#mustread
Shuningdek, nasib qilsa, yil oxiriga qadar shu ikki kitobni tugatsam - juda baxtiyor bo'lardim.
Alixonto'ra Sog'uniyning - "Tarixi Muhammadiy" va "Turkiston qayg'usi". Haqiqatda nodir va go'zal asarlar! Agar menga kitob sovg'a qilmoqchi bo'lsangiz, sizlarga kichik 2 ta sirim shu:)
@panda_books

Sayt uchun ideya
– Birinchi unga o'zingizning maktabni tugatgan sanangizni kiritasiz.
– Shunda sayt sizga o'sha vaqtdan buyon sizga maktabda o'qitishgan qancha "faktlar" eskirganini, qaysi "fanlar" o'z aktualligini butkul yo'qotganini, nechta "nazariyalar" o'shandan beri rasman inkor etilganini ko'rsatib beradi.
**
O'z ustingizda ishlamay, faqat maktab bilimi bilan qolib ketish - eng katta xato.
@panda_books
– Birinchi unga o'zingizning maktabni tugatgan sanangizni kiritasiz.
– Shunda sayt sizga o'sha vaqtdan buyon sizga maktabda o'qitishgan qancha "faktlar" eskirganini, qaysi "fanlar" o'z aktualligini butkul yo'qotganini, nechta "nazariyalar" o'shandan beri rasman inkor etilganini ko'rsatib beradi.
**
@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Olmoniyadagi Bookcrossing xizmati ekan. Bunda kitoblar ommaviy mutolaa uchun bepul bo'ladi. Ajoyib.
Bizda ham bu kabi loyihalar borligini bilaman, faqat ular Olmoniyadagi kabi ommalashmagan.
germaniya_live instagram sahifasidan

Forwarded from Panda Books
#mutolaa
Yangi Amsterdam
Tarix takrorlardan iborat. Eng qizig'i, ko'pchilik tarixda hozirgidan ko'ra karrasiga ulkanroq monopoliyalar, "Google"dan yuzlab marta qudratli kompaniyalar bo'lganini tasavvur qilolmaydi. Quyida qiziqarli tarixiy voqeani so'zlab beraman.
Hammasi Hindistondan Lissabonga qalampir jo'natish keskin kamaygani, ammo unga bo'lgan talab hali ham yuqoriligidan boshlandi. 1594-yilda golland savdogarlarining "Van Berre" kompaniyasi sharqiy mamlakatlar bilan vositachilarsiz, o'zlari savdo qilishga qaror qilishadi.
Birinchi sayohat muvaffaqiyatli bo'ladi va natijada Hindiston bilan savdo qilish uchun 1602-yilda yangi kompaniya tashkil etiladi. Unga "Ost-Indiya" (Sharqiy Hindiston) deb nom berishadi. (Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi bilan adashtirmang)
Gollandiyaning "Ost-Indiya" kompaniyasi 1637-yilda, lola vasvasi avjiga chiqqanda, ulkan boylikka erishadi va byudejti hozirgi dollarga hisoblaganda $8 trillionga yetadi. Bu bugungi kunda dunyodagi eng yirik 20 ta kompaniyaga teng boylik degani.
"Ost-Indiya" davlat ichidagi davlatga aylanadi. Ikki okean — Tinch va Hind okeani nazorat ostida edi. Ularda 50 ming nafar xodim, 100dan ortiq savdo kemalari, hatto 10.000 kishilik o'z armiyasiga ega edi. Kimsan ilk rus Imperatori Pyotr Birinchining o'zi "Ost-Indiya" kompaniyasida amaliyot o'tash uchun keladi!
Uning yuksakligi qanchalar baland bo'lsa, uning bankrot bo'lishi ham shunchalar epik edi — bu voqea butun dunyoni larzaga keltiradi. Ammo bu ko'proq inglizlar bilan 1790-yillarning oxiridagi Ingliz-Golland urushi bilan bog'liq edi.
Eng qizig'i, siz hozir hoynahoy o'ylayotgandirsiz, men qanday qilib bunday katta, ulkan va butun dunyoga o'zining o'ta kuchli ta'sirini ko'rsatgan kompaniya haqida deyarli hech narsa eshitmagan ekanman deya, shundaymi? Bilasizmi, o'sha paytda AQShning Nyu-York shahri nima deb nomlangan?
Yangi Amsterdam.

