"Eng og'ir haqorat - bu siz hech qanday yomonlik qilmagan kishi tomonidan aytilgan haqoratdir."
"Eng yaxshi maqtov - bu siz biror yaxshilik qilmagan kishi tarafidan bildirilgan maqtovdir."
— Abu al-Faraj bin Horun
@panda_books

Mirzohidning ba'zi tarjima she'rlarini miriqib o'qiyman. Quyida shulardan biri:
Oqshin Yenisey
Unga
Bir zilzilalik joni bordir shaharlarning
Shoirlarning bir sevgilik umri bordir
Ayollarning qoʻrquvi bor
Bir unutilmoqdan...
Shaharlar zilziladan,
Shoirlar sevgidan,
Ayollar unutilmoqdan hayiqib oʻtar.
Zilziladan soʻng
Shaharda ne qolsa – oʻsha devordir
Sevgidan soʻng shoirda ne qolsa
Soʻzdir oʻsha
Unutilmoqdan keyin
Ayoldan ne qolsa,
Oʻsha sendirsan...
Mirzohid tarjimasi

#motivation
U har kuni erta tongdan temiryo'l vokzalidagi ishiga yetib kelardi. Ishi oson emas: kirib kelgan poyezd vagonlarini bir-biriga sterjen bilan birlashtirish. 12 soatlab davom etadigan og'ir mehnatdan keyin, yana sekin uyiga qaytardi. Ammo qanchalik charchagan bo'lmasin, uyda xobbisiga aylangan mashg'ulotga kirishardi.
Uning juda sevadigan ishi - bu musiqa yozish bo'lib, uch yil oldin, 17 yoshida, ilk marotaba musiqaga qiziqa boshlagandi. Birorta musiqa oliygohida o'qimagan bo'lsa-da, qiziqishi kuchlilik qildi. Youtubedan videolar ko'rib, oz-ozdan o'rgana boshladi. Uyidagilar boshida unchalik xushlashmadi, oldin o'qishini tugatishi kerakligini aytishdi. Ammo keyinchalik uni bezovta qilmay qo'yishdi.
U esa oldingidek har kuni ishga qatnar, og'ir jismoniy mehnatdan keyin, uyida kompyuter oldiga o'tirgancha, musiqa yozish bilan band bo'lardi. Bundan hech qanday moddiy manfaat kelmasa-da, u bu ishni chin ko'ngildan bajarardi. U shunday kayf olardi.
Bir kun mashq qilish maqsadida, bitta uncha mashhur bo'lmagan amerikalik repperning ashulasini olib, unga remiks yozishga qaror qildi. Bunga uncha ko'p vaqt ketmadi: ikki yarim soatda remiks tayyor bo'ldi. Eshitib ko'rishlari do'stlariga jo'natdi. Do'stlari zo'r chiqibdi deyishdi. Hammasi shundan keyin boshlandi.
Tez orada remiks ijtimoiy tarmoqlarda aylana boshladi. Bu ashula tez orada odamlarga yoqib qoldi. Musiqaga raqsga tusha boshlashdi. Trek haqiqiy trendga aylanib ketdi. Eshitishlar bo'yicha u ketma-ket barcha rekordlarni ura boshladi. Yil so'ngida esa ushbu remiks dunyoning eng nufuzli mukofotlaridan biri "Gremmi"ni ham yutdi.
Remiks nomi "Roses" (Atirgullar), muallifi esa Imanbek ismli qozoq yigiti edi. Qozog'istonning Aksu degan kichkina shaharchasida yashovchi va temiryo'lda oddiy signalist bo'lib ishlaydigan 20 yashar yigitchani endilikda butun dunyo tanirdi.
U bu ishni mashhurlik, boylik orttirish yoki boshqa maqsadni ko'zlab qilmagandi. Remiksi trendga aylanganini ham keyinchalik bilgandi. Imanbek shunchaki o'z sevgan ishi bilan shug'ullanardi, xolos. Omad va mashhurlik esa uning yoniga o'zi kelgandi.
Biz ham hayotda doimo mana shunday katta mukofot va olqishlarga erishishni xohlaymiz. Lekin ba'zida bunga erishishga yordam beruvchi oddiy haqiqatni unutib qo'yamiz. Biz nimaiki ish qilarkanmiz, unga agar o'z sevgimiz va qalb qo'rimizni bersak, unda bundan nimadir chiqadi. Shunda hammasi o'xshaydi. Bunga yuqoridagi hikoya misoldir.
good luck.
P.s: post Roses remiksi ohanglari ostida yozildi.

