Panda Books
5.84K subscribers
2.36K photos
453 videos
8 files
2.1K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: 8600312923143529
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
#haqida

Jadidlar ijodini o'rganishdan maqsadimiz nima?

Mana hozir oxirgi yillarda bizda jadid adabiyotini o'rganishda katta siljish bo'ldi. Ularning ko'pgina kitoblari nashrdan chiqdi. Bu juda yaxshi. Lekin nazarimda asosiy masala qolib ketdi. jadidlar ishi bo'yicha olimlar, arboblar, ma'suliyatli shaxslar tomonidan umumiy siyosiy baho berilmadi.

Biz hozir maqtanayotgan gapimiz: "Mana nechi yillardan beri hech kim o'rganmagan jadid adbiyotini olib chiqyapmiz". Xo'sh, nega bizdan oldin, misol Sovet payti bu ishlar qilinmagan? Agar o'sha davrda jadidlar ijodi yetarlicha o'rganilgan bo'lsa, biz hozir nima qilayapmiz? Agar o'rganilmagan bo'lsa, bunga kim aybdor? faqat sovet payti bu yerda faqat o'rislar yashagan demang)

Mabodo "O'zbekiston tavalludi"ni o'qisangiz, (Shu kitobni amerikalik odam yozgani ham yaxshi bo'lgan, bizda voqealarni shunday dadil obyektiv ochib beradigan tarixchi chiqishiga ko'zim yetmasdi) o'zbek adabiyotida jadidlar bir avlod bo'lgan bo'lsa, undan keyin kelgan avlodlar, misol G'afur G'ulom, Abdulla Qahhor davriga kelib - ziyolilar umuman boshqacha qarashda bo'lishganini ko'ramiz. Umuman boshqacha qarashda. Misol uchun quyidagi she'rni olaylik:

"Baxsh etganman shu ishimga men borligʻimni,
Dala boʻylab kezdiraman traktorimni.
Chunki mahkam va mustahkam partiyamizning
Buyrugʻini singdiraman olib zimmamga"


Bu she'r qandaydir rus emas, balki shoira Zulfiya qalamiga mansub. Yoki Abdulla Qahhorning "Sinchalak" romanini o'qib ko'ring. Suvini olib tashlasangiz, g'irt sovet propagandasini madh qilgan. Hamid Olimjon esa YU raisi bo'lgan. (Va qizig'i sirli ravishda avtomobil halokatidan o'lim topadi).

Eng muhimi, jadidlardan kim qo'rqqan, keyin ularni kim sotgan, kim kimni ortidan poylab yurgan, Usmon Nosir va Qodiriy, Cho'lpon kabilar nega va qaysi aybi uchun otilgan, o'ldirilgan, surgun qilingan, nega javobgarlar hamon ochiqlanmaydi, arxivlar nega yopiq? Balki biz ijtimoiy jinoyat sodir qilganlarni haligacha alqab yurgandirmiz?!

Aslida ko'pchiligimizga allaqachon buning qizig'iyam yo'q, axir biz yopiq qozon-yopiqligicha qolishini yaxshi ko'ramizku... Shu kabi fikrni tushungan va bularning tag ma'nosini o'ziga daxldorligini bilgan kishilarga esa bu gaplarning ta'sir qilmaydi. Buni men yaxshi anglayman.

Shunchaki, har safar Cho'lpon yoki Fitratni o'qishni boshlasam, shu singari fikrlar hayolimdan o'tardi, endi ularni matnga ko'chirdim, xolos...

@panda_books
Forwarded from Qisqa satrlar
- Xuddi tirikligini isbotlab qo'ygan odamdek o'limdan qo'rqishing g'alati emasmi?
- Mayli, buni qo'y. O'limga eng go'zal ta'rifni Tatsit bergan: O'lganingda hamma seni ko'rgani keladi, lekin sen uyda yo'q bo'lasan.

Kadzuo Isiguro, "Yetimlik yillarimizda"

👉 @sitadel_quote
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Panda Books
Video message
Sizga birinchi kitobizni nechi yoshda olib berishgan?

@panda_books
💥Amerikalik yozuvchi Jorj R. R. Martinning fentezi romani, "Muz va olov qo'shig'i" turkumidagi birinchi kitob — "Taxtlar o'yini" o'zbek tiliga tarjimasi nihoyasiga yetibdi.

Bu haqida tarjimonning o'zi xabar berdi.

@panda_books
Lotincha yozish.

@panda_books
«O‘zbekiston tavalludi» kitobi bilan bog‘liq qiziq va ajablanarli voqea

Abbosbek Serobov X/Twitter sahifasidan:

"O‘tgan yili fevral oyi o‘rtalari, kitob yangi nashrdan chiqqan edi. Panda books blogi muallifi Jasurbek akaga nashriyot nomidan shu kitobdan sovg‘a jo‘nataman dedim. Kechqurun yandexdan chiqarib yuboradigan bo‘ldim.

Jasur aka kechqurun lokatsiya yubordi. Yandex dostavka chaqirdim. Spark keldi. Kitobni Akademnashrning qadoqli paketiga solib old o‘rindiqqa qo‘ydim. Ketdi.

Uyga kirib qarab turdim. Taksi yaqinlashdi. Aytdim, chiqib turing, borib qoldi deb. Keyin taksi topshirdi degan yozuv chiqdi. Jasur aka taksi kelmayapti deb telefon qildi. Yandexga kirib taksiga telefon qildim. Nomer o‘chirilgan.

Xijolat bo‘ldim. G‘alati holat bo‘ldi. Yandex supportga yozdim. Jasur aka ham yozdi. Xullas, biz yandexdan chetlatdik, IIBga murojaat qilinglar deyishdi.

IIBga murojaat qilganim va undan keyingi voqealar haqida boshqa safar gapirib beraman. Bu jarayonda mani hayratlantirgan bitta narsa edi: Taksist nega kitobni olib ketdi?

Xulosa ham bitta: Ayrim odamlar ming qiyinchilik bilan, o‘g‘irlab bo‘lsa-da o‘qigan «O‘zbekiston tavalludi»ni siz pulingizga sotib olib, bemalol o‘qishingiz mumkin ekanligini eslatib o‘tmoqchi edim."

**

Rostan shunaqa bo'lgandi, o'sha taksist nimaga bunday qilgani jumboqligicha qoldi.

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg'onada ashaddiy kitobxon kelin-kuyov kutubxonada tanishib, o'sha yerda nikohdan o'tishibdi.

@panda_books
Panda Books
💥Amerikalik yozuvchi Jorj R. R. Martinning fentezi romani, "Muz va olov qo'shig'i" turkumidagi birinchi kitob — "Taxtlar o'yini" o'zbek tiliga tarjimasi nihoyasiga yetibdi. Bu haqida tarjimonning o'zi xabar berdi. @panda_books
#maqola

"Jorj R.R. Martinning "Muz va olov qo'shig'i" turkumidagi kitoblarni o'qish tartibi" — Panda Books

"Taxtlar o'yini" o'zbek tiliga tarjimasi nihoyasiga yetgani munosabati bilan o'zi Taxtlar o'yini seriyasidagi kitoblar qancha va qaysidan boshlash kerakligi haqida ashaddiy GoTchi va Martinist sifatida o'z qo'llanmamni yozib qo'ydim.

Batafsil👉 Shu yerni bosing

maksimal sheyr, podpisatsiya qilish esdan chiqmasin, iltimos!


@panda_books
Xalq istasa...

- Jadid Kulliyoti to'plamidan

@panda_books
Cho'lpon xuddi hozirgi Falastin haqida yozgandek go'yo...

- Jadid Kulliyoti to'plamidan

@panda_books
Tadqiqot: Zumerlar korporativ tadbirlarda hech qanday ma'no ko'rmaydilar. Ularning 90%i party o'rniga naqd bonusni afzal ko'radi.

Z avlodi (1997-yildan buyog'ida tug'ilganlar) turli korporativlar, ya'ni ishxonadagi hamkasblar bilan ziyofat uyushtirishlarni yoqtirmas ekanlar. Ularning fikricha, bu - majburiy o'yin-kulgi.

Bundan tashqari, korporativ tadbirlar ishdagi eng zerikarli narsalardan biri ekanligini tan olishgan. Yana bir zerikarli mashg'ulot ular uchun bilan bunday kechalarda hamkasblar bilan muloqot qilish ekan.

Sizgachi, ishxona uyushtiradigan ziyofatlar yoqadimi?

@panda_books
​​"Ginness Rekordlar kitobi" haqida haqiqat

Bugun sizlarga dunyo bo'ylab "Injil"dan ko'proq o'g'irlanadigan va u haqida hayotingizda kamida bir bora eshitgan kitob haqida gapirib bermoqchiman. Bu — Ginnessning rekordlar kitobi.

Agar biror marta xorijga chiqib, u yerdagi kitoblar do'koniga tashrif buyurgan bo'lsangiz, u yerda Ginnessning rekordlar kitobi asosan bolalar adabiyotiga mo'ljallangan javonda turganini guvohi bo'lasiz. Ha, bu aslida bolalar uchun qiziqarli tuyuladigan voqealardan so'zlovchi ko'ngilli loyiha. Tijoriy manipulyatsiya.

Jahonda davlatlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy sohalardagi natijalarini qiyoslab boruvchi xalqaro tashkilotlarning jiddiy indekslar va hisobotlari mavjud. Haqiqatda jamiyatda nimadir yaxshi tarafga o'zgargan, infrastruktura, yashash sharoiti rivojlanishi bo'yicha masalan. Bu esa oson ish emas.

Mamlakatlar o'z rivojlanish jarayoni davomida umumbashariy miqyosda nimadir taqdim etishni istaydi. Ayniqsa, 3-dunyo davlatlari o'zi haqida boshqalarda ijobiy taassurot qoldirgisi, xalqaro imidj yaratgisi keladi. Oson yo'l bilan mashhur bo'lishni istaydiganlar kammi?

Ginness rekordlar kitobiga kirish Turkmaniston, Shimoliy Koreya kabilarga imidj yasovchi vosita bo'lib xizmat qilishining sababi ham shu. Qizig'i, ular bunga juda jiddiy yondoshadi. Boshqalar ko'ngilochar tadbir sifatida qaraydigan bitta xususiy tashkilotning nashriga hukumatlar miqyosida e'tibor beriladi. Ginnessga kirgan davlatlarni eslab qolishadi deb hisoblashadi. Bu bir tomondan to'g'ri, lekin haqiqiy rivojlanish unga qarab o'lchanmasligi ham bor gap.

Xullas, Ginnesslar kitobi - bu butun dunyoni ajoyib tarzda manipulyatsiya qilib soqqa qilishni ko'zlaydigan overestimated nashr. U psevdoobro' va psevdoshuhratdan boshqa hech narsa bermaydi. Bunga jiddiy qarash pul va vaqtning bekorga sarflanishi xolos.

@panda_books
Bugun ChatGPT bilan nihoyat o'zbek tilida suhbat qilishni boshladik. Unda kitoblar haqida so'radim. Javoblari o'zbekchada ancha yaxshi, aqlli.

Unga qanday savol berishni istardingiz ushbu mavzuda? izohlarda qoldiring.

@panda_books
Dunyo bo'ylab odamlar diplom yozyapti ChatGPT orqali, planlar tuzyapti, soqqa qilyapti.

Masalan, men video olganman shu ChatGPT haqida: https://www.youtube.com/watch?v=2wCha_SiB9c

Yangi texnologiyalardan foydalanish kerak. Qiziqib ko'ring, ishingizni ancha osonlashtiradi. Ayniqsa agar siz ijodkor odam bo'lsangiz.

@panda_books
6 oy oldin 👆 video qilganimda, ChatGPT hali O'zbekistonda rasman ishlamasdi. Adashmasam tekin ham edi. Mana zamon qanday shiddat bilan o'zgaryapti.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xavfsizlik illyuziyasi

- "3000 ming fut balandlikdagi halokat chiqish yo'lagi. Xavfsizlik illyuziyasi".
- "Ha, shunday."
- "Bilasizmi, kislorod niqoblari nima uchun kerak?"
- "Nafas olish uchun".
- "Kislorod odamni mast qiladi. Falokatli holatlarda siz panikaga tushasiz va birdan eyforiya. Tinchlanib qolasiz, odamlar sizning dahshatli yuz ifodangizni ko'rmaydi. Avariya uchun maxsus qo'llanmalarga e'tibor bering, ularning yuzlari huddi Hindistondagi muqaddas sigirlarnikidek hotirjam boqib turibdi."
- "QIziqarli nazariya".

@panda_books
Kitoblar uchun ham 1️⃣1⃣.1⃣1⃣ chegirmalari!

Xalqaro shopping kunida kitobxonlarimizni chegirmasiz qoldirish mumkinmi? Albatta yo’q😁.

📚 Siz uchun Asaxiy.uz saytidagi ko’pgina kitoblarga chegirmalar e’lon qildik. Yangi kitoblar bilan o’zingiz va yaqinlarni xursand qiling.
Katalog bilan tanishing, kitoblarni “savatcha”ngizga soling va buyurtma bering.

Yangilikni kitobxonlarga ham yetkazing)