Panda Books
6.26K subscribers
2.14K photos
420 videos
6 files
1.98K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
Kanalda Aktiv tushib ketibdi. Yaxshimas.
Kitob kimga qiziq shu issiqda:)
Qani aktivlashamiz, bo'lmasa yangi ikkita taqrizlarimni joylamayman:)
Mana qilsa bo'lar ekanku! Kitobxonlar uyg'ongani rost bo'lsin!
Panda Books
​​#review #taqriz 📗Lyu Sizin — "3 Jism Masalasi" (Three Body Problem) Aytish lozimki, mendagi ilmiy-fantastik kitoblarga bolalikdan boshlangan qiziqish hozirgi shaxsiyatimni shakllanishiga katta hissa qo'shgan omillardan biri desam mubolag'a bo'lmaydi.…
Xitoyli mashhur ilmiy-fantast yozuvchi Lyu Sizin qalamiga mansub "Yerning o'tmishi haqida xotiralar" nomli trilogiyasidagi ikkinchi kitob – "Qorong'u o'rmon"ni ham o'qib tugatdim. Birinchisi "3 Jism Masalasi" edi.

Taassurotlar shunchaki dahshat, fazoviy kurash va insoniyat kelajagidagi eng katta xavf haqida qiziqarli hikoya.

@panda_books
#news

Internetdagi hashamatli hayot

Xitoydagi ijtimoiy tarmoqlar boylik va “pulga sig‘inish”ga targ'ib qiluvchi kontentni bloklamoqda, deb yozyapti The Guardian.

Ushbu Internetdagi "madaniy tozalash" ishlari birinchi navbatda o'z hashamatli avtomobillari va ko'chmas mulk fotosuratlarini, shuningdek, "boyligi va erkinligi bilan" maqtanadigan kontentlarni o'z ichiga olgan.

Siz nima deb o'ylaysiz, internetda hashamatli hayoti bilan maqtanish qanchalik to'g'ri?

@panda_books
Fans

Kitoblar dunyosida ham xuddi futbol klublari singari katta fan-klublar mavjud.

Fan-klub – bu biror bir asar, franshiza yoki olamga bag'ishlanga asarlar turkumi ashaddiy muxlislari.

Masalan, Joan Rouling qalamiga mansub "Garri Potter" sehrgarlar dunyosining butunjahonda millionlab muxlislari bor. Yoki Tolkin muallifi hisoblanadigan "Uzuklar hukmdori" epopeyasini aytsak.

Bunday muxlislar o'zlari shu dunyoni to'ldirib boradilar, turli muhokamalar va tadbirlar o'tkazadilar.

Shunday katta muxlislar auditoriyasini yaratgan yozuvchilarga havas qilsa arziydi.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ba'zi kitoblarni o'qib tugatarkansan, ko'z yoshlarni to'kmaslikning iloji yo'q...

@panda_books
"Kitob House" loyihasidan do'stim Ilhomjon hozirgina hadya tashlab ketdi.

Did bilan ishlangan muqovaning o'ziyoq kishini xursand qiladi. Ajoyib!

Buyurtma uchun @kitob_housebot ga murojaat qilishingiz mumkin.
Kecha Eron Prezidenti Raisiy vertolyotda aviahalokatga uchrab vafot etibdi.

Shu kitob mutolaasiga yana qaytamiz shekilli.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
​​#review #taqriz

✳️ Ronen Bergman — "Qo'zg'al va birinchi bo'lib o'ldir"

"Agar kimdir seni o'ldirishga kelgan bo'lsa, o'rningdan qo'zg'al va birinchi bo'lib o'ldir".
© Bobil Talmudi

Ronen Bergman — isroillik jurnalist, harbiy va razvedkaga ixtisoslashgan "Yediot Axronot" nashri muxbiri, huquqshunos va Kembrij universitetida Mossad bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasi yoqlagan.

"Mossad" - dunyodagi eng maxfiy va eng samarali ishlaydigan razvedka xizmatlaridan biri hisoblanadi. Isroil davlati tarixi bevosita ushbu xavfsizlik tashkilotining faoliyatiga bog'liq desa ham bo'ladi.

Asar Falastin hududida yahudiy davlatini tashkil etishga qaratilgan butunjahon sionizm g'oyasi tarixidan so'zlaydi. Ko'pchilik isroil-arab ziddiyati 1946-yildan boshlangan deb o'ylaydi. Aslida esa unday emas. Yaqin Sharq muammolari juda chigal va u ancha oldinroq 1907-08-yillardayoq ildiz otgandi. 10 dan ortiq arab davlatlari qarshisida qolgan Isroil juda keskin yo'l tanlaydi. Ular mamlakat milliy manfaatlarini saqlab qolish, aholi xavfsizligini ta'minlash, Ikkinchi jahon urushidagi Xolokost qirg'ini uchun tirik qolgan fashistlardan o'ch olish, mintaqa nihiyat o'z so'zini ayta oladigan davlatga aylanish uchun qattiq kurashishlariga to'g'ri keladi.

