#tavsiya
O'zbek tiliga zudlik bilan tarjima qilinishi istaydigan kitoblar ro'yxati by Panda Books
✔️ Fredrik Bakman — "A Man Called Ove"
✔️ Fredrik Bakman — "Things My Son Needs to Know About the World"
✔️ Jorj Martin — "Muz va olov qoʻshigʻi"
✔️ Stiven King — "11/22/63"
✔️ Yual Harari — "XXI asr uchun 21 ta saboqlar"
✔️ Jozef Kempbell – "Ming yuzli qahramon"
✔️ Bill Gates — "How to Avoid a Climate Disaster"
✔️ Jon Tolkin — "Silmarillion"
✔️ Noam Chomsky'ning so'nggi chiqishlari (nutqlari)
✔️ Jeyms Robinson, Daren Ajemog'lu — "The Narrow Corridor"
@panda_books

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nazm
Bizga berilgan zamon,
Suzmakka sayoz keldi.
Erk deb urug‘ qadadik,
Tinmasdan ayoz keldi.
Til qantariq keldi va
Tori uzuk soz keldi.
Umrimiz shunday o‘tsa,
Yashash bekordir, jo‘ra.
@panda_books
Bizga berilgan zamon,
Suzmakka sayoz keldi.
Erk deb urug‘ qadadik,
Tinmasdan ayoz keldi.
Til qantariq keldi va
Tori uzuk soz keldi.
Umrimiz shunday o‘tsa,
Yashash bekordir, jo‘ra.
@panda_books
"Uyg'onish" kerakmi?
O'tgan yil Yoshlar agentligi chop etgan "Jadidlar" to'plami mavzusi keng bahs-munozaralarga sabab bo'lgandi. Bu yil esa, "Uyg'onish" to'plami adabiy davrani qizityapti.
Hulkar Murtazayevani shaxsan tanimayman, lekin Facebookda uning ushbu mavzu borasidagi tanqidiy postini ko'rib qoldim. 👈(Batafsil o'qib chiqarsiz)
Sizningcha qay biri ma'qul: adiblarning tanilmagan asarlarini chop etgan afzalmi yoki "Uyg'onish" va "Jadidlar" kabi post muallifi ta'riflayotganidek "wiki-kitoblar"ni ko'paytirish kerakmi?

#haqida
Kitoblar, kitobxonlik va ideal narsalar haqida
Birinchidan, doimo har yerda va har bir ishda ideal g'oya va natija kutish - bu utopiya. Kimdir lola shaydosi, kimdir atirgul deganlaridek, barchaga birdek yoqadigan adabiyot bo'lishi mumkin emas. Muhimi, kitoblar shunchaki turfa xil va ko'p bo'lishi kerak - tamom.
Ikkinchidan, davlat tashkiloti birinchi navbatda tijoriy maqsadni ko'zlamasligi lozim, Xususiy nashriyotlar daromadni o'ylasa buni tushunsa bo'ladi. Davlat esa sotilishi qiyin, ammo xalq uchun foydali bo'ladigan klassika yoki boshqa mazmunli adabiyotlar chiqarishi bu ijobiy holat.
Uchinchidan, ba'zi blogerlar, ayniqsa men kabi bookblogerlarga kitoblar hadya qilishlarini ba'zilar boshqacha tushunishlarini sezdim. Qizig'i, hamma kitob targ'iboti har xil bema'ni kontentlardan ko'ra ko'proq bo'lishini xohlaydi, ammo hech kim bu narsa o'z-o'zidan bo'lib qolmasligini tan olishni istamaydi. Bema'ni video olish oson, yaxshi piar qilish esa yo'q.
To'rtinchidan, har bir masalaga nihoyatda chuqur qarash ham yaxshi emas. Masalan, mendan har bir postimda super mega fikr kutmanglar. Jonli va qiziqarli kontent bu har safar kimnidir qoyil qoldirishga urinish degani emas, balki aslingiz kabi bo'lish degani.
biror tashkilotdan bitta ijro bilan hammani ongli va bilimli qilib yuborishlarini kutish ham noto'g'ri. Just relax.
Xullas, bitta narsani tushunaylik: kimdir kitobni shunchaki ko'ngil xushi uchun o'qiydi, kimdir o'qishga kirishda foydasi tegsin deb, kimdir har zamonda bo'sh vaqtida va hokazo. Bu normal. Hamma biror kitob chiqqan zahoti darhol uni olib o'qishga majburmas, agar u shundan pul topmasa albatta. "Tekin berishdi, endi uni o'qiysan" deya majburlashniku aytmasa ham bo'laveradi.
Kitoblarni o'zingiz sevib o'qing, qolgani muhimmas.
imho.

