Panda Books
5.95K subscribers
2.33K photos
446 videos
8 files
2.08K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: 8600312923143529
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
Hozircha shuni muhokama qilib turishingiz mumkin.

@panda_books
#offtop

Oppengeymer

"Oppengeymer" filmi premyerasidan keyin tarmoqlarda, ayniqsa inglizzabon media makonda Xirosima va Nagasakiga atom bomba tashlash kerakmidi yoki yo'qmi degan bahs-munozalar boshlanib ketdi. Bu dilemma bizda ham bo'lib o'tgan bo'lsa ham ajabmas.

Kecha ushbu 3 soatlik filmni tomosha qilganimdan so'ng, ba'zi men oldin bilmagan nyuanslardan voqif bo'ldim. Shuning uchun men ham bu haqida ba'zi fikrlarimni aytib o'tsam.

Atom bombasi qo'llash borasida "Rozi" pozitsiyasidan boshlaylik.
a) Urushni tezroq tugatishning boshqa yo'li yo'q edi: Gitler Yevropada yanchib tashlangan bo'lsa-da, uzoq Osiyoda uning ittifoqchisi bo'lmish Yaponiya taslim bo'lmadi va urushni davom ettirdi. Bombardimon tashqari muqobil yo'l Yaponiyaga bostirib kirish - bu armiyani Yevropadan Tinch okeaniga evakuatsiya qilish, har bir shahar uchun janglarda qurbonlar va yana bir necha yil urushning cho'zilishi degani edi.
b) Atom bombasi kichikroq yovuzlik sifatida qabul qilindi; yuz minglab amerikalik askarlari (va yapon askarlarining) hayotini saqlab qolgan "kichik yovuzlik"; Millionlab qurbon o'rniga yuz minglab qurbon afzal ko'rildi.

Endi bomba tashlanishiga "qarshi" pozitsiyani ko'rsak:
a) Yaponiya hukumati allaqachon taslim bo'lishga tayyor edi va diplomatik kanallar orqali tinchlik muzokaralarini boshlab yuborgandi. O'zi butun boshli alyans bilan kurasha olmasdi.
b) An'anaviy usullar ham foyda berishi aniq edi: dengiz blokadasi, odatiy bombardimonlar, shuningdek, Sovet qo'shinlarining Kvantung armiyasi ustidan g'alaba qozonishi - taslim bo'lishga yetarli sabab bo'la olardi;
c) Yaponiya har qanday holatda ham taslim bo'lardi, nafaqat atom bombasi, balki SSSRning urushga kirganligi bunda katta rol o'ynardi (ko'plab nufuzli yapon tarixchilari bu haqda yozishgan).

Albatta, an'anaviy, ya'ni yadroviy bo'lmagan bombalarning Tokioga tashlanishi yapon imperiyasini qo'rqitish uchun yetarli emasdi, lekin Qizil Armiyaning Manchuriya va Janubiy Saxalinga bostirib kirishi shuni ko'rsatardiki, endi muzokaralardan umid yo'q, ular oldida faqat taslim bo'lish varianti qolardi.

Har qanday holatda ham atom bombasi bu yerda ma'nosiz, asossiz, haddan tashqari shafqatsizlik edi, buni hatto harbiy jinoyat yoki insoniyatga qarshi jinoyat sifatida ko'rish ham mumkin.

Ammo tarix buni qanday qabul qilishni negadir har bir insonning o'ziga qoldirgandek, lekin shunisi aniqki, yadro quroli yangi dunyoni yaratilishi tamaltoshiga aylandi.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
#haqida

Avlodlar haqida

Hozir avlodlar to'g'risida qiziq narsa o'qib qoldim. Bir tasavvur qilib ko'ring, agar avlodlar taxminan har 25 yilda bir marta almashinadi deb hisoblasak, u holda Misr piramidalari qurilishidan bizni atigi 183 ta avlod ajratib turarkan.

Iso Masihning tug'ilishidan boshlab bor-yo'g'i 77 ta avlod almashgan. Muhammad (s.a.v) payg'ambardan keyin 55 ta avlod bo'ldi. Yevropa Uyg'onish davridan bizni faqat 28 ta avlod ajratib turibdi. Qo'shma Shtatlar esa atigi 9 ta avlod oldin tashkil topgan.

Umuman olganda, butun insoniyat sivilizatsiyasining bizga ma'lum bo'lgan tarixi 200 ta avlodga to'g'ri keladi.

