Forwarded from Bored Panda
#review #pandametric
"The 8 Show", (2024)
Koreys doramalari yildan-yilga yaxshiroq. Netflixdagi ushbu yangi dorama ham shular jumlasidan.
Serial ekshn bilan birga art-haus stilida suratga olingani, vintaj va teatr atributlaridan foydalangani unga o'ta o'zgacha atmosfera beradi. Rejissor Shekspirning "Butu dunyo sahna, undagi odamlar aktyorlardir" degan g'oyani serialga to'la singdira olgan.
Qarzga botgan 8 nafar kishiga yopiq majmuada pul ishlab topish taklif etiladi. Klassika. Kalmar o'yini kabi. Faqat undan farqli o'laroq, hech nima qilish shart emas, hududni tark etishmasa bo'ldi.
O'yinga kirishdan oldin 8 ta raqamdan birini tanlash lozim. Keyin ma'lum bo'ladiki, raqamlar bu qavatlarni bildiradi. Har bir o'tkazilgan daqiqa uchun pul beriladi, ammo kim qaysi qavatda yashasa, o'shanga qarab daromad topadi. Farq esa katta: 1-qavat daqiqasiga 10,000 von topsa, 8-qavat 340,000 von topadi.
Barcha oldiniga bir sutka chidasak bo'ldi deb o'ylaydi. Ammo keyinchalik taymer kamayish o'rniga ko'payib boradi. Bora-bora ishtirokchilar ularga bu yerda qanchalik ko'p tomoshabop qiliq qilishsa, koʻproq vaqt berishlarini tushunib yetishadi. Vaqt esa - pul degani.
Pastki qavatdagilar tabiiyki, shu yerda ko'proq qolib pul topishga harakat qilishadi. Lekin bu osonmas, chunki ehtiyojlar uchun narsalarga pul sarflash kerak. Buni ikki yo'li bor: yo har kim o'z xonasida topgan pulidan xojatdan tortib boshqa buyumlargacha sotib olishi kerak, yoki maydonchadagi "Umumiy vaqt"dan sotib olish mumkin.
Yuqori qavatdagilar esa "Umumiy pul"dan o'zlarini kayf-safosi uchun sarflash boshlashadi. Ijtimoiy tengsizlik va iyerarxiya boshlanadi. Yuqori qavatdagilar jazodan qochib, o'yinni faqat pastki qatlam "jazoga tortiladigan" qilib tuzishadi. Hammasi borgan sari, yovuzlashib, shafqatsizlashib boradi. Yuqori qavatdagilar psixologik, jismoniy qiynoqlarning eng ashaddiylarini qo'llashadi, pastdagilarni suvsiz-ovqatsiz qoldirashadi.
Qahramonlardan biri bunga juda to'g'ri ta'rif beradi. "Qachonki sen mazlum bo'lishga odatlanarkansan va hozirgidek butkul taslim bo'larkansan, oxir-oqibat bunga tan berasan. Qachonki kunma-kun pul va vaqt uchun azob, ter va qoningni to'karkansan, har kuni senga azob berishlariga chidarkansan, buni normal deb qabul qilishni boshlaysan".
Doramani tezda tugatib qo'yish mumkin. Uni "vau, ideal deyolmayman" lekin undan olsa bo'ladigan juda muhim messejlar bor.
Serialdagi har bir insonni maqsadi – yuqoriroq qavatga ko'tarilish. Eng quyidan chiqib, xuddi 8-raqamdagi oyimchaga o'xshab, yuqori qavatda yashash, juda ko'p pulga ega bo'lish.. Sizga hech nimani eslatmayaptimi?
Ammo qissadan hissa shuki: qavatlarni alishtirishni iloji yo'q. Chunki dastlab raqam tanlab bo'lingan, siz hech narsani o'zgartira olmaysiz. Buni o'zgartirishga urinishlaringiz hech qanday naf yo'q.
Qanaqa oilada, qanday sharoitda tug'ilganing, kelib chiqishing, ta'lim darajang sifati va boshqalar hayotda katta rol o'ynaydi.
Yuqoriroq qavatga ko'tarilish, "ijtimoiy lift" (bekorda serialda lift emas, zina qo'yilmagan) yoki o'ylaganingdan ko'proq topish - bu illuziya, sarob. Kapitalistik tizimning shirin aldovi. Aslida allaqachon shu teatrda yashayapmiz. Arzimagan pul va vaqt uchun siz bilan istagan tomoshasini qilishlari mumkin. Tafakkur qiling. Ildiziga e'tibor bersangiz, ko'p narsani tushunib olasiz.
Serial aynan biz haqimizda, ayni damda yashayotgan jamiyatimiz haqida.
Panda tavsiya qiladi.
Panda Metric - 8.5 🍊 /10 🍊
@boredpandablog

Allohga beadad shukrki, bugun o'zi ikkinchi bor otalik baxtiga muyassar ayladi.
Panda Books
#review #pandametric "The 8 Show", (2024) Koreys doramalari yildan-yilga yaxshiroq. Netflixdagi ushbu yangi dorama ham shular jumlasidan. Serial ekshn bilan birga art-haus stilida suratga olingani, vintaj va teatr atributlaridan foydalangani unga o'ta…
Yaxshi savol. Keling, javob berishga harakat qilaman:
"Yo'q, qavatlarni almashtirishni imkoni yo'q.
1-qavatlik boshida aynan shunday so'raydi: "Qavatni almashtirish imkoni bormi?". Unga 1milliard von degan javob keladi.
Ammo bu qaysi qavatniki ekanligini aytilmaydi. Shuning uchun 1-qavatlik aytganizdek 1mlrd vongacha o'ynayman deydi. To'g'ri.
Lekin o'yin oxirida u 1mlrd vonga faqat o'zini xonasini sotib ololadi xolos. Ularga preyskurant jo'natishgan sahnani eslang.
Uyog'i narxlar Fibonachchi ketma ketligida ketaveradi.
8-qavatni sotib olish uchun 1-qavatdagi 340 mlrd von ishlab topishi kerak edi.
Xulosa shuki, ha qavatni alishtirishni imkoni bor. Ammo reallikda har qavatning narxlari tufayli buni iloji yo'q bo'lib chiqadi.
Oxirida 1-qavatlik bekordan bekorga qiynalib topgan 1mlrd vonini yo'qotgani qoladi."
@panda_books

#reading
Kitob qilib chop etilmasa-da, qidirib topib o'qiladigan qissalar bo'lgan bizda oldin.
Demak, shulardan birini boshlaymiz.

Talabalari eng ko'p chet elda o'qiydigan mamlakatlar ro'yxati. Biz kuchli beshlikda ekanmiz.
Umid qilamanki, yaqin yillarda bu ijobiy tendensiya faqat va faqat rivojlanadi.
@panda_books
Umid qilamanki, yaqin yillarda bu ijobiy tendensiya faqat va faqat rivojlanadi.
@panda_books
#news
"Asaxiy Books" nashriyoti rahbari Firuz aka Allaev narx va chegirma siyosatini oʻzgartirishga qaror qilganini ma'lum qildi.
"Endi “Asaxiy Books”da yangi kitob 20-30 foiz arzonroq narxda chiqadi va chegirma narxda dastlabki ikki oy sotiladi. Undan keyingina kitob oldindan koʻzlangan, moliyaviy stabillik narxiga chiqariladi.
Shunda kitobning haqiqiy muxlislari uni hammadan arzon olishadi. Oldinda bizni yaxshi kitoblar kutmoqda. Keladigan haftada ham ajoyib premyera bor. Oʻtkazib yubormang", - deyiladi xabarda.

#haqida
Stagnatsiya
Endi bemalol "San'at butunlay bir
joyda qotib qoldi" desa bo'ladi. Mana 2 yildan beri 80-90-yillar modasidan boshqa yangilik yo'q.
Oxiri o'zini "kreativ ijodkor" deb biladigan Lola ham Hamdam bn kollab qilibdi.
Yana kim qoldi o'zi bunaqa qilmagan?

