Panda Books
5.74K subscribers
2.1K photos
410 videos
6 files
1.96K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
#nazm

Muhammad ummati molsiz bo‘lmasin,
Molsiz bo‘lsa, tuqqan qardosh yot bo‘lar.
Qochar og‘ang, ining, bo‘lmas xotiring,
Quvonar dushmaning, do‘sting mot bo‘lar.

G’arib, oyoqyalang – xordir, xashakdir,
Bir ma’raka bo‘lsa, o‘rni poygakdir.
G’ariblar ot minsa, oti – eshakdir,
Davlatlilar eshak minsa, ot bo‘lar.

Bir tilak tilasang, hojating bitmas,
Do‘sting ixlos bilan marhamat etmas,
Ma’rakada aytgan so‘zing joy tutmas,
Tinglamaslar, quruq so‘zing bod bo‘lar.

Kurash bir obro‘ydir, urush bir dastdir,
Kishini kamsitgan – o‘zi nokasdir,
Bir mo‘minni g‘iybat etmoq abasdir,
G’iybatchining qozongani o‘t bo‘lar.

Maxtumquli, shukr aylagil Xudoga,
O’lim barobardir shohu gadoga.
Besabr qul tez yo‘liqar baloga,
Sabrli qul bora-bora shod bo‘lar.

— Maxtumquli

@panda_books
#nazm

Bugun o'zbek adabiyotida ba'zilar tomonidan "Yo'qotilgan avlod" deya ta'riflanuvchi hozirgi kun shoirlaridan biri bilan tanishdim. Bek Ali *(*Begali Eshonqulov) o'z she'rlari bilan ko'pchilikka tanish bo'lsa kerak, men esa uni bugun o'zim uchun kashf qildim.

Doim mening adabiyotga boshqa sohadan kirib kelganim, aynan shoirlar bilan suhbatlarda bilinadi. Bu bir tomondan yaxshi, ularga chetdan obyektiv qarash imkonini beradi.

Eng yoqimli holat bu - shoir o'z she'rini ifodali o'qib berishi. Bugun mazza qilib eshitgan she'rimni sizlar bilan ham bo'lishmoqchiman.

ANGLASH

Ko‘zlar o‘sha, qoshlar o‘sha,
Sochli-sochsiz boshlar o‘sha.
Bahor o‘sha, ayvon o‘sha,
Qaytgan qaldirg‘ochlar o‘sha.

Tun zulmati o‘zgarmagan,
Oy tirishar, shamol yelar
Va eshikning tirqishidan
Kuz yo‘llagan sovuq kelar.

It ham o‘sha – akkillaydi
Keyin, yomg‘ir chakkillaydi.
Paypoq kiymay yurgan bola
Kechga borib kakkillaydi.

Qaytib kelar terimchilar,
Qizu o‘g‘lon, yoshu qari.
G‘iybatchilar, irimchilar
O‘sha-o‘sha, bari-bari...

Kuni bilan yulib-yulib,
G‘o‘zazorda javlon urib.
Hatto tabilchilar o‘sha –
Tarozidan urib-urib.

Osmon o‘sha, yer o‘shadir,
Yarim yuluq sheʼr o‘shadir.
Xotinining topgan pulin
Ichib qo‘ygan er o‘shadir(!)

Taqvim kunim sanayverdi,
Yurak unim sanayverdi,
Kunim tunim sanayverdi,
Unim-bunim sanayverdi.

Yoki so‘zga, yoki sizga,
Shahardagi oppoq qizga –
Boshqa boshqa, o‘zga-o‘zga
Oshiqligim sanayverdi.

Oh daraxtga do‘nmoqchiydim,
Hovlingizda unmoqchiydim.
Sizning o‘sha qalbingizda
O‘sha odam bo‘lmoqchiydim...

Ko‘zlar o‘sha, qoshlar o‘sha,
Hamon yuluq sochlar o‘sha.
Boy kun sayin boy bo‘ldi-yu
Hamda yupun ochlar o‘sha.