Bu qochadigan joyi yo‘q, qamalgan aholini ataylab bombardimon qilishdir. G‘azo qariyb yigirma yil davomida ochiq osmon ostidagi qamoqxona bo‘lib keldi va tezda ommaviy qabrga aylanib bormoqda. Halok bo‘lganlarning 40 foizi begunoh bolalardir. Butun boshli oilalar o‘ldirilmoqda.
Anjelina Joli
@panda_books
Anjelina Joli
@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayol-qizlar his-tuygʻulari, ularning iztiroblari va baxti tasvirlangan kitoblar har doim kitobxonlarimizning e'tibor markazida bo'lib kelgan. O'zimizda so'nggi yillarda shu yo'nalishda eng yaxshi asarlarni chop qilib kelayotgan nashriyotlardan biri - bu "Zabarjad Media" bo'lsa kerak. Misol uchun, o'zim ham italyan yozuvchisi Alberto Moravianing "Rimlik ayol" romanini zo'r ishtiyoq bilan o'qib chiqqandim (taqrizim👉 shu yerda).
Bugun esa nashriyot ushbu yo'nalishdagi kitoblarini toʻplam holida xarid qilish uchun yoqimli chegirma eʼlon qilibd!
Bular:
📕 Sara Jo - "Londondan muhabbat ila";
📗 Alberto Moravia — "Rimlik ayol";
📘 Goʻzal Yaxina - "Zulayho koʻzini ochyapti".
Asl narx:163.000 soʻm
Chegirma bilan: 140.000 soʻm
Buyurtma uchun @zabarjadmedia_admin murojaat qilishingiz mumkin. Aytgancha, Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud.

