Forwarded from Self Improvement
#taqriz
🌻Piter Til — "Noldan birga"
Shu kunlarda ko'proq biznes boshqaruvi, strategik fikrlash va to'g'ri qaror qabul qilishga o'rgatadigan kitoblarni o'qiyapman. Avvaliga Asaxiyda chop etilgan ushbu kitobning sarlavhasi meni o'ziga tortdi. Va keyin o'qib shunga amin bo'ldimki, haqiqatdan kitobda ajoyib ma'lumotlar, foydali maslahatlar va inglizcha aytganda "guide"lar berib o'tilgan ekan.
Kitobning asosiy mundarijasiga qarasak, unda startaplarni to'g'ri boshqarish, jamoaga odamlarni qanday jalb qilish va ish faoliyatida qaysi omillarga tayanib muvaffaqiyatga erishish haqida bayon qilingan. Orangizda agar moliyachilar bo'lsa, (bo'lmasa ham) ko'pchiligingiz "PayPal" kompaniyasi to'g'risida eshitgan bo'lsangiz kerak. Ushbu kompaniyaga eng boshida 6 ta inson boshchiligida asos solingan. Eng qiziqarlisi, ularning 3 nafari kommunistik davlatlardan qochib kelgan bo'lsa, 4 nafari maktab davrida qo'lbola bomba yasagan — qisqa qilib aytganda "o'ta g'alati shaxslar" bo'lishgan.
Kitobda asosan "PayPal" tarixi haqida hikoya qilinadi, masalan, kompaniya boshida obunachilar uchun pul to'lagan, dastlabki yillarda esa deyarli foyda ko'rmagan. Bundan tashqari, "Microsoft"ga bo'lgan hujumlar, "Apple"ning bozorga kirib kelishi borasida ham ko'plab qiziq faktlar ochiqlangan. Shuningdek, unda oldingi zamonlarda internet kirib kelishini odamlar qanday qarshilagani va keyingi o'zgarishlar, raqobat mafkurasi, jumboqlar, mafiya strukturalari haqida aytib o'tilgan.
Masalan, startaplar 7 ta tamoyilga asoslanib qurilishi, u muvaffaqiyatli chiqishi uchun hech bo'lmaganda, ulardan 4 tasiga erishilgan bo'lishi kerakligi ta'kidlangan. Bunday startaplarga misol qilib - ko'pchilikka tanish va elektrokarlar ishlab chiqishga ixtisoslashgan "Tesla" startapi keltirilgan. "Tesla"ning har bir qadami boshqa katta kompaniyalar kuzatuvida bo'lgan, misol uchun, "Daimler" kompaniyasi "Tesla"ning akkumlyatoridan, "Mercedes-Benz" transmissiyasidan, "Toyota" dvigatelidan nusxa olgan deyishadi. Hattoki "General Motors" ham "Tesla"ning keyingi harakatlarini oldindan bilish maqsadida maxsus kuzatuvchi ishchi guruhi tuzishgan deyishadi. Bundan tashqari, investorlar bilan ishlash vaqtida nimalarga e'tibor qaratish, qaysi tamoyillarga tayanish bo'yicha ham misollar bilan tushuntirib o'tilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, bu kitob menga juda yoqdi. Asar muallifi, mashhur "PayPal" va "Palantir" kompaniyalari asoschisi, hozirda o'z sohasida gigant korporatsiyalarga aylangan "Facebook" va "SpaceX" kabi startaplarning ilk investorlaridan biri bo'lmish - muvaffaqiyatli biznesmen Piter Til ushbu qo'llanma orqali biz bilan o'z ish tajribasini bo'lishadi, hayotiy voqealardan misollar keltiradi. Shu sababdan, kitobni bemalol biznes boshqaruvi sohasiga qiziqqan istalgan o'quvchiga tavsiya qilaman.
Yoqimli mutolaa:)
@selfdeprules