Siz o‘shasiz, men o‘shaman,
Alamimga dard qo‘shaman.
Hatto sheʼrda yangi so‘z yo‘q,
Hatto chumchuq ochmas burgut!

Avval cho‘g‘u keyin olov,
Minbarlarda maqtov-maqtov.
Qadam tashlab mayin-mayin,
Umr o‘tib ketar keyin.
Yashadingiz o‘sha-o‘sha
Sizni ko‘mar o‘shandayin
!

@panda_books
#nazm

Qani Bog‘ishamol kezgan yellaring,
Qirlarda kekkaygan qirg‘ovullaring,
Eslab ezilmasmu endi dillaring,
Nega yig‘lamaysan, ahli Andijon?..

Ming yillik chinorlar bo‘ldi-ku o‘tin,
Qoshu qabog‘inga to‘ldi-ku tutun,
Soyingda qoldi suving bir yutum,
Nega yig‘lamaysan, ahli Andijon?

Rizqu-ro‘zin sochib aylanar falak,
Sen esa dalangdan topolmay halak –
Bolanga berganing bitta handalak,
Nega yig‘lamaysan, ahli Andijon?

Nahoringda paxta, shomingda paxta,
Ayvoningda paxta, tomingda paxta.
Oqar og‘u bo‘lib qoningda paxta,
Nega yig‘lamaysan, ahli Andijon?

Qirq yil chorla, go‘rdan chiqmaydi Bobur,
Chiqsa ham bag‘ringga sig‘maydi Bobur.
Hindu quchog‘ida uxlaydi bObur,
Nega yig‘lamaysan, ahli Andijon?

Qayinzor qaʼridan uzildi bir o‘q,
Yurakda dog‘ qoldi, yurakda bir cho‘g‘,
Cho‘lponing bor edi, Cho‘lpon endi yo‘q.
Nega yig‘lamaysan, ahli Andijon?

Bulbulzabonlaring hazon yopdimi,
Dunyo ularning hech tengin topdimi,
Muhammad Yusufing shoir bo‘ptimi?..
Nega yig‘lamaysan, ahli Andijon?

- Muhammad Yusuf

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazm

Yaxshilar umriga o‘xshaydi fevral,
Nozik kurtaklarni uyg‘otar bir-bir,
Og‘ir kunda yonda turguvchi do‘stday,
Bahor yaqin deya, bergaydir sabr.

Yaxshilar umriga o‘xshaydi fevral,
Necha yuz yildirki kuni qisqa oy.
Ko‘klamga yetsin deb tezroq odamlar,
Ikki kunlik umrin kechgan hoynahoy.

O‘lmasbek Samarqandiy

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazm

Hamma odam bechoradan battar bechora,
Hamma odam yovuz, hammasi ojiz.
Bir odam bormi?
Aqalli bir... odam?
Savol sahrosida tentirar afsus.

Nafratlanay desang, g'aribdan g'arib
Yomon ko'ray desang, xaqir pashshadan.
Bor-yo'g'i non va shon qullari bari,
Ko'ngil to'lib ketar duddek g'ussadan.

Nafratingni yulduzga va suvlarga soch,
Umr o'tib borar davosiz...
...g'arib.
Yulduzlar nafratni tugar chiroyli
Hali ko'p yosh qalbga tutar qaytarib.

Nafratlanay desang
Bari...
G'aribdan g'arib.


Tillaniso

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazm #prayforturkiye

Unga

Bir zilzilalik joni bordir shaharlarning
Shoirlarning bir sevgilik umri bordir
Ayollarning qoʻrquvi bor
Bir unutilmoqdan...
Shaharlar zilziladan,
Shoirlar sevgidan,
Ayollar unutilmoqdan hayiqib oʻtar.

Zilziladan soʻng
Shaharda ne qolsa – oʻsha devordir
Sevgidan soʻng shoirda ne qolsa
Soʻzdir oʻsha
Unutilmoqdan keyin
Ayoldan ne qolsa,
Oʻsha sendirsan...


Oqshin Yenisey she'ri,
Mirzohid tarjimasi

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM