Forwarded from Ichimdagi isqirt odam (MMMDAA)
Kecha suhbatda "o'zbek kitobxonining qarashlarini o'zgartiruvchi 3 ta kitob ayting" deb savol bergandik. Jasurbek aka Eljernon bilan qaysidir kitobni ayttida uchinchisiga kelganda ancha o'ylanib qoldi. Shunda Dostoyevskiy yoki Tolstoydan aytvoring degandik zo'r gap aytti. "Dostoyevskiy yoki Tolstoydan o'qiydigan kitobxonning qarashlari o'zgarib bo'lgan bo'ladi" shu gap yoqdi menga.
Keyin bir fikrni aytolmay qoldim. Mavzular o'zgarib ketti. 3-4 yildan keyin o'zbek yozuvchisi yozgan antiutopiya o'qiymiz degan tahmin bo'ldi suhbatda. Agar rostan ham 3-4 yilda o'zbek yozuvchisi yozgan antiutopiyani o'qiy olsak bu bugungi kundagi so'z erkinligi illyuziya emasligini isboti bo'lardi. Ya'ni agar bugungi kundagi so'z erkinligi illyuziya bo'lmasagina biz 3-4 yildan keyin antiutopiya o'qiymiz demoqchi edim)
Suhbatni yozvolingan variantini 2-3 kunda eshitishingiz mumkin.

Panda Books
#GiftFromPandaBooks 8-Mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan Panda Booksning obunachi ayol-qizlariga sovg'a sifatida 3 ta ajoyib kitoblarni sovg'a qilishga qaror qildik! Tanlovda faqat qizlar ishtirok etishlari lozim! Tanlov shartlari esa…
96, 52, 30
G'oliblar menga botdan yozishlari so'raladi.

Bugun Yevgeniy Zamyatinning “Biz” antiutopiyasini o'qib tugatdim. Nasib qilsa, kitob haqida ertaga batafsil taqriz yozishga urinib ko’raman. Hozircha esa asarda menga manzur bo’lgan eng yaxshi iqtiboslarni o’qib turishingiz mumkin:
“Tilning soniyaviy tezligi har doim fikrning soniyaviy tezligidan bir oz sekinroq bo'lishi kerak, hech ham aksincha emas.”
“Kulgu - bu eng dahshatli qurol: kulgi bilan hamma narsani o'ldirish mumkin, hatto qotillikni ham."
“Qo'rqasan - chunki u sendan kuchliroq, nafratlanasan - chunki qo'rqasan, sevasan - chunki uni bo’ysundira olmaysan. Axir, faqat bo’ysunmas narsani sevish mumkin.”
“Insonni jinoyatdan saqlashning yagona usuli - bu uni ozodlikdan mahrum qilishdir.”
“Bilim, qaysiki uning benuqson ekanligiga mutlaqo amin bo’lganing - bu e’tiqod.”
“Axvolingiz chatoqku! Aftidan, sizda qalb paydo bo’libdi.”
“Sababi, hech kim “bir” emas, balki “...dan biri”. Biz shunchalik bir xilmizki…”
“Aytishlaricha, har yuz yilda bir marta ochiladigan gullar bor emish. U holda nega ming yilda bir marta - o'n ming yil ichida bir marotaba gullaydiganlari bo'lmasligi kerak. Ehtimol, biz bu haqda hozirga qadar bilmasmiz, chunki bugun aynan o’sha ming yilda bir marta keladigan fursatdir.”
“Agar biz ularga matematik jihatdan benuqson baxt keltirayotganimizni tushunmasalar, u holda bizning burchimiz — ularni baxtli bo’lishga majbur qilishdir.”
#zamyatin #biz
@panda_books

#taqriz #kitob
Zamyatin, Biz va Matematik baxt
Doimo antiutopiyani "mazza qilib o'qidim" deb aytadiganlarni eshitsam, g'alati bo'laman. Chunki bu janrni o'qiganlar (tushunib, albatta) asarning munosibligini ta'riflash uchun hech ham bu jumlani ishlatmagan bo'lishadi.
D-503 raqamli inson (ular o'zlarini "numer" deb atashadi) va u yashaydigan Yagona Davlat haqida hikoya qiluvchi asarni mutolaasidan so'ng, ko'pgina o'ylar qurshovida qoldim. Zamyatinlashdim. Uning tafakkur olamini tushunishga, qanday qilib mutlaq baxt va mutlaq ideal jamiyatda yashay olmasligimizni o'yladim. Asar so'nggida esa bunga javob topgandek bo'ldim
Tasavvur qiling, siz oynali uyda yashaysiz. Mutlaq akvarium. Qolganlarning uyi ham shunday. Barcha bir vaqtda ishga boradi, qaytadi. bir vaqtda uxlaydi. Kunida faqat ikki soatgina Shaxsiy Soatingiz bor. Turmush qurish va bola ko'rish taqiqlangan. Shu yerda jinsiy munosabatlar masalasIda Oruell, Xaksli va Zamyatinni taqqoslab ketadigan bo'lsak, Oruellning Uinstoni uchun ayollar bilan yaqin munosabatlar doimo ta'qib ostida bo'lsa-da, uylanish taqiqlanmagan edi. Xakslida esa bu borada o'ta erkin tanlov ilgari surilgan. Zamyatin "Biz"ida esa jinsiy munosabatlar uchun maxsus Byurodan oldindan tanlab berilgan numer nomiga pushti talon olingan holdagina qovushish mumkin. Va bu jarayon akvariumda pardalarni tushurib qo'yish rasman mumkin bo'lgan yagona holat edi. Umuman olganda, barcha antiutopiyalarda bu kabi munosabatlar doimo nazorat ostida bo'lgan.
Yuqoridagi iqtiboslarni o'qigandan keyin tushungan bo'lsangiz kerakki, Yagona Davlat o'zlarini inson komilligining cho'qqisi deya e'lon qilishadi. Matematika va fizika eng yuqori darajaga olib chiqiladi. Insoniyatni aniqlik va matematika qonunlari baxtli qila oladi deya hisoblashadi.
Yagona Davlat tuzumi bo'yicha aslida - avtoritar. Ya'ni uni yagona rahbar — Valine'mat boshqaradi. Mamlakatda har yili o'tkaziladigan saylov kuni bor. U 10 daqiqalik Sukunat davri bilan boshlanadi va bir ovozdan Valine'matni qayta saylash bilan tugaydi. Unga va tuzumga qarshi chiquvchilarni esa Qo'riqlovchilar Byurosi ta'qib qiladi, bir paytlar nasistlarda bo'lganidek Gaz kamerasida qiynashadi va oxirida Valine'mat Mashinasi esa yo'q qiladi. Bularning bari odamlar manfaati uchun, ularning baxti uchun qilinadi deya oqlanadi.
Asardagi voqealarni biz D-503 qo'lyozmalari orqali bilamiz, unda I-133 nomli jasur va isyonkor ayol, 0-90 nomli qonunga xilof bo'lsa-da, bola ko'rishga urinayotgan ayolni uchratamiz. I-133 bular hammasi aslida cho'pchak ekani, odamlar bu taxlit yashamasligi lozimligi, Yagona Davlat yaratgan Yashil Devor ortida ham boshqa insonlar yashab qolganini ta'kidlaydi.
Esingizda bo'lsa, Oruell "Hayvonlar fermasi"da hayvonlar shamol tegirmoni qurishdek o'ta ulkan, balandparvoz va amalga oshishi utopik bo'lgan maqsad uchun kurashsa, "Biz"da numerlar numeri Valine'mat hammani ulkan havo kemasi yulduzlararo "Integral" yaratishga jalb qilgan. Undan maqsad boshqa sayyoradi yovvoyilarga numerlar erishgan yutuqlarni yetkazishdan iboratdir. “Agar biz ularga matematik jihatdan benuqson baxt keltirayotganimizni tushunmasalar, u holda bizning burchimiz — ularni baxtli bo’lishga majbur qilishdir.” deyiladi kitobda. Nahot rostan shundaymi? Biz kimnidir majburlab baxtli qila olamizmi?
Shuni tushunish lozimki, inson hech qachon mukammal bo'la olmaydi, mutlaq komil bo'la olmagani kabi komil jamiyat qura olmaydi ham. Mutlaq komillikka erishish Xudoga ham xush kelmaydi. Ko'rinishimiz, boshqa ko'plab jihatlarimizdan bir-birimizga o'xshashimiz rost. Ammo aslo bir xil emasmiz. Bu borada numerlar adashadilar. Biz Olloh tarafidan ichki dunyomiz turlicha qilib yaratilganmiz.
Zamyatinning "Biz" antiutopiyasi — insonning mutlaq tenglikka urinishlari, aslida o'zini-o'zi aldashdan boshqa narsa emasligi, bu kabi g'oya hayotda Sobiq Ittifoq misolida barbod bo'lganini isbotlaydi.
P.s: Nasib qilsa, kitob yaqin oylar ichida o'zbek tilida chiqadi. Bu bo'yicha ishlar allaqachon boshlab yuborilgan. Agar men kabi rus tilida o'quvchilar bo'lsa, kitob mana shu yerda.

