch?v=IeMKYXPinLE

@panda_books
#youtube_tavsiya

💥YouTubeda yangi videomiz chiqdi!

Bu safar yangi rukn boshladim: "Book Review". Har sonda bitta kitobni atroflicha tahlil qilamiz. Ilk sonimizni Vikas Svarupning "Xarobadan chiqqan millioner"idan boshladik

Aytgancha, har bir videoni diqqat bilan tomosha qiling, chunki video oxirida sizlarni yutuqli tanlov kutib turibdi. Ham foydali kontent ko'rib, ham sovg'a yutib olish imkoni bor.

Albatta, sizdan maksimal qo'llov kutib qolaman😊
👉 https://youtu.be/gWdTZTfZ6N4

Yoqimli tomosha!

@panda_books
"O'g'lim, futbol o'ynashga majbur emassan!"

https://youtube.com/shorts/eiSFltmf8mY?feature=share

Fredrik Bakman kitobini o'qib, o'zim ta'sirlangan joylarini tarjima qilib, kanalga joylagandim. (Matn) Shuni endi ovozlashtirdim. Baho bering.
Dunyo bo'ylab odamlar diplom yozyapti ChatGPT orqali, planlar tuzyapti, soqqa qilyapti.

Masalan, men video olganman shu ChatGPT haqida: https://www.youtube.com/watch?v=2wCha_SiB9c

Yangi texnologiyalardan foydalanish kerak. Qiziqib ko'ring, ishingizni ancha osonlashtiradi. Ayniqsa agar siz ijodkor odam bo'lsangiz.

@panda_books
#tavsiya

Sizlarga ajoyib kontent topib keldim! Amerikada kitob o’qishga targ’ib qilish turli xil yo’llar bilan amalga oshirilishini bilarmidingiz?🤔

Hamyurtimiz tomonidan tayyorlangan ushbu videoda okeanorti jamiyatining o’zi ham qanchalar kitob 📚 o’qishni targ’ib qilishi hamda bepul kitoblar tarqatilishi haqida bilib olishingiz mumkin.

Tomosha qilish:
https://youtu.be/hoiDen6o9_E

Videoga layk bosib, “podpisatsa” qilishni va izohlarda "Panda Booksdan keldik!" deyishni unutmang! 😏

Let's Go!

@panda_books