Asl narx:
Chegirma bilan: 140.000 soʻm
Buyurtma uchun @zabarjadmedia_admin murojaat qilishingiz mumkin. Aytgancha, Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud.
@panda_books
Forwarded from Panda Books
Yaqinda mashhur rus aktyorlaridan biri hali shuhrat cho'qqisiga chiqmagan kezlari, o'zining ilk gastrollaridan biri qanday o'tgani to'g'risida so'zlab berdi.
Xorij. Mehmonxona. Tungi darbon xona kalitini uzatadi. U tepaga ko'tarilib, o'ziga atalgan eshikni ochib kiradi. Qarasaki, xona nihoyatda kichkina: yotoq, shkaf va hammom. Bor-yo'g'i shu.
Ammo aktyor kechagi talaba, hali yulduzlik kasaligiga chalinmaganligi sababidan shikoyat qilib o'tirmaydi. Undan tashqari, o'zi bilan ham deyarli hech narsa ovolmagandi. Shuning uchun hammasi joyida deya o'ylaydi aktyor. Faqat bitta yomon tarafi: xonada deraza yo'q. Mayli, hechqisi yo'q.
Gastrol bir hafta davom etadi. Butun hafta davomida u erta ketib, kech qaytadi. Har safar mehmonxona xodimlari unga qiziqish bilan qarashardi.
"Men taajjublanib degan bo'lardim", deydi aktyor.
Bir kuni u chiqib ketayotib, oqsoch ayolga duch keladi. U qo'llarini silkitgancha: “Big! Big!", deya tepaga ishora qiladi, lekin qahramonimiz ko'zlarini kamtarona ohangda pastga qaratib: "Senkyu" deya pichirlab, tez-tez yurib ketadi. U hali ingliz tilini yaxshi bilmasdi.
Jo'nab ketar kuni ertalab, u xonani qabul qilib olishlari, mabodo ilgich yoki shippaklarni o'g'irlanmaganligini tekshirishlari uchun mehmonxona darboni va oqsochni chaqiradi. Birozdan keyin asta taqillatib, jilmaygancha hodimlar ham kirib kelishadi.
Keyin esa hayratlanarli voqealar yuz beradi: darbon shkaf eshigini ochadi va... ichiga kiradi. Ma'lum bo'lishicha, bu umuman shkaf eshigi emas, balki panoramali derazalari bo'lgan ulkan lyuks xonaga kirish eshigi bo'lib chiqadi. Buni biror marta tekshirib ko'rmagan aktyor butun hafta davomida xona kiraverishida yashayvergandi!
Aslida u bu dahlizdan ko'ra ko'proq narsaga loyiq ekanligini xayoliga ham keltirmagandi. Gastrol so'nggiga qadar u oyoq kiyimlari uchun mo'ljallangan tor kushetkada yotib yurgan, hatto o'zini ikkita sviterini baribir g'ijim bo'lmaydi deya shkafga ham ilib qo‘ymagandi.
Aktyor bu voqeadan keyin qanday qilib ulkan xona qarshisida o‘tirgancha, shunday komfort sharoitda yashash imkoniyatini qo'ldan boy berganidan pushaymon bo'lib yig'lagani va o'z umidlari ustidan kulgani haqida so'zlab beradi.
U o'zining ko'proq narsaga loyiq ekanligini, har doim taqdir unga berganidan ko'ra ko'proq narsani xohlash kerakligini bilmasdi.
Men bu voqeani eshitganimda, qanchalarimiz hayot yo'laklarida shu aktyor kabi yashayotganimiz haqida o'yladim. Shundoq yonida, shkaf eshiklari ortida butun dunyo, butun boshli Narniya yoki ulkan panoramali derazalari mavjud hashamatli hayot bizga atalganidan bexabar yashab yurgan insonlar qancha ekan?
Biz izlamaymiz, eshiklarni ochmaymiz, bizda oldindan boriga qanoatlanamiz.
Biz eshkak eshish o'rniga qachon to'lqinlar bizni qirg'oqqa chiqarib qo'yishini kutamiz. Shundan keyin ham siz aniq "oh, men aynan shu yerga bormoqchi edim!" deya olasizmi?
Biz aslida nima xohlayotganimizni bilmaymiz. Uni topishga harakat ham qilmaymiz. Biz shunchaki taqdir sovg'alarini qabul qilib, hayot to'lqinlari uzra passiv suzamiz. Lekin axir istasak, o'z orzuyimiz tomon eshkak eshish, yelkanlarni shishirib, yo'lovchi shamolni ushlashimiz mumkin. Biz bor narsamiz uchun shukrona keltirishimiz lozim, biroq baribir o'zingiz uchun atalgan "boshqa"ngizni izlang.
Hayot - bu kvest. Javoblarni topish uchun barcha eshiklarni ochmoq kerak. Kalit esa shaksiz ulardan birining ortida yashirin. Bu kalit esa o'z navbatida, boshqa bir eshikni ochadi. Qaysiki siz hali yana izlashingiz lozim bo'lgan..
— Olga Savelyevadan Jasurbek Bozorboyev tarjimasi.

O'zbekistonning Yaqin Sharq muammosidagi qat'iy pozitsiyasini bayon qilindi
"Falastin-Isroil muammosining yagona va eng adolatli yechimi – nizoni “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida hal etishdir. Falastin xalqi — Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalarida belgilanganidek mustaqil davlat barpo etish huquqiga ega. Biz [Turkiy davlatlar] tashkilotimiz doirasida bu borada yakdil va qat'iy pozitsiyani dunyoga e'lon qilishimiz zarur".
— Shavkat Mirziyoyev

