Panda Books
6.25K subscribers
2.14K photos
420 videos
6 files
1.99K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
Panda Books
Bookbloging trendga aylana oladimi? Yosh o‘zbek bukblogerlari bilan suhbat https://youtu.be/gBdOgVnVgkk Yanvar oyida bir guruh taniqli bookblogerlarni Kun.uz intervyuga taklif qilgandi. Telegramdagi eng katta o'zbek media platformasidan meni ham Panda Books…
#feedback

Intervyuga qisqacha feedback!

Bugun Kun.uzda berilgan ushbu suhbatni ko'rganlar va endi ko'rishni xohlaganlar uchun bukbloger sifatida o'z feedback'imni berib o'tmoqchiman.

Avvalo, nega videoda kuchli fikrlar yo'q deya fikr aytganlarning bildirgan argumentini uncha yaxshi tushunmadim. Albatta, bomba bo'lmadi, lekin menimcha, bookblogingning kelajagi va bizda kitobxonlik bilan bog'liq qanday muammolar haqida yaxshi gaplar aytildi. "Ожидание" katta bo'lganini yaxshi anglab turibman, lekin ular birinchisi uchun yaxshi uddalashdi.

Bizning kitobxonlik auditoriyamiz torligi, fikrlarimiz zaifligi va kitoblar sifati haqida konstrukiv tanqidiy fikrlar yangradi. Masalan, 24/7 ishlab turadigan kutubxonalarimiz yo'qligi, umuman kutubxonalar axvoli havas qilgudek emasligi aytildi. Bunga qo'shilmay sira ilojim yo'q. Men ham bir paytlar Milliy kutubxonaga (NatLib) kirishdagi byurokratiyani NASAga kirishga qiyoslagan bo'lsam, O'ktambek uni oltin koniga kirishga taqqoslab, ajoyib o'xshatish qildi. (Salom, Milliy kutubxona!)

Mahin doimgidek o'z stilida! Uning xorij tajribasi ya'ni ko'chalarga "kitob budkalari" o'rnatish g'oyasi menga manzur bo'ldi. Shuningdek, u kitob do'konlarimiz soni kamligini ham keltirib o'tdi. Mirzohidning fikrlashi ham juda ma'noli, ayniqsa, uning xuddi "Yosh kitobxon" tanlovi to'g'risida bildirgan qiziqarli fikrlariga qo'shilaman.

Quyida esa bukblogerlar tomonidan bildirilgan va qancha tez amaliyotga kiritilsa, shuncha yaxshi bo'ladi deb o'ylagan 3 ta fikrlarni keltirsam:

1) Bukblogerlar soni ko'payishi va kitobga targ'ibotda krerativ yondashishishi, shuningdek, endi ular hamma narsa haqida emas, ma'lum bir sohalariga ixtisoslashi lozimligi;

2) Xorijda bo'lgani kabi, bestseller qilishni istagan kitob nashriyotlari bukblogerlar bilan yaqin munosabatda ish olib borishi, yangi chiqadigan kitoblar dayjestini bukblogerlarga jo'natib turishi kabi;

3) O'zbek tiliga tarjima qilinuvchi kitoblar sonini oshirish, tarjimonlar va tarjima kitoblar uchun ko'ngillilar yoki davlat tomonidan moddiy ko'mak beruvchi fond tashkil qilish;

Intervyuda yana juda ko'plab yaxshi fikrlar yangradi. Ammo men uchun eng muhimlari mana shular bo'ldi. Qo'shimchasiga, oxirida barcha bittadan mutolaa uchun yaxshi kitoblar tavsiya qilishdi. Misol, menga Mirzohid tarafidan tavsiya etilgan, san-salvadorlik yozuvchi Orasio Moyyaning "G'azab" asariga qiziqdim va uni o'zimning Mustread ro'yxatimga qo'shib qo'ydim.

Xullas, ushbu intervyu borasida aytishni istaganlarim shulardan iborat edi.

izohlar uchun @pandabookschat
@panda_books
#feedback

"Human.uz"da chiqqan videoga qisqacha feedback

Kecha "Akademnashr" asoschisi, nashriyot egasi Sanjar Nazar bilan intervyu ko'pchilik e'tiborini tortdi.