Biz hozir foydalanadigan barcha narsalar - milliy davlatlardan tortib Internetgacha - yaqin o'tmish hosilasi xolos. Xullas, tarix siz o'ylagandan ko'ra ancha yaqinroq.

@panda_books
#reading

Kindle'da tungi mutolaa uchun uyqu oldidan Yual Hararining "XXI asr uchun 21 ta saboqlar " kitobi mutolaasini boshladim. Bitta bo'lim o'qib qo'ydim allaqachon. Uzoq vaqtdan beri "Must read" ro'yxatimda turgan kitob edi.

@panda_books
Adabiyotga kim nima bilan kirib kelgan?

(Payrov - andak hazil, andoq haqiqat)

Abdulla Qahhor adabiyotga qaychisi bilan kirib kelgan. Najmiddin Ermat ko‘k bo‘ri bilan. Murod Muhammad Doʻst o‘rkach-o‘rkach dasht-u dalalar oshib, Xurshid Davron Samarqandning minora-yu gumbazlarini orqalab, Xurshid Do‘stmuhammad “Jajman” bilan eski shahar bozorini oralab, Luqmon Bo‘rixon jaziramada cho‘l-u biyobon kezib, Isajon Sulton bitik toshlarni, Anvar Suyun esa Gʻo‘bdintog‘ni ortmoqlab kirib kelgan.

Erkin A’zam pakana oshiq, Yoʻldosh Eshbek yigʻlayotgan qiz, Nurilla Chori bir guruh qariyalar bilan adabiyotni zabt etgan.

Yana, O‘tkir Hoshimov adabiyotga tushda kirgan. Shuhrat shineli bilan, Shuhrat Orif Shuhrat Daryo bilan, Alisher Ibodinov olov bilan…

batafsil Oyina jurnalida chiqqan maqolada

@panda_books
Panda Books
#tarjima Ukraina okoplari ichra ikki hafta. "New Yorker" jurnalistining Donbassdagi janglar haqida ocherki Ko'p sonli muxlislar istagiga binoan va eng muhimi, o'zimga nihoyatda manzur bo'lgan urushga bag'ishlangan ocherkni o'zbek tiliga tarjima qila boshlaganimni…
#tarjima

Ukraina okoplari ichra ikki hafta. "New Yorker" jurnalistining Donbassdagi janglar haqida ocherki (2-yakuniy qism)

Nihoyat ushbu Ukrainadagi urush okoplarida turib yozilgan ajoyib ocherk tarjimasini nihoyaladim. O'zingiz baho berarsiz.

👉 1-QISM SHU YERDA

👉 2-QISMNI O'QISH UCHUN SHU YERGA BOSING

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
#sarhisob #iyul

Oy Sarhisobi.

Issiqda rosti kitob o'qish unchalik ham yoqimli mashg'ulot emas, shunday emasmi? Albatta, men majburan o'qiyotgan abituriyentlarni yaxshi tushunaman, o'zim ham bir paytlar shunaqa edim.

Shu sababdan bu oy 2 ta kitobni tugatish bilan cheklandim va ko'proq yozish, tarjima bilan shug'ullanishni ma'qul topdim. Bu oy sizda qanday o'tgani menga ham qiziq. Quyida esa an'anaviy tarzda oyning eng muhim va qiziq postlarini ulashmoqdaman.

♻️ Alessandro Barikko – "1900. Pianist afsonasi"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Alberto Moravia – "Rimlik ayol"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

Oyning eng qiziqarli postlari:

👉
Arzonga ketgan buyuk g'oyalar
👉 Amerika orzusi
👉 Jiddiy ishlaydigan jiddiy bo'lmagan falsafalar
👉 Asta piyodalab ketdim bir kuni...
👉 Kim edingu, kim bo'lding
👉 Choy yoki Tea
👉 Men o'qigan kitoblarimdadir dengiz...
👉 Tradurre e tradire
👉 Kanizani heyt qilgan bola va Nassim Taleb
👉 O'zbek non-fikshn janri
👉 Telegram Stories
👉 Zamonaviy siyosatdagi mastadonlar
👉 Oppengeymer
👉 Adabiyotga kim nima bilan kirib kelgan?

Yoqimli mutolaa!

Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
Forwarded from Bored Panda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eksklyuziv

Maktabda 1-sinfni bitirish arafasida an'anaviy tarzda o'tkaziladigan — Alifbe bayramingiz qanday o'tganini eslay olasizmi? Men esa juda yaxshi xotirlayman. Yaqinda roppa-rosa 20 yil to'libdi. Shu munosabat bilan chordoqda chang bosib yotgan videokassetalarimni raqamli formatga o'tkazdim. Ushbu ilk sahna chiqishlarimni sizlarga ham ulashgim keldi.