#reading
Ilon Mask va beg'araz yordamga javob
Bu oy Uolter Ayzeksonning "Ilon Mask" nomli avtobiografik kitobi chiqdi. Shu orqali u Eshli Vensdan keyin ushbh superbiznesmen haqida yozgan ikkinchi biograf bo'ldi. Kitob hali bizga yetib kelmadi, ammo yaqinda CNN undan bitta parchani tarqatdi va bu muhokamalarga sabab bo'ldi.
Yaqinda ukraina tomoni, Maskning Starlink sun'iy yo'ldoshlari Qrimda ishlamagani uchun ukrain armiyasi operatsiyasi barbod bo'lgani haqida yozib chiqishdi. Mask bunga raddiya berib, aslida uning sun'iy yo'ldoshlari avvaldan bu hududda ishlamasligi, buni sababi uning kompaniyasi katta harbiy qirg'inbarotga aralashib qolishi va konfliktning taranglashishini istamasligini ta'kidladi.
Endi o'zingiz qarang, maxsus sehrli operatsiya boshlanganidan beri oddiy ukrainaliklarga eng ko'p berayotgan xorijiy yirik biznesmen - bu Ilon Mask. Uning Starlinki orqali qiyin damda ukrainlar internetdan uzilib qolmadi. Jeff Bezosga o'xshagan boshqa biznesmenlar esa bu borada quruq gapdan narigi o'tishgani yo'q. Endi o'zingiz toping, hozir ukrain aholisi eng ko'p kimni heyt qilyapti? Ha, albatta, Ilon Maskni!
Xulosa shundaki, agar sen "oddiy xalq"qa beminnat yordam beradigan bo'lsang, bugun ular seni boshiga ko'tarsada, ertaga hech kim seni eslamaydi va qadrlamaydi. Va kerak bo'lsa, ertaga esa aynan o'shalar birinchi bo'lib, seni ur-kaltak qilishni boshlaydi.
Yordam alohida shaxslarga, siyosatchi, amaldor yoki biznesmenlarga ko'rsatish kerak. Ular buni hech qachon unutmaydi, hech bo'lmasa seni sotmaydi.

#muqova
Muqovada qovun tushiradiganlar faqat bizda emas ekan🤦♂️
O'tgan yili mana shu Egil Byarnasonning "Islandiya dunyoni qanday o'zgartirdi" degan ilmiy-ommabop kitobni buyurtma qildirgandim. Unda ushbu olisdagi muzli orol aholisi qanday qilib qisqa davr ichida dunyoning eng boy va farovon jamiyatlaridan biriga aylangani haqida hikoya qilinadi.
Xo'sh, endi muqovaga e'tibor bering: anavi 3 ta binoni ko'ryapsizmi? Hozirgina bilib qoldimki, anashu 3 ta bino aslida Islandiyada emas, balki boshqa skandinav mamlakatida joylashgan.
Bo'libam bu binolar oddiy emas, balki Stortorget (shvedcha Katta maydon) ya'ni Stokgolmning tarixiy markazidagi eng qadimiy maydondagi binolar hisoblanarkan. Rus tilida chop etilgan versiyada muqovachi shu tarzda qo'pol xatoga yo'l qo'ygan.
Mana shunaqa gaplar.

Panda Books
#muqova Muqovada qovun tushiradiganlar faqat bizda emas ekan🤦♂️ O'tgan yili mana shu Egil Byarnasonning "Islandiya dunyoni qanday o'zgartirdi" degan ilmiy-ommabop kitobni buyurtma qildirgandim. Unda ushbu olisdagi muzli orol aholisi qanday qilib qisqa davr…
#muqova
Mana bu originali.
Bular nimani anglatishini ko'rib chiqsak:
kema va qilich - Vikinglarga ishora.
kosmonavt shlemi - Oyga qo'nishdan oldin Islandiyada o'tkazilgan NASA sinovlariga ishora.
Shaxmat donasi - Bobbi Fisher va shaxmat toji uchun bo'lib o'tgan o'yinga ishora.
Xullas, mana shuni qoldirishsa ham yaxshi edi.