"Dunyoga mashhur zamonamiz yozuvchilari"
Rukni XIX soni
Jon Kexo
Avvalgi sonlarda
Frederik Bakman // Kazuo Ishiguro // Markus Zusak // Erlend Lu // Xaruki Murakami // Giyom Musso // Nil Geyman // Joan Rouling // Jojo Moyes // Den Braun // Paolo Koelo // Gregori Roberts // Yuval Xarari // Mixail Zigar // Xolid Husayniy // O'rhon Pamuq // Mark Menson // Devid Attenboro
Jon Kexo - bu shaxsiy rivojlanish bo'yicha kanadalik murabbiy va filantrop. U o'zining psixologik motivatsiyaga qaratilgan kitoblari bilan mashhur bo'lgan.
To'liq maqola quyida:
👇👇👇
https://teletype.in/@boredpandawriter/Jon_Kexo
o'qish davomiyligi 3 daqiqa.

Klassik adabiyotni, hoov o'sha maktab paytlarida o'qituvchimizdan qo'rqib, majburan yodlangan darslik sifatida emas, balki tuganmas ilhom manbai sifatida qabul qilish yaqin-yaqindan, universitetda birinchi kurs davrlaridan paydo bo'ldi. Aslida klassikani yigirma besh-yigirma olti yoshlarda (va ba'zan hatto undan keyin) sevgi yoki undagi syujet uchun emas, balki ba'zan maktab o'quvchisi tushunishi imkonsiz bo'lgan falsafa uchun ham o'qish lozim.
Shekspir, Gyote, Dikkens yoki Pushkin asarlarini o'qiyotganingizda, qalbingiz tub-tubidan yangi gorizontlar namoyom bo'ladi. Ular sizga kundalik hayot tashvishlaridan qochishga, ma'rifiy rivojlanishga va adabiyotning eng yaxshi namunalari bilan tanishishga imkon beradi.
Mumtoz adabiyot - bu ishdan qattiq charchab kelib, miya dam berishda, dolzarb muammolar haqidagi qarashlaringizni qayta ko'rib chiqishga va ba'zan hayotni qabul qilishga yordam beradi. Bir so'z bilan aytganda:
everyone should read classic books.

Dangasalik sindromi
Sermahsul va mutolaaga boy o'tgan Mart va Aprel oylaridan so'ng, lanj va sust boshlangan May hayotimga kirib keldi.
Tashqarida 32 daraja issiq, odamlar jaziramadan panaga qochayotgan ushbu kunlarda stolim ustida turaverib zerikkan Remarkning "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q" romani 11 kunda 200 varaq o'qilibdi. Bu kuniga 18 varaqdan degani.
Bunga work atalmish tirikchilikni ham qo'shsak, vaziyat yanada oydinlashadi. Xullas, bu turg'unlik bizni Suvaysh kanalida tiqilib qolgan Ever Given kemasi misol yomon holatga tushirib qo'ydi.
O'qilishini kutib turgan "Aka-uka Karamazovlar", Ishiguroning "Не отпускай меня"si, Josef Stiglitsning "Buyuk bo'linish" va boshqa ko'plab asarlar javondan turgan joylaridan menga yomon qarash qilishyapti.
Xullas, bu dangasaligim o'tib ketishini kutyapman. Sizlardachi, sizda nima gaplar?
P.s: Rasmda o'qilishini kutayotgan asarlarimning bir qismi(

Zamon tez o'zgaryapti, tendensiyalar kuniga almashmoqda, texnologiyalar inson hayotiga shiddat ila kirib kelmoqda. Ammo bir foydali odat hozircha o'z qadrini yo'qotganicha yo'q.
Bu ham bo'lsa kitob mutolaasidir. O'zingizga yoqqan kitobni o'zingiz istagan vaqtda o'qishdan sira chekinmang. Kitoblar sizning ojizligingiz emas, eng qadrdon do'stingizdir. Kitobxonlik esa poyga emas, shaxsiy o'sishdir.
Kanaldan foydali nimadir olayotgan bo'lsangiz, shu mening uchun katta mukofot.
Kitob o'qing, ishoning bu shunga arziydi!

Fridrix fon Xayek qarashlari: totalitarizm muhitida ijod va shaxsiyat
Fridrix Xayek - taniqli faylasuf, iqtisodchi, huquqshunos, siyosatshunos, Nobel mukofoti sovrindori.
U tarafidan yozilgan mashhur "Познание, конкуренция и свобода" asaridan muhim bir qismini o'zbek tiliga qo'ldan kelgancha tarjima qildim.
Yoqimli mutolaa!
Link👉https://teletype.in/@boredpandawriter/Fridrix_fon_Xayek
O'qish davomiyligi: 5 daqiqa

Teletype
Fridrix fon Xayek qarashlari: totalitarizm muhitida ijod va shaxsiyat
12.05.2021
Barcha moʻmin-musulmonlarni kirib kelayotgan Ramazon hayiti bilan chin dildan muborakbod etaman!
"Albatta bizning tomonimizdan go'zal (manzilat-martaba) berilgan zotlar yana o'shalar (jahannamdan) uzoq qilinurlar"
(Anbiyo surasi, 101-oyat)
Olloh taolo sizu bizlarni o'shalardan qilsin. Bizlardan ham sizlardan ham amallarimizni qabul aylasin!
Bayram barchangizga qutlug' bo'lsin!