#tavsiya
"Jadid Kulliyoti"
Agar "Kulliyot" (arabcha — toʻla, butun) so'zining ma'nosiga qiziqsangiz, ushbu atama muayyan adibning toʻla yoki asosiy asarlari toʻplamiga nisbatan ishlatilishini bilib olasiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda shu kunlarda aksariyat kitobxonlar tomonidan ularning muqovasiga nisbatan tanqidiy fikrlar bo'lgani haqida o'qidim. Albatta, hammani didi har xil, shu sababdan men faqat o'z fikrimni bildirmoqchiman.
Avvalo ushbu kitoblarning mazmuniga ozgina to'xtalsak. O'zi bular qanday kitoblar?
Ushbu kitoblar esa Zabarjad Media nashriyoti tomonidan chop etilgan. Ma'lumki, "Kulliyotlar" 100 yil oldin nashr qilingan va jadid maktablarida darslik sifatida o‘qitilgan. Eski o‘zbek yozuvidan hozirgi tilimizga qayta tabdil qilinib, aynan xususiy nashriyotda chop ettirilgan. Hattoki, 100 yil oldingi rasmlarni ham o‘z holida qoldirishgan.
To'plamni o'z qo'lim bilan ushlab ko'rgan kishi sifatida aytishim mumkinki, muqovalar odamlar tanqid qilganidek juda yomon emas, aksincha undagi "Jadid" so'zlarini yaqqol ko'zga tashlanib turgani menga ma'qul bo'ldi.
Yo'qolib borayotgan tariximizdagi jadid bobolarimizga tegishli bebaho bilimlar to'plangan ushbu Kulliyotlarni shaxsan o'zim ham o'qib chiqishni rejalashtirdim va sizlarga ham bemalol tavsiya qilaman.

Men Instagramda posti atigi 5-10 ta layk yig'adigan, lekin hayotda ko'p do'stlari va mehribon oilasi bo'lgan ko'pchilikni taniyman. Yana shunday tanishlarim borki, ular tarmoqlarda minglab "layk"larga ega, lekin hayotida hech kimsasi yo'q.
Men o'zlarining rasmlarini joylayvermaydigan, lekin haqiqiy sevgini boshidan kechirayotgan juftliklarni bilaman. Yana ijtimoiy tarmoqda baxtli ko'rinsada, aslida qarz olib, janjallashib yashaydigan juftliklarni ham bilaman.
Haqiqat shuki, dunyoda turli filtr va montajlar yordamida yasalgan ideallar darajasida aqlli, go'zal, betashvish va muvaffaqiyatli bo'lishga qodir bironta ham odam mavjud emas.
O'zingizni faqat kechagi o'zingiz bilan solishtirishingiz lozim.

Yo'llaringda she'r aytsa so'lgan barg,
Qulog'imga musiqalar keltirur.
Qachon sening musiqali ovozing
Sening meni suyganingni bildirur?
– Cho'lpon
@panda_books
Qulog'imga musiqalar keltirur.
Qachon sening musiqali ovozing
Sening meni suyganingni bildirur?
– Cho'lpon
@panda_books
#reading
Pornografiyaga qarshi diktator
Aleksandr Baunovning "Конец режима" kitobini o'qiyotib, qiziq faktga duch keldim. U Franko haqida.
Bilasiz, Ispaniyada 2-jahon urushi va undan keyingo davrda Frankoning harbiy diktaturasi saqlanib qolinadi. U mamlakatda siyosiy erkinliklarga yo'l bermaydi, ammo mamlakatni nisbatan aqlli boshqaradi.
Qizig'i, Frankoning demokratiyadanda ko'proq qo'rqqan narsasi – pornografiya bo'lgan. U behayo rasmlar va kinofilmlarning omma orasida tarqalib ketishini aslo xohlamagan. Shu sababli, uning davrida OAV va televideniyega senzura o'rnatgan. Har qanday buzuqlik qattiq ta'qib qilingan. Frankoni namunali dindor deb atash mumkin bo'lmasada, u xristian cherkovi bilan yaxshi kelishgan. Yoshlarning jismoniy chiniqishiga katta e'tibor qaratgan.
Franko o'limidam ko'p o'tmay, 1976-yilda Ispaniya kinoteatrlarida ilk marotaba yalang'och ayol tasviri aks etgan film namoyish etiladi.
Davlatni salkam 40 yil boshqargan Franko o'zining moral va tarbiyasidan sira og'ishmaydi. Jamiyatdagi stabillikni ta'minlaydi.
Rejimlar va moral - o'ylab ko'rishga arziydigan bog'liqlik.