#tavsiya
Kuzda mutolaa qilish uchun 4 ta badiiy kitob — Panda Books tavsiyasi
1️⃣ Shukrullo — «Kafansiz ko'milganlar»
Qatag'onlik davri tasviri, undan ham og'iri o'zining «xalq dushmani» deb ayblanishi haqida yozish, mahbusligini eslash, qamoq voqealari, lager hayoti, so'zsizlik,,, bularning haqqoniy tasviri Shukurulloning «Kafansiz ko'milganlar»ida yaqqol ifodalangan. Asarning yana bir ahamiyatli jihati – uning mazkur mavzudagi yagona asarligida.
2️⃣ Frensis Skott Fitsjerald - "Buyuk Getsbi"
O'tgan asrning "suronli" 20-yillarida sodir bo'lgan bir sevgi tariix haqida hikoya qiluvchi va buyuk "amerika orzusi"ni "jaz asri" bilan uyg'unlikda ko'rsatib bergan benazir kitob.
3️⃣ Jojo Moyes - "To seni topgunimcha"
Luiza Klark - yosh, quvnoq va samimiy qiz. Ishsizlikdan qiynalgan bu qizni avtohalokatga uchrab nogironga aylangan boy yigitni parvarishiga yollashadi. Yigit esa 6 oydan o'zini o'ldirishga qaror qilgan. Lu endilikda uni qarorini o'zgartirishga bel bog'laydi.
4️⃣ Gabriel Garsia Markes - “Buzrukning kuzi”
Asar hayotning cho‘qqisini zabt etgan, kuch va qo‘rquv, yolg‘izlik va yurak xuruji, yolg‘on va xiyonat chegaralarida yashagan inson haqida. Hokimiyatni egallab olgan va uni shaxsiga moslashtirgan, hatto soyasini idealizatsiya qiladigan, shafqatsiz va qonli qatag‘onlar tizimi orqali fuqarolarda qo‘rquv keltirib chiqaradigan odam haqida. Asar Markes xayoloti mahsuli bo‘lsa-da, u ham aslida haqiqiy hikoya...
@panda_books

#haqida
Mustaqillik bayrami
Mustaqillik bayrami — xalq, jamiyat va davlat uchun juda muhim siyosiy bayram hisoblanadi. Uni aslo kamsitib yoki underestimated qillb bo'lmaydi. Ayniqsa, biz kabi asrlar davomida boshqalarga qaram bo'lishga mahkum bo'lgan mamlakat sifatida.
32 yil oldin biz mustaqillikni faqat orzu qila olar edik. Bu haqiqat. Xudoga shukrki, biz hozir mustaqilmiz. Dunyoda hali hamon ba'zi mustaqilligi yo'q davlatlar mavjud bir davrda biz suveren mamlakatmiz. Va bu bilan faxrlansak arziydi.
Lekin shuni unutmasligimiz kerakki, mustaqillik hali hammasi degani emas. Bu faqatgina ibtidodir. Ilk qadamdir. Xalq faravonligi, mamlakat chinakam erkin jamiyat rivoji va o'zaro birlikda davlat va jamiyat o'zaro bir kuchga aylanishi — manashu bizning yaqin kelajakdagi eng asosiy maqsadlarimiz bo'lmog'i lozim. Erkin jamiyat — qudratli davlatdir.
Zero, suverenitet faqat erkinlik bilan uyg'unlashgandagina ma'no kasb etadi.
Mustaqillik bayrami muborak bo'lsin, qadrli yurtdoshlarim!🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Blurb
Zamonaviy kitob marketingida asosiy o'rin tutuvchi bir usul bor. Bu blerblar (inglizchada "Blurb"). Ya'ni kitob muqovasidagi mashhur kishilarning kitob haqidagi qisqacha sharhlari. Buni kitob sotib olayotganda ko'rgan bo'lishingiz aniq.
Albatta, G‘arb bozorida bu bizdan ko'ra ko'proq rivojlangan. Ammo nazarimda, “blurbs” har doim kitoblarni targ‘ib qilishda munozarali vosita bo‘lib kelgan – o‘ta klishelashgan, tanish-bilishlikka moyil – ammo so‘nggi paytlarda ular juda ko'pagib ketdi. Hatto eng ahamiyatsiz, 3 sort roman ham xuddi insoniyat tarixidagi eng muhim kitob deya ta'riflovchi iqtiboslar bilan bezatib tashlashgan.
Xorijda katta, mashhur yozuvchilarga hozirda shunchaki blerb yozib berishlari uchun alohida gonorar berishga tayyor nashriyotlar juda ko'p.
Do'kondan istalgan kitobni oling va siz unda bir qator tanish sifatlar bilan ta'riflangan iqtiboslarni uchratishingiz mumkin. Masalan, "hayajonli", "chuqur ma'noga ega", "eng yaxshi asar", "hayotiy", "manfaatli" va hokazo.
Nega blurb'lar rivojlandi degan savolga ikki sababni ko'rsatish mumkin: a) nafaqat bizda, balki dunyo bo'ylab adabiy tanqidchilik an'anaviy bosma ko'rinishdan internetga o'tdi va sotuvlarning rivojida internet mashhurlarining hissasi ko'paydi.
b) Nashriyotlar juda ko'p kitob nashr eta boshladilar va ko'plab OAVlar kitob sharhlari ruknini to'xtatishdi. Shu bois, nashriyotlar endi kitoblarni professional adabiy tanqidchilarga jo‘natmaydi, balki ko'plab mashhur kishilar (bloger, jurnalist, biznesmen va milliarder) ma’qullagan iqtiboslarini yig‘ib kitob muqovasida aks ettiradi. Oddiy qilib aytganda, adabiy tanqidchini hech kim tanimaydi, ammo ko'pchilik Bill Geytsni biladi.
Hozircha shu. Bu masalada hali yana yozaman. Xo'sh, siz blerblarni bilarmidingiz?

Akrom Malikning "Halqa" kitobi Din ishlari bo'yicha qo'mita tomonidan diniy adabiyot deb topilibdi.
Bu haqida muallifning o'zi Facebook sahifasida ma'lum qildi.
Bu nima degani?
Upd: Qoida tariqasida, agar kitob diniy adabiyot deb topilsa, u oldin maxsus galogramma olishi (ya'ni Din ishlari qo'mitasi tomonidan ekspertiza o'tkazilgach, sotuvga chiqarilishi lozim) "Halqa"da o'sha galogramma yo'q.
Qayta sotuvga chiqishida endi manashu masala hal qilinmasa, uni qayta nashr qila olishmaydi.

Panda Books
ALPOMISH MEDIA – SHOMUROD BAXSHI TOG'AYEV "BIYIGUL" ALPOMISH MEDIA (ziyomusic.net)
Kecha Mustaqillik bayramida Oʻzbekiston xalq baxshisi Shomurod baxshi Togʻayevning “Biyigul” qoʻshigʻi yangradi. Diydasi qattiq odamniyam titratib yubordigan nola edi bu.
Shomurod baxshi bu terma orqali qatagʻonning xalq boshiga solgan adoqsiz qaygʻularini kuylagan. Oʻzining taqdiriga ham daxldor. Uning otasi Togʻay baxshi quloq qilinib, Sibirga joʻnatiladi, Shomurod baxshi onasidan 9 oyligida yetim qoladi. Keyinroq otasi urushga joʻnatiladi, baxshining oʻzi detdomda katta boʻladi. Otasi urush tugagach qaytadi…
Shomurod baxshi davrning dahshatlari, amaldorlarning adolatsizliklarini “Mekkam chol” obrazi orqali kuylagan.
Kechagi “Biyigul” ham “Mekkam chol” termasidan. Koʻpchilik qoʻshiqni Hosila Rahimovaning “Ravzangul”i orqali taniydi. Menimcha esa, baxshining oʻz tilidan yozib olgani kuchli, hazin va ayni damda oʻtkir.
“Alpomish media” tomonidan yozib olingan bu achchiq qoʻshiqni ulashgim keldi.
…Enajon, voy ena, ena-yay
Nega mening otajonim kelmaydi
Ena qurgʻur sochin jayib jilaydi
Jilama, jilaganing bu dushmanlar bilama
Yolgʻon aytmay, rostin aytgin, ena-yo
Otajonim Sibirlardan kelama?
Uchar edim, qanotimdi qayirding
Jurar edim, oyogʻimdin toyirding
Oʻzbekiston elimdin
Hay-hay baxran ayirding
Jigit oʻlgur Mekkam chol
yashamagin, Mekkam chol
Xudoy urgʻur, Mekkam chol…
Manba: Aziza Qurbonova

Menga o'xshab Karl Marksning "Kapital"ini o'qishga eringanlar uchun uning eng muhim jihatlarini qisqa, lekin batafsil qilib tushuntirib berilgan kitob ekan.
O'tgan safar ko'rgandim, bu safar xarid qilsam kerak.
@panda_books
O'tgan safar ko'rgandim, bu safar xarid qilsam kerak.
@panda_books
#tavsiya
Yil oxirigacha o'qishni maqsad qilgan "To read" ro'yxatdagi kitoblarimning bir qismi. Bu yerda ilmiy-ommabop va badiiy asarlar aralash.
Sizchi, yil so'nggiga qadar qaysi kitoblarni mutolaa qilmoqchisiz?

Forwarded from Panda Books
#mutolaa
"Let’s not reinvent the wheel"
"G'ildirakni qayta ixtiro qilmaylik" degan iborani ingliz tilida shunday deyishadi. Lekin ba'zan g'ildirakni qayta ixtiro qilish ham iqtisodiy jihatdan zarur bo'lishi mumkin.
Hamisha aeroport yoki vokzalga yo'lingiz tushsa, u yerda minglab chemodanlarni uchratishingiz aniq. E'tibor bersangiz, deyarli barcha chamadonlar g'ildirakli va tortib yurishga oson. Sizningcha shu narsa qachon o'ylab topilgan. Balki sizga ular doimo shunday bo'lib kelgandek tuyular, ammo yaqin 1972-yilgacha chamadonlarda g'ildiraklar umuman bo'lmagan. Ota-onalarimiz chamadonlar qanchalik og'ir bo'lmasin, dastagidan ko'tarib yurishlari yoki dastyor yollashlari kerak edi.
1972-yilda Bernard Sedou ismli shaxs g'ildirakli chamadonni ixtiro qiladi va patent oladi. Uning chamadonida to'rtta g'ildirak va tortadigan kamarcha bor edi. Bu yaxshi g'oya bo'lsa-da, boshida sotuvchilar: “Sizni ahmoqona chamadonlaringizni hech kim sotib olmaydi. Vokzallar va aeroportlar hammollar bilan to‘la, g‘ildiraklar shart emas”, deya rad qilishadi. Qolaversa, ko‘pchilik, ayniqsa, erkaklar chamadonni "jasorat bilan ko‘tarib yurish" o‘rniga, sudrab yurishdan uyalishardi.
Shuningdek, ilk chamadonlarda kichik muammo mavjud edi: tasmani tortganizda, chamadon qattiq silkinar va tez-tez dumalab ketardi. 1991-yilda uchuvchi Robert Plat ommaga patentlangan yangi dizaynni taklif qiladi. U 4 ta pastki g'ildirak o'rniga, ikkitasini biriktiradi, lekin pastga emas, yon tomonga. Tasma o'rniga, ochilib yopiladigan qattiq ramkani o'ylab topadi. Qolaversa, chamadonni samolyot borti yo‘lagida sudrab yurish uchun ataylab torroq qilib ishlaydi. Shundanmi, Robert kashfiyoti "Rollaboard" deb ataladi.
Biz esa ularni shunchaki "chamadon" deymiz, chunki endilikda odatiy chamadonlar deyarli qolmagan. Eng qizig'i, buning hammasi yaqin 1991-yilda sodir bo'lgan. Hozir bunaqa chamadonlar deyarli hammaning uyida turibdi. Savol tug'iladi, nega ular ilgariroq ixtiro qilinmagan?
Ehtimol, bu inson psixologiyasi bilan bog'liqdir, fanda freyming hodisasi degan tushuncha mavjud. Biz biror narsaning qo'llanilishi haqida bilamiz va ongsiz ravishda biz uning aqlli, to'g'ri qaror ekanligiga amin bo'lamiz.
Ba'zan biz oddiy deb o'ylagan narsalar, unchaliki ham oddiy bo'lmasligi mumkin. Tafakkur qilishga arziydi.

Hozirgina Abdulla Qahhorning "Sinchalak" qissasini o'qib tugatdim. Va qiziq xulosaga keldimki, bu o'zbek adabiyotidagi eng yorqin feministik asarlardan biri.
Qahhor uni sovetcha propaganda bilan shunday qorishtirganki, qayerda propaganda tugab, qachon yozuvchi fiklari boshlanganini bilish qiyin.
Agar ''Barbi" filmini o'zbeklar suratga olganda, uning nomi katta ehtimol "Sinchalak" bo'lardi. Qiziq, juda qiziq qissa.

Hozirgina Abdulla Qahhorning "Sinchalak" qissasini o'qib tugatdim. Va qiziq xulosaga keldimki, bu o'zbek adabiyotidagi eng yorqin feministik asarlardan biri. Qahhor uni sovetcha propaganda bilan shunday qorishtirganki, qayerda propaganda tugab, qachon yozuvchi…
Bu asar haqida yozayotgan taqrizim tanqidiy ruhda bo'ladiyov, o'ziyam feministlar uchun "bomba" bo'ladi.
Sovet feminizmi aslida hayoliymidi yoki sovet davlati eng katta qusuri nima bo'lgan, hammasi haqida gaplashamiz.
Feminizm va inson huquqlari boshqa-boshqa narsa ekanligini tahlil qilamiz.
Kuting, bomba taqrizni:)

#review #taqriz
🔰Abdulla Qahhor — "Sinchalak"
"Mittigina Sinchalak degan qushni bilasizmi? U osmon qulab tushsa, ko'tarib qolaman deb oyog'ini osmonga qaratib yotar ekan"
Ushbu 1958-yilda yozilgan qissa to'laqonli sovet propagandasi mahsuli deyish mumkin. Feminizm, diniy motivlar ustidan kulish va millat etnosini butkul o'zgartirishga urinish.. Bir so'z bilan aytganda,kitob o'sha davr holatidan kelib chiqilgani ko'rinib turibdi.
1950-yillardab boshlab SSSRda yangi propaganda avj oladi: millatlar yo'q qilinib, uning o'rniga — "yagona tarixiy jamiyat - sovet xalqini shakllantirish" kerak edi. Abdulla Qahhor Saida obrazida mard, qo'rqmas, kuchli irodali ayol siymosini yaratadi, Ozod Sharafiddinov ta'kidlaganidek, "ilg'or zamonaviy ayol obrazini umumlashtirgan qahramon" edi u. Partiya sekretari bo'lgan yosh Saida raykom buyrug'i bilan Arslonbek Qalandarov raislik qilayotgan "Bo'ston" kolxoziga vaziyatni yaxshilash uchun jo'natiladi.
Kitob yaxshi yozilgan, undagi qahramonlar yaxshi tanlangan. Abdulla Qahhor ayollarning haq-huquqlarini cheklashni qoralaydi, ularni uyda savodsiz bo'lib o'tirishini tanqid qiladi, ularni jamiyatda katta va muhim lavozimlarda o'tirishi lozimligini ta'kidlaydi. Bu borada muallif fikriga to'laqonli qo'shilaman. Shuningdek, qissada muhim yo'nalishi sifatida Zulfiqorov ismli erkakning ikkinchi xotin olgani qattiq tanqid qilinadi, uni kolxozdan haydashgacha borishadi va bu hozir jamiyatimizda deyarli ochiq muhokama qilinayotgan qo'shxotinlilik targ'ibotlari fonida juda qiziq tuyuladi. Va bu yana bir bor ikkita xotin mavzusi adabiyotimizdagi "o'lmas mavzulardan" ekanligini tasdiqlaydi:)
Sovet davri qurilishi fundamenti boshidan bir-biriga qarama-qarshi edi. SSSR postmilliy davlat sifatida yaratilgan edi - ya'ni madaniy yoki etnik kelib chiqishiga ko'ra emas, balki bitta mafkura ostida birlashgan davlat. Bu mafkura o'z navbatida utopiyadan boshqa narsa emasdi. "Buyuk sovet xalqini yaratish" aslida tub aholini ruslashtirish, "buyuk kolxozlashtirish va rejali iqtisodiyot" esa bozorning oddiy talab va takliflariga zid, Kommunizm esa din vazifasini bajarishi lozim edi. Bularga Abdulla Qahhor chinda ishonganmi yoki zamon zayli majburan shunday asarlar yozganmi, afsuski buni muallif o'zi bilan qabrga olib ketgan.
"Sinchalak"da birorta ijobiy erkak qahramon yo'q, hammasi yo johil, yo qo'rqoq yoki xiylagar. Ichidan tuzukrog'i Kozimbekdek ko'ringandi, u ham oxirida otasini sotdi qo'ydi. Yana bir qiziq jihat A.Qahhor barcha erkak personajlarni erkalash qo'shimchasi bilan yozgan: Arslonbek, Kozimbek, Umidjon... Ayollar ismlarining ba'zi istisnolardan tashqari birortasida buni uchratmaysiz. Erkaklar bilan teng bo'l, shiorini uyda birga alkogol ichishga ham qo'llanishi boyagi gapimni tasdiqlaydi. O'zbek millatini azaliy an'analaridagi zararli (yoshlarni tinglamasdan erga berish yo uylantirish)ga qo'shib foydalilarini (andisha, uyat, ibo-hayo) ham olib tashlashga urinish, mamlakat shunchaki ulkan paxta dalasiga aylangan bir zamonda qayg'uli edi. Partiya sekretari esa hammani uyiga kirib yurib, barcha shaxsiy ishlariga aralashishi esa kommunistlarning asl basharasini ko'rsatib beradi.
Bir gap bilan aytganda, aslida sovetlarning demokratiyasi biz hozir bilgan demokratiyada mutlaqo farq qilgan, ularning inson huquqlari haqidagi ishlari illyuziya va eng muhimi ularning ayollarning haq-huquqlarini tiklash ularni dalaga ishchi qilish maqsadidan bo'lak narsa bo'lmagan. Aslida sovetlarda bu ishlarni bajarishda ko'zda tutgan hech qanday Ezgu niyat bo'lmagan. Hammasi manipulyatsiya, qo'rqituv va insonlarni o'zlari o'ylab topgan cho'pchaklarga ishontirish maqsadida qilingan xolos.
Adabiyotning shu propaganda mashinasi qo'lidagi qurol bo'lgani esa achinarli. Abdulla Qahhor bir paytlar, "Adabiyot atomdan kuchli, lekin uni o'tin yorishga sarf qilmaslik kerak" deya yozgandi. Ammo o'zi vaqtida o'sha adabiyot bilan choy qaynatgan bo'lib chiqyapti.
Abdulla Qahhor ijodiga kamoli ehtirom bilan mening subyektiv bahoyim shunaqa.
Yoqimli mutolaa!

#sarhisob #avgust
Oy Sarhisobi.
Qarasam ushbu sarhisobni 3 yildan beri yuritib kelayotgan ekanman, bu qandaydir odatdan ko'ra, ko'proq kundalikka o'xshash narsaga aylandi. Yana bu menda tanqis bo'lmish intizomni oshiradi, diqqatimni jamlaydi, har oy hech bo'lmasa nimadur qilayotganimni ko'rsatib, bundan motivatsiya olishga yordam beradi.
Avgustda nihoyat Ukrainadagi urushda yozilgan esseni o'zbekchaga o'girib tugatdim. Bir necha kitoblarni mutolaasini boshlab qo'ydim, nasib keyingi oy ko'pini o'qib tugatsam kerak, Yozni maksimum rohatda, minimum mutolaada o'tkazganimda shuncha ish qilibman:)
Panda oilasiga ham kunni carpe diemda o'tkazish va hayotdan zavq olib yashashga chaqiraman. Butun dunyo shundoq derazangiz ortida, shunchaki tashqariga chiqsangiz bas. Kuningiz yaxshi o'tsin!
♻️ Sherbek Bobonor - "Qora suyaklar"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
♻️ Yuval Noy Harari – "XXI asr uchun 21 ta saboqlar"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 Baxtlilik darajasi
👉 Fashizm, kommunizm va liberalizm
👉 Parlament
👉 Tarjimani "silliqlash"
👉 Yozuvchilar uyushmasi
👉 Biznes va Ta'lim
👉 SuperPayshanba
👉 Bésame mucho
👉 Tanish manzara, mening fakultetim
👉 Green Book
👉 Hayotdagi o'rnimiz va maqsadlarimiz
👉 Dollar qudrati
Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?
@panda_books
Instagram | Youtube | Tiktok

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ba'zida shunaqa vaybni xohlaydi kishi. Qaniydi hech kim seni chalg'itmasa, yolg'iz mazza qilib kitob o'qib o'tirsang.
@panda_books
@panda_books
Forwarded from Bored Panda
Sherali Jo'rayev
Butun o'zbek xalqi, 7 dan 70 yoshgacha birdek taniydigan san'atkor ahli barmoq bilan sanarli. Ular ichida butun xalq sevgisiga ega chiqqanlar esa undanda kamroq. Sherali aka ana shunday yorqin ijodkorlardan biri edi.
Men hozirgina o'ylab qoldim, xalq o'z identity'sini o'z milliy san'ati orqali nihoyatda aniq ifoda etadi. Hech qanday siyosatchi, deputat yoki sportchi emas. Aynan xalq san'atkorlari shu xalq g'am tashvishi, quvonch-u shodligini o'zida aks ettiradi. Shu ma'noda Sherali Jo'rayev o'zbek o'ziga xosligi namoyondasi edi. Chunki u kishi shunchaki ashula aytmasdi, o'zi ham yuksak did va bilim sohibi ham bo'lgan. Shuningdek, haqiqiy san'at va uning darajasini belgilab beruvchi misol edi.
Eng uzoq ovuldagi inson ham Sherali Jo'rayevni tanirdi. Bu xuddi o'zbek xalqini jipslab, bog'lab turuvchi xalqaga o'xshardi - bu o'zbek xalqini birlashtirib turgan madaniyatining muhim bo'g'ini edi va shunday bo'lib yodimizda mangu qoladi.
Ilohim Sherali Jo'rayev joylari jannatdan bo'lsin. Farzandlariga chiroyli sabr bersin.
@boredpandablog