Nostalgiya
10-15 yoshlarimdagi kitobdan oladigan zavqimni, mazza qilib o'qib o'tirishlarimni sog'indim.
Badiiy adabiyotni yoshlikda o'qish kerak. Chunki hissiyotlar hali sof va yonib turadi.
📱 @panda_books

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir
Ertaga IBook kitob do'konida tantanali tadbirlar boshlanarkan. Tirilish nashriyoti kitoblariga chegirmalar va kitob taqdimotlari ham bo'lib o'tarkan. Esimda, kechagina ushbu kitob do'konining ochilish marosimiga borgandim, mana shunga ham 2 yil bo'libdi. Vaqtning tez o'tishini..Albatta, bu davrda IBookda ham katta ijobiy o'zgarishlar yuz berdi.
Ertaga bo'lib o'tadigan tadbirlarga meni ham taklif qilishdi, nasib qilsa yo'lingiz tushib o'tsangiz, nasib o'sha yerda ko'rishib qolarmiz😊

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#offtop
Ona tili
Kecha Qozog'istonda parlament saylovlari tugab, yangi deputatlar parlamentga saylandi va an'anaga ko'ra, qasamyod qabul qilishdi. Ammo bu marosim ko'pchilikda norozilik uyg'otgan holatlarga sabab bo'ldi. Video ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo'ldi.
Gap shundaki, parlamentda lavozimga kirishish uchun o'zi etnik qozoq bo‘lsa-da, ba'zi deputatlar qasamyodni o'z ona tili — qozoq tilida duduqlanib, to'xtab, grammatik xatolar bilan o‘qishdi. Faqat video oxiridagi millati rus bo‘lgan deputat qozoq tilida qasamyodni bexato o‘qidi, xolos.
Qo'shnilarimizda o'z ona tilini unutgan, mensimay qo'ygan va xatosiz gapira olmaydigan avlod shakllanib borayotganini o'zlari ham tan olishadi. Bu qanchalik xunuk ko'rinishini o'zimiz ham ko'rib turibmiz. Juda achinarli holat.

#reading
Shu kunlarda Jozef Kempbellning "Ming yuzli qahramon" kitobini audiokitobini eshityapman. Muhtasham asar.
Unda eng qadimgi davrlardan to yaqin davrlargacha bo'lgan jahondagi mif va afsonalarni keng o'rganib, qahramonning harakteri va motivlari keng yoritib berilgan.
2011-yilda "Mingyuzli qahramon" Time jurnali tasnifi bo'yicha eng influential kitoblar ro'yxatiga kiritilgan.

#review #taqriz
🔰Ilya Yablokov – "Rus fitna nazariyasi madaniyati"
Ingliz tilida fitna nazariyasi "Conspiracy theory" deb ataladi. Bunga barchamiz birdek duch kelganmiz. Ya'ni nazariyani ahamiyati shundaki, ma'lum bir odamlar guruhi o'z manfaatlaridan, ambitsiyalaridan yoki boshqa klanlar manfaatlardan kelib chiqqan holda alohida soha, davlat yoki dunyoni boshqara oladigan kuchga ega ekanligiga ishonishdir.
Qisqa qilib aytganda, ruscha "Теория заговора" – bu reallikni idrok qilish usuli bo'lib, undagi asosiy g'oya dunyoni yashirin kuchlar boshqarishiga bo'lgan ishonch ustiga quriladi.
Ushbu kitobda, Rossiya va postsovet mamlakatlari hududida keng yoyilgan fitna nazariyalari kelib chiqishi, sabablari va oqibatlari haqida gap boradi. Ayniqsa, oqibatlari juda muhim. Chunki 2000-yillarda asosan Kremlning antig'arb va rus madaniyatini saqlash g'oyasi ustiga qurilgan fitna nazariyalari, hozirda eng yuqori minbarlardan turib ham aytilmoqda. Bu esa siyosiy maydonda konspirologik paradigmalarning aholini nazorat qilishda kuchli richag bo'la olishini isbotlaydi.
Kitobda olgan uchta muhim xulosa shular:
1⃣ Siyosiy ambitsiyalar, korrupsiya, liberalizm, saylovlar umuman barcha-barcha ijtimoiy hayotda uchraydigan mavzular konspirologiya bilan chambarchas bog'liq. Ayniqsa, siyosat u bilan oziqlanadi va kerak mahalsa foydalanadi ham. Bundan ehtiyot bo'lish lozim.
2⃣ Qanchalik paradoksal bo'lmasin, har qanday fitna nazariyasining ilk elementlari eng avvalo, jamiyatdagi intellektual va ziyoli qatlam orasida dunyoga keladi. Fitna nazariyasi mualliflari hattoki mashhur olim, yozuvchi va siyosiy arbob bo'lishi ham mumkin. Bu esa unga qarshi kurashda juda katta mushkulot hosil qiladi.
3⃣ AQShda ham konspirologiya juda yaxshi shakllangan. Faqat uning Rossiya va postsovet davlatlaridan kichik farqi, uni yetishtirgan fitnachilar kamdan-kam hollarda yozuvchi, mashhur teleko'rsatuv boshlovchisi yoki deputat bo'lishi mumkin. Odatda fitna nazariyachilari populizmga moyil bo'lishadi va bu ularning jamiyat narrativlarini o'zgartirishda, ommani ma'lum masalalarga oldindan belgilangan prizmalar orqali qarashga undashga olib keladi. Misolz o'zimizda yuz minglab obunachisi bor bir talay fitna nazariyachilari borligi ham bu teoriyani tasdiqlaydi.
4⃣ Konspirologik nazariya hamisha ham quruq gapdan iborat bo'lmaydi. U ba'zan real fakt, sana va moddiyatga ega bo'ladi. Natijada, ularga qarshi kurashish aslida bu g'oyani yanada chuqurlashishiga sabab bo'lib qolishi mumkin.
Bu bir tomondan o'ta qiziqarli, boshqa tomindan nihoyatda qaltis mavzu hisoblanadi. Kitobdan o'zim uchun kerakli ma'lumotlarni bilib oldim.
P.s: Asar rus tilida. O'zbekcha varianti mavjud emas.
@panda_books