O'zbek kitobxonlariga yaqinlashayotgan Harper Li
Menga doim qiziq tuyulgan fakt shuki, amerikalik yozuvchi Harper Li hayoti davomida deyarli katta intervyu bermagan. Hatto 1960-yilda chiqqan ilk kitobi - "Mazaxchini o'ldirish" qisqa fursatda olamshumul mashhurlikka erishib, nufuzli Pulitser mukofotini qo'lga kiritgan bo'lishiga qaramasdan uning hayoti kitobxonlar ko'zida panada qolaveradi.
"Mazaxchini o'ldirish" - ksenofobiya va separitizm kabi og'ir mavzularga bag'ishlangan roman bo'lib, uning muvaffaqiyatli va ta'sirli chiqishida ayniqsa, uning yosh qizaloq tilidan hikoya qilib berilishi sabab bo'lgan deb o'ylayman. Uning otasi va akasi bilan qilgan suhbatlari orqali kitobxon go'yo insoniylik va uning tabiatini so'roqqa tutadi.
Kitob yillar davomida qayta va qayta turli tillarda nashr etib kelinadi va ingliz tilida yozilgan Eng yaxshi Top-100 kitob ro'yxatidan joy olgan. Kitob o'zbek tiliga ham tarjima qilingan va Akademnashr tomonidan chop etilgan.
Men yaqingacha uning faqat bitta romani bor deb bilardim, chunki adiba yuqorida aytganimdek juda yopiq hayot tarzini boshdan kechirgan. Li juda perfeksionist bo'lganidan boshqa asarlarni mukammal qila olmagani uchun tugatmagan.
Ammo baribir 2015-yilda uning yana bir romani "Go Set A Watchman" nashrdan chiqadi. U adibaning bir paytlar yozgan, ammo nashr qilinmagan qo'lyozmasi edi. Shuningdek, uning mazmuni "Mazaxchini o'ldirish" bilan bevosita bog'liq ekani ta'kidlanadi.
Yaxshi yangilik! Endilikda ushbu amerikalik yozuvchining ikkinchi romani ham Akademnashr tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilinmoqda. Kitob 2024-yilda chop etilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli kimda kim haligacha Harper Lining "Mazaxchini o'ldirish" romanini o'qimagan bo'lsa, darhol ulgurib qoling. Kitobni @akademsavdo profili orqali xarid qilishingiz mumkin.

#newbook #yangikitob
Yeji Koshinskiy – "Rangin qushcha"
Nihoyat, yangi chiqqan ushbu kitob qo'limga kelib tushdi. Polyak adibi Koshinskiyning ikkinchi asari bo'ladi bu men uchun.
Do'stimiz Mirzohidning navbatdagi tarjimasi. O'ylaymanki, juda qiziqarli asar. Mutolaa qilib ko'ramiz.
P.s: Rasmga olayotganimda o'g'lim ham kitobga qiziqib qoldi:) Kadrdagi qo'lchasini shundayligicha qoldirishga qaror qildim.