Jewish
“Jerusalem Post” gazetasi «Yilning eng nufuzli yahudiylari» ro'yxatini e'lon qilibdi. Unda birinchi o'rinni OpenAI direktori, CHatGPT muallifi Sem Altman egallagan. Shuningdek, ro'yxatda AQSh Davlat kotibi (Tashqi ishlar vaziriga teng maqom) Entoni Blinken ham bor.
Shu yerda men bitta narsani tushuntirib ketmoqchiman. Amerikaliklar uchun "yahudiy" ya'ni inglizcha aytsak "jewish" bo'lish - eng avvalo millat yoki etnik masalasi emas, balki diniy e'tiqod masalasidir. Ya'ni Sem Altman yahudiy oilasida tug'ilgan, ammo u AQShda tug'ilib o'sgan, millati amerikalik. Diniy ta'limoti esa yahudiy.
Bu yerda yana bitta jihat, Sem yoki Blinken balki yahudiy diniy amallariga to'liq e'tiqod qilmasligi mumkin, ammo bu narsaga qaraganda amerikaliklar uchun bir vaqtning o'zida bir kishini ham yahudiy, ham xristian bo'lishi g'alatiroq tuyuladi.

"Ochiq mikrofon"
Panda Bookschilar! Kimlar eshtidi, hozirga qadar kim ushbu loyihaga tashrif buyurdi, fikrlariz qanday?
Navbatdagi soni ertaga bo'lar ekan, nasib qilsa bormoqchiman. Bookuzda shopping ham qilarman. Boradiganlar bormi?

Men ko'rgan eng yaxshi muqovalardan. Muqovani xuddi lotereya o'yiniga o'xshab sekin qirsangiz nomi chiqib keladi. Xuddi syujetiga monand.
Asar qaysi ekanini bilgan bo'lsangiz kerak.

Forwarded from Usmonip
#holat
Bugun magistratura uchun soʻralgan hujjatlarni toʻplab, universitetga bordim. Kadrlar boʻlimida navbat kutib, yarim soatcha oʻtirsam, boshqa boʻlimga borishim kerak ekan.
Oʻsha yarim soatcha ichida gʻalati holatga duch keldim oʻziyam. Ikkita opa-singil bir jild hujjat koʻtarib kelgan, singil oʻqishini koʻchirayotgan ekan. Eʼtibor qilsam, hamma ishni opasi bajarib, savol-javob qilib yotibdi. Axiyri navbat oʻqishni koʻchirish haqida ariza yozishga keldi-yu, koʻchadirgʻon qiz oʻzi yozishi kerak boʻldi.
Taomilga koʻra, boʻlimdagilar unga ariza namunasini berishdi. Bunga javoban qiz biroz angrayib turdi. Buyoqdan opasi oʻrgatib turibdi: “ha, yoz-yoz”, “tepadan oʻng tomondan boshla”, “oʻzingni ism-familiyangni yoz”, “shuniyam eplab yozolmaysanmi?”
Ishqilib, qizgina uchun vazifaning eng qiyin qismi yetib keldi:
— Bu yerga oʻzimni institutimni yozaymi?
— Ha, oʻziz oʻqigan joyni yozing. Institutiz qaysi edi?
— Yeodju!
— Qanaqa Yeodju? Oʻqigan joyizni nomi almashgan-ku.
— Kimyo texnologiyalar instituti, deb yoz — yana opa joniga oro kirdilar.
— Samarqand viloyati degan-ku? — deb soʻradi yana singil opasiga najot istagan koʻzlarini qadab.
— U namuna xolos, sen Toshkent deysan!
— Bu yerda 3-kurs degan ekan, men ikki yozaymi?
— Uyoqda nechanchi kurs ediz?
— Birinchi kurs edim.
— Tugatibmidiz birni? Ikkinchi kursga buyruq chiqarishganmi?
— Ha, tugatganman, — dedi singil oʻziga ishonmay yana opasiga qararkan.
— Ikkinchi kurs deb yozasan! — deb uqtirdi opa...
Xullas, u boʻldi-bu boʻldi, xalqaro maqomdagi nufuzli xususiy universitet talabasi ikki enlik arizani zoʻr-bazoʻr, shundayam opasi-yu boʻlim ishchisining yordami bilan yozib berdi, xudoga shukur.
Meni oʻylantirgan jihati, toʻrtta gapni eplab yozolmaydigan, oʻzi qayerda oʻqigan-u nechanchi kursni tugatgani haqidagi savolga ham miyasida tormozlanish paydo boʻladigan talabalar ertaga kimga kerak boʻladi? Yana Kimyo texnologiyalari nomli oliygohdan til va adabiyot universitetiga kelyapti bu kishi.
Bu ketishda Toshkentda xususiy taʼlim dargohlari dorixonalar sonidan ham oshib ketsa, ajablanmang. Oʻsha universitetlarga oʻqiyotganlar yuzasidan hali hukm chiqara olmaymiz-u, lekin juda bir odam havas qiladigan birontasini hali koʻrmadim.
@usmonosphere

