Книги, которые я тавсую
Teletype platformasi orqali yangi rukn ochdim 👆 Bu ruknda men o'zimga yoqqan va sizga ham yoqishiga kafolat beradigan kitoblarimni tavsiya qilib boraman.
Ilk kitob esa kutganingizdek Gregori Devid Robertsning "Shantaram" asaridir!
Quyida to'liq o'qishingiz mumkin:
https://teletype.in/@boredpandawriter/YHQygeTh9
#shantaram
@panda_books

Teletype
"Shantaram" by Gregori Devid Roberts
"Shantaram" - asrimizning "Ming bir kechasi"
Yana bir kitobni tugatdim!
Nihoyat, oxirgi ikki hafta davomida meni o'ziga rom etgan, shaxsan Bill Geyts tarafidan juda yuqori baholangan Xans Roslingning "Factfulness" kitobini rus tilida o'qib tugatdim.
Tog'risini aytsam, asar bu darajada qiziqarli va oson o'qiladi deb o'ylamagandim. Undagi ajoyib diagrammalar va asarning sodda tili orqali o'quvchiga zamonaviy dunyo kartinasi tiniq tushuntirib berillgan.
Kitob haqida haliroq to'liq yozaman, albatta. Feedbackni kutib qoling!
Kitob haqida oldinroq yozganlarimni #factfulness #rosling heshteglari orqali o'qishingiz mumkin,

Forwarded from Just Us & Our World
#Tugatilmagan_kitob
Asarni o'qib chiqib, to'liq review yozishga umid qilgandim. Lekin, afsuski o'xshamadi.
"Never let me go" - yaponiyalik yozuvchi Kazuo Ishiguro qalamiga mansub bo'lib, anti-utopik ruhda yozilgan.
"Я шпионил ради вас, лгал ради вас, подвергал себя смертельной опасности ради вас. И думал, что делаю всё это для того, чтобы сохранить жизнь сыну Лили. А теперь вы говорите мне, что растили его как свинью для убоя?"- degan edi Severus Snape. Asarning mazmuni shu haqida - donarlik qiladigan insonlarni bolalikdan shunga tayyorlash. Ya'ni:
1. Ular maktab yoshidanoq maxsus bilim yurtida, faqat o'zlariga o'xshagan odamlar bilan ulg'ayishadi.
2. Salomatliklariga o'ta e'tiborli bo'lish uqtiriladi.
3. O'z hayotlari haqida reja tuzisha olishmaydi. Chunki bir necha yildan so'ng o'lishlarini bilishadi - ular shuning uchun "yaratilishgan".
"Odamzot ilm-fan rivojlangani sari o'zidan ketib qolmaydimi?" - shu fikr anchadan beri qiynardi. Yetib keldik: kishilarni keyinchalik o'z maqsadlari yo'lida foydalanib, so'ng uloqtirib yuborish uchun "yetishtirish". Xuddi hayvon yetishtirgandek.
Insonning boshqa insonlar hayotini boshqarishga, ular uchun qaror qabul qilishga nima haqi bor? Asar juda g'alati atmosfera beradi. Yuqorida aytganimdek, asarni oxirigacha o'qiy olmadim. Bilmadim negadir syujetning borishi juda zerikarli bo'lib qoldi: qahramonlar taqdiriga qiziqishim kamaydi. Balki, hali tayyormasdirman. Biroq shu o'qiganlarimdan ham fikrlash uchun bir necha narsa ola oldim - eng muhimi ham shu.
Hozircha shu kitobni eslasam bir sahna ko'z oldimda gavdalanadigan bo'ldi: Tun.Bosh qahramon -Kathy xonasida baland ovozda "Never let me go" qo'shig'ini qo'yib, ko'zlarini yumgan holda ohista raqs tushib turibdi. Qo'lida yostiqni xuddi bolasidek quchoqlab olgandi(qo'shiq so'zlari unga shunday ma'no kasb etardi). Eshigi qiya ochiq turganidan, dastlab kimdir mo'ralab uni kuzatayotganini sezmadi. Kuzatayotgan - donar bolalarning maktabdagi qo'riqchisi "Madam" laqabli ayol edi. Uning ko'zlaridan duv-duv yosh oqardi. Birdan Kathy eshik tomon o'girilib ayolni ko'rib qoldi. Uni ajablantirgan narsa: ayolning ko'zlaridagi chuqur mung edi. Bilmadim, voqealar rivojida asosiy ahamiyatni shu "Madam" tarixi egallar balki.
Shu bilan, hozircha bu kitobni chetga olib turishga qaror qildim. Anti-utopiya shinavandalari bo'lsa, o'qib ko'ring - balki asar aynan siz uchundir.