Men videosuhbatni ko'rib chiqdim va u yerda bildirilgan kerakli fikrlarga to'xtalib o'tmoqchiman

Kitob sanoati bizda biznes sifatida to'liq shakllanmagan. Bu haqiqat, harid quvvatimiz juda past, istagan taqdirimizdayam yil davomida sanoqli kitoblar sotib olamiz;

QQS nashriyotlar ham to'lashni ijobiy va salbiy taraflari ko'rib chiqilgan. Menimcha QQS to'lash barobarida, hukumat bir qator imtiyoz va grantlar ajratishni ko'zda tutsa hammaga yaxshi bo'lardi;

Bizda fantast asarlar janri yo'q bo'lib bormoqda. Bu haq gap. Oxirgi mazza qilib o'qilgan fantast asarlarimiz ham marhum X.To'xtaboev davrida edi. Undan tashqari, bizga ko'plab dunyoda fantast janrida ijod qiluvchi yozuvchilar asarlarini tarjima qilishimiz lozim. Noshir aynan fantast asarlar yoshlardagi kreativlikni oshishida katta hissa qo'shishini aytib o'tgan;

Juda kam o'qiymiz. Bu gapdayam jon bor. Umuman olganda, meni kam o'qishimiz ham emas, balki keraksiz adabiyotlarni o'qishimiz tashvishga soladi. Hozirgi yoshlar asarlarni o'ta didsiz tanlashlari, duch kelgan asarni o'qib, yoqmagandan so'ng, kitobga bo'lgan mehri sovub ketishi yoqmaydi. Bu borada soatlab suhbatlashsa bo'ladi;

Sanjar Nazar chop etilishini kutayotgan 60-70 ta kitob ro'yxati doimo tayyor turishi haqida to'xtalib o'tdi. Hatto ba'zi asarlar chop etilishini yillab kutarkan. Masalan, Borxesning "Al-Muxtasimga yaqinlashuv" asari 10 yilda keyin nashr qilinganini aytadi. Har yili kamida dunyo bo'yicha bestsellerga aylangan minglab o'ta yangi kitoblarni tarjima qilib, nashr qilish lozim bo'lgan bir paytda bu juda achinarli holatdir;

Bizda qadriyatlar tizimini qayta isloh qilish lozim. Bunga ham to'la qo'shilaman. Avtomobil va hashamatli hayotga o'chlik nihoyatda xunuk oqibatlarga olib kelishini xalqimizga tushuntira olishimiz kerak. Bu eng kamida;

Bizda mualliflik huquqlari bilan bog'liq jinoyatlarga jazo qattiq emas. Birinchi navbatda mualliflik huquqini hurmat qilish insonning o'zini hurmat qilishidan kelib chiqadi. O'zini hurmat qilgan odam, boshqalar mehnatini ham qadrlaydi. Biz yaxshi fikrni ham haqini berib, sotib olishga o'rganishimiz kerak. Menimcha, bu fikrga ortiqcha izoh shart emas;

Bozorda kontrafakt (qalbaki) mahsulotlar soni juda ko'p. Yuqoridagi fikrga qaralsin.

Bizda turli xil nufuzli kitob mukofotlari tashkil qilish va buni an'anaviy yo'lga qo'yish lozim. Bu g'oya men doimo takrorlab keladigan va qat'iy istaydigan loyihalardan biri. Yozuvchi va nashriyotlar uchun bundan yaxshiroq rag'bat mavjud emas. Dunyo tajribasi shunaqa;

Xullas, shunaqa fikrlar aytib o'tilgan. Videoni quyida tomosha qilishingiz mumkin:
https://www.youtube.com/watch?v=glFngqipklY

@panda_books
#feedback

https://youtu.be/zyZAMR56mXY

peace.

Youtubedagi sayohat blogeri, ukrainalik Anton Ptushkinning ijodini diqqat bilan kuzatib boraman. Bugun u uzoq pauzadan keyin yangi video - Norvegiya davlati haqida 1 soatlik ijodini taqdim etdi. Hozir biror marta ham o'tkazmasdan to'liq ko'rib tugatdim. Hissiyotlarim top darajada! Salkam o'zim ham o'sha yoqlarga borib kelgandek bo'ldim. Chiroyli peyzajlar, ajoyib manzara va deyarli o'zligini saqlab qolgan tabiat...

Ptushkin Norvegiyaning eng boy va rivojlangan mamlakat ekanligini namoyish etdi. Na buzuq yo'llar, na zaif infrastruktura, na ta'limda muammo. Demokratiya shundoq ufurib turgan o'lka...

Qizig'i, Norvegiya doim ham shunday bo'lmagan. 1970-yillargacha O'zbekistonliklar norveglardan ko'ra so'zsiz boy yashashgan. Keyin bu yerdagi dengizdan neft topilgan. Ayni kunlarda Norvegiya dunyodagi eng katta neft eksporter davlatlardan biri. Bo'ldi ana ularda neft bor, bizda yo'q shuning uchun deya bahona izlashga shoshilmang. Davomini eshiiting. Lekin ular bu pullarni, boshqa o'zlariga o'xshash neft mamlakatlari, masalan Dubayga o'xshab megapolis va turli xil hashamatlarga sarflashmadi. Xalqqayam tarqatishmadi. Ular boshqa, mening nazarimda, eng oqilona yo'lni tanladilar.

Norvegiyada yashash qimmat. Oylik ancha yaxshi ekan, lekin turarjoylar narxi osmon (Bizni developerlar eshitmasin). Norvegiyadan neft oladigan qo'shni Shvetsiyada benzin narxi Norvegiyadan arzonroq(!!) Buni Norvegiya hukumati atayin qilgan, Ya'ni norveg xalqi yaxshi yashash uchun motivatsiya topishi va neft ham bir kun kelib tugashi hisobiga, faqat unga ishonib qolmaslikka qaror qilishgan. Ular neftdan tushayotgan pullarga "Milliy Pensiya (yoki Neft) fondi" tashkil etganlar. Jamg'arma balansida hozirgi kunga kelib deyarli 1 trillion dollardan ortiq mablag' bor. Bu dunyodagi eng katta fonddir. Pullar bankda shunchaki yotmaydi, bu fondni xalq saylagan maxsus tashkilot turli investitsiyalarga sarflaydi. Natijada fond mablag' oshib boraveradi. Hozirda jahondagi butun aksiyalarning 1.5% shu fondga tegishli va 5 millionlik aholiga bu pullar teng tarqatilsa, har bir norveg 220 ming dollardan oladi! Xullas, tasavvurga sig'maydi. Shunchaki fantastika.

Norveglar yana sport bilan jiddiy shug'ullanadi, sog'ligi haqida qayg'uradi, velik haydaydi, tabiatni o'ylab(!) elektromobil harid qiladi, neftda yuruvchi paroxod va boshqa transportlarni ham elektrga o'tkazmoqda. Dunyoning eng katta neft eksporter davlatida 95% energiya shamol va GESdan olinadi. Bungayam qanoat qilmasdan, tezlik bilan ular quyosh va geotermal issiqlik kabi tiklanuvchi energiyalarga o'tmoqda. Buyoqda yana dunyoga o'zining turistik qobiliyatlarinida ochmoqda. G'aroyib arxitektura, shaffof hokimiyat va ochiqko'ngil insonlar tufayli bu yurtga xorijliklar tashrifi yildan-yilga oshib bormoqda.

Xo'sh, bu hammasi nima uchun qilinyapti, bilasizmi? Chunki norveglar o'z Vatanlarini juda yaxshi ko'rishadi. Chin dildan, samimiy. Ular hech qachon o'zlarining aslida kim ekanligini unutishmagan. O'zlaridan kimnidir yasab olishmagan. Ular o'z Vatanlarini shu qadar samimiy sevishadiki, kimlargadir o'xshab faqat qog'ozda emas, balki amalda xalqi, millati uchun harakat qilishadi. Misol, tabiatni amaliy ishlar bilan asrashmoqda, maqsadlari bu go'zal diyorni keyingi avlodga beziyon topshirish.

Men norveglardan shuni o'rgandimki, bu yer, bu osmon, bu tabiat — faqat bizniki emas. Bizniki bo'lmagan ham. Bu hammaniki, jumladan, sendan keyingi avlodniki ham. Sen uni qanday qabul qilib olgan bo'lsang, undan ham yaxshiroq tarzda keyingi avlodga yetkazib berishing shart. Mana shunda sen Vataning oldidagi katta bir burchlaringdan birini bajargan bo'lasan.

Xullas, video ajoyib, g'oyalar ko'p. Barchaga tomosh qilishni tavsiya qilaman.

Men norveglarga shunchaki samimiy havas qildim. Ular buning hammasini qandaydir bir dunyoning bir chetida, olis Shimolda amalga oshira olgan ekanlar, Serquyosh janub o'lkasida ham bu kabi ishlar boshlanishidan umid qilib qolamiz.

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
Forwarded from Panda Books

#mundarija

Kanalda postlarni o'qish va topishni osonlashtiruvchi (#) heshteglar

#taqriz / #review / #feedback - Biror asarga yozilgan taqrizlarni oson topish uchun;

#tavsiya - Kanal muallifi tomonidan o'qish tavsiya etiladigan kitoblar ro'yxati uchun;

#sarhisob - Oy, mavsum yoki yil bo'yi mutolaa qilingan asarlarning ro'yxatini topish uchun;

#Youtube_tavsiya - YouTube videoxostingida ko'rish tavsiya etiladigan foydali kontentlar uchun;

#haqida - Biror qiziqarli mavzu haqida yozilgan postlar;

#list - kitoblar yoki foydali kontentlar ro'yxati;

#mutolaa - Ayni damda mutolaa qilinayotgan kitobdan iqtibos yoki parcha;

#newbook / #yangikitob - Panda Books tomonidan harid qilingan yoki sovg'a qilishgan kitoblar uchun;

#iqtibos - kitobdan iqtiboslar uchun;

#intervyu - Panda Books suhbatlari, podcastlari uchun;

#offtop - Kitob mavzusidan biroz tashqari sohalarga doir postlar uchun;

#longread - Uzuuun yozilgan katta postlaaaar;

#KitobMukofotlari - Dunyoning nufuzli kitob mukofotlari haqida ma'lumotlar uchun;

#bookstores - Ajabtovur kitob do'konlari haqida chiroyli fotolar va ma'lumotlar

#maqola - birorta kattaroq qiziqarli mavzu haqida maqolalar

#nazm - she'riy postlar

#tarjima - kamina tarjima qilgan postlar

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
https://youtu.be/0-UtZ2F1UBE

Kishi tushkunlikka tushib qolishini ko'rish menga juda og'ir. Ayniqsa, u senga yaqin bo'lsa. Garchi g'oyibona bo'lsa ham...

Kanalimdagi ashaddiy mushtariylar yaxshi bilishadi. Men travel-bloger Anton Ptushkin muxlisiman. Uning kontentini yaqindan tanishtirish uchun bir necha #feedback lar ham yozganman. Kuni kecha u o'z "YuTub"ida yuqoridagi videoni qo'ygach, negadir uni ochgim kelmadi. Ko'nglim sezardiki, u xayrlashmoqchi.

Ammo agar men u videoni ko'rmasam, u o'z qaroridan qaytadigandek, biroz kutdim. Lekin yo'q. Baribir bugun Ptushkinning murojaatini tomosha qildim. Nihoyatda samimiy va ta'sirli. Uning vatani Lugansk. Hozir Kievda yashaydi. Va u yerda urush.

U yaqin orada hech qanday sayohat to'g'risida videolar qilmasligi va bu loyihani tark etishini bildirganda juda achindim. Urush nafaqat vayronagarchilik olib keladi, balki ziyoli qatlamni, ilm-fanni, ta'limni yo'lini to'sadi. Bundan ko'rib turibsizki, butun insoniyat zarar ko'radi.

Paradoks shundaki, Anton aynan rus tilida kontent yuritar, asosiy muxlislari ruslar edi. Endi ruslar kabi biz ham dunyo ko'rish uchun kamdan-kam imkonimizni ham yo'qotyapmiz. Bu juda achinarli.

Balki bir kun kelib, Ptushkin yana ijodga qaytar... lekin endi boshqa sayohat va boshqa Anton bo'ladi...

Dunyoda tinchlik bo'lsin!

peace.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
#mundarija

Kanaldagi postlarni o'qish va topishni osonlashtiruvchi (#) heshteglar.

#taqriz / #review / #feedback - Biror asarga yozilgan taqrizlarni oson topish uchun;

#tavsiya - Kanal muallifi tomonidan o'qish tavsiya etiladigan kitoblar ro'yxati uchun;

#sarhisob - Oy, mavsum yoki yil bo'yi mutolaa qilingan asarlarning ro'yxatini topish uchun;

#Youtube_tavsiya - YouTube videoxostingida ko'rish tavsiya etiladigan foydali kontentlar uchun;

#haqida - Biror qiziqarli mavzu haqida yozilgan postlar;

#list - kitoblar yoki foydali kontentlar ro'yxati;

#mutolaa - Ayni damda mutolaa qilinayotgan kitobdan iqtibos yoki parcha;

#newbook / #yangikitob - Panda Books tomonidan harid qilingan yoki sovg'a qilishgan kitoblar uchun;

#iqtibos - kitobdan iqtiboslar uchun;

#intervyu - Panda Books suhbatlari, podcastlari uchun;

#offtop - Kitob mavzusidan biroz tashqari sohalarga doir postlar uchun;

#longread - Uzuuun yozilgan katta postlaaaar;

#KitobMukofotlari - Dunyoning nufuzli kitob mukofotlari haqida ma'lumotlar uchun;

#bookstores - Ajabtovur kitob do'konlari haqida chiroyli fotolar va ma'lumotlar

Yana bir necha heshteglar ham bor edi. Lekin nazarimda eng muhimlari shulardan iborat.

Heshteglar orqali bookblogimiz bo'ylab sayohat qilishingiz yanada osonlashadi degan umiddaman!

Panda Books oilasi bilan qoling!

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
#feedback #offtop

14-may kuni "SUBYEKTIV" loyihasida soxta "biznes-trener"lar mavzusi olib chiqildi. Menimcha, orangizda ko'pchilik tomosha qilishga ulgurdingiz, shundaymi? Memlar tarqalib ketdi, katta muhokamalar bo'ldi, Men esa kecha yana bir bor ko'rib chiqdim. Jamshidxon Ziyoxonov nafaqat haqiqiy trenerlarni aniqlashda, balki umuman biz medianing ulkan maxinatsiyalar panoramasida ko'zdan qochiradigan detallarni qanday topish haqida qiziqarli tarzda so'zlab beradi.

U yerda ta'kidlangan muhim tezislarni o'zim uchun belgiladim.

1️⃣ Axborotni filtrlash.
Kim nima desa ishonib ketish, zamonaviy hayotda ko'p pand beradi. Ular sizga nima yoqishi va nimaga ko'proq ishonishingizni yaxshi bilishadi va bundan zo'r foydalanishadi. Demak kimnidir treningiga katta pul to'lashdan oldin, uning o'tmishi haqida qiziqib ko'ring. Balki barcha axborot ham aslidek emasdur.

2️⃣ Dangasa bo'lmang, kitob o'qing.
Bizga tegishli joyi. Juda ko'p motivatorlar aslida bundan ancha oldin yozilgan klassik adabiyotlardan olingan hikoyalarni zamonaviylashtirib sizga qimmatga sotadi, xolos. Ya'ni kitoblarda tekin turgan narsani sizning dangasalingiz tufayli kimgadir pul to'lab eshitishingizga to'g'ri keladi. Ularga qancha kitob o'qishga erinsangiz, shuncha yaxshi.

3️⃣ Faktcheking
Faktlarni tekshirish. Jamshidxon Ibrohim ismli trener o'z treninglarida maqtangan biznesi qurilish kompaniyasi haqidagi xabarni misol qilib ko'rsatadi. Videoda u o'zlarini katta qurilish kompaniyasi deb tanishtirgan "Ibro Best" qurilish kompaniyasi haqiqatda bor-yo'qligini tekshiradi. Buning uchun katta qidiruv ham lozim bo'lmaydi. Bir soatcha internetdagi ma'lumotlarni tekshirish va ularga qo'ng'iroq qilib bog'lanish. Tamom. Kalavani uchi topiladi.

Soxtalik. Aslida bu muammo faqat biznesda emas. Ikkita kitob o'qib, o'zini psixologman, bookblogerman deb yurganlar son mingta. Hayotingiz bittagina kitob mutolaasidan keyin yaxshilanib qolmaydi.