Pandachilar, bu adibni tanidingizmi? Qaysi asarlarini o'qigansiz? @panda_books
Nazar Eshonqul ortida o'tirgan inson esa mashhur shoir Aziz Said.
Forwarded from Panda Books
#mutolaa
Falastin urushi faxriylari keyinchalik yangi yosh yetakchi al-Vazir va uning safdoshlarni jangga tayyorlagan. 1953-yilda 18 yoshli al-Vazir 200 nafar jangchidan iborat otryadga qo'mondonlik qilardi. Ular Isroilda bir qator sabotajlar uyushtirishadi. Misrliklar falastinliklarni arzon harbiy kuch sifatida ishlatib, yosh falastinlik talabalarni Qohiradan G'azo sektoriga jo'natishni tashkil qilishadi. Ular orasida Qohira universitetining elektrotexnika fakulteti talabasi Muhammad Yosir Abdul Rahmon Abdul Rauf Arofat al-Qudva al-Husayniy - yoki boshqacha aytganda Yosir Arofat ham bor edi.
Arofatning tug‘ilgan joyi aniq emas va haligacha qizg'in muhokama qilinadi. Rasmiy Falastin versiyasiga ko'ra, u tabiiyki 1929-yilda Quddusda tug'ilgan. Biroq, ba'zilar uning dunyo kelgan joyi G'azo yoki hatto Qohira ekanligini ta'kidlaydi. Nima bo'lganidan qat'iy nazar, Arofat nufuzli falastin oilasidan chiqqan bo'lib, u Bosh muftiy Hoji Amin al-Husayniy, shuningdek, 1948-yilda Falastin dala qo'mondoni bo'lgan Abdulqodir al-Husayniyga yaqin qarindosh hisoblangan. Har ikkala inson ham Isroil tomonidan likvidatsiya qilish uchun asosiy nishon bo'lishgan. O'ziga Abu Ammar degan taxallus olgan Arofat tezda yetakchi al-Vazir bilan yaqin hamkor va quroldosh boʻladi. Ular birgalikda G‘azo sektoridagi Falastin yacheykalarini kuchaytirish ustida ishlaydilar.
Isroil razvedkasi qochqinlar lagerlarida jangarilar kuchayib borayotganidan ko'pam tashvishlanmaydi. Falastin jangchilari o'sha paytda uzoq muddatli strategik tahdid sifatida emas, balki bugungi kunning taktik muammosi sifatida ko'rilardi, bu faqat isroilliklarga tegishli edi, chunki Falastin jangchilari yahudiylarga tahdid va terror qilish uchun Isroil hududiga kirardilar.
Keyinroq "Mossad" o'z tahlillarida ushbu falastinliklar borasida qattiq adashishganini bilib olishadi. Ammo unda biroz kech bo'lgandi.
Bu haqida sal keyinroq.
— "Qo'zg'al va birinchi bo'lib o'ldir"

Ochiq Mikrofon bugungi tadbiri haqida barcha video va rasmlar Panda Booksning 👉 Instagram sahifasida
@panda_books
@panda_books