Panda Books
5.82K subscribers
2.37K photos
457 videos
8 files
2.11K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: 8600312923143529
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
#tavsiya

Zamonaviy xalqaro siyosatga qiziqadiganlar uchun — Anna Arutyunyan va Mark Galeotti tomonidan uzoq kutilgan kitob "Qulash" (Downfall) nashrdan chiqibdi. Unda "Vagner CHVK" rahbari Yevgeniy Prigojin to'liq tarjimai holi keltirilgan. Kitob nomi va muqovadagi Putinning tasviri ko'p narsaga ishora qiladi, albatta:)

Xullas, Rossiyaning siyosiy hayoti haqida ingliz tilida. Qiziqqanlar uchun.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
#mundarija

Kanalda postlarni o'qish va topishni osonlashtiruvchi (#) heshteglar

#taqriz / #review / #feedback - Biror asarga yozilgan taqrizlarni oson topish uchun;

#tavsiya - Kanal muallifi tomonidan o'qish tavsiya etiladigan kitoblar ro'yxati uchun;

#sarhisob - Oy, mavsum yoki yil bo'yi mutolaa qilingan asarlarning ro'yxatini topish uchun;

#Youtube_tavsiya - YouTube videoxostingida ko'rish tavsiya etiladigan foydali kontentlar uchun;

#haqida - Biror qiziqarli mavzu haqida yozilgan postlar;

#list - kitoblar yoki foydali kontentlar ro'yxati;

#mutolaa - Ayni damda mutolaa qilinayotgan kitobdan iqtibos yoki parcha;

#newbook / #yangikitob - Panda Books tomonidan harid qilingan yoki sovg'a qilishgan kitoblar uchun;

#iqtibos - kitobdan iqtiboslar uchun;

#intervyu - Panda Books suhbatlari, podcastlari uchun;

#offtop - Kitob mavzusidan biroz tashqari sohalarga doir postlar uchun;

#longread - Uzuuun yozilgan katta postlaaaar;

#KitobMukofotlari - Dunyoning nufuzli kitob mukofotlari haqida ma'lumotlar uchun;

#bookstores - Ajabtovur kitob do'konlari haqida chiroyli fotolar va ma'lumotlar

#maqola - birorta kattaroq qiziqarli mavzu haqida maqolalar

#nazm - she'riy postlar

#tarjima - kamina tarjima qilgan postlar

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
#tavsiya

Elon Mask tarix, siyosat va iqtisodiyot haqida asosiy tushuncha beradigan 11 ta audiokitobni tavsiya qildi.

Saqlab qo'ying:

Uilyam Dyurant - "Sivilizatsiya tarixi";
Gomer - "Iliada";
Fridrix fon Xayek - "Krepostnoylikka yo'l";
Uilyam Manchester - “Amerikalik Sezar”;
Devid Kushner - “Taqdir ustalari”;
Adam Tooze - "Vayronkorlik bahosi";
Ernst Yunger - "Po'lat bo'ronlarida";
Barbara Takman - "Avgust qurollari";
Gay Yuliy Sezar - "Galiya urushi haqida yilnomalar";
Uilyam Bolito - "O'n ikkilik Xudolarga qarshi";
Jek Uezerford - "Chingizxon".

"Ro'yxatdagi birinchisini o'qib tugatish uchun biroz vaqt kerak bo'ladi, lekin bu shunga arziydi", - deydi Mask.

Tan olish kerak, bu ro'yxat har kuni Rim haqida o'ylaydiganlarga manzur bo'ladi.

@panda_books
#tavsiya

Yozgi mutolaa uchun Top-10 Eng yaxshi fantastikalar

Men ushbu janrni yoshligimda nihoyatda miriqib o'qirdim. Katta bo'lgan sari fenteziga deyarli vaqt topa olmayapman. Shunga qaramasdan, fantast janrida men mutolaa qilgan eng yaxshi kitoblarni sizlar bilan bo'lishmoqchiman.