Eng sevimli qahramoningiz kim?
#chellenj
https://t.me/bookerberg/493
https://t.me/kitobxorr/4333
Men uchun doimo qahramon deyishga munosib obrazlar ko'p bo'lgan. Ulardan alohida 3 tasi ajratib ko'rsatsam, bular:
1. Jey Getsbi, "Buyuk Getsbi" (F.S. Fitzjerald)
2. Edmon Dantes, "Graf Monte-Kristo" (Aleksandr Dyuma)
3. Tatyana, "Yevgeniy Onegin" (A.S. Pushkin).
Sizning eng sevimli obrazingiz (qahramoningiz) qaysi?

#kitob #taqriz
✅ Grigoriy Gorinning "Gerostratni unutish" pyesasiga yozgan reviewim
Qirol farmoni: "Barcha Gerostrat haqida unutsin! Uni eslash taqiqlanadi!"
Bugun mashhur rus ssenariynavis Grigoriy Gorin tomonidan 1974-yil yozilgan "Gerostratni unutish" pyesasini maroq bilan o'qib chiqdim. Asar haqida batafsil quyida.
Tasavvur qiling, ertalab uyg'ondingiz va bildingizki, Parijdagi mashhur Eyfel minorasini kimdir kechasi buzib tashlabdi. Dahshatga tushasiz, to'g'rimi? Keyin tabiiyki, buni kim qilganligiga qiziqasiz. Uzoq o'tmishimizda esa shu kabi voqea allaqachon sodir bo'lib o'tgan. Orangizda ko'pchilik bu voqeadan xabardorsiz, albatta. Tarix kitoblarida o'qigansiz. Agar eshitmagan bo'lsangiz, unda quloq soling.
Miloddan avvalgi IV asrda yunonlarning Efes shahrida joylashgan ulug'vor Artemida ibodatxonasi kutilmaganda noma'lum shaxs tarafidan yoqib yuboriladi. O'z davrining eng zo'r ustalari mehnati evaziga 120 yil davomida qurilgan ushbu majmua bir kecha ichida kulga aylanadi. Afsonaga ko'ra, hattoki uning qurilishida ma'budaning o'zi me'morlarga yordam bergan ekan. Ibodatxona shunchalik buyuk ediki, uni dunyoning qadimiy 7 ta mo'jizasi qatoriga kiritishgan. Butun dunyodan ko'plab odamlar ma'budaga sig'inish va insoniyat me'morchiligining buyukligidan hayratda qolish uchun Efes shahriga to'planishardi. Aytishlaricha, ushbu afsonaviy maqbara ming yillar davomida saqlanib turishi mumkin edi, lekin baxtga qarshi u faqat yuz yilgina turdi. M.a 365-yilning mudhish bir kechasida Efes shahrida yashovchi Gerostrat ismli 32 yoshli savdogar Artemida ibodatxonasini yoqib yuboradi. So'ngra qo'lga olingan Gerostrat bu ishni amalga oshirishdan maqsad — o'z nomini tarix zarvaraqlarida abadiylashtirish ekanligini ta'kidlaydi.
Shunday qilib, noname Gerostrat tezda mashhurlikka erishadi, holbuki u yaxshi ish qilmagan bo'lsa ham. Ushbu asarda, biz aslida voqealar shu taxlit yakun topmagani va qadimiy dunyoning eng buyuk terroristik aktining boshqa qiziqarli tafsilotlarini bilib olamiz. Eng qizig'i, Gerostrat o'z nomini abadiylashtirishga urinishida odamlarning o'zlari unga katta yordam berib yuboradilar.
Ya'ni Efes shahri podshohi Gerostratni unutish haqida farmon chiqaradi. Tabiiyki, bu narsa uni battar mashhur qilib yuboradi. Ruhoniylar esa uni qatlini kechiktirishni, ya'ni unga ma'budaning o'zi jazo berishini aytishadi. Xalq esa jazosi qolayotgan mahbus haqida unutish o'rniga, uni mish-mishlarini butun dunyoga yetkazishni boshlashadi. Natijada bu vaqtdan foydalanib, qamoqda o'tirgan Gerostrat yanada mashhur bo'lib boradi. Bu orada uning dong'i shahar malikasi Klementina qulog'iga ham yetib boradi. Shunda u Gerostrat yoniga hufiyona tashrif buyurib, qatl oldidan undan bu jinoyatni malikaga bo'lgan muhabbati uchun qilganini aytishini so'raydi. Shu orqali malika ham o'z nomini abadiylashtirmoqchi edi. Gerostrat o'zini bunga rozi bo'lgandek qilib ko'rsatadi va buning evaziga malikadan u bilan birga tunni o'tkazishini talab qiladi. Shon-sharafga o'ch malika esa nafsi yo'lida zino qilishga ham rozi bo'ladi. Keyinchalik bundan xabar topgan shoh uni saroydan badarg'a qiladi. Shu-shu Klementina - shaxsiy mashhurligi uchun barcha axloq normalarini buzishga tayyor yengiltak va kaltafahm ayol-qizlar obrazi bo'lib qolgan. Undan tashqari, bu yerda oqil va kuchli sudya Kleon obrazi ham bor. Ammo uning sog'lom qarashlari afsuski mutaasiblik va kaltafahmlikga qarshi kurashda yengib chiqa olmaydi va u Gerostrat yaratgan tuzoq oldida ojiz qoladi.
Xullas, bu asar o'zining intriga boyligi, o'zida ulkan ma'no to'qnashuvlari qamrab olganligi bilan ajralib turadi. Gerostrat aslida insoniyatga chaqiriq yo'llagan va inson yomon nom bilan ham tarixda qola olishi mumkinligini isbotlab berishni oldiga maqsad qilib qo'ygan kimsa obrazidir.
Asarni o'qib chiqarkanman, ushbu tarix voqeaga bo'lgan qarashlarim tamomila o'zgarib ketdi. Yaxshisi, o'zingiz bu pyesani o'qib chiqing. Mana shu yerda. Tavsiya qilaman.
#gerostrat