Videoda aytilganidek, "har qanday muvaffaqiyatga sabr, o'z ustida ishlash, mehnat va iroda orqali erishiladi".

Videoni ko'rmagan bo'lsangiz, tomosha qilishga arziydi. Ko'rgan bo'lsangiz siz ham o'zingiz uchun xulosa qildingiz deb o'ylayman.

https://www.youtube.com/watch?v=O9XTWHUW7qQ

imho.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
#Youtube_tavsiya #feedback

Istanbul dream

"Subyektiv"chi Jamshidxon Ziyoxonov bu safar Turkiyaga sayohat qilibdi. Yevropa va Osiyo o'rtasidagi ko'prik bo'lmish Istanbul shahriga.

U yerda o'zbeklar taqdiri, hayot tarzi, qiyinchilik va imkoniyatlari menimcha ko'pchiligimizni qiziqtirsa kerak. Oddiy insonlar yaxshi hayot izlab musofirlikdagi turmushlari bilan bo'lishibdilar.

Istanbulda ham jannatmakon emasligi, har qadamda qiyinchiliklar borligi va ayniqsa bizdan farqli iqtisodiy inqiroz qattiq ta'sir qilgan davlatda yashash osonmasligini ochiq namoyish qilishibdi. Lekin shunday sharoitlarda ham o'z baxtini topa olgan hamyurtlarimiz borligini ko'rib xursand bo'ldim. Ammo kuruch kurmaksiz bo'lmaganidek, hech qanday aldovlarsiz, aslida fohishalik qilishini bilib, anglab, shunga rozi bo'lib boradigan qizlar ham ko'pligini bilib achindim.

Videodan o'zimga 3 ta subyektiv xulosa oldim:

1️⃣ Har qanday joyning o'z toshu-tarozisi bor. Agar o'z ilmingiz, salohiyatingiz va sabringizga ishonsangiz, bu chellenjlarni qabul qilib yashab keta olasiz. Nafaqat Turkiyada, balki butun dunyoda.

2️⃣ Turkiyada ayollarga erkaklardan ko'ra ishlar ko'proq topilarkan. Zero, odam bitta o'zi borganidan oilaviy ko'chib borib yashaganda ancha qulayroq bo'larkan. Unda ham chidab yashay oladiganlar.

3️⃣ Istanbulda ta'lim sifati va yaxshi dam olish imkoni yuqoriroq. Ta'limda korrupsiya yo'q deyishdi. Hech pulingiz bo'lmasa ham, shundoq dengiz bo'yiga chiqib, mazza qilib dam olishingiz mumkin ekan. Mana shu joyi Toshkentdan keskin farq qiladi.

Albatta, videoni ko'rishni tavsiya qilaman, o'zingiz ko'rib xulosa chiqarishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=zFPb55Y7ixg

IMHO.

@boredpandablog
Panda Books
Hozir mana kitob o'qib o'tiribmanu, xayolimda faqat bitta gap aylanyapti: "Kimdir soqqa qivotti hozir!" Mirshakarning konsertini ko'rganlar tushundi😁 @panda_books
#feedback

"Bizda 7 xil moshina, 152 xil osh bor."

Mirshakar stendap san'atidagi eng qiyin yo'lni — intellektual yumorni tanlagan. Undagi ba'zi xazillarni tushunish uchun biroz o'ylash ham talab etiladi.

Xazillarga mazza qilib kuldim. "Mani didimdan ko'ra, molni didi muhimroq ekan" yoki "insonlar ichida bitta maraz odamcha yashidi" kabi xazillarida ijtimoiy hayotda uchraydigan, ammo biz e'tibor bermaydigan mavzularga qo'l urilgan.

Ammo kitob o'qishga, umuman bilim olishga targ'ib etilgan oxirgi epizod juda manzur bo'ldi. Unda nima uchun harakat qilish kerakligi ta'sirli berib o'tilgan.

O'zi xazillarini bir yig'ib chiqmoqchi edim, keyin boyagi maraz odamcha chiqib aytib qoldi: "Ey, nima qilasan yig'ib, odamlar o'zi kirib eshitvoladi!" dedida, ketdi.

Tavsiya qilaman. Yoqimli tomosha!

@panda_books