20 yil oldin Alifbe bayrami qanday o'tkazilgan, qaysi kuy-qo'shiqlar xit bo'lgan, videoni ko'rib bilib olishingiz mumkin. Shunchaki nostalgiya...

To'liq videoni YouTube kanalimizda tomosha qiling!

@boredpandablog
Buyoda qiziq ishlar bo'lyapti, Tutsi.

P.s: Manam ertalabdan uyda chiroq yonishini kutyapman.

@panda_books
​​#offtop

Baxtlilik darajasi

Qiziq infografika. 1972-yildan beri amerikalik erkaklar va ayollarning baxt darajasi tadqiq qilinibdi. Natija esa o'sha davrdan boshlab har ikkala jins vakillarining baxtlilik darajasi borgan sari pasayib boryotganini ko'rsatmoqda.

Rashev yozadi, "Ayollar har doimgiga qaraganda erkinroq, mustaqilroq, boyroq bo'lib, feminizm dunyoda hukmron mafkuraga aylanayotganiga qaramay, so'nggi 50 yil ichida ayollarning qoniqish darajasi barqaror ravishda pasayib bormoqda. Bunga turli sabablar bo'lishi mumkin. Ehtimol, ofis ishi, oilaning yo'qligi va jinsiy hayotdagi partnyorlarning ko'pligi ayol baxtining kaliti bo'la olmas."

Bunga men ham qo'shilaman. Masalan, Patriarxatga qarshi kurash yoki marketing, shou-biznes va mediada ayollarga ko'proq e'tibor qaratilishi Amerikadagi erkaklar baxtlilik darajasiga ta'sir etgandur. Bo'lishi mumkin. Bu holat nafaqat Amerikada, balki dunyo bo'ylab davom etyapti. Misol, butun tarix davomida erkaklik simvoli bo'lgan repperlar ham hozir ko'proq brutallikda BTSga o'xshash muloyim yigitchalarga aylanishgan. Go'zallik konkurslarida haqiqiy go'zallar qolib qandaydir ozchilik va sun'iylik vakillari tojni ilib ketyapti.

Xullasi kalom, oddiy qilib aytganda normal orientatsiyta, dunyoqarash va yumor hissi bor bo'lgan oddiy yigit va qizlar xuddi bu ajib dunyoda o'zlarini begonadek seza boshladilar. Absurdligi aniq mavzular ustidan muhokama yuritish tugul, fikr bildirish qiyin bo'lib qoldi, xazillar esa nihoyatda sayqallana boshladi. Ayollar esa negadur baxtiyor bo'la olishmayapti, negaligini men bilmayman.

@panda_books
Panda Books
#maqola Toma Sankara hayoti Ko'pdan beri maqola chiqarmay qo'ygandim. Chunki kirib o'qiydigan odam yo'q. Lekin bugun o'zimni hayron qoldirgan bitta voqeani bayon qilmoqchiman. "Biz ikkitasidan birini tanlashimiz kerak: yo ozchilik uchun shampan vinosi…
"Biz ikkalasidan birini tanlashimiz kerak: yo ozchilik uchun shampan vinosi, yoki hamma uchun ichimlik suvi"

Toma Sankara

"O'z do'sti tomonidan o'ldirilgan Prezident: Toma Sankara hayoti haqida"
nomli maqolamga ham 1 yil bo'libdi. Yaqinda shu kabi tarjima maqolalarimni video formatda ham tayyorlashni o'ylab turibman.

👉 Agar o'qimagan bo'lsangiz shu yerda


@panda_books
Men birrov shundoq tomosha qilishga...

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugün aramadım ama bilir o beni,
Çok uzaktayım ama görür o beni
Eve dönemedim ama bulur o beni
Bana acımadı ama sever o beni.

@panda_books
Lev Tolstoy kundaligidan:

"16-iyundan 19-iyulgacha.
Yozmayapman, o'qimayapman, o'ylamayapman".

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qozog'istonda o'qishga grantga kirganlar va ularning oila z'olarining buni bilgandagi ilk emotsiyalari ekan. Qanday ajoyib:)

Qani, bizdayam o'qishga kirgan omadli studentlar bo'lsa, sizlar ham shunaqa videolar jo'natingiz😊

Barchaga shunday quvonchli onlar nasib qilsin!

@boredpandablog
#reading

Hozir mutolaa qilayotgan qissamdan parcha.