Bugun juda yomon xabar o'qidim. Dahshatli desa ham bo'ladi. Jim turolmaydi inson.
Buni shundoq o'tkazvormaslik kerak. Ayol-qizlar huquqi haqida gaplar, jinsiy zo'ravonlikka yo'q deyilgan bir paytda bu ish bo'lishi qabul qilib bo'lmasdir.
Jiddiy ko'rib chiqish kerak. Bu jazo chorasi esa juda uyatli.
📱 @panda_books
Bugun juda yomon xabar o'qidim. Dahshatli desa ham bo'ladi. Jim turolmaydi inson.
Buni shundoq o'tkazvormaslik kerak. Ayol-qizlar huquqi haqida gaplar, jinsiy zo'ravonlikka yo'q deyilgan bir paytda bu ish bo'lishi qabul qilib bo'lmasdir.
Jiddiy ko'rib chiqish kerak. Bu jazo chorasi esa juda uyatli.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Panda Books
#tadbir Ertaga IBook kitob do'konida tantanali tadbirlar boshlanarkan. Tirilish nashriyoti kitoblariga chegirmalar va kitob taqdimotlari ham bo'lib o'tarkan. Esimda, kechagina ushbu kitob do'konining ochilish marosimiga borgandim, mana shunga ham 2 yil bo'libdi.…
Bugun IBook kitob do'konida bo'lib qaytdim. Tirilish nashriyoti va IBook rahbari Amirxon bilan suhbatlashdik. Suhbat albatta kitoblar, kitobxonlar va yangi nashrlar haqida bo'ldi.
Nashriyotning yangi chop etilgan "Atirgul o'g'risi" kitobini sovg'a qilishdi. Men esa o'z navbatida ayolim uchun Adem Guneshning "Mahramiyat tarbiyasi", o'zim uchun "Buyuk Shaxmat taxtasi"ning yangi tahrirdan chiqqan nashri va Tosimasa Sotaning "Eng yaxshi dada" kitoblarini xarid qildim.
Aprel Panda Booksda shu tarzda boshlandi. Sizdachi?
📱 @panda_books
Nashriyotning yangi chop etilgan "Atirgul o'g'risi" kitobini sovg'a qilishdi. Men esa o'z navbatida ayolim uchun Adem Guneshning "Mahramiyat tarbiyasi", o'zim uchun "Buyuk Shaxmat taxtasi"ning yangi tahrirdan chiqqan nashri va Tosimasa Sotaning "Eng yaxshi dada" kitoblarini xarid qildim.
Aprel Panda Booksda shu tarzda boshlandi. Sizdachi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Bored Panda
#offtop
Hozir ishtiyoq topish juda qiyin. Yozishga, nimadir izlanishga. Kontent yaratishga.. O'z ishingdan qoniqish..Judalar qiyin.... har holda menda hozir shunaqa...
Hozir hamma xuddi ulkan ummondagi o'zining jajji orolchasida yashayotgandek tuyuladi. Hamma o'ziga kumir, ovunchoq topib olgandek. Auditoriyaning ko'nglini topish oldin nihoyatda mushkul bo'lsa, hozir deyarli imkonsiz. Har holda men shunday o'ylayman.
Men hozir o'zimda nima holat sodir bo'layotganini aniq tushuntirib berolmayman, lekin buni nimaligini bilaman. Chunki his qilayapman. Bu balki "ijodiy krizis"dir. Balki uzoq ishdan keyindi stress. Balki yana boshqa nima. Yo'q, kayfiyatim yaxshi. Ishtaham ham joyida. Sog'ligim ham bezovta qilmaydi. Ammo nimadir yetishmayotgandek.. nimadir bu eski ko'ngulga yetishmayotgandek...
Bilasizmi, oq-jigarrang gugurt qutichasidan gugurt cho'pini olib chaqsangiz, birdan "gurr" qilib yonadi va bir muddat yoritib turadiku?! Keyin esa asta-sekin gugurt cho'pining yonib tugayotgan qismidan olov pastga tusharkan, uni ushlab turgan kaftingizni kuydira boshlaydi. Va siz deyarli yonib tugagan gugurt cho'pini tashlaysiz. Ha, hozirgi holat ham shunga o'xshash. Buni ruschada "Синдром эмоционального выгорания" deb atasharkan. Balki men o'sha gugurt cho'pidirman. Yana yoqilishga muhtoj.
Ikki kundan beri miyada yuzlab o'y-xayollar.. Anton Ptushkinning eski videolarini ko'rayapman. Go'zal tabiatli joylarda uzoqdaligim battar ko'ngilni siqadi.
Balki bahor ta'sir qilgandur?
Hozir ko'ngildan chiqqanlarni yozib qo'yyapman. Shugina qalbga taskin beradi.. balki boshqa bir muddat yozmasman.. balki yo'q...
O'zingizni asrang, qadrli mushtariy!
imho.
Ps: offtop bu mashnaqa mavzudan tashqari dildagi gaplar degani, boya kimdur so'rovdi.
Pss: IMHO - in my humble opinion degani. Mening fikrlarim...
Imloviy xatolar uchun uzr, to'g'rilashga erindim...
📱 @boredpandablog