Kitobda "davlat terrorizmi" g'oyasi atroflicha yoritiladi. Isroil rahbarlari mamlakat xavfsizligini ta'minlash haqida o'ylar ekan, qayta va qayta barcha variantlar ichidan yashirin operatsiyalarni tanladilar va bu dushmanlarni yo'q qilish bilan yakunlandi. Ular shu yo‘l bilan Yaqin Sharq mintaqasidagi terrorizm bilan bog‘liq murakkab muammolar hal etilishiga, balki, hatto voqealar rivoji o‘zgarishiga ishonishgan. AQSh razvedkasi bunday operatsiyalarni "maqsadli" qotilliklar deb ataydi.

Ko'plab insonlarning hayotini saqlab qolish evaziga qotillikni yoki o'ta xavfli harakat sodir etishni maqsad qilgan aniq bir individuumni yo'q qilish. Kimdir buni oqlaydi, kimdir esa yo'q. Farqi bunga qaysi tarafdan qarashga bog'liq. Hayot shafqatsiz, unda o'lja bo'lasan yo ovchi. Uchinchi yo'l berilmagan. O'z manfaating yoki davlat manfaati esa hammasidan ustun bo'lishi lozim.

Kitobborasida ko'p gapirish mumkin, shundayam hali to'liq oq'ib tugatmadim, chunki hajmi nihoyatda katta, vaqt esa kam. Shuningdek, asardan eng qiziqarli jihatlarini kanalda tarjima qilib berib boryapman👉 [1, 2, 3, 4, 5, 6]. Yaqin Sharq muammosi, Falastin-Isroil konflikti, detektiv hikoyalar va razvedka xizmatlari faoliyatiga qiziqadigan insonlar bularni o'qib borishini tavsiya qilaman. Kitobni o'zi rus tilida, o'zbekcha yo'q.

Siyosiy rahbarlar va razvedkachilardan tortib oddiy operativniklardan olingan, kitobga asos bo'lgan minglab intervyular va hujjatlarning hech biriga Mossad roziligi bermagan. Bergmanga bularni ommaga oshkor qilishga ruxsat berilmaydi. Ilgari sir bo'lib yotgan anchagina ma'lumotlar ushbu kitobda birinchi marta nashr etilgan. Balki Mossad buni ataylab nashr qildirgandir. Biz buni hech qachon bila olmaymiz. Shuni bilamanki, siyosat va razvedka olami nihoyatda sirli va o'ziga tortadi, uni aynan o'sha sirliligi uchun o'qirmiz balki...

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Musiqiy tanaffus.

Ludovico Einaudi concert.

@panda_books
Forwarded from Mutolaa blog
#taqriz

Hojiakbar Shayxov – “Olmos jilosi”

Agar yaxshiroq ahamiyat beradigan bo’lsak, ulkan xazinaga ega adabiyotimiz naqadar rang-barang ekanligini anglash qiyin emas. "Mutolaa" loyihasi ishga tushganidan so'ng, inson bunga yana bir bor amin bo'ladi.

Hozirgi kunda butun dunyoda yana ilmiy-fantastikyo'nalishdagi asarlarga qiziqish qaytadan oshib bormoqda. Shu o’rinda, boy o'zbek adabiyotida ham bu janrga taalluqli va allaqachon klassikaga aylanib ulgurgan kitoblar bisyorligini ta’kidlash lozim. Bugungi taqrizimiz ulardan biri – Hojiakbar Shayxovning “Olmos jilosi” turkum hikoyalari haqida.

"Olmos jilosi"ning o’ziga to'xtaladigan bo'lsak, u beshta bir-biridan mustaqil - "Alanga", "Rene jumbog'i", "Reya toshlari", "Qora tuynuk sari" va "Olmos jilosi" hikoyalarini o'z ichiga oladi. Ular bir-biridan mustaqil bo'lsa-da, barchasini yagona bosh qahramon, ya'ni Fazoviy Uchishlar akademiyasini yaqinda tamomlab, Kosmik Markazning Sotsial va Kriminal Tadqiqotlar institutiga ishga kelgan oliy darajali fazogir Olmos Azizov birlashtirib turadi. Olmos Azizov o’zida ideal fazogir, qat’iyatli-yu bilimli shaxs va samimiy insonni gavdalantiradi.

Anglagangizdek, ushbu qissadagi voqealar insoniyatning yorqin olis kelajagida bo'lib o'tadi, u davrga kelib, inson qadami ko'pgina olis sayyoralarga yetgan va texnologik taraqqiyotning tasavvurga sig'mas yuqori cho'qqilarini zabt etgan edi. Hikoyalar sodda til bilan aytganda, Olmos Azizovning kosmik iztoparlik faoliyati haqida so'zlab beradi. Shu sababdan, hikoyalarni ketma-ketlikda o'qishni maslahat beraman, bu orqali siz taniqli fazogirimizning sarguzashtlarini to'la-to'kis bilib borasiz.