***

"…Аna, kutubxona: yaqin orada katta «Kamaz» kelib, ha-amma kitobni opketajagini eshitgan qotma bir roʼdapo kutubxonachi ayoldan oʼsmoqchilayapti:
— …qayga opketadi?
— Qayga boʼlardi, makalaturaga-da asosan. Qolgan-qutgani tumandagi kollej-maktablarning kutubxonalariga.
— Makalaturada nima qilishadi?
— Tualet qogʼozi qilishadi, bumaga-a… Yetib bordimi?
— Yoʼq… Qanday?..
— Uf-f… Suv toʼla ka-atta hovuzga obborib toʼkiladi, kitoblar. Ilvirab, bir-biriga qoʼshilib ketar darajaga yetgandan keyin olib, qayta ishlashadi…

Roʼdaponing ranggi battar qochadi. Hovuzda xamirday koʼpchib yotgan kitoblarni koʼz ortiga keltiradiyu… oʼgʼrilashga tushadi, kitoblarni. Qavat-qavat kiyimlarining ichiga tiqib oʼgʼrilaydi, kamariga qistirib oʼgʼrilaydi, derazadan tashlab oʼgʼrilaydi… Qoniqmasdan, bir-ikki joʼrasiniyam iyartirib keladi, sheriklashib oʼgʼrilaydi. Orada kutubxonachiga pul ham uzatishadi, imi-jimida: «…kartochkadagi kitoblarimizni «qaytardi» qip qoʼysangiz?» Miyasida birgina xavotir: «…hademay “Kamaz” keladi, ulgurish kerak, ulgurish!» Ulgurmaydi. Oʼn mingtacha kitobni shu yoʼsin, qisqa vaqt ichi oʼmarib boʼlarmidi?

Oʼzicha kutubxonachini «sotvolib», kitoblarni «ulgurji» tashish payida qop ola kelgan roʼdapo kutubxona eshigida kallasiday qulf koʼradi. Kaftini pana qilib, derazalarga bitta-bitta bet bosadi. Xonalar boʼm-boʼsh, kitobning «k»siyam qolmabdi. «Qachon? Shuncha tezmi?..», oʼylari tugamay, kallasiday qulfga kalla qoʼyib, hiqqillayveradi-hiqqilayveradi. Аxir, u, maktabdagi oldi-qochdi «dars»lardan, odamni masxaralab et oladigan kimsalardan, oʼylagisiyam kelmay qolgan ertasidan, tirikchilik talotoʼplaridan… shu yerda — shu eshik ortidagina jon saqlardi-da;

@panda_books
#review #taqriz

🔰Sherbek Bobonor o'g'li - "Qora suyaklar" qissa

"Endi o’ylasam, meni ulg’aytirgan vaqt emas ekan — gap ekan.
Gap o’ldirmasin-da, ishqilib.
"

Sizga kichik savol, loyihamiz shiorini bilasizmi? Ha, zamonaviy mutolaa repertuari. Kanal biosida ham shunday yozilgan. Amalimiz yozganimizga mos bo'lsin deya sizga zamonaviy yozarmanlardan birini tanishtirmoqchiman.

"Qora suyaklar" qissasi Sherbek Bobonorning ilk asarlaridan biri. Biroq u shu vaqtga qadar hech qayerda chop etilmagan. Faqat Xurshid Davron saytida mavjud xolos (Saytning shu xislati menga manzur). Ammo allaqachon taniqli adabiyotchilar unga fikr bildirishga ulgurishgan. Masalan, Nazar Eshonqul qissa haqida iliq fikrlar aytgan. Ozroq tajriba qo'shilsa, yaxshi yozuvchi bo'lishiga umid bildirgan.

Sherbek qissasida o'zining uzoq davom etgan abituriyentlik (7 yil), talabalik va undan keyingi davrini esga oladi, oilasi shajarasidagi eng qiziq voqealarni tilga oladi, uni ijaraga qo'ygan xolani tasvirlaydi. Unda stilidagi gap-so'zlarda o'zbekona soddalik ufurib turadi. Xuddi Said Ahmad, O'tkir Hoshimov, Tog'ay Murod kabi xalq yozuvchilari uning yozgan sahifalaridan mo'ralab turgandek. Ya'ni ulardan ko'chirmaydi, balki esga soladi. Ayniqsa, dialoglar juda original, ularda shevalarni saqlab qolish usulini men doim qo'llab-quvvatlayman, bu qissani yanada tabiiy chiqishiga yordam beradi. Muallifning, ayniqsa, insonlarning tabiati va harakterini ochishdagi muvaffaqiyatli ishini e'tirof qilgan bo'lardim.