Demak, Panda Books tavsiya etadi:

1. "Odam-amfibiya", Aleksandr Belyayev
Argentinalik doktor va jarroh Salvator oʻgʻli Ixtiandr umrini saqlab qolish uchun unga akula jabrasini beradi. Tajriba muvaffaqiyatli yakunlanadi, ammo Ixtiandr endi okeandan tashqarida uzoq payt yura olmaydi, aksar vaqtini suvda oʻtkazishga majbur boʻladi. Marvarid ovchisi Pedro Zurita esa Ixtiandr haqida bilib qoladi va uning gʻayriinsoniy qobiliyatlaridan foydalanmoqchi boʻladi.

2. "Timeless: Rubin kitobi", Gir Kristen
Londonda yashaydigan 16 yoshli Gvendolin Sheppard ismli qiz tasodifan o'zining katta buvisidan meros qolgan noyob vaqt aro sayohatchi geniga ega ekanligini aniqlaydi. Endi qiz har kuni o'tmishga sayohat qila oladi va sirlarni oshkor qiladi.

3. "Fantastik mavjudotlar va ular qayerda oziqlanadi", Joanna Rouling
Bu taniqli sehrgar zoolog Nyut Skamander tomonidan yozilgan va o'zimizning Garri Potter foydalangan kitobning nusxasi. Unda Garri bu kitobni o'qib, unda qiziqarli qaydlar qoldirib ketgan.

4. "Suv ostida 80 ming kilometr", Jyul Vern
1866-yil bir necha davlat kemalari nomaʼlum dengiz maxluqini uchratishganini aytishadi. AQSHning Nyu-York shahrida maxluqni topib, yoʻq qilish uchun ekspeditsiya uyushtiriladi. Roman hikoyachisi Professor Pyer Aronaks ham ekspeditsiyaga taklif qilinadi. Unga kanadalik garpunchi Ned Land va Aronaksning xizmatkori Konsel ham qoʻshiladi.

5. "Doktor Moro oroli", Gerbert Uells
Roman bosh qahramon Eduard Prendik tilidan hikoya qilinib, unda Prendik kema halokatiga uchrashi va sirli orolga tushib qolishi bilan bog'liq tafsilotlar keltiriladi. Orolda o'zining g'ayri-insoniy tibbiy tajribalari bilan dong taratgan doktor Moro qo'nim topgan. Romanda azob, shafqatsizlik, axloqiy mas'uliyat, inson o'zligi hamda insonning tabiiy jarayonlarga aralashuvi kabilar mahorat bilan ochib berilgan.

6. "Omen", Devid Zeltser
U 6-oyning 6-kuni soat 6 da tug'ilgan. Vahiy kitobida bashorat qilinganidek, dunyoning oxiri, yaxshilik va yomonlik kuchlari o'rtasidagi so'nggi to'qnashuv keladi va uning boshlanishi shayton o'g'lining inson qiyofasida tug'ilishi bo'ladi.

7. "Oxirzamon nishonalari", Chingiz Aytmatov
Roman voqeasi oʻta shiddatli psixologik mojarolar va toʻqnashuvlar zaminiga qurilgan. Yer kurrasi axloqiy muammolar sinab koʻriladigan poligonga aylangan. Insoniyat halokat yoqasiga borib qolgan. Bu halokat tashqaridan kelgan emas, balki bani odamning xatti-harakatlari, munofiqligi, xudbinligi, axloqsizligi oqibatida yuzaga kelgandir. Dunyo bedavo dardga chalingan, agar insoniyat ijtimoiy xastaliklardan forigʻ boʻlmas ekan, intiqom muqarrardir.

8. "Koinot oqimlari", Ayzek Azimov
Unda bir xalqning ikkinchi xalq ustiga bostirib kelib, uni yoppasiga qulga aylantirib ishlatib, ushbu mehnat natijasidan faqat oʻzi “non va yogʻ”ga ega boʻlishini ko'rsatadi. Bunday mustamlakachilik oxir-oqibatda halokatga olib kelishini, harbiy jihatdan ojizroq mamlakat aholisi ham baxtli va toʻkin hayotga haqli ekanligini isbotlaydi.

9. "Raqamli qal'a", Den Braun
Milliy xavfsizlik agentligi eng sirli agentliklardan biri boʻlib, uning vazifasi fuqarolarni kuzatib borishdir. Unda "Raqamli qal'a" deba ataluvchi o'ta maxfiy dastur bo'lib, uning yaratuvchisi vafotidan so'ng, unga kirish paroli ham izsiz g'oyib bo'ladi. Endi MXA chetdan yordam olishga majbur bo'lishadi. Asar insonlarning elektron xavfsizligi haqida hikoya qiladi.

10. "Ko'milgan dev", Kazuo Ishiguro
O'rta asr. Angliya, qirol Arturdan keyingi davr. Keksa juftlik - Aksel va Beatris - ko'p yillar davomida ko'rmagan o'g'lini izlash uchun yo'lga otlanishadi. Ular yashaydigan qishloqni qandaydir sirli tuman qoplagan, natijada aholi o'tmishini unutishadi va hatto bir soat oldin ularga nima bo'lganini ham eslay olishmaydi. Ammo ular qalban o'g'illari borligini his qilib turishadi.

@panda_books
#tavsiya

Avgust oyida mutolaa qilish uchun 8 ta kitob

1️⃣"Norveg o'rmoni" - Xaruki Murakami
Yaponiya universiteti atmosferasiga kirish uchun ajoyib imkon. Ushbu chuqur hissiy romanda qahramonlar o'rtasidagi sevgi, ayriliq va o'ziga xoslik kabi murakkab munosabatlarni o'rganasiz. Murakami dahosi shundaki, u lirika va falsafani mahorat bilan uyg‘unlashtirib, unutilmas adabiy taassurotlar yaratadi. Mutolaadan bir olam zavq tuyasiz. (o'zim ham shu kitobni boshladim)

2️⃣"Kitob o'g'risi" - Markus Zusak
Ikkinchi Jahon urushi davrida faqat kitoblardan tasalli topadigan qiz haqidagi ta'sirchan roman. U insonni murakkab mavzular haqida o'ylashga undaydi. Shuningdek, o'ziga xos personaj - O'limning noan'anaviy hikoyalari ham sizni hayratda qoldirishi aniq.

3️⃣“Kulayotgan odam”Viktor Gyugo
Taqdir va ijtimoiy adolatsizlik to'g'risidagi mumtoz roman. Unda o‘z dardini qayg'uli niqob misol ko‘targan qahramonning dardi va matonati hikoya qilinadi. Gyugo o'z asarida go'zal va unutilmas obrazlarni yarata olgan.

4️⃣"Yolg'izlik bekati" - Jon Steynbek
Avgust oyini Steynbekning eng ajoyib kitoblaridan biri bilan o'tkazing, Qahramonlar bilan birgalikda Amerikadagi qishloq hayoti misolida murakkab insoniy munosabatlar va ijtimoiy muammolarni bilib olasiz. Kitob mutolaasi davomida o'zingiz uchun chuqur ma'noga ega hikmatlar va ko'plab qiziqarli hikoyalar topishingiz aminman.

5️⃣“Garri Potter va Azkaban mahbusi” - J.K. Rouling
Agar siz hali ham ushbu mashhur sehr-jodu olami bilan tanish bo'lmasangiz yoki eski qadrdon do'stlaringizni eslamoqchi bo'lsangiz, Garri Potter seriyasining uchinchi kitobi - avgust oyi mutolaasi uchun eng to'g'ri tanlovdir. Garri Potterning Hogwarts maktabidagi 3-o'quv yili haqida hikoya qiladiga ushbu roman turli sarguzashtlar, dahshatli sirlar va go'zal afsunglarga to'la. Xullas, zerikmaysiz.

6️⃣"Jasur yangi dunyo" - Oldos Xaksli
Tabiiyki, men tavsiya ro'yxatini unga birorta antiutopiya qo'shmasdan tuza olmasdim. Bu safar istisno bo'lmadi. Xaksli kabi klassik antiutopik roman sizni insoniyatning qiziq kelajagi va barcha ko'ngilxushliklar taqdim etilganida, biz bu uchun nimalarni qurbon qilishimiz kerakligi to'g'risida hikoya qiladi. Aytishim lozimki, birinchi 50-60 varaqdan keyin voqealar qanday tugashi sizni qiziqtirib qo'yishi aniq. Xaksli bugungi kunda ham dolzarb bo'lgan muammolarni ochib beradi. Xaksli jamiyat kelajagining dohiyona va shu bilan birga dahshatli portretini chizgan deyish mumkin. Bu kitob sizni antiutopiyaga oshno qilishiga aminman.

7️⃣"Oqim" - Mixay Chiksentmixayi
Agar siz psixologiya va o'z-o'zini rivojlantirishga qiziqsangiz, ushbu kitob siz uchun foydali bo'ladi deb umid qilaman. Chiksentmixayi o'zining "oqim konseptsiyasi"ni o'rganar ekan, u orqali jarayonga to'liq sho'ng'ib ketish va istalgan faoliyatdan qoniqishga erishish uchun amaliy maslahatlar beradi. Ko'pchilik tavsiyasini o'zingizda sinab ko'rish uchun ayni muddao kitob.

8️⃣"Qanday qilib yozuvchi bo'lish mumkin" - Stiven King
Yozuvchilik faoliyatini orzu qilganlar yoki shunchaki adabiy asarlar yaratilish jarayoniga qiziquvchilar uchun yaxshi tanlov. King o‘z kitobida boy tajribasiga tayangan holda, foydali maslahatlari va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashadi. Bu nafaqat manfaatli qo'llanma, balki yozuvchilik kasbining sahna ortidagi holati qandayligini ko'rish mumkin bo'lgan qiziqarli manba hamdir.

@panda_books
#tavsiya

Oktabr muhitida o'qishga eng mos kitob izlayotib, shuni topib oldim. Amerikalik yozuvchi Nil Geymanning "Amerika ma'budlari" asari.

Nil Geyman hurmati ikrom bilan negadur menga overestimated yozuvchidek ko'rinadi. Unga odil baho berish uchunam uning eng mashhur kitoblaridan birini o'qib ko'ramiz.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
#tavsiya
"Barcha o'xshashliklar tasodif emas
" (2024)

Tasavvur qiling, yangi kitob o'qiyapsiz. Yetarlicha qiziqarli syujet. Ammo bir necha muddatdan keyin kutilmaganda asar voqealarining sizning hayotingiz bilan nihoyatda o'xshashligini seza boshlaysiz. Bu sizni oldiniga hayratga soladi, so'ngra sizning barchadan yashirgan sirlaringiz oshkor bo'la boshlagach bu shunchaki tasodif emas deb o'ylaysiz. Ustiga-ustak, kitobning ilk sahifasida shunday ogohlantirish (disclaimer) bor edi: "Asardagi qahramonlar va barcha o'xshashliklar tasodif emas"...


"Garri Potter-3" rejissori Alfonso Kuarondan debyut serial. Ilk ishidan yil seriali boʻlishga yaqin. Serialda muvaffaqiyatga erishgan teleradio yozuvchisi boʻlgan ayolga pochtadan kitob keladi. Unda yuqorida tasvirlanga holat yuz beradi. Syujet va operatorlik ishi qiziqarli. Birinchi qismdanoq sizni oʻziga rom etishi aniq.

Hozircha 4 ta qism chiqqan. Qolganlari har haftada. Menga manzur boʻldi, tavsiya qilaman.

@boredpandablog
#tavsiya

Ijtimoiy tarmoqda 350 dan ortiq kitob o‘qigan kitob blogeri fikriga ko‘ra eng qiziqarli romanlar roʻyxatini tuzibdi.

1. Ayn Rend. "Atlas yelkasini rostladi"

2. Margaret Mitchell. "Shamollarda qolgan hislarim"

3. Richard Bax. "Xayollar"

4. Jon Streleki. "Dunyoning chekkasidagi qahvaxona"

5. Gi de Mopassan. "Hayot"

6. Erix Mariya Remark. "Qarzga olingan umr”

7. Fredrik Bakman. "Britt-Mari shu yerda bo‘lgan"

8. Fredrik Bakman. "Uvening ikkinchi hayoti"

9. Itaf Ram. "Ayol erkak emas"

10. Erix Mariya Remark. "G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q"

11. Erix Mariya Remark. "Hayot uchquni"

Siz qaysini oʻqigansiz?

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya

O'zga sayyoralikka qaysi kitobni tavsiya qilgan bo'lardingiz?

Armen Zaxaryan Dudga bergan intervyusida o‘zga sayyoraliklarga insoniyatni yaxshi tushunishlari va insoniylikni ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jahon adabiyotining eng sara 10 ta kitobini taklif qilibdi. Bu kitoblar ichida sizga tanishlari bormi?

Xo'sh, agar sizdan shunday ro'yxat so'rashganda, qaysi kitoblarni tavsiya qilardingiz?

@panda_books
#tavsiya

Fransua Rable (1494-1553, Fransiya) - “Gargantyua va Pantagryuel”

Bu asar besh kitobdan iborat va ikki asosiy qahramon — dev Gargantyua va uning o‘g‘li Pantagryuelning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. U hajv orqali o‘quvchilarni ijtimoiy adolat, diniy erkinlik va ta’limning ahamiyatini anglashga undaydi. Rable o‘z asarida o‘sha davrda hukmron bo‘lgan urf-odatlar, soxta diniy qarashlar va ilmiy bilimlarning yetishmasligini tanqid qiladi.

Ushbu asar ko'pgina adabiyot olami vakillari tomonidan jahon adabiyotining eng sara durdonasi hisoblanadi.

Hajman katta bo'lsa-da, sekin-sekin mutolaa qilmoqchiman...

@panda_books
#tavsiya

Migel Anxel Asturias - gvatemalalik yozuvchi va diplomat, 1967-yilda Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori va sehrli realizm yo‘nalishining asoschisi.

Uning eng mashhur asarlaridan biri - "Senyor Prezident" 1933-yilda yozilgan bo'lsa-da, biroq oradan 13 yil o'tibgina nashrdan chiqadi. Unda diktator Kabrera va uning davrida gvatemalaliklarning hayoti hikoya qilinadi. Mamlakatni qamrab olgan qo‘rquv muhiti va shunchaki omon qolish uchun olib borilgan kurash haqida so‘z yuritiladi.

Asturias biroz unutilgan yozuvchi. Rus tilida ham kitoblari 70-yillarda chop etilgancha, deyarli qayta nashrdan chiqmagan ekan. Afsuski, bizda o'zbekchasi bormi yo'qmi buni bilolmadim. Xullas, bugun shu kitob mutolaasini ham boshladim. Lotin Amerikasi adabiyoti borgan sari menga yoqa boshlayapti.

UPD: O'zbekchasi bor ekan😊 lekin kitob koʻrinishida boʻlmasa kerak.

@panda_books
#tavsiya

O‘tgan asrning 70–80-yillarida yarim million (!) adadga ega bo‘lgan “Fan va turmush” jurnali hozir uch oyda bir, atigi 600 (?!) nusxada chiqadi. Jurnal sayti ham bamisoli fillar qabristoniga o‘xshaydi: olis 2020-yilda joylashtirilgan “To‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha “Poytaxt” radiosidan maslahatlar” bilan sayt ustiga qora tuproq tortilgan.

(statistik ma’lumotlarni qaradim, 1976-1982-yillarda "Fan va Turmush" mamlakat jurnalxonlar jon boshiga to‘g‘ri kelishi jihatidan sobiq Ittifoqda birinchi o‘rinni egallagan – respublikaning har 19 nafar jurnalxoniga bittadan «Fan va turmush» to‘g‘ri kelgan. O‘sha yillarda O‘rta Osiyodagi qo‘shni respublikalardan tashqari uzoq xorijning 26 mamlakatidagi vatandoshlarimiz ham «Fan va turmush» ni muntazam o‘qib turishgan).


Taqqoslash uchun: Amerika Fanlarni rivojlantirish assosiatsiyasi muassisligidagi Science jurnali saytiga bir kunda 1,1 mln foydalanuvchi tashrif buyuradi, materiallari bir oyda 34 mln martadan ko‘proq ko‘riladi....


Daryo nashrida Mediamakonimiz va ilm-fan targ'iboti haqida yaxshi maqola chiqibdi...Tavsiya qilaman.

@panda_books
#tavsiya

Yurisprudensiya janrida yaxshi kitoblar

Bugun adolatli sudlov, umuman, sud huquq tizimiga oid badiiy va reallikka asoslangan kitoblarni tavsiya qilaman.

1. Nabijon Boqiy - “Qatlnoma“ Hujjatli qissani yozish jarayonida muallif oʻsha davrdagi Oʻzbek Nozirlar Kengashi huzuridagi Davlat Xavfsizlk qoʻmitasi (KGB)dagi arxiv hujjatlarini hamda uning Matbuot guruhi taqdim etgan bir qancha manbalarni chuqur oʻrganib chiqadi. Ayniqsa, sovet davridagi nohaqliklar va huquqiy tizimning zaifligi, adolatsiz sud jarayonlari haqida so‘z boradi. Qodiriyga va boshqa ziyolilarga nisbatan bo‘lgan qatag‘onlar, ularga tuhmat qilish, soxta ayblovlar qo‘yish orqali ijodiy va erkin fikrlash imkoniyatlaridan mahrum etish holatlari keng yoritiladi.

2. Daniel Kiz "Billi Milliganning sirli tarixi"
AQShda bir nechta o‘g‘irlik va zo‘ravonlikda ayblanган Uilyam Stenli Milligan haqidagi real voqea. Advokatlar uning ruhiy kasalligini isbotlab, oqlashga erishadilar, chunki u dissotsiativ shaxsiyat buzilishidan aziyat chekkan edi. Unda turli jins, ma’lumot darajasi, yosh va millatga mansub naq 24 ta shaxsiyat mavjud edi: ingliz ziyolisi, uch yoshli bola, ortodoksal yahudiy, yugoslaviyalik kommunist va boshqa ko‘plab shaxslar uning ichida yashardi.

3. Shukrullo - “Kafansiz Koʻmilganlar”
Bu avtobiografik asar boʻlib, unda muallif Stalin davrida quloqqa uchragan oʻzbek ziyolilari qatorida sovuq oʻlkalarga badargʻa qilinadi. Unda xalq dushmaniga aylangan insonlarning taqdiri, sudlovdagi nohaqliklar va qamoqdagi qiynoqlar nihoyatda ta’sirli tasvirlanadi.

3. Xarper Li "Mazaxchini o‘ldirish"
Buyuk depressiya. AQSH janubidagi kichik shaharcha. Otasi oq tanli qizga nisbatan zo‘ravonlikda ayblangan qora tanli yigitni himoya qilayotgan sakkiz yoshli qizning hayoti. Bu irqiy kamsitish, jaholat va insoniy shafqatsizlik muammolariga bag‘ishlangan chuqur ijtimoiy drama, shuningdek, odil sudlovga boshqacha qarashga imkon beruvchi qiziqarli sud trilleri hisoblanadi.

4. Maykl Konnelli "Advokat uchun Linkoln"
Los-Anjeleslik jinoiy ishlar bo‘yicha surbet advokat Mikki Xoller haqidagi hikoya qiluvchi bu asar, uning qonunlarni va odamlar psixologiyasini bilishi, savdolashish qobiliyati muvaffaqiyatga erishishni koʻrsatadi. Shu orada yosh rieltor Rule ishi uning qo‘liga tushib qoladi. Uni fohishani zo‘rlashga uringanlikda ayblashadi. Ayblanuvchi esa oʻzini podstava qilishganligiga ishonmaslik uchun hech qanday sabab yo‘qdek tuyuladi, lekin... Kitob ekranlashtirilgan, Mettyu Makkonaxi Mikki Xoller rolini ajoyib tarzda ijro etgan.

@panda_books
#tavsiya

Bill Geyts o‘zining an’anasiga sodiq qolib, o‘zgaruvchan dunyoga tezroq moslashish uchun kitoblar tavsiya qildi. Microsoft asoschisi barcha dolzarb mavzular, ayniqsa, sun’iy intellekt va unga moslashish haqida batafsil to‘xtalib o‘tgan. Quyidagilar:

"An Unfinished Love Story" Doris Kerns Gudvin
"The Anxious Generation"Jonatan Haydt
"Engineering in Plain Sight" Gredi Xillxaus
"The Coming Wave"Mustafo Sulaymon
"Federer"Doris Xenkel

@panda_books
​​#tavsiya

"Yangi yilni qaysi kitob bn kutib olishni maslahat berasiz?"

Juda yaxshi va o'rinli savol berilibdi. O'zi oldinari shunaqa bayramlar uchun tavsiyalar rukni qilib yurardim . Yaxshi eslatdingiz.

Demak, Yangi yil - bu fusunkor muhitni yaratadigan vaqtdir. Bayram arafasi hamma uyida, yaqinlari oldida, dam olishda bo'ladi. Va albatta kitob o‘qish uchun ham ideal sharoit. Xullas, tavsiyalar quyidagicha:

Avvalo, Charlz Dikkensning "Rojdestvo qo‘shig‘i". Rojdestvo samimiyati, yangilanish va bayram sehri haqidagi klassik hikoya. E'tiborlisi, aynan Dikkens shu asarda zamonaviy Santa qiyofasi ilk bor bizga yaratib bergan.

Ernst Teodor Amadey Gofmanning "Qarsildoq va sichqonlar qiroli". Yoshligimdagi bayram haqidagi eng yaxshi ertak. U orqali mo'jizakor qishki muhitga to‘la dunyoga tushib qolasiz.

Ernest Hemingueyning "Har doim sen bilan bo‘ladigan bayram". O'zim ham boshlab qo'ygan kitobcha. Unda yosh Heminguey Parij hayoti haqida yengil va ilhomlantiruvchi ocherklari o'rin olgan.

"Xyugge. baxt siri" - shu va shu kabi istalgan skandinav madaniyatidan bahra olish mumkin bo'lgan kitoblar. Ulardan hayotdan qanday zavqlanishni o‘rganish mumkin.

J. K. Roulingning "Garri Potter va falsafiy tosh" Ro'yxatda klassikaga aylangan Roulingni qo'shmaslik uyat bo'lardi. Sehr-jodu, sarguzasht va albatta qishki ertak.

Shuningdek, "Narniya xronikasi", "Рождество с неудачниками", "Atom odatlar", "Ешь, молись, люби" "Зимние каникулы" (Лии Флеминг) kabi kitoblar ham yaxshi hamroh bo'lishiga aminman.

@panda_books
​​#tavsiya

10 yillik tajribaga ega bo‘lgan dasturchi tomonidan fikrlashni tubdan o‘zgartiradigan eng sara kitoblar ro‘yxati

Mindset — Carol Dweck

Qobiliyatlarni rivojlantirish va o‘rganishni o‘zlashtirish haqidagi kitob. Bu o‘zini rivojlantirish va salohiyatni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha qo‘llanma.

Black Box Thinking — Matthew Syed

Xatolarni tan olishni va ulardan foyda olishni o‘rganing. Muallif ishonch bilan ta’kidlaydiki, sodir bo‘layotgan voqealar uchun javobgarlikni o‘z qo‘lingizga olsangiz, hayotingiz o‘zgaradi.

The Duty of Genius — Ray Monk
Vitgenshteynning hayot yo‘li haqidagi kitob donolik va axloqni tushunishga yo‘l ochadi. Muallif daho insonning hayotni anglash orqali qanday shakllanishini bosqichma-bosqich ko‘rsatib beradi.

Bounce — Matthew Syed
Tug‘ma iste’dod haqidagi afsona puchga chiqaradigan kitob. Kitob mahoratga faqat tirishqoqlik va kundalik mashq orqali erishish mumkinligini isbotlaydi.

Four Thousand Weeks — Oliver Burkeman
Vaqtimiz cheklangan - va bu tabiiy. Kitob ustuvorliklarni belgilash va avvalo realno muhim ishlarga e’tibor qaratishga yordam beradi.

The Black Swan — Nassim Taleb
Tasodifiylik va uning ta’siri haqidagi mashhur kitob. Muallif kognitiv xatoliklar haqiqiy dunyoni ko‘rishimizga qanday xalaqit berishini tushuntiradi.

@panda_books
#tavsiya

Bugun - buyuk alloma, orif va buyuk shoir Hazrat Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

Bugun borishni tavsiya qiladigan eng yaxshi joy - Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi. Juda katta va qiziqarli muzeyda siz oʻzingiz uchun adabiy olamni qayta kashf qilasiz.

@panda_books
#tavsiya

Expendables (Sarflanuvchilar) o‘lishadi. Juda ko‘p. Ular tana tuzilishi va ongi saqlanib qolib, kerak bo‘lganda qayta tiklanadigan odamlardir. Ular boshqalar bajara olmaydigan xavfli ishlarga yuboriladi. Havaskor tarixchi, ammo dangasa Mikki Barns o‘z sayyorasidagi muammolardan qochish uchun yangi ekspeditsiya kosmik kemasida Sarflanuvchi bo‘lishga rozilik beradi. Kunlarning birida u yettinchi marta qayta tiklanganida, yana bir kloni (nusxasi)ga duch kelib qoladi. Biroq, nusxalar taqiqlangan, shuning uchun ular buni yashirishlari kerak edi. Shuningdek, faqat Mikki7 mahalliy hayot shakllari aslida ongli mavjudot ekanligini biladi va u keng ko‘lamli urushning oldini olishi mumkin.

Edward Ashton ning "Mickey7" - bu tez sur’atli va qiziqarli sarguzasht roman. Yaqinda "Parazitlar" filmini suratga olgan Pon Jun Xo ushbu roman asosida film suratga olganini eshitib qiziqib qoldim. Asar g‘oyasi menga juda jozibali va puxta ishlangandek ko'rindi. O'zim ham o'qib chiqishni maqsad qildim.

@panda_books
​​#tavsiya

Fevral oyida o‘qish uchun 5 ta kitob

Bu safar faqat badiiy janrlardagi oʻzim oʻqiyotgan turli janrdagi kitoblarni tanladim, bu orqali har bir kitobxon oʻz kayfiyati va qiziqishlariga mos keladiganini topadi deb oʻylayman.

1. “1984” – Jorj Oruell

Totalitar tuzum, nazorat va erkinlik mavzularini o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, bu klassik distopiya siz uchun. Haqiqat va manipulyatsiya haqida o‘ylashga majbur qiladigan asar.

2. “Jinoyat va jazo” – Fyodor Dostoyevskiy

Psixologik jihatdan eng kuchli asarlardan biri. Ushbu roman insonning oʻz vijdoni oldidagi eng katta bahslardan biriga sababchi boʻladi. Uni oʻqish davomida sizni axloqiy qarorlar va ijtimoiy tengsizlik haqida o‘ylashga undaydi.

3. “Qor” – Orhan Pamuk

Turkiyadagi shaxsiyat, din va zamonaviylik mavzularini tadqiq etuvchi siyosiy va falsafiy asardir. Pamukning betakror uslubi va murakkab qahramonlari sizni o‘ziga rom qiladi.

4. “Notre-Dame de Paris” – Viktor Gyugo

Parijning mashhur Bibi Maryam sobori atrofida kechadigan fojeali tugaydigan sevgi hikoyasi haqida. O‘rta asr jamiyati va insoniy tuyg‘ular toʻgʻrisidagi chuqur falsafiy asar.

5. “Kirka” - Madlen Miller

Quyosh ma’budi va eng qudratli Titan – Heliosning xonadonida g‘alati bir farzand dunyoga keladi - Kirka. U na otasidek kuchli, na onasidek vasvasaga soluvchi edi. Foniy dunyodan oʻziga umryoʻldosh izlab, u kutilmaganda yashirin qobiliyatini kashf etadi: bu shunchalik qudratli kuch ediki, u bir kun kelib, eng kuchli ma’budlarga ham tahdid sola olardi.

Qaysi biri sizga qiziqroq tuyuldi? Yoki boshqa janrlar bo‘yicha ham tavsiyalar beraymi?

@panda_books
#tavsiya

Ideal dunyo haqidagi fikrlaringizni butunlay o'zgartirib yuboradigan 15 ta antiutopik kitob

Jorj Oruell - "1984"

Rey Bredberi - "Farengeyt bo'yicha 451 daraja"

Oldos Xaksli - "Jasur yangi dunyo"

Jorj Oruell - "Molxona"

Yevgeniy Zamyatin - "Biz"

Entoni Byordjess- "Mexanik apelsin"

Tatyana Tolstaya - "Кысь"

Andrey Platonov - "Xandaq"

Kurt Vonnegut - "Beshinchi qushxona yoxud bolalar salib yurishi"

Aleks Garland - "Plyaj"

Loren Oliver - "Delirium"

Stiven King - "Yuguruvchi odam"

@panda_books