Ilk hikoya "Alanga" hikoyasida biz Verga sayyorasi haqida, aniqrog’i u yerdagi yerliklar faoliyati haqida tanishamiz. Maxsus ekspeditsiya a’zolaridan ba’zilar noma’lum sabablarga ko’ra bangilik qila boshlashadi. Vergada o’simlik o’smasligini hisobga olsak, bu g’ayritabiiy “kasallik” Yerdagi asosiy tashkilotlarni xavotirga soladi. Olmos Azizovga ushbu dahshatli holatni o’rganish va holat sabablarini izlab topib, chora ko’rish topshiriladi. Undagi detektiv uslub va sodda til yosh kitobxonlar va o’smirlarni o’ziga qiziqtirishi aniq, zero muallif yangi sayyoralarni shunday ajoyib tasvirlaydiki, beixtiyor Olmos bilan birga sayr qilib yurgandek his qilasiz o’zingizni.

Rene jumbog’i” shu nomdagi aql bovar qilmaydigan darajadagi g’alati sayyoradagi voqealardan hikoya qiladi. Unga ko’ra, Buyuk Britaniyaning atoqli astronavti Bill Rene ikki sherigi – yosh fazogirlar Uolles va Vilson bilan birgalikda “Foton” yulduzkezar kemasida sayyoraning atmosferasiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Ekipaj qimmatli ilmiy ma’lumotlar to‘playotgani haqida nuqtaviy vakuum aloqa kanali orqali Yerga bir necha fursat xabar berib, keyin kutilmaganda aloqa uziladi va ekipaj izsiz g'oyib bo'ladi. Bu payt sovet fazogiri, Sovet Ittifoqi Qahramoni Azizov rahbarligidagi “Olmos” yulduzkezar kema ekipaji Serera sayyorasi tomon uchib borayotib SOS xabarini eshitib yordam oshiqishadi. Kutilmagan syujet burilishlari va ajoyib detektiv – bularni barchasini ushbu hikoya o’zida mujassam etgan.

Turkumning so’nggi hikoyasi o’z nomi bilan “Olmos jilosi” deb nomlanadi. Tan olishim lozimki, turkumda menga eng ko’p yoqqan hikoya ham aynan shu bo’ldi. Unda Olmos Azizov Qora tuynukka qilgan safaridan keying voqealar haqida hikoya qilinadi. Vaqt uzra uzoq sayr qilgan fazogirimiz endi oxirgi missiyasini bajarishi kerak edi.

Oʻzbek ilmiy-badiiy fantastikasining otalaridan biri hisoblanmish Hojiakbar Shayxovning "Olmos jilosi" hikoyalar turkumi 1983–yilda yozilgan. U hozirda yosh kitobxonlar orasida ommalasha boshlagan kosmik sarguzashtlar ruhida yozilgan asardir. Undagi voqealar ayniqsa, bolalarga tushunarli tilda yozilgani mutolaani yanada ravon va oson qiladi.

Bilasiz, koinot va kosmik sarguzashtlar ‐ bu ilmiy-fantastikaning eng muhim qatlamlaridan biri hisoblanadi. "Olmos jilosi" esa aynan o'zbek-sovet adabiyotida yozilgan ajoyib asarligi esa uning qiymatini yanada oshiradi.

Jasurbek Bozorboyev “Mutolaa” loyihasi uchun

mutolaablogs
Qadrli mushtariylar, yana bir yaxshi yangilikni sizlar bilan bo'lishsam!

Ochilganiga ko'p bo'lmagan "Mutolaa" loyihasi tez sur'atlarda kengayib bormoqda. Endilikda ushbu loyihadagi kitoblarni yoshlarga yanada yaqindan tanishtirish uchun "Mutolaa Blog" ochilibdi. U yerda kitoblarga yozilgan taqrizlar joylab boriladi. "Panda Books" ham shu loyiha bilan hamkorlik qila boshladi.

Endi shu blogda ham boshqalar qatorida eksklyuziv taqrizlarimizdan bahramand bo'lib borishingiz mumkin:)

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Instagramdagi qozoq vayneri Sekani doim boshqa vaynerlardan boshqacha ko'raman. Saviyasi bilan ajralib turadi.

Va yana doim o'qishga targ'ib qilishi yoqadi. Bugungi stories'da esa kitob o'qishga qaror qilgani va buni hammaga tavsiya qilganini ko'rib, rosti quvondim.

Katta auditoriyaga ega shunday vaynerlarning o'zlari (reklama yo pul uchun emas) istab, samimiy tarzda kitobga targ'ib qilishlari ajoyib.

@panda_books
Manzaraga qarang, lekin ochig'i, bu faqat fotosuratda yoqimli. Hammamiz bilib turibmizku, bu juftlik bu yerda kitob o'qish uchun o'tirishmaganini:))

Kitob mutolaasi uchun eng muhim narsa - bu sukunat va yolg'izlik baribir.

@panda_books
Bugun shunday ochiq va go'zal tabiat qo'ynida kun bo'yi katta guruh bilan buyuk shoir Erkin Vohidovning ruhini yod etdik.

@panda_books