Kamchiliklariga kelsak, voqealarda izchillik va kulminatsion yechim ko'rinmaydi. Hikoya qanday boshlansa, shunday kutilmagan tugaydi. Negadur u asosiy gapini ayta olmagandek tuyuldi menga.

Eshitishimcha, muallif hozir viloyatlarning biridagi gazetada ishlaydi. Poytaxtdan ham, ijoddan ham chekingan. Essiz. Albatta, bu o'zining ishi, ammo nazarimda hali ham yozish uchun kech emas.

Zero, bizga zamonaviy yozarmanlar kerak. Adabiyotimizga kerak.

@panda_books
#reading

"Odamlar faktlar, raqamlar yoki tenglamalar bilan emas, balki hikoyalarga qarab fikrlaydilar. Hikoya qanchalik sodda bo'lsa, shuncha yaxshi. Har bir inson, etnik guruh yoki xalqning o'ziga xos afsona va afsonalari bor. XX asrda Berlin, Moskva, Nyu-York va Londondagi dunyo elitalari o'tmishni tushuntirish va butun dunyo kelajagini bashorat qilish uchun uchta ulug'vor konsepsiyani taklif qilishadi. Bular — fashizm, kommunizm va liberalizm edi.

Fashizm dunyo tarixini davlatlar o'rtasidagi kurash nuqtai nazaridan tushuntirib, dunyoni bir guruh odamlar boshqarib, qolganlarini kuch bilan bo'ysundirishini taxmin qiladi. Kommunizm tarixga sinfiy kurash sifatida qaraydi, kelajak dunyoni yagona markazlashgan ijtimoiy tizim sifatida ifodaladi, unda hamma uchun tenglik - inson erkinligi evaziga kafolatlanadi. Liberalizm esa jahon tarixida erkinlik va zulm o'rtasidagi kurashni ko'rdi va kelajakni ba'zi tengsizliklar evaziga markaziy hukumat tomonidan minimal nazorat ostida jamiyat a'zolari bilan hamkorligi sifatida belgiladi.

Bu uch mafkuraning to'qnashuvi Ikkinchi jahon urushi davrida o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqadi, buning natijasida fashistik loyiha barbod bo'ldi. 1940-yillarning oxiridan 1980-yillarning oxirigacha dunyo qolgan ikkita konsepsiya: kommunistik va liberallar oʻrtasidagi kurash maydoniga aylanadi. Kommunistik g'oya qulagandan so'ng, liberal ssenariy insoniyatning o'tmishi uchun asosiy qo'llanma va dunyoning kelajakdagi tartibi uchun ajralmas ko'rsatma bo'ldi - hech bo'lmaganda dunyo elitalariga shunday tuyuldi...

Biroq, 2008-yilgi global moliyaviy inqirozdan so'ng, turli mamlakatlar aholisi liberal mafkuradan umidsizlikka tushishdi. Devor va to'siqlar modaga qaytdi. Immigratsiya va savdo kelishuvlariga qarshilik kuchaymoqda. Demokratik deb hisoblangan hukumatlar sud tizimiga putur yetkazdi, matbuot erkinligini chekladi va har qanday muxolifatni sotqin deb atadi. Vengriya va Turkiya kabi mamlakatlardagi avtoritar rahbarlar liberal bo'lmagan demokratiyaning yangi turlarini sinab ko'rmoqda...

Boshqalar (to'g'ri yoki yo'q) esa liberalizatsiya va globallashuv "hammaning hisobiga juda kichik elitaga foyda keltiradigan katta firibgarlik" degan xulosaga kelishdi."

— Yual Harari, "XIX asr uchun 21 ta saboqlar"

@panda_books
Ilon Maskning yangi biografi Uolter Ayzekson milliarderning 37 m²lik uyini ko'rsatdi

"2020-yilda Mask 5 ta hashamatli xonadonini sotdi va SpaceX’ ijaraga olgan 37 m² modulli uyga joylashdi", – deydi Uolter Ayzekson o'z X'ida.

Uyning narxi $50 ming atrofida bo'lib, hozir Mask undan mehmonlarni kutib olish maqsadida foydalanmoqda. Uning o'zi va oilasi qayerda istiqomat qilishi hozircha noma'lum.

Eslatib o'taman, "Stiv Jobs" haqida avtobiografik bestseller muallifi hisoblanmish Uolter Ayzekson hozirda yangi "Ilon Mask" nomli kitobini taqdim etgan. Kitob Amazonda sotilyapti.

@panda_books