Ramazon oyi bir ma'noda shukr oyi hamdir. Men ham shukr qilaman
Xudoga ming shukrki, kasal emas, sog'lomman.
Yaratganga ming shukrki, aqli-hushim ham joyida.
Xudoga shukr, oilam tinch, uyimda hamma xotirjam. Sevganlarim bag'ridaman.
Allohga hamd bo'lsinki, ishim bor, moliyaviy tomonlama erkinman. Hech kimdan qarzdor emasman.
Yaratganga ming shukrki, farzandli bo'ldim, davomchim pahlavon o'g'lim bor.
Xudoga shukrki, qiyomatli do'stlarim bor va yaqinlarim ko'p.
Shukrki, tirikman.
Barchasi uchun Yaratgandan minnatdorman va doim qiyinchiliklarni kulib yengganman.
Aslida o'zim o'ylagandan ko'ra ko'proq narsaga ega ekanligimni anglatgani uchun ham Yaratgandan minnatdorman.
Meni tushungan va qo'llab-quvvatlab kelayotgan barchaga katta rahmat!
Kanal sizga arzimas bo'lsa ham nimadur bergan bo'lsa, shundan xursandman)
Ramazon muborak!

#sarhisob #mart
Oy Sarhisobi.
Mana bahor ham kirib kelgan oyda ham mutolaa va ijod davom etdi. Bu oyda eng esda qolarli voqea albatta, James Robinson bilan uchrashuv bo'ldi deyish mumkin. Ajoyib atmosfera. Shuningdek, bookbloger do'stlar bilan ko'rishdim, kitoblar o'qib tugatdim. Yangi mavsumga yangi rejalar tuzdim. Albatta, hali qiladigan ishlarim ko'p.
♻️ Jorj Oruell — "Molxona"
Taqriz 👉ko'k yozuvni bosing
♻️ Egil Byarnason — "Islandiya dunyoni qanday o'zgartirdi"
Taqriz 👉ko'k yozuvni bosing
♻️ Elis Manro — "Ijara ijodxona"
Taqriz 👉ko'k yozuvni bosing
Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 Norasmiy "o'zbek kitobxonlar kuni"
👉 Anime va mangalar
👉 Xorijiy agent
👉 Javlon Jovliyev
👉 Tolkin va kuch ishlatmaslik
👉 Nozik ip
Yoqimli mutolaa!
Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?
@panda_books
Instagram | Youtube | Tiktok