Forwarded from Panda Books
Panda Books tarafidan ba'zi kitoblarga yozilgan Taqrizlar (Feedback)
📕 Gabriel Garsia Markes — "Oshkora qotillik qissasi"
📗 Javlon Jovliev — "Qo'rqma"
📘 Gustav Lebon — "Omma psixologiyasi"
📙 Frensis Skott Fitzjerald — "Buyuk Getsbi"
📕 Uilyam Golding — "Pashshalar hukmdori"
📗 Mixail Bulgakov — "Ityurak"
📘 Gregori Devid Roberts — "Shantaram"
📙 Mark Menson — "Beparvolikning nozik san'ati"
📕 Uilyam Poundstone — "Голова как решето"
📗 Mixail Bulgakov — "Usta va Margarita"
📘 Iogann Volfgang Gyote — "Yosh Verterning iztiroblari"
📙 Malala Yusufzoy — "Men Malalaman"
📕 Jerom Selindjer — "Javdarzordagi xaloskor"
📗 Stiven Xoking — "Murakkab savollarga oddiy javoblar"
📘 Aziz Nesin — "Futbol qiroli"
📙 Xans Rosling — "Factfulness"
📕 Aleksandr Dyuma — "Graf Monte Kristo"
📗 Jan Pol Sartr — “Dovga tikilgan”
📘 Yevgeniy Zamyatin — "Biz"
📙 Grigoriy Gorin — "Gerostratni unutish"
📕 Gabriel Garsiya Markes — "SSSR: birorta Koka-kola reklamasisiz 22 400 000 kvadrat kilometr"
P.s: post to'ldirib boriladi.

#newbook #yangikitob
Toshkentdagi eng qimmat kitob do'koniga borganim haqida
Poytaxtumizda bitta bookstore bor. Toshkent Цум oldida "Книжный мир" degan. Bugun o'sha yerga bordim. U yerga kitoblar chet eldan, asosan, Moskvadan keltiriladi. Original va go'zal nashrli kitoblar. (Tepadagi videolar aynan o'sha yerda olindi)
Anchadan beri o'zim borib, aylanib yurib kitoblar sotib olmayotgandim. Polkalar bo'ylab sayr qilish va kitoblarni saralash - har qanday kitob jinnisi uchun eng yoqimli mashg'ulotlardan biri bo'lsa kerak.
Demak, bugun nimalar harid qildim:
1. Mark Avreliy "Meditation" (Наедине с собой)
Qadimgi rim imperatorining aforizm va iqtiboslar to'plami. Unda hayotda qo'llash o'ta foydali bo'lgan fikrlar keltirib o'tilgan. Menimcha, shaxsiy rivojlanish uchun juda asqatadigan asar. Narxi 45 ming.
2. Ameli Notomb - "Метафизика труб"
Mashhur fransuz adibasining qisman avtobiografik syujetga ega ushbu kitobini impulsiv tarzda sotib oldim. Birinchidan, kitobning nomi qiziq tuyuldi, ikkinchidan, muqovasi chiroyli ekan. Va yangi yozuvchilar bilan tanishishga doimo ochiq bo'lganman. Qolganini kitobni o'qib bo'lgach, so'zlab beraman. Narxi arzon ekan: 15 ming.
3. Ayn Rend - "Атлант расправил плечи"
Ha, uni sotib oldim! (Tepadagi videoga qaralsin) Bu kitobni mutolaa qilishni deyarli ikki yildan beri niyat qilib yurardim. Va bugun chiroyli muqovada to'liq 3 tomini ham sotib olishga qaror qildim. Narxiga uzoq vaqt ikkilanib o'tirmadim. Muhimi kitob shunga arziydi. Shu bilan hayotimda sotib olgan eng qimmat tomli kitoblarim ham shu bo'ldi. Narxi esa 285 ming. Xullas, "Nimadan o'ldi?" desalar, "Kitobga bo'kib o'ldi" deysizlar😅
Odatda kitoblarimning narxlarini ochiqlamayman. Ammo sarlavhaga eng qimmat kitob do'koni deb yozganimdan keyin, kishilar u yerdagi narx-navo bilan qiziqishlari tabiiydir. Haqiqatda narxlar qimmat, lekin kitob sifatini o'zingiz ko'rib turibsiz. Keyin tanlov ham ancha keng.
Bu reklama emas, kitob do'koni bu uchun bir tiyin bermaydi ham. Shunchaki men o'z haridlarimdan nihoyatda mamnun bo'ldim. Xullas, kitob javonimni yangi kitoblar bilan boyitdik.
Kunim shunday o'tdi. Sizdachi?
P.s qo'shimchasiga bookmarklar va tungi yulduzlar xaritasini ham sotib oldim.