Panda Books
6.25K subscribers
2.14K photos
420 videos
6 files
1.99K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#offtop
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon nafaqat Dubayni, balki Yevropani ham ortda qoldirishga qat'iy bel bog'lagan. Bu yo‘lda rostakamiga katta ishlar qilinmoqda.

Bilasiz, Saudiya xalqaro turizm elchisi — mashhur futbolchi Lionel Messi hisoblanadi. Shu kunlarda u Saudiya turizm salohiyatini namoyish etuvchi reklama roligida ishtirok etgan. Unda Messi "Just a Desert", "Not Much happening", "Closed Culture" va "Girls Can't" so'zlari yozilgan to‘siq-devorlarni sindiradi. Bu albatta mamlakatdagi o'zgarishlarga ishora.

Ayniqsa, ayollar masalasida erkinliklar miqyosi e'tiborga molik. Masalan, rolikda yaqinda koinotga uchgan saudiyalik birinchi ayol astronavt Rayana Barnavi ko'rsatilgan. Shuningdek, hijob kiyish-kiymaslik ham ayollarning erkin huquqi sifatida ko‘rsatilayapti. Ayol didjey, ayol sportchilar borligi aytilyapti.

Bir so'z bilan aytganda, erkinlik va dunyoga ochilishda ko'pgina musulmon mamlakatlariga namuna bo'lishi aniq.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Murod Muhammad Do'st memuarlar, xotiralar kitobi va ularning yolg'on bo'lishi haqida.

@panda_books
​​#haqida

Qozog'iston madhiyasining g'alati tarixi

Shukrulloning "Kafansiz ko'milganlar" romanida muallif qamoqqa ketayotib, poyezdda qozoq shoiri Qayum Muhammadov bilan uchrashganini yozadi. Bu shuning uchun esimda qoldiki, u "Men Qozog'iston gimnini yozganman, mana meniyam qamashdi" deydi.

Rostanam shu paytgacha ularning madhiyasini kim yozganiga qiziqmagan ekanman. U odamning tarixiga qiziqib, kitobni qo'yib Googleni ochdim. Hammasi shundan boshlandi.

Ma'lum bo'lishicha, 1943-yil Davlat madhiyasi uchun tanlov e'lon qilinadi va unda 27 yoshli shoir Q.Muhammadov g'olib chiqadi. Lekin yana ikkita shoir uning matnini sal-pal "tuzatib", hammuallif bo'lib olishadi.

Qozog'iston mustaqillikka erishgach esa ushbu madhiya va unga bastalangan kuy o'zgarishsiz qoldiriladi. Albatta, undagi sovetlar ulug'langan jumlalar o'zgartiriladi, xuddi bizdagi kabi. (Madhiyamiz haqida yozilgan postga qaralsin)

2000-yilda prezident Nazarboyev davlat madhiyasi o'zgartirish kerakligi haqida ommaviy chiqishlarida aytib o'tadi. Oradan bir necha hafta oʻtgach, parlament deputati N.Rustemov “Qozogʻiston madhiyasini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi tashabbusini ilgari suradi. Unga ko'ra, davlatning yangi madhiyasi sifatida Nazarboyev yozgan sheʼr bo'lishi kerak edi. Loyiha ko'rib chiqish uchun e'lon qilinadi va natijada gazetalar unda plagiatni aniqlashadi. Nazarboyevning 1998-yilda chop etilgan “Qozog'im mening” she'ri 1996-yilda Tumanbay Moldagaliev tomonidan yozilgan “Elim mening” bilan bir xil, faqat sarlavhalar bilan farqlanadi xolos. Sharmanda bo'lgan prezident 2001-yil 28 iyunda mamlakat prezidenti parlamentning ikki palatasining majlisiga masalani kun tartibidan olib tashlash iltimosi bilan maktub yuboradi, deputatlar bir ovozdan ovoz berishadi.