#haqida
Jadidlar ijodini o'rganishdan maqsadimiz nima?
Mana hozir oxirgi yillarda bizda jadid adabiyotini o'rganishda katta siljish bo'ldi. Ularning ko'pgina kitoblari nashrdan chiqdi. Bu juda yaxshi. Lekin nazarimda asosiy masala qolib ketdi. jadidlar ishi bo'yicha olimlar, arboblar, ma'suliyatli shaxslar tomonidan umumiy siyosiy baho berilmadi.
Biz hozir maqtanayotgan gapimiz: "Mana nechi yillardan beri hech kim o'rganmagan jadid adbiyotini olib chiqyapmiz". Xo'sh, nega bizdan oldin, misol Sovet payti bu ishlar qilinmagan? Agar o'sha davrda jadidlar ijodi yetarlicha o'rganilgan bo'lsa, biz hozir nima qilayapmiz? Agar o'rganilmagan bo'lsa, bunga kim aybdor? faqat sovet payti bu yerda faqat o'rislar yashagan demang)
Mabodo "O'zbekiston tavalludi"ni o'qisangiz, (Shu kitobni amerikalik odam yozgani ham yaxshi bo'lgan, bizda voqealarni shunday dadil obyektiv ochib beradigan tarixchi chiqishiga ko'zim yetmasdi) o'zbek adabiyotida jadidlar bir avlod bo'lgan bo'lsa, undan keyin kelgan avlodlar, misol G'afur G'ulom, Abdulla Qahhor davriga kelib - ziyolilar umuman boshqacha qarashda bo'lishganini ko'ramiz. Umuman boshqacha qarashda. Misol uchun quyidagi she'rni olaylik:
"Baxsh etganman shu ishimga men borligʻimni,
Dala boʻylab kezdiraman traktorimni.
Chunki mahkam va mustahkam partiyamizning
Buyrugʻini singdiraman olib zimmamga"
Bu she'r qandaydir rus emas, balki shoira Zulfiya qalamiga mansub. Yoki Abdulla Qahhorning "Sinchalak" romanini o'qib ko'ring. Suvini olib tashlasangiz, g'irt sovet propagandasini madh qilgan. Hamid Olimjon esa YU raisi bo'lgan. (Va qizig'i sirli ravishda avtomobil halokatidan o'lim topadi).
Eng muhimi, jadidlardan kim qo'rqqan, keyin ularni kim sotgan, kim kimni ortidan poylab yurgan, Usmon Nosir va Qodiriy, Cho'lpon kabilar nega va qaysi aybi uchun otilgan, o'ldirilgan, surgun qilingan, nega javobgarlar hamon ochiqlanmaydi, arxivlar nega yopiq? Balki biz ijtimoiy jinoyat sodir qilganlarni haligacha alqab yurgandirmiz?!
Aslida ko'pchiligimizga allaqachon buning qizig'iyam yo'q, axir biz yopiq qozon-yopiqligicha qolishini yaxshi ko'ramizku... Shu kabi fikrni tushungan va bularning tag ma'nosini o'ziga daxldorligini bilgan kishilarga esa bu gaplarning ta'sir qilmaydi. Buni men yaxshi anglayman.
Shunchaki, har safar Cho'lpon yoki Fitratni o'qishni boshlasam, shu singari fikrlar hayolimdan o'tardi, endi ularni matnga ko'chirdim, xolos...

Forwarded from Qisqa satrlar
- Xuddi tirikligini isbotlab qo'ygan odamdek o'limdan qo'rqishing g'alati emasmi?
- Mayli, buni qo'y. O'limga eng go'zal ta'rifni Tatsit bergan: O'lganingda hamma seni ko'rgani keladi, lekin sen uyda yo'q bo'lasan.
Kadzuo Isiguro, "Yetimlik yillarimizda"
👉 @sitadel_quote

YouTube kanalimizda yangi video. Bu safar sizga Respublika Bolalar Kutubxonasini ichkaridan ko'rsatishga harakat qildik.
https://www.youtube.com/watch?v=wJ3qTPKSdV0
Tomosha qiling.
@panda_books
https://www.youtube.com/watch?v=wJ3qTPKSdV0
Tomosha qiling.
@panda_books
YouTube
RESPUBLIKA BOLALAR KUTUBXONASIGA TASHRIF BUYURDIK | PANDA BOOKS
Toshkentda restavratsiyadan chiqqan Respublika bolalar kutubxonasi qayta ochildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev uni ochib berdi. Poytaxt aholisi va mehmonlari ochiq eshiklar kuniga taklif etildi. Kitob fondi 21 ming jild bilan to‘ldirildi, kutubxonada kovorking…