#iqtibos
— Men albatta, eshityapsanmi? Men albatta.., - dedi Ayiqcha. Tipratikan esa bosh irg'ab qo'ydi.
— Nima bo'lishidan qat'iy nazar, men albatta oldingga kelaman. Har doim yoningda bo'laman.
Tipratikan osuda ko'zlari bilan Ayiqchaga qarab, jim qoldi.
— Xo'sh, nega indamaysan?
— Men ishonaman! - javob berdi Tipratikan.
Sergey Kozlov, "Tumandagi Tipratikan".
@panda_books

— Bir xalq bor buyukligini sabr hamda azoblarga chidash kuchi bilan koʻrsatmoqda. Och qolsa ham, sovuqdan oʻlsa ham, yomon sharoitlarda yashasa ham, ahvolidan shikoyat qilmaydi, koʻnikadi.
Xalqning bunday sabrini hamma maqtaydi. Xalqning sabr va chidam kuchi diniy yuksaklik darajasiga chiqariladi. Zotan bu insonlar Hazrati Isoning yoygan dinini sabr va matonat diniga almashtirmadilarmi?
Snelman, xalqning koʻrsatishga majbur boʻlgan sabrini ilohiylashtirishlaridan qattiq nafratlanar va har ikki tomondan ham gʻazablanardi. Bor erkinlik, baxt va rohatliklarni faqat oʻzi uchun istagan, xalqqa esa yovvoyi yoʻqsillikni ravo koʻrgan va yoʻqsilliklarga chidashni nasihat qilgan yuqori sinf insonlaridan gʻazablanardi. Azoblarga koʻnikib, sabr qilgan va haqlarini talab qilish haqida oʻylamagan xalqqa ham gʻazablanardi. Xalqning tafakkur kuchidagi koʻnikuvchanlikka, hayotini moddiy va maʼnaviy nochorlik ichida davom ettirishga moslashganidan jahli chiqardi. Snelman jahli chiqqanida shunday baqirar edi:
— Milyonlab insonlar hayvonday yashayapti. Kir, nochor odamlar... Yagona oʻyi bor, bu ham oshqozonini toʻldirish.
Snelmannong gʻazabi susaygach, gapini shunday davom ettirardi:
— Ayb faqat xalqimizdami? Bu ularning omadsizligidadir.
Grigoriy Petrov, "Oq nilufarlar oʻlkasi. Finlyandiya"

Sichqon tuzoq haqida masal
Bir kuni sichqon ferma egasi u uchun tuzoq o'rnatayotganini payqab qoladi. Bu muammoni yechish uchun sichqon fermadagi boshqa hayvonlar: tovuq, qo'y va ho'kizga maslahat soladi. Ammo ularning hammasi bir ovozdan: "Sichqon tuzoq - bu sening muammoying, buni bizga hech qanday aloqasi yo'q!" deya javob berishadi va tarqalishadi.
Ammo biroz vaqt o'tgach, kutilmaganda o'sha sichqon tuzog'iga ilon tushib, fermerning xotinini chaqib oladi. Uni davolashga urinib, fermer xotini uchun tovuqni so'yib, sho'rva tayyorlatadi. Keyin kasal bekani ko'rishga kelganlar uchun qo'y so'yishib, taom tortiladi. Ammo muolajalar bari besamar ketib, ferma bekasi vafot etadi. Uning dafn marosimida esa mehmonlarni yetarlicha ovqatlantirish uchun ho'kizni so'yib yuboradilar.
Bularning barini devordagi teshikdan jimgina kuzatib turgan sichqon hech kimga aloqasi bo'lmagan narsalar haqida o'ylardi...
📱 @panda_books

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#iqtibos
Hayotda faqat ikkita muhim qaror bor - qayerga bormoq va o'zingiz bilan kimni hamroh qilmoq.
J. Gitomer