"Qora Oqqush: Karomat qilolmaslik belgisi ostida" — Nikolas Nassim Taleb
Yangi kitob mutolaasi bilan o'zimni va sizni xursand qilmoqchiman. Bu asar mashhur Sorbonna Universiteti bitiruvchisi va Nyu-Yorklik moliyaviy guru Nikolas Nassim Talebning benazir ijodi hisoblanadi.
Bilasiz, so'nggi o'n yillikda insoniyat hattoki tushigayam kirmaydigan qator og'ir ofatlar, silkinishlar va kataklizmalarni boshdan kechirdi. Bunday kutilmagan hodisalarni Taleb "Qora oqqushlar" deb ataydi. Uning fikriga ko'ra, bular to'pponcha tepkisi kabi ham tarixga, ham har bir shaxsning rivojiga turtki beradi. Va muvaffaqiyatga erishish uchun siz ularga tayyor bo'lishingiz kerak ekan.
Xullas, boshladik do'stlar. Har doimgidek kitob haqida postlarni #черныйлебедь #нассимталеб heshteglari orqali o'qib borasiz 📖
Yoqimli mutolaa!
#newbook #yangikitob

https://t.me/bookerberg/206
Bookerberg yaxshi kontent tavsiya qilibdi.
O'zi umuman, til o'rganish uchun yaxshi metod bu o'sha tilda podcastlar eshitishdir. Ham til o'rganasiz, ham dunyoqarashiz o'sadi.
Tinglab mutolaa!

Telegram
Bookerberg
Castbox haqida bilasizmi?
Bugun men sizlarga bir ajoyib platformani maslahat qilmoqchiman. U orqali siz turli xil podcastlar, eshittirishlar, audiokitoblar yoki ma'ruzalarni bepul eshitishingiz mumkin. Gap Castbox ilovasi haqida ketmoqda. Bu ilovani Play…

Markus Zusak — "Loy ko'prik"
Danbar oilasidagi besh aka-uka - Maykl, Kley, Rori, Genrix va Tomaslarning to'ng'ich farzand tilidan so'zlab berilgan hikoya. Shunday qilib, o'g'il bolalar yolg'iz o'zlari, ota-onasiz, tortishuvlarda, janjallarda, mushtlar bilan ifodalangan muhabbatda ulg'ayishadi. Ammo bir kuni ularning otasi nihoyat uyga qaytib keladi. Qaytgandayam g'alati iltimos bilan. Ya'ni o'g'illar o'z qo'llari bilan - ko'prik qurishlari kerak edi. Kutilmaganda kichik o'g'li Kley bu chaqiriqni qabul qiladi ...
"Barcha yaxshi narsalar biz tug'ilishimizdan oldin sodir bo'ladi."
P/s: O'zim hali bu asarni o'qib chiqmadim, ammo ko'plab intellektual insonlar menga tavsiya qilishdi. "Must read" ro'yxatimga kiritib qo'ydim, o'ylaymanki sizlar ham o'qib chiqasiz.
#маркусзусак #глиняныймост

Mutolaa boshlandi.
Kechki charchoqni ajoyib kitob va muzdek Cola bilan yengamiz)
#черныйлебедь #нассимталеб
@panda_books
Kechki charchoqni ajoyib kitob va muzdek Cola bilan yengamiz)
#черныйлебедь #нассимталеб
@panda_books
"Dunyoga mashhur zamonaviy yozuvchilar"
rukni III soni
Avvalgi sonlarda:
Frederik Bakman
Kazuo Ishiguro
Markus Zusak
Markus Zusak - avstraliyalik mashhur nasr yozuvchisi va oltita bestseller (eng ko'p sotiladigan) romanlar muallifi.
Bo'lajak yozuvchi 1975-yil 23-iyunda Sidneyda tug'ilgan. Zusak ta'limda oldin Engandine o'rta maktabini, keyin esa Sidney universitetini tamomlagan.
O'qishni tugatgandan so'ng, u bir muddat maktabda ingliz tilidan dars beradi. 1999-yilda birinchi roman chop etilgach, Markus Zusak tez orada Avstraliyadagi eng yosh zamonaviy mualliflardan biriga aylanadi. Avstraliyalik va amerikalik tanqidchilar uni "adabiy fenomen" deb atay boshlashadi va yangi asrning eng yaxshi kashfiyoti va she'riy yozuvchilaridan biri sifatida tan olinadi.
Markus Zusak - o'spirinlar va yoshlar haqida yozilgan kitoblarga atalgan bir nechta adabiy mukofotlar sohibi. Zusakning kitoblari 40 dan oshiq tillarga tarjima qilingan va ijobiy tanqidga sazovor bo'lgan. Bir necha yangi avlod o'quvchilari uchun ular kultga aylandi.
Markus Zusakning eng mashhur romani "Kitob o'g'risi" (Книжный вор) 2006-yilda yozilgan, 2013-yilda Gollivud tomonidan kitob asosida shu nomdagi film ham suratga olingan. 2018-yilda uning Zusak 10 yil davomida yozgan "Loy (Gil) ko'prik" (Глиняный мост) monumental romani nashr etildi.

https://t.me/mahinsworld/4687
https://t.me/kitob00kniga/200
https://t.me/bookerberg/209
Mahin, Kitobookniga, Bookerberg o'zaro uchrashib, bir-biriga kitob ulashganini eshitganingda
Men:

Kumush va Zaynab
"O'tkan kunlar"ni ikki marta o'qib chiqqanman. Boshqa bookblogerlarning fikrini bilmadimu, (lekin bilish qiziq bo'lardi) man o'shandan beri Otabekni yomon ko'raman. O'zi yaxshi qahramon bo'lsa-da.
Shunchaki uning roman so'nggi qismlarida qilgan barcha amallari meni g'azab daryosiga cho'ktirgan. Ayniqsa, Zaynabga nisbatan qilgan adolatsiz muomalasi.
Menga ko'proq Zaynab yoqadi. Jinni, savdoyiga aylangan paytdagi emas, balki O'zbekoyim chertib-chertib kelin tanlab yurgan, endi-endi kelin bo'lib tushgan paytdagi mas'um va samimiy Zaynabni nazarda tutyapman.
Eng achinarlisi, Otabek singari muallif ham g'arib Zaynabga rahm qilmagan, uning go'zalligi haqida asarda deyarli lom-lim deyilmagan. Uning latofati Kumushning holicha bo'lmasin deganmi, endi unisini bilmadim. Men uchun Zaynab juda go'zal qiz. Bechora, ammo xushro'y...
Hayotda Kumushlar ko'p, Otabeklar ham ko'p. Biroq, Zaynablarchi? Kumushimdan ayrilsam-da, "Marg'ilonimdan sira beri kelmayman" desa-da, men sira g'am chekmayman. Chunki...
Chunki meni sevgan Zaynabim bor!
#otkankunlar #kumushvazaynab

Bu kitob jinnilariga tekkan la'nat. Bizni eng noo'rin lahzalarda yaxshi hikoya bilan maftun qilish mumkin.
Stiven King
@panda_books
Stiven King
@panda_books
Qani endi ular faqat ishlasa va ko'payishsa - keyin mayli ular xohlagan narsalarini bajarsinlar. Argentina tekisligidagi chorva mollarini tasavvur qiling: ular har doim o'zlari uchun tabiiy bo'lgan hayot tarziga qaytishadi - ular ajdodlari izidan borishadi.
Ular tug'ilib, o'sadilar, 12 yoshda ishlay boshlaydilar, qisqa muddatli jismoniy farovonlik va jinsiy hayotni boshdan kechiradilar, 20 da turmush quradilar, 30 da katta bo'ladi va odatda oltmish yoshlarda vafot etadilar. Qattiq jismoniy mehnat, uy va bolalarga g'amxo'rlik qilish, qo'shnilar bilan mayda janjallar, kino, futbol, pivo va eng muhimi, qimor o'yinlari - bularning barchasi ularning dunyoqarashiga to'g'ri keladi. Ularni boshqarish ham oson. Fikr politsiyasi agentlari ular orasida doimo aylanib yurishadi - xavfli bo'lishi mumkin bo'lganlarni aniqlaydi va zararsizlantiradi; ammo ularni partiya mafkurasi bilan tanishtirishga intilmaydi. Ularda siyosatga katta qiziqish bo'lishini istashmaydi.
Ulardan faqat ibtidoiy vatanparvarlik talab etiladi - bunga ayniqsa ish kuni uzaytirilganda yoki maoshlar kamaytirilishi haqida gap ketganda murojaat qilinadi. Hatto norozilik hamma joyni egallab olsa ham - bu sodir bo'lgan - bu norozilik hech narsaga olib kelmaydi, chunki umumiy g'oyalar yo'qligi sababli, ular faqat kichik muammolarga qarshi qaratilgan. Katta muammolar esa doimo ularning e'tiboridan chetda turardi.
Jorj Oruell, "1984"
@boredpandablog

Kun bo'yi hech bo'lmasa, bir soat kitob o'qishga sizga nima to'sqinlik qiladi?
Kommentariyada qoldiring.
@panda_books
Kommentariyada qoldiring.
@panda_books
Panda Books
Kumush va Zaynab "O'tkan kunlar"ni ikki marta o'qib chiqqanman. Boshqa bookblogerlarning fikrini bilmadimu, (lekin bilish qiziq bo'lardi) man o'shandan beri Otabekni yomon ko'raman. O'zi yaxshi qahramon bo'lsa-da. Shunchaki uning roman so'nggi qismlarida…
Kumush va Zaynab haqidagi postimga kommentariyada bildirilgan fikrlardan..
@panda_books
@panda_books
Rim faylasufi Seneka (m.a 4 - milodiy 65) nomi uzoq vaqtlardan beri stoitsizmning ramzlaridan biri bo'lib kelgan, garchi u falsafada ushbu yo'nalishning asoschisi bo'lmasada.
Senekaning asarlari qadimiy me'yor va qat'iyatlilik tarafdorining nihoyatda samimiy va batafsil "sharaf kodeksi" dir. Va uning hayot yo'li ham har doim insonning ideallariga muvofiq yashashishi kerakligiga yorqin namunadir.
"Lusiliyga axloq haqida xatlar" kimga atalgan? Lusiliy haqiqatan ham mavjud bo'lgan-bo'lmaganligini bilmaymiz (bu Senekaning shogirdi bo'lgan boy Rimlik degan versiya mavjud). Ehtimol, faylasuf o'z nuqtai nazarini ifoda etish uchun shunchaki xatlar formatini ishlatgan bo'lishi mumkin.
Senekaning asarlari shu qadar maftunkor va o'ziga rom qiladi. “Agar siz dunyoni o'zgartira olmasangiz, dunyoga nisbatan o'z munosabatingizni o'zgartiring"…
#seneka

Zaynabni yaxshi deb aytganimdan keyin Kumushning muxlislari va men
🏃🏻♂️ O'tkan kunlar 🔫⚔️🏃🏻♂️🏃🏻🏃🏽♀️⛹🏻♂️
@panda_books
🏃🏻♂️ O'tkan kunlar 🔫⚔️🏃🏻♂️🏃🏻🏃🏽♀️⛹🏻♂️
@panda_books
#нассимталеб #черныйлебедь
"Qora oqqush" asaridan...
O'tmish tajribasining so'zsiz foydaliligiga ishonadiganlar, bitta mashhur dengiz bo'risiga tegishli bo'lgan dahshatli va dono bayonot bilan tanishishsa foydali bo'lardi:
"Mening butun professional hayotim davomida hech qachon jiddiy baxtsiz hodisa sodir bo'lmagan. Dengizda bo'lgan barcha yillarimda men qayg'uga botgan bitta kemani ko'rmadim. Men hech qachon kema halokatni ko'rmaganman, hech qachon halokatni boshimdan kechirmaganman, hech qachon xavfsizlikka tahdid soladigan vaziyatga tushmaganman.
Kapitan E.J.Smit, 1907-y"
1912-yilda kapitan Smit boshqaruvidagi o'sha bitta mashhur kema insoniyat tarixidagi eng mashhur dengiz halokatiga uchradi.