Lakoniya
Rus tilida "лаконичность" degan atama bor. O'zbek tiliga u "qisqalik, lo'ndalik" deb tarjima qilinadi. Bu so'zning kelib chiqishi esa Qadimgi Yunonistonning Lakoniya viloyatiga borib taqaladi. Sababi u hududning aholisi o'zlarining qisqa va lo'nda gapirishlari bilan tanilishgan edi.
Lakoniyada joylashgan eng mashhur va kuchli davlat Sparta bo'lib, spartaliklarni yoshlikdan aniq va qisqa muloqot qilishga o'rgatishardi.
Bunga yaqqol misol makedonlar shohi Filipp II bilan bog'liq. U o'zining Spartaga yo'llagan xatida shunday deydi:
"Sizlarga taslim bo'lishni maslahat beraman, chunki agar mening qo'shinim yerlaringizga kirgudek bo'lsa, bog'laringizni vayron qilaman, odamlaringizni qul qilib, shaharlaringizni qulataman!"
Spartaliklar bunga qisqacha javob berishadi:
"Agar."

#haqida Aktivizm Ochig'i, men zamonaviy (eko)aktivizmni diniy fanatizm bilan bitta pog'onaga qo'yaman. Farqi kattadek ko'rinsa-da, aslida unday emas. Uyam buyam bir xilda o'zi tutib olgan fikridan aslo qaytmaydigan, sog'lom muhokamaga kirishmaydigan insonlardan…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ekoaktivistlar insoniyat sivilizatsiyasi tarixidagi eng mashhur va 5 ming yillik tarixga ega yodgorliklardan biri - Stounheyjgayam yetib borishibdi.
Bu varvarlar nimaga zamonaviy san'atga yopishmaydi a? Nega Zamonamiz rassomlari yoki illustratsiyalariga tegmaydi? Faqat butun insoniyat tarixiy meroslariga zarar bermoqchi bo'ladi?

#newbook #yangikitob
Anchadan beri olishni o'ylab yurgan kitobimni Hayitdagi Asaxiy chegirmasi bahona xarid qildim. Bugun opkelishdi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf – "Baxtiyor oila".

Lyu Sizinning yana bir mashhur romani – "Chumolilar va dinozavrlar haqida". Qarab chiqdim: taqrizlari yaxshiykan.
Nima qilsam ekan? Ushbu yozuvchining asarlari yoqib qolganidan, buniyam o'qisammikan yoki bu yilga trilogiyasini o'zi yetarlimikan?
@panda_books
Nima qilsam ekan? Ushbu yozuvchining asarlari yoqib qolganidan, buniyam o'qisammikan yoki bu yilga trilogiyasini o'zi yetarlimikan?
@panda_books
#haqida
Paradoks
Insonlar bir vaqtda o'zi erkin bo'lishni, ammo shu bilan birga boshqa insonlarni nazorat qilishni istaydi.

#tavsiya
Zamonaviy xalqaro siyosatga qiziqadiganlar uchun — Anna Arutyunyan va Mark Galeotti tomonidan uzoq kutilgan kitob "Qulash" (Downfall) nashrdan chiqibdi. Unda "Vagner CHVK" rahbari Yevgeniy Prigojin to'liq tarjimai holi keltirilgan. Kitob nomi va muqovadagi Putinning tasviri ko'p narsaga ishora qiladi, albatta:)
Xullas, Rossiyaning siyosiy hayoti haqida ingliz tilida. Qiziqqanlar uchun.
@panda_books
Zamonaviy xalqaro siyosatga qiziqadiganlar uchun — Anna Arutyunyan va Mark Galeotti tomonidan uzoq kutilgan kitob "Qulash" (Downfall) nashrdan chiqibdi. Unda "Vagner CHVK" rahbari Yevgeniy Prigojin to'liq tarjimai holi keltirilgan. Kitob nomi va muqovadagi Putinning tasviri ko'p narsaga ishora qiladi, albatta:)
Xullas, Rossiyaning siyosiy hayoti haqida ingliz tilida. Qiziqqanlar uchun.
@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shrift
Har kuni yozishni sevadigan insonlar uchun matndan kelib chiqib tanlangan shriftlar uning mazmunini yaxshi anglatishda muhim omil hisoblanadi.
Tasavvur qiling, mashhur shriftlar inson bo'lganida, ularning look'i qanday bo'lardi? Qaysi shrift yoqdi?
manba

Мир
Гио Пика & MIRAVI
Словно сошла ко мне с ясного неба
Стала оберегом, Альфа Омега
Вышла на гору одна из ковчега
Чернобровая, сама белее снега
@pandas_playlist
Стала оберегом, Альфа Омега
Вышла на гору одна из ковчега
Чернобровая, сама белее снега
@pandas_playlist