Panda Books pinned «#taqriz #kitob Zamyatin, Biz va Matematik baxt Doimo antiutopiyani "mazza qilib o'qidim" deb aytadiganlarni eshitsam, g'alati bo'laman. Chunki bu janrni o'qiganlar (tushunib, albatta) asarning munosibligini ta'riflash uchun hech ham bu jumlani ishlatmagan…»
- "Balki uning ibodatxonani yoqishiga qaysidir go'zal ayolga bo'lgan javobsiz va otashin muhabbati sabab bo'lgandir", - xitob qildi malika Klementina.
- "Otashin, kuchli muhabbat tufayli ulug'vor maqbaralar bunyod etiladi. Aslo vayron qilinmaydi", - javob berdi sudya Kleon.
G.Gorin. Gerostratni unutish

"Botanik" degan nom olishdan qo'rqib, kitob o'qimaydiganlarga achinaman.
P.s: "Botanik" - 1. "ko'p kitob o'qib olim bo'p ketma" degan kamsituvchi ma'noga ega jargon. 2. Ko'p kitob o'qiydigan inson.

#antik #adabiyot
Navbatdagi mutolaa uchun tanlagan asarim rimlik tarixchi va reformator Gay Sallyustiy Krispning to'liq ijodiyoti bo'ladi. Ayniqsa, uning buyuk sarkarda va davlat arbobi Gay Yuliy Sezarga yo'llagan ikkita xati birinchi navbatda e'tiborim markazidadir.
Unda Sallyustiy Sezarga ishonch bildirib, fuqarolar urushidan xarob axvolga kelgan davlatni qayta tiklash, rim xalqiga ozodlikni qaytarish, qanday hokimiyatni boshqarish kerakligi borasida juda qimmatli maslahatlar berib o'tgan.
Uning uslubi o'ziga xosdir. Ya'ni u barcha ma'no cho'zmasdan qisqa va lo'nda bayon etishi bilan boshqalardan ajralib turgan. Hatto tarixga uning uslubi "Sallyustiycha lo'ndalik" nomi bilan kirgan.
Undan o'zimga kerakli bilimlar olishimga aminman. Asarlar bilan tanishib chiqishni xohlovchilar uchun kitobni shu yerda qoldirdim.

Asaxiy books yaqinda aksiya e'lon qilgandi. Unga ko'ra agar 3 ta va undan ko'p kitob buyurtma qilsangiz, dostavka tekin.
Unda buyurtmachi bitta bo'lishi talab etilgan. Ko'rib turganizdek, men 3 ta kitob buyurtma qildim, ammo 3 ta manzilga dostavka qilishni so'radim (bular mening tanlovimdagi g'oliblar uchun). Ular bunday qilolmasligi va dostavka pulini to'lashimni aytishdi.
Holbuki, reklamada bunday qoida yo'q edi. Ya'ni ular qoidasi buzmadim va 3 ta kitob zakaz qildim, qayerga buyurtma qilish aytilmagandi. Xullas, oxiri menga Asaxiy hodimlari audiosmsda buni "detalno" tushuntirishdi. Ochig'i shuni, reklamada shuni detalno tushuntirishsa, bunday tushunmovchilik bo'lmasdi.
Mayli, shunaqa gaplar.

#GiftFromPandaBooks formati o'zgaradi!
Umuman endi tanlovlarni tasodifiy tanlash (random) orqali o'tkazish fikridan ko'ra ma'lum asar haqida yoziladigan eng yaxshi taqriz uchun sovg'a berishga qaror qildim.
Shunda haqiqatda bilimga intiluvchi, kitobga bo'lgan muhabbati kuchli va kanaldagi har bir postni e'tibordan qoldirmaydigan insonlar taqdirlanadi deb o'ylayman.
Kanalga bo'lgan loyallik g'olibni aniqlashda hisobga olinadi.
Fikr-mulohazalar bo'lsa yozib qoldiring.

Bir safar kioskda men "Pravda" gazetasining birinchi sahifasida sarlavhasi katta harflar bilan yozilgan 8 ustunli maqolani ko'rib qoldim. Buni ko'rib "urush boshlangan bo'lsa kerak" deb o'ylabman. Keyin bilsam, o'sha sarlavhada “Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risidagi hisobotning to‘liq matni” deb yozilgan ekan.
Gabriel Garsia Markes, "SSSR: birorta Coca-cola reklamasisiz 22 400 000 kvadrat kilometr!"
@panda_books
Gabriel Garsia Markes, "SSSR: birorta Coca-cola reklamasisiz 22 400 000 kvadrat kilometr!"
@panda_books
#bookstores
"Ajabtovur kitob do'konlari"
Librairie Ptyx, Belgiya
Agar siz kitob do'konlari - shunchaki kitoblar harid qilinadigan zerikarli joy deb hisoblasangiz qattiq adashasiz. Endilikda Panda Books sizlarga #bookstores heshtegi orqali sizdagi barcha stereotiplarni o'zgartirib yuboruvchi kitob maskanlari bilan tanishtirib boradi.
Bugun sizlarga Bryusseldagi "Librairie Ptyx" (Ptiks kutubxonasi)ni ko'rsatmoqchiman. Do'konga kirmasingizdanoq, bu oddiy kitob do'koni emas, balki haqiqiy san'at asari ekanligiga amin bo'lasiz. Ichkarida dunyoning eng yaxshi bestseller asarlari sotilsa, bino tashqi devorlarida esa ularning mualliflariga o'ziga xos hurmat-e'tibor ko'rsatilgan.

#kitob #tavsiya
Top-10 Eng Yaxshi Fantastik asarlar ro'yxati
Men ushbu janrni yoshligimda nihoyatda miriqib o'qirdim. Katta bo'lgan sari fenteziga deyarli vaqt topa olmayapman. Shunga qaramasdan, fantast janrida men mutolaa qilgan eng yaxshi kitoblarni sizlar bilan bo'lishmoqchiman.
Demak, Panda Books tavsiya etadi:
1. "Odam-amfibiya", Aleksandr Belyayev
Argentinalik doktor va jarroh Salvator oʻgʻli Ixtiandr umrini saqlab qolish uchun unga akula jabrasini beradi. Tajriba muvaffaqiyatli yakunlanadi, ammo Ixtiandr endi okeandan tashqarida uzoq payt yura olmaydi, aksar vaqtini suvda oʻtkazishga majbur boʻladi. Marvarid ovchisi Pedro Zurita esa Ixtiandr haqida bilib qoladi va uning gʻayriinsoniy qobiliyatlaridan foydalanmoqchi boʻladi.
2. "Timeless: Rubin kitobi", Gir Kristen
Londonda yashaydigan 16 yoshli Gvendolin Sheppard ismli qiz tasodifan o'zining katta buvisidan meros qolgan noyob vaqt aro sayohatchi geniga ega ekanligini aniqlaydi. Endi qiz har kuni o'tmishga sayohat qila oladi va sirlarni oshkor qiladi.
3. "Fantastik mavjudotlar va ular qayerda oziqlanadi", Joanna Rouling
Bu taniqli sehrgar zoolog Nyut Skamander tomonidan yozilgan va o'zimizning Garri Potter foydalangan kitobning nusxasi. Unda Garri bu kitobni o'qib, unda qiziqarli qaydlar qoldirib ketgan.
4. "Suv ostida 80 ming kilometr", Jyul Vern
1866-yil bir necha davlat kemalari nomaʼlum dengiz maxluqini uchratishganini aytishadi. AQSHning Nyu-York shahrida maxluqni topib, yoʻq qilish uchun ekspeditsiya uyushtiriladi. Roman hikoyachisi Professor Pyer Aronaks ham ekspeditsiyaga taklif qilinadi. Unga kanadalik garpunchi Ned Land va Aronaksning xizmatkori Konsel ham qoʻshiladi.
5. "Doktor Moro oroli", Gerbert Uells
Roman bosh qahramon Eduard Prendik tilidan hikoya qilinib, unda Prendik kema halokatiga uchrashi va sirli orolga tushib qolishi bilan bog'liq tafsilotlar keltiriladi. Orolda o'zining g'ayri-insoniy tibbiy tajribalari bilan dong taratgan doktor Moro qo'nim topgan. Romanda azob, shafqatsizlik, axloqiy mas'uliyat, inson o'zligi hamda insonning tabiiy jarayonlarga aralashuvi kabilar mahorat bilan ochib berilgan.
6. "Omen", Devid Zeltser
U 6-oyning 6-kuni soat 6 da tug'ilgan. Vahiy kitobida bashorat qilinganidek, dunyoning oxiri, yaxshilik va yomonlik kuchlari o'rtasidagi so'nggi to'qnashuv keladi va uning boshlanishi shayton o'g'lining inson qiyofasida tug'ilishi bo'ladi.
7. "Oxirzamon nishonalari", Chingiz Aytmatov
Roman voqeasi oʻta shiddatli psixologik mojarolar va toʻqnashuvlar zaminiga qurilgan. Yer kurrasi axloqiy muammolar sinab koʻriladigan poligonga aylangan. Insoniyat halokat yoqasiga borib qolgan. Bu halokat tashqaridan kelgan emas, balki bani odamning xatti-harakatlari, munofiqligi, xudbinligi, axloqsizligi oqibatida yuzaga kelgandir. Dunyo bedavo dardga chalingan, agar insoniyat ijtimoiy xastaliklardan forigʻ boʻlmas ekan, intiqom muqarrardir.
8. "Koinot oqimlari", Ayzek Azimov
Unda bir xalqning ikkinchi xalq ustiga bostirib kelib, uni yoppasiga qulga aylantirib ishlatib, ushbu mehnat natijasidan faqat oʻzi “non va yogʻ”ga ega boʻlishini ko'rsatadi. Bunday mustamlakachilik oxir-oqibatda halokatga olib kelishini, harbiy jihatdan ojizroq mamlakat aholisi ham baxtli va toʻkin hayotga haqli ekanligini isbotlaydi.
9. "Raqamli qal'a", Den Braun
Milliy xavfsizlik agentligi eng sirli agentliklardan biri boʻlib, uning vazifasi fuqarolarni kuzatib borishdir. Unda "Raqamli qal'a" deba ataluvchi o'ta maxfiy dastur bo'lib, uning yaratuvchisi vafotidan so'ng, unga kirish paroli ham izsiz g'oyib bo'ladi. Endi MXA chetdan yordam olishga majbur bo'lishadi. Asar insonlarning elektron xavfsizligi haqida hikoya qiladi.
10. "Ko'milgan dev", Kazuo Ishiguro
O'rta asr. Angliya, qirol Arturdan keyingi davr. Keksa juftlik - Aksel va Beatris - ko'p yillar davomida ko'rmagan o'g'lini izlash uchun yo'lga otlanishadi. Ular yashaydigan qishloqni qandaydir sirli tuman qoplagan, natijada aholi o'tmishini unutishadi va hatto bir soat oldin ularga nima bo'lganini ham eslay olishmaydi. Ammo ular qalban o'g'illari borligini his qilib turishadi.

Forwarded from Bored Panda