Biroq hammasi shu bilan tugamaydi. 2006-yil Qozog'iston Respublikasi madhiyasi "Mening Qozog'istonim" nomli mashhur xalq qo'shig'iga o'zgartiriladi. U 1956-yilda mashhur shoir Jumeken Najimidinov tomonidan yozilgan. Ammo bu she'r matniga ham biroz o'zgartirishlar kiritiladi. Va o'sha tuzatishlarni kiritgan inson "bir yumalab" she'r hammuallifiga ham aylanadi. Bu tuzatishlarni kim kiritganini topingchi?)

Shunday qilib, zamonaviy Qozog'iston davlat madhiyasi rasman shoir Jumeken Najimidinov va Nursulton Nazarboyev "hammuallifligida"da yozilgan.

Bularning hammasi Qayum Muhammadovning taqdiri nima kechdi ekan deb Googlega kirganimdan boshlangan edi.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
Bir yil oldin Aleksandr ismli rossiyalik talaba ChatGPT yozgan dissertatsiyani himoya qilib diplom olgani haqidagi xabarlarni eslaysizmi? Endi ChatGPT o'sha studentga xotinam topib beribdi:)

U o‘z hikoyasini X ijtimoiy tarmog‘ida tred shaklida baham ko‘rgan.

"Meni o'rnimga ChatGPT bir yil davomida gaplashib yurgan qizga turmush qurishni taklif qildim. Bungacha neyron tarmoq boshqa 5239 qiz bilan muloqot qilgan va faqat bittasini qoldirgan", - deydi Aleksandr.

Uyog'ida u o'z rejasini texnik tomonlarini gapirib o'tgan. Twitter esa xuddi bir yil oldingidek, yana yondi. ChatGPT qizlar bilan o'zi gaplashgan, mavzu tanlagan, oxiri ulardan 4 tasi qolgan, keyin ulardan birini tanlab "Brat mashi qizga uylanovur, sizga to'g'ri keladi, man javob" degan.

Qizga sevgi izhorini ham ChatGPT yozbergan va qiz "Ha" degan.

@boredpandablog
​​#review #taqriz

📗Shukrullo — "Kafansiz ko'milganlar"

"O‘g‘rilik, bezorilikning dunyo bo‘yicha bizlardan bunchalik ko‘pligiga sabab balki dinning yo‘q qilingani yoki Xudodan qo‘rqmay, bandadan uyalmasligimi?"

Sovet hukumati 1920, 1937-1938, 1952-yillarda mustaqil Turkiston g‘oyasini ilgari surayotgan Jadidchilik harakatining vakillariga nisbatan qatag‘on siyosatini olib borgani va o‘lkadagi aql egalarini jismonan yo‘q qila boshlaganini yaxshi bilasiz. Shoir Shukrullo ham Qatag'onlik davri tasviri, undan ham og'iri o'zining «xalq dushmani» deb ayblanishi, mahbuslik davrlari, qamoq voqealari, lager hayoti, jamiyatda hukm surgan so'zsizlik haqida o'z boshidan kechirganlarini bayon etadi.

Shukrullo haqida ochig'ini aytadigan bo'lsam, adabiyot darsliklarida o'qiganimdan ko'proq narsa bilmasdim. Kitob menga uning hayotidan ko'pgina qiziq voqealarni xabardor bo'lishimga sabab bo'ldi. Ammo undanam yaxshisi, Shukrulloning jamiyatdagi ahvol, nega qatag'onlar boshlangani, bundan nima maqsad ekanligi haqida o'ylarini eshitish bo'ldi.

Kitob juda ta'sirli chiqqan. Men uni o'qirkanman, go'yo ardoqli shoirimiz bilan NKVDning tor kameralarida birga o'tirgandek, dim poyezd vagonida birga terlab-pishib lagerga yo'l olgandek, Shimoliy Muz okeani sohillaridagi muzlagan yerlarda qahraton sovuq azobini birga kechirgandek bo'ldim.

Bu kabi tariximizning qorong'u voqealarni tez-tez eslash, keng qamrovli auditoriyalarga yetkazish kerak deb o'ylayman. Bugun kechqurun shu asar yuzasidan muhokama o'tkazamiz. Nasib qilsa, hamma qatnashsa xursand bo'laman.

@panda_books
Live stream scheduled for
Live stream started
Jonli efirimiz boshlandi. Savollar shu yerga.
Live stream finished (1 hour)
#sarhisob #yanvar

Oy Sarhisobi.


Mana yangi yilni ham boshlab oldik. Bu oy ancha samarali bo'ldi. Bir necha kitoblarni tugatdim, maqolalar tarjima qildim. Ammo eng katta ish man uchun - Daryo podcastiga chiqish bo'ldi. Sekin-asta mediyniy chelovek bo'lib borayapmiz:)

Quyida an'anaviy sarhisobimiz.

O'qilgan kitoblar:
♻️Rumaan Alam — "Leave The World Behind"

Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️Robert Garayev — “Слово Пацана: Криминалный Татарстан 1970-2010”
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️Fredrik Bakman "My Grandmother Asked Me to Tell You She’s Sorry"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️Shukrullo — "Kafansiz ko'milganlar"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

Oyning eng qiziqarli postlari:
👉
"Hayotni tanla!" monologi
👉 Oddiy haqiqatlar
👉 Yozuv
👉 Illyuziya
👉 Yaman-AQSh urushi haqida
👉 Parallel mutolaa
👉 "1984: Juliya" asari to'g'risida
👉 Darvozaxonadagi kitoblar
👉 "Daryo podcast"idagi suhbat
👉 Magllar
👉 Qozog'iston madhiyasining g'alati tarixi

Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
#newbook #yangikitob

Ilmiy-fantastika o'qimaganimga ham ancha bo'lib ketgandi. Bugun xorijdan Xitoyning eng mashhur fantast yozuvchisining asari yetib keldi.

Yozuvchi Lyu Sisinning "Uch jism masalasi" (2007) ingliz tiliga tarjima qilingach, dunyo bo'ylab mashhurlikka erishadi va 2015-yilda nufuzli "Xyugo" mukofotini qo'lga kiritadi.

Ko'pchilik sci-fi ixlosmandlari uning Lyuning trilogiyasini (bu 1-kitobi) juda yuqori baholashadi. Shu sababdan uni o'qib ko'rishga qaror qildim.

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
Panda Books
Keling, Fevral uchun "Oy kitobi"ni tanlaylik! Qaysi biriga ovoz berasiz?
#BookoftheMonth

Oy kitobi

Demak, eng ko'p ovoz olgan nomzod sifatida fevral oyi uchun kitob tanladik — bu Murod Muhammad Do'st "Lolazor" romani!

Bir oy davomida uni o'qib chiqib, oxirida birgalikda muhokama qilamiz.

@panda_books
#haqida

Patritsiylar va plebeylar

Bilasizmi, bir paytlar Sovet davlatini boshqarganlar avlodlarining aksariyati hozirda qayerda yashashadi? Ha shunday, G'arbda.

Yaqinda bitta "instabloger" Sharq davlatlaridan birida uzoq yillar rahbar bo'lgan insonning G'arbda yashaydigan nabiralari o'z ona tilini umuman bilmasliklari, hatto ruschadayam emas, balki ingliz va fransuz tillarida muloqot qilishlari haqida gapirdi. Ularga o'z uyida o'z ona tilisi o'rgatilmaydida.

Siz esa bu yerda o'shanda kim-kimga zulm qilgani, kimlar nima uchun "quloq" qilingani, kim kimni sotganini muhokama qilishda davom etaverasiz...

@panda_books
#mutolaa

Konteyner ko'rmagan odam orangizda bo'lmasa kerak to'g'rimi? Hatto bizda konteynerda yashab, xalqqa yaqin bo'lishga uringan hokimbuvalarimiz ham bor edi.

Xo'sh, ushbu uncha ko'zga tashlanmas, lekin nihoyatda foydali temir qutilar butun jahon iqtisodiyotini o'zgartirib yuborganini bilasizmi?

Xullas, olim Mark Levinsonning "Quti: Qanday qilib kema konteyneri Dunyoni kichikroq, jahon iqtisodiyotini kattaroq qildi" nomli kitobini o'qishni boshladim.

Mana uzunligi 300 metr, eni 42 metr tanker o'zida qariyb 90 ming tonna yuk ko'tara olarkan. Bu hali o'rtacha hajmdagi tanker. Lekin shu kemaning ekipajlari qancha deb o'ylaysiz? Nari borsa atigi 20 nafar.

Xullas, juda qiziqarli va noodatiy mavzu.

@panda_books
Panda Books
#mutolaa Konteyner ko'rmagan odam orangizda bo'lmasa kerak to'g'rimi? Hatto bizda konteynerda yashab, xalqqa yaqin bo'lishga uringan hokimbuvalarimiz ham bor edi. Xo'sh, ushbu uncha ko'zga tashlanmas, lekin nihoyatda foydali temir qutilar butun jahon iqtisodiyotini…
Izohlardan.

Xuddi shunday. Ular ham mashina, ham temiryo'l, ham kemada yurishga moslashgan bir xil standartlarda ishlab chiqilgani uchun. Universalligida boshqa maqsadlarda ham ishlatilmoqda.

Bizga konteynerlarning eng katta foydasi - manimcha koronavirus paytida Zangiotadagi kabi katta hajmdagi karantin zonalarini qisqa fursatda qurib, foydalanishga topshirishdagi hissasi bo'lgandi. Minglab jonlar shu sabab saqlab qolindi desam mubolag'a qilmagan bo'laman.

Lekin konteynerlar tarixiy rakursdan qaraganda juda yangi innovatsiya aslida. Atigi 50 yil oldin o'ylab topilgan.

Kitobni o'qiyotganim sababi ham shu. Uning yaratilishi va iqtisodiy-siyosiy hayotimizga qilgan ta'siri.

@panda_books
​​Yaqinda ofisimizda Zakovat Quiz o'tkazishga bosh-qosh bo'lgandim. G'oliblarga bosh sovrin sifatida kitoblar qo'yilibdi. Xullas, bir payt 1-o'rinni olgan jamoaga ichkaridan bir quti kitob opchiqib berishdiyu.. Ichi kitob bilan liq to'la bo'lgan korobkani tasavvur qiling:) Go'zallik!

Keyin bilsam, tashkilotchilar Asaxiydagi chegirmalardan foydalanishgan ekan. Hozir Asaxiyda 1 059 000 so'mlik "Yil bestsellerlari" to'plamini atigi 799 000 so'mdan xarid qilishingiz mumkin. Aksiya davri 1-yanvardan 28-fevralga qadar davom etarkan.

Bu hali hammasi emas. To'plamni sotib olsangiz, siz quyidagi ajoyib sovg'alardan birini qo'lga kiritishingiz mumkin. Demak, sizni:

1. Chet elga 2 kishilik sayohat (ajoyib mehmonxonasi bilan)
2. Smart-televizor
3. Smartfon
4. Smart-soat
va yana boshqa 46 xil qimmatbaho sovg'alar kutyapti.

Albatta, ham kitobli bo'lib, ham tekinga sayohat qilish kimga yoqmaydi?! Eng muhimi, siz uncha katta bo'lmagan summaga 20 ta eng sara bestseller kitoblarga ega bo'lasiz, shuning o'zi ham zo'r yutuq!

Asaxiyning chegirmali va yutuqli aksiyasi orqali to'plamlarni xarid qilishga shoshiling va kitoblar kolleksiyangizni yanada boyiting!

To'plamga shu yerdan yoki @asaxiybot orqali buyurtma berishingiz mumkin!

Omad yor bo'lsin!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oyimning fikricha, qish kunlari mening kutubxonamga aynan ULAR lozim ekan. Qishki trendlardan biri😁

@panda_books