Siz ham men kabi butun umr davomida buyuk yozuvchi Lev Nikolayevich Tolstoyni faqat keksa paytini, uuzzun oppoq soqolli paytdagi rasmlarini ko'rgan bo'lsangiz kerak.
Bugun esa Tolstoyning yoshlikdagi rasmni ko'rib qoldim. Bu rasmda Tolstoy 20 yoshda. 1848-yil
@panda_books
Bugun esa Tolstoyning yoshlikdagi rasmni ko'rib qoldim. Bu rasmda Tolstoy 20 yoshda. 1848-yil
@panda_books
#youtube_tavsiya
Bilasiz, endilikda Youtube kontentlarni ham rivojlantirib borishga qaror qilganman. Mana shuning ilk qadamlarini kutib oling.
Bugun men sizlarga shafqatsiz dohiy, sobiq Ittifoq diktatori bo'lgan Iosif Stalinning dafn marosimi kinoxronikasidan qiziq bir lahzani hikoya qilib bermoqchiman.
Sizlardan yagona iltimos, Youtube kanalimga obuna bo'ling, layk va kommentlar qoldiring. Imkon qadar bizni qo'llab-quvvatlab tursangiz, juda minnatdor bo'lardim😊
Demak, havola quyida:
https://www.youtube.com/watch?v=HsWfeSNk_Fw

YouTube
STALINNING DAFN MAROSIMI VAQTIDAGI QIZIQ BIR LAHZA | PANDA BOOKS
Stalinning dafn marosimi kinoxronikasida qiziq bir lahza bor. Temir birikning parchalanashi haqida.
Bizni qo'llab-quvvatlash (Donat xizmati):
Uzcard: 8600 1404 4631 9619
Humo: 9860 6004 0137 6774
#kitob #Pandabooks #kitoblar
#kitob #Pandabooks #kitoblar…

Tarmoqlarni larzaga solgan oxirgi ikki voqea biri - Xorazmda va Sergelidagi suiqasd haqida ko'p gapirildi. Bu kerak ham.
Jamiyat haqiqatda rivojlanishi uchun unda eng avvalo tenglik bo'lishi kerak. An'anaviy konservatizm va liberalizm g'oyalari o'rtasidagi bahs, so'nggi yillarda jamiyatning diniylashuvi va shu bilan birga ta'limdagi kamchiliklar aslida bizning ko'pgina muammolarimizni ochib qo'ymoqda. Seriallarimiz qaynona va kelin muammolarini olib chiqsada, hayotda undan battarroqlari bo'lyapti.
Stereotiplar qizlarni oilaviy zo‘ravonlik va shafqatsiz munosabat qurboniga aylantiradi.
Istaymizmi yo'qmi, ta'limni rivojlantirmas ekanmiz, jamiyatda tenglik va liberal qarashlarini o'rnatmas ekanmiz, bunday mudhish holatlar ko'paygandan ko'paveradi.
UNICEF tadqiqot o'tkazgan. Unga ko'ra, O‘zbekistonda 18—19 yoshli o‘smir qizlarning 37 foizi erkak kishi ayolini gap qaytargani, ovqat tagiga olib ketgani, ko‘chaga so‘roqsiz chiqqani uchun kaltaklashini normal holat deb bilarkan. Tushunyapsizmi, axvol qanaqa darajada, biznikilar haliyam ancha narsani yashirgandur.
Men doim ta'kidlayman, bundan keyin ham aytaman: qizlarni o'qiting, ularga ta'lim olishlariga imkon yaratib bering.
Ayollarni o'qitmaslik kerak degan qarash absurd narsa. Buni faqat Tolibonlar tushunmaydi, xolos.

Manabu voqea👇 bo'yicha, rasmiy munosabat emish😁🤦♂
https://t.me/kunuz/65079
Birato'la "Ayb talaba qizlarda, nega qo'ygan yashirin kameramizni topib olib janjal qilishadi? Indamay yurishmaydimi?" deyishmabdi:))
Oldinroq sado-mazoxizm, victimbleyming (jinoyatda jabrlanuvchini o'zini ayblash)haqida yozgandim, manimcha endi ba'zi iflos fetishlar haqidayam yozaman shekilli.
Shame, shame, shame.

#tavsiya
Bookbloger Mahin yaqin 3 oylik “to read” ro’yxatini e'lon qilibdi. Keling men ham shunday ro'yxatimni bilan tanishtirsam:
👉 "Узкий коридор"
👉 "Latte omili"
👉 "Mazaxchini o'ldirish" (sekin o'qiyapman)
👉 "Тысячеликий герой" (audiokitob)
👉 "Spin dictators"
👉 "Qurollar, mikroblar va po'lat"
Siz ham ro’yxatingiz bilan bo’lishing.
📱 @panda_books
Bookbloger Mahin yaqin 3 oylik “to read” ro’yxatini e'lon qilibdi. Keling men ham shunday ro'yxatimni bilan tanishtirsam:
👉 "Узкий коридор"
👉 "Latte omili"
👉 "Mazaxchini o'ldirish" (sekin o'qiyapman)
👉 "Тысячеликий герой" (audiokitob)
👉 "Spin dictators"
👉 "Qurollar, mikroblar va po'lat"
Siz ham ro’yxatingiz bilan bo’lishing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Asaxiy Books" kitob loyihasi Xalq banki bilan hamkorlik shartnomasi imzolabdi. Endllikda Xalq banki Asaxiyning keyingi 20ta kitobiga homiylik qiladi.
Buni kitob olamidagi ijobiy holat deb baholash mumkin.
📱 @panda_books
Buni kitob olamidagi ijobiy holat deb baholash mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#review #taqriz
🔰Ilya Ilf, Yevgeniy Petrov — "O'n ikki stul"
"Hayot g‘oyat murakkab narsa, janobi maslahatchi to‘ralar, lekin murakkab bo‘lgani bilan sandiq kabi osongina ochiladi. Faqat kalitini topa bilish kerak. Kimki kalitini topolmasa, nobud bo‘ladi."
O'tkir yumoristik asar. Hozirgi til bilan aytganda intellektual sarkastik deyish mumkin. Kitob 1927-28-yillarda yaratilgan va hozirga qadar SSSR haqida o'qigan asarlarim orasida eng zo'rlaridan biri.
Syujetni qisqacha tushuntirsam, Ippolit Matveevich ismli sobiq dvoryan va Ostap Bender ismli uchiga chiqqan qallob yigitning hayot yo'llari kutilmaganda tutashib qoladi va ular katta boylik izidan yo'lga chiqishadi. Maqsad: Ippolit o'ziga meros qolgan oltin-javoxirlarni topish, u esa usta Gambs yaratgan nodir 12 ta stul ichiga yashirilgan edi. Ammo mebel qimmat bo'lganidan stullar donalab sotilgan va butun mamlakat bo'ylab tarqalib ketgandi. Bizning qahramonlarimiz, javoxirlarni qidirish asnosida mamlakatdagi bolsheviklarni hokimiyatga kelgan ilk yillaridagi Rossiyani ko'rsatib berishadi, turli joylardagi insonlarning hayotini ochiq-oydin tasvirlashadi.
Kitobni nega o'qish kerak?
Birinchidan, kitob bir emas, ikkita ajoyib did va ilm egasi bo'lgan insonlar tarafidan yozilgan. Tarixda bunday holat kam uchraydi. Ular nafaqat birga yozishgan, balki haqiqiy adabiyot gultojini yaratishgan. Qiziq ular qanday ijod qilishgan deysizmi? Ilf va Petrov hayotini yaqindan o'rgangan olimlar shunday xulosaga kelishganki, ulardan biri navbat bilan mashinkada yoki qo'lda yozib turgan, ikkinchisi xona bo'ylab yurib ovoz chiqarib gapirib turgan.
Qizig'i, kitob senzura uchragan, ammo nashr qilishdan to'xtatilmagan, uyoq-buyog'i o'zgartirilgan. Undagi yana bitta yutuq bu - qahramonlar aslida bosh antogonistlar hamdir. Ya'ni kitobda to'liq yaxshi va to'liq yomon qahramonlar yo'q. Ularning bari insonning ichida bo'lganidek, kitob juda tabiiy va qahramonlar ham yozuvchi xohlagani uchun emas, "voqeani o'zlari his qilib, harakatlanadilar".
Men kitobni maktab paytlari o'qib chiqqandim, albatta hozir qayta o'qisam, yana yangi nuqtalarni o'zim uchun kashf qilishim aniq. Umuman olganda, o'zini kitobxonman deb bilgan inson uchun shu kitobni o'qib chiqishni